Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Davlat rezervidagi mahsulot va tovarlarning hisob-kitob tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 319-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralar Bosh boshqarmasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1997-yil 10-martda 116, 11-02-15/55 va 38-son bilan tasdiqlangan Davlat rezervidagi mahsulot va tovarlarning hisob-kitob tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyhat raqami 319, 1997-yil 2-aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi raisi M. KURBANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-noyabr,
4-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-noyabr,
49-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-noyabr,
23/1-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2020-y., 10/20/319-1/1520-son)