12.11.2020 yildagi PQ-4890-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sogʻliqni saqlash vazirligining Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asosida Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan tashkil topgan guruhlar tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi (keyingi oʻrinlarda — kafolatlangan paket) ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan paket birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va shifoxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga taqdim etiladi. Bunda oilaviy shifokor har bir muassasa turi boʻyicha tibbiy xizmatlar hajmi va klinik protokollarga muvofiq tor soha shifokorlariga va zarur hollarda tuman, viloyat hamda respublika darajasidagi shifoxonalarga yoʻllanmalar beradi. Respublika darajasidagi shifoxonalarga yoʻllanmalar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tartibga rioya etilmagan hollarda, shuningdek, kafolatlangan paketga kiritilmagan tibbiy xizmatlar pullik asosda koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini monitoring qilish, ularni tibbiyot muassasasiga biriktirish, kasallik tarixini yuritish, dori vositalari uchun retsept yozish va kafolatlangan paketga muvofiq tibbiyot muassasalariga yoʻnaltirish yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) ishlab chiqilib, unga erishilganligi monitoring qilinadi hamda natijalariga qarab qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan paket asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va toʻliq tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtirishga qaratilgan davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash mezonlari hamda ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tajriba-sinov loyihasi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi yoʻlga qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini mavjud xavf omillaridan kelib chiqib xavf guruhlariga boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta va yuqori xavf guruhlariga kiruvchi aholining belgilangan muddatlarda tibbiy koʻriklardan oʻtishini taʼminlash va salomatligini davriy kuzatuvga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori xavf guruhiga kiruvchi va mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlarni doimiy kuzatuvga olish hamda uyiga borgan holda tibbiy xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik koʻriklar oʻrniga hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan kasalliklar boʻyicha maqsadli skrining tekshiruvlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patronaj koʻriklarini optimizatsiya qilib, yangi maqsadli patronaj tizimini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sirdaryo viloyati birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlariga joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi yakunlariga koʻra mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni respublikaning boshqa hududlarida qoʻllash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 2020-yil 1-dekabrdan tashkil etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish hajmi Davlat budjetidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning 2 foizi miqdorida belgilansin. Bunda, tibbiy xizmatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari Jamgʻarmaning budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va hisobot davri oxirida mablagʻlarning qoldigʻi Jamgʻarma ixtiyorida qoldiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida Davlat budjetidan kafolatlangan paketni moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasining natijalariga koʻra, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tajriba-sinov loyihasi doirasida 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaning alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar tasnifining bir satrida bosqichma-bosqich oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tibbiyot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish orqali ular faoliyatini moliyalashtirib boradi. Bunda, tuman (shahar) va viloyat darajasidagi shifoxonalarga ajratiladigan mablagʻlarning 10 foizidan kam boʻlmagan qismi har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan paket asosida tibbiy xizmatlar koʻrsatishga nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham jalb qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan budjet mablagʻlarining samaradorligi va natijadorligi Jamgʻarma tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan paketni belgilash, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori asosida chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kuzatuv kengashi (L.N. Tuychiyev, A.Sh. Inoyatov) quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xodimlarini tibbiyot, iqtisodiyot, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Jamgʻarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar orasidan toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalari xodimlari, ulardagi mavjud tibbiy texnika va tibbiyot buyumlari hamda axborot texnologiyalari jihozlarini xatlovdan oʻtkazib, elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jamgʻarma, Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi va tibbiyot muassasalari xodimlari uchun sogʻliqni saqlash tizimini tashkil qilish, davlat tibbiy sugʻurtasini joriy etish hamda yangi kiritilayotgan tibbiy yoʻnalishlarga qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalariga biriktirilgan aholini xatlovdan oʻtkazib, ularning sogʻligi va kasallanish koʻrsatkichlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan paket uchun toʻlovlarni natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari (jon boshiga moliyalashtirish, davolangan holat, bajarilgan ishlar natijalari va boshqalar) orqali amalga oshirish mexanizmi va Jamgʻarmaga Davlat budjetidan mablagʻlarni moliyalashtirish tartibini tasdiqlash. Bunda, har bir birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasining jon boshiga moliyalashtirish hajmi tasdiqlangan bazaviy stavkalar asosida belgilanishini koʻzda tutish;
(8-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan paket asosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur moddiy texnik bazani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2021-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“elektron poliklinika” va davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazasini yaratish va toʻliq ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida faoliyat koʻrsatadigan tibbiyot tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashiga oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Jamgʻarma tarkibiy tuzilmasi, shtat birliklari soni, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilash va shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilish;
(8-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur moliyaviy, statistik va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralardan zarur mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimida tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, davlat tibbiyot muassasalari va ularning xodimlari uchun belgilangan normativ va talablarga oʻzgartirish kiritish, shu jumladan yangi mutaxassisliklar kiritish, tibbiyot muassasalari profilini oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan maʼqullangan xalqaro klinik protokollar, kasalliklar va holatlarga tashxis qoʻyish hamda ularni davolashning tibbiy uslublarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) va Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ.Gʻ. Mirzayev) ikki oy muddatda viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganib, ular negizida “tibbiyot klasteri”ni tashkil qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarasiz faoliyat yuritayotgan boʻgʻinlarni qisqartirish, qayta moslashtirish va boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliy taʼlim muassasasini tashkil etish uchun xususiy sektorni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida tibbiyot muassasalarining tibbiy xizmat koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish, aholi sogʻligini monitoring qilib borish imkonini beruvchi yagona elektron platformani yaratish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq zarur mablagʻlarni ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining 100 foizi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash mezonlaridan kelib chiqib, ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy shifokorlarni zarur tibbiy buyumlar va ambulator sharoitda davolash uchun dori vositalari bilan taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablagʻlarning 5 foizidan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha mablagʻ ajratsin. Bunda ushbu mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligining markazlashgan tadbirlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha 2020-yilda Davlat budjeti parametrlarida sogʻliqni saqlash sohasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratsin va 2021-yildan boshlab har yili tegishli yil uchun budjet parametrlarida nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga 4 ta xizmat avtotransporti, shu jumladan 3 ta shaxsan biriktirilgan yengil avtomobil va 1 ta navbatchi mikroavtobus sotib olish va saqlashga limit ajratsin.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarmaga tegishincha Toshkent va Guliston shaharlarida bino ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarining oʻtkazuvchanligi yuqori boʻlgan optik tolali aloqa liniyalari orqali Internet tarmogʻiga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan harakatlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Sh. Inoyatov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 12-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4890-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsepsiya davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni koʻrsatish va uni moliyalashtirishda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish va aprobatsiyadan oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini 2021-yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan oʻtkazish va uning ijobiy natijalarini 2023-yildan boshlab respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimining joriy holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sirdaryo viloyati aholisi soni 846,3 ming nafarga yetib, ularning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 71,9 yilni tashkil etmoqda (respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 75,1 yil).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan oʻn yil davomida viloyatda tugʻilish darajasi har 1 000 nafar aholiga nisbatan oʻrtacha 24,8 promillega, oʻlim darajasi esa 4,6 promillega toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududda umumiy kasallanish darajasi koʻrsatkichi kasalliklar turidan kelib chiqib har 100 000 nafar aholiga nisbatan 3,1 minggacha qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda viloyatda 137 ta sogʻliqni saqlash muassasasi, shu jumladan 99 ta ambulator-poliklinika muassasasi, 26 ta statsionar davolash-profilaktika muassasasi va 12 ta maʼmuriy muassasa mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muassasalarda 1,4 ming nafar shifokor va 12,5 ming nafar oʻrta tibbiyot xodimi faoliyat koʻrsatmoqda. Bunda, shifokorlar soni har 10 000 nafar aholiga nisbatan 17,6 nafarni (respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 23,0 nafar), oʻrta tibbiyot xodimlari esa — 150,6 nafarni (respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 103,6 nafar) tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda viloyat sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 358,9 mlrd soʻm ajratilgan. Ushbu mablagʻlar doirasida tibbiyot muassasalarida 7589,1 ming koʻrik ambulator sharoitda amalga oshirilgan va 162,4 ming nafar bemorga statsionar tarzda tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning amaldagi tizimi sohaga ajratilayotgan mablagʻlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimidagi samarasiz xarajatlar ulushi 40 foizgacha yetmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining tibbiy xizmatlar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlari darajasi 40 — 45 foiz atrofida saqlanib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasiga davlat budjetidan ajratilayotgan jami mablagʻlarning 60 foizidan koʻpini statsionar davolash-profilaktika yordami xarajatlari tashkil etmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga ajratilayotgan mablagʻlarning asosiy qismi ish haqiga sarflanib, atigi 10 foizi tibbiy yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sohasida davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun teng sharoitlar va raqobat muhiti yaratilmagani tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga toʻsiq boʻlmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligi toʻliq taʼminlanmayapti, natijada ushbu muassasalarda boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish hamda xodimlarga munosib oylik ish haqi toʻlash imkoniyatlari cheklanmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalaridagi mavjud shifokorlarning oʻrtacha oʻrindoshlik koeffitsiyenti 2,0 dan oshmoqda (respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 1,4), shuningdek, 700 dan ziyod shifokor shtat birligi vakantligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsepsiyaning asosiy maqsadi 2021-yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) orqali ushbu hududda tibbiy xizmatlar koʻrsatish va sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning yangi modellarini aprobatsiyadan oʻtkazishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagi asosiy vazifalar bajarilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini hamda tibbiy xizmatlar koʻrsatishning yangi modellarini amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar uchun toʻlovlarni natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari (jon boshiga moliyalashtirish, “davolangan holat” va bajarilgan ishlar natijalari) orqali amalga oshirish mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida tibbiy xizmatlar strategik xaridini amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajadagi ambulator-poliklinika hamda statsionar davolash-profilaktika muassasalarida zamonaviy klinik va iqtisodiy boshqaruv mexanizmlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali sogʻliqni saqlashni boshqarish, moliyalashtirish hamda tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohalarida kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasida integratsiyalashgan axborot tizimi va resurslarini yaratish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tibbiy xizmatlar koʻrsatish modelini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami rolini kuchaytirishni inobatga olgan holda takomillashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklar turlari va kasallanish darajasidan kelib chiqqan holda, yuqumli boʻlmagan kasalliklarni davolash sohasidagi klinik amaliyotni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini muassasalarida hamda statsionar tibbiyot muassasalarida koʻrsatiladigan tibbiy yordam hajmini dalilli tibbiyot va xalqaro standartlarga asoslangan holda qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarni kuzatishda hamshiralar hamda umumiy amaliyot shifokorlarining rolini oshirish va vazifalarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-profilaktika xizmatlarini koʻrsatishda barcha darajadagi tibbiyot xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va birin-ketinlikni taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sogʻliqni saqlashni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha davolash-profilaktika muassasalarining oʻzaro uzviy hamkorligini taʼminlash va uni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorning yoʻnalishini belgilash, unga yoʻllanmalar berish, bemorlarni kuzatib borish, tibbiy-profilaktika yordami sifatini nazorat qilish va tibbiy yordamni aholiga yaqinlashtirishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining rolini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman tibbiyot birlashmalarida uning tarkibidagi tibbiyot muassasalari ishtirokidagi ichki tarmoqlarni, shuningdek, viloyat statsionar tibbiyot muassasalari birlashmalarini tibbiy xizmatlar koʻrsatish hamda ularni taqdim etish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish boʻyicha asosiy tuzilmalar sifatida tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar xaridini tashkil etishda tibbiy xizmat koʻrsatuvchilar tarmoqlari va birlashmalariga nisbatan qoʻllaniladigan aralash moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarali tibbiy profilaktikani va bemorlarni kuzatish amaliyotini ragʻbatlantirish, shu asosda statsionar tibbiy xizmatlardan foydalanishni qisqartirish nuqtai nazaridan tibbiyot birlashmalari, tibbiyot muassasalari va tibbiyot xodimlari faoliyatini baholashning moliyaviy va nomoliyaviy koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash budjeti tarkibini umumiy budjet mablagʻlariga asoslangan holda qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash resurslarini aholining tarkibi va kasallanish koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda hududiy jihatdan adolatli taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uchun aniq imtiyozlarni belgilagan holda davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarning universal toʻplamini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi islohotlar doirasida sogʻliqni saqlashning integratsiyalashgan axborot tizimini yaratish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur axborotni yigʻish va tahlil qilish, tajriba-sinov loyihasini monitoring qilish, tibbiy xizmatlar koʻrsatish va sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish holatini baholash imkonini beruvchi axborot tizimini yaratish, shuningdek, bu sohada uzoq muddatli istiqbol uchun rivojlantirish asoslarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar koʻrsatish darajalari va tizim ishtirokchilari oʻrtasida samarali va shaffof axborot almashinuvini taʼminlash, chekka qishloq hududlarida tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi barcha aholini sogʻliqni saqlash milliy integratsiyalashgan axborot tizimi (SSMIAT)da jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR) orqali roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlarning milliy tasnifini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar strategik xaridi mexanizmlarini samarali joriy etish uchun zarur boʻlgan, tibbiy axborot va faoliyat standartlashtirilishini taʼminlaydigan kodlash va tasniflash boʻyicha yangi tizimlarni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni keng joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasining tegishli axborot tizimini rivojlantirish uchun zarur axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish va ushbu tizim ishtirokchilarini zarur kompyuter asbob-uskunalar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida va tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimidagi samarasiz xarajatlar ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar bozorida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda aholining tibbiy yordam uchun toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlari darajasini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablagʻlar doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ulushini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillarini sifatli tibbiy xizmat bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam koʻrsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilgan holda tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlari

Amalga oshirish
mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul
ijrochilar

1.

Davlat boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbar va masʼul xodimlariga Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasini joriy qilish bilan bogʻliq islohotlar (tibbiy yordam koʻrsatish va moliyalashtirishning yangi mexanizmlari va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot berish.

Davlat boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar rahbar va masʼul xodimlari uchun seminar va uchrashuvlar tashkil etish.

2021-yil 1-yanvar

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Sirdaryo viloyatidagi davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish.

1. Idoralararo ishchi guruhlarini tashkil etish.

2. Tibbiyot tashkilotlaridagi mavjud tibbiy texnika hamda jihozlarni xatlovdan oʻtkazish va takliflar tayyorlash.

3. Tibbiyot tashkilotlarini kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish va takliflar tayyorlash.

4. Har bir davlat tibbiyot muassasasining unga biriktirilgan aholi soni va tasnifi koʻrsatilgan pasportini tuzish.

2021-yil 1-yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sirdaryo viloyati hokimiyati,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

3.

Tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining yangi modelini ishlab chiqish.

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat boʻlgan terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doya tarkibidagi guruhlar tashkil qilish.

2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida koʻp mutaxassisli jamoalarni (reabiletolog, kineziolog, valeolog va boshqalar) shakllantirish.

3. Aholini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va ularda faoliyat yuritadigan shifokorlarga biriktirish.

4. Bemor marshruti va tibbiy yordam koʻrsatish darajalarini muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

5. Sirdaryo viloyatidagi barcha davlat tibbiyot tashkilotlari uchun tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining modeli va tavsiyaviy shtat jadvalini joriy etish tartibini ishlab chiqish.

2021-yil 1-yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

4.

Sirdaryo viloyatidagi davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini baholash boʻyicha kompleks oʻrganish loyihasini KfW banki va JSST koʻmagida amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun konsalting tashkilotini yollash.

2. Baholash vositalari va uslubiyotini aniqlash.

3. Oʻrganish va tadqiqotlarni amalga oshirish.

4. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish va yakuniy hisobotni tayyorlash.

2021-yil 1-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida),

Sirdaryo viloyati hokimligi

5.

Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish usullari va tartibini ishlab chiqish.

1. Tajriba-sinov loyihasida tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining yangi modelini inobatga olgan holda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini shakllantirish.

2. Kafolatlangan paketga kiritilgan xizmatlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish (jon boshiga moliyalashtirish, klinik xarajatlar guruhlari uchun toʻlovlarning soddalashtirilgan modeli, faoliyat natijasiga asoslangan toʻlov usuli, xizmat uchun toʻlov, global budjetva boshqalar).

2021-yil 1-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

6.

Sirdaryo viloyati miqyosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi gʻazna hisobvaragʻida jamlash tartibini ishlab chiqish.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga Davlat budjetidan mablagʻlarni ajratish tartibini ishlab chiqish va jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash.

2021-yil 1-aprel

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

7.

Mavjud tibbiy xizmatlar xarajatlari tahlilini oʻtkazish va davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi doirasida yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar hisob-kitobini (costing) xalqaro tashkilotlar koʻmagida va xalqaro uslubiyotga asoslangan holda amalga oshirish.

1. Yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar hisob-kitobini amalga oshirish uslubiyotini ishlab chiqish.

2. Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi doirasida yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlar hisob-kitobini amalga oshirish.

2021-yil 1-aprel

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

8.

Davlat tibbiy sugʻurtasini joriy qilish boʻyicha targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

1. Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy qilishga doir teledasturlar tayyorlash.

2. Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish boʻyicha targʻibot materiallarini yaratish.

3. Tibbiyot xodimlari va soha mutaxassislari uchun davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish boʻyicha seminarlar tashkil etish.

2021-yil 1-may

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi

9.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish.

1. Rejali oʻqitish (seminarlar, masofaviy oʻquv kurslari)ni amalga oshirish.

2. Yoʻnaltiruvchi seminarlar oʻtkazish.

3. Xorijiy oʻquv safarlarini tashkillashtirish.

4. Tajriba almashish boʻyicha xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish.

2020-yil 1-dekabr —

2021-yil 1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida)

10.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida shartnoma tuzish tartibini ishlab chiqish.

1. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va bajarish prinsiplari, qoidalari va tartiblarini ishlab chiqish.

2. Jamgʻarma va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish.

3. Tibbiy xizmatlar strategik xaridlari mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

11.

Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari boʻyicha dorixonalarni sarf-xarajatlarini qoplash mexanizmini ishlab chiqish.

1. Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalarini maksimal qoplash narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqish.

2. Dorixonalarning alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari boʻyicha sarf-xarajatlarini qoplash mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

12.

Davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish.

1. Davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi texnik talablarini aniqlash va ular asosida axborot tizimni yaratish.

2. Davlat tibbiy sugʻurtasi maʼlumotlar bazasining texnik talablarini aniqlash va ular asosida maʼlumotlar bazasini yaratish.

3. Davlat tibbiy sugʻurtasining boshqa axborot resurslarini texnik talablarini aniqlash va ular asosida axborot resurslarni yaratish.

2021-yil 1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

13.

Koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning turi va hajmiga qarab tibbiyot tashkilotlarini monitoring qilish va baholash tizimi koʻrsatkichlarini hamda faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.

1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan hamda boshqa xalqaro tan olingan tibbiyot tashkilotlarining monitoring va baholash tizimi koʻrsatkichlarini oʻrganish, moslashtirish va ishlab chiqish.

2. Tibbiyot tashkilotlarining monitoring va baholash natijalari asosida ularning faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

14.

Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish jarayonida funksional majburiyatlarni taqsimlash orqali sifatni taʼminlash va nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish.

1. Tibbiy audit oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Klinik protokollar, koʻrsatmalar va standartlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

3. Koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish.

2021-yil 1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

15.

Tibbiyot muassasalari xodimlarining malakaviy bilim va koʻnikmalarini oshirish.

1. Moliyaviy va klinik boshqaruv, tibbiy xizmatlar strategik xaridlari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha rahbar va mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2. Mavjud xalqaro va mahalliy taʼlim dasturlari, klinik standartlar va protokollar tahlilini amalga oshirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatishga oʻrgatish.

3. Qisqa va uzoq muddatli klinik oʻquv dasturlari va tibbiy maʼlumotlarni kodlash boʻyicha oʻquv kurslarini amalga oshirish.

Doimiy ravishda

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

16.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalar tuzish.

1. Jamgʻarma va tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalarni imzolash.

2. Jamgʻarma bilan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnoma tuzgan tibbiyot tashkilotlari elektron roʻyxatini yaratish.

2021-yil 1-iyul

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

17.

Tajriba-sinov loyihasi natijalarini baholash.

1. Loyiha natijalarini baholash boʻyicha mustaqil tadqiqot oʻtkazish uchun tanlov asosida xalqaro tashkilotlarni jalb qilish.

2. Loyiha natijalarini baholash boʻyicha mustaqil tadqiqot natijalarini chop etish.

2022-yil 1-sentabr

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

18.

Tajriba-sinov loyihasi natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlariga joriy qilish.

Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini 2023-yil 1-yanvardan boshlab Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida joriy qilish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-dekabr

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma oʻz faoliyati toʻgʻrisida Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma oʻz faoliyatini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma davlat muassasasi hisoblanadi, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamplarga va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparatini saqlash Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi aholini davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash, uning sifati va hajmini oshirish hamda tibbiy xizmatlar bozorini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish maqsadida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish va boshqarishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish tajriba-sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini sifatli va zarur tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda sifatli va toʻliq tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida Davlat budjetidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini qoplash maqsadida ajratiladigan mablagʻlarni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasining yagona axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish, ularning lozim darajada ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasining natijalariga koʻra, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etadi va boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining oʻrta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqadi, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili Jamgʻarma budjetini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni moliyalashtirish maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlarni jamlaydi va boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni amalga oshirish tadbirlarini belgilangan tartibda moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar strategik xaridlari mexanizmlarini ishlab chiqadi va davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi ishtirokchilari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini tashkil etadi, davlat tibbiy sugʻurtasi dasturi doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasi shartlari bajarilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasining yagona elektron axborot tizimi va resurslarini boshqaradi hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu axborot tizimi va resurslaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy kadrlar salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, shu jumladan tibbiyot muassasalari uchun moliya menejeri va klinik menejeri mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar paketini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirish hamda kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni amalga oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi xabardorlik darajasini oshirish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat tibbiy sugʻurtasi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani oʻrganadi va eng yaxshi amaliyotni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarmaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimiga oid axborotni ushbu tizim ishtirokchilaridan belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet buyurtmalarini tayyorlash va Davlat budjetidan mablagʻ olish uchun budjet soʻrovlarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini belgilangan tartibda joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida uslubiy hujjatlar, hisobotlar va arizalar shakllari, hisob reyestrlari, dalolatnomalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq konsalting, noshirlik va oʻqitish faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda asbob-uskuna, inventar, tovar va xizmatlarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa tashkilot va muassasalardan oʻz vakolatlari doirasida zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida xorijiy va mahalliy ekspertlar hamda maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar xaridini tegishli moliya yili uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi ishtirokchilariga nisbatan oʻrnatilgan talablarga javob beruvchi tibbiyot tashkilotlari va boshqa ishtirokchilar bilan davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlar haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan ularga tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida olingan boshqa maʼlumotlarni qonun talablariga muvofiq sir saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlardan aholining qoniqish darajasini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlarni shakllantirish hamda ularni tegishli davlat organlariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida xodimlar salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma budjetini shakllantirish va ijro etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan olingan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaraqlarida vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar. Ushbu daromadlarning 50 foiz qismi Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga yoʻnaltiriladi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik hayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida tibbiy xizmatlarni davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlaridan xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiy sugʻurtasi dasturini hamda imtiyozli dori vositalari taʼminotini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjeti doirasida maqsadli dasturlar va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish, shu jumladan moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot va aloqa xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy sugʻurta sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma har yili kelgusi moliya yillari uchun davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi prognozlari asosida uni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar hisob-kitobini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Budjet soʻrovi Jamgʻarma tomonidan tayyorlanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili tashqi auditdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi va Jamgʻarma ijro etuvchi apparati Jamgʻarmaning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organidir.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Jamgʻarma Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarma Kuzatuv kengashining majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi, ularga Jamgʻarma Kuzatuv kengashining raisi, Jamgʻarma Kuzatuv kengashining raisi boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamgʻarma Kuzatuv kengashining majlisi, agar aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, huquqiy vakolatli boʻladi (kvorumga ega boʻladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarori uning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromad va xarajatlarining prognoz parametrlarini hamda yillik xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar tariflari yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ijro etuvchi apparati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobotlarni eshitadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning davlat tibbiy sugʻurtasi sohasiga oid masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hamda uning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati xodimlariga ularning egallab turgan asosiy lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga ustama va boshqa ragʻbatlantirish toʻlovlarini belgilash tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, shu jumladan uning daromad va xarajatlar prognoz parametrlari ijrosini, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida tashkil etadi va amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamgʻarmaga uning Kuzatuv kengashi taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining oʻrinbosarlari Jamgʻarma Kuzatuv kengashining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamgʻarma ijro etuvchi direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori oʻrinbosarlari hamda tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari oʻrtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarma faoliyatiga oid buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi hamda Jamgʻarmaning tarkibiy boʻlinmalariga koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi, shuningdek, zarur hollarda, Jamgʻarma ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini hamda ular tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati xodimlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsentlarda): 1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5. Bunda, koʻp yillik ustama olish huquqini beruvchi ish staji Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi hamda ularning lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 2,0 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh ish oʻrinlari hisobiga iqtisod qilingan ish haqi fondi mablagʻlari Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish (ustama, qoʻshimcha haq, oylik mukofotlar va boshqalar)ga yoʻnaltiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamgʻarma ajratilgan mablagʻlar doirasida tibbiyot, iqtisodiyot, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Jamgʻarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda fuqarolik huquqiy shartnoma asosida ishga jalb qilish huquqiga ega.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Hisobga olish, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun haq toʻlash va boshqa toʻlovlarni moliyalashtirishni Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjeti doirasida amalga oshirish hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda davriy hisobotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan tartibda foydalanilishi ustidan nazorat Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishini nazorat qilish Jamgʻarmaning ichki audit xizmati, shuningdek, Moliya vazirligi hamda Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Jamgʻarmaning doimiy saqlanadigan hujjatlari, Jamgʻarma tugatilgan taqdirda, belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Tuychiyev Laziz Nodirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi

Inoyatov Amrillo Shodiyevich

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari

Norqulov Ilhom Ibroximovich

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Sharipov Najmiddinxodja Shuxratovich

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

Azizov Abdulla Abdisalamovich

sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

Abruyev Jamshid Ismailovich

moliya vazirining oʻrinbosari

Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich

Sirdaryo viloyati hokimi

Yuldashev Rustam Shavkatovich

Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi

Alimov Nasim Hoshimovich

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi

lavozimi boʻyicha

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori, Kuzatuv kengashining kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tarkibi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4890-son qarorining alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKATLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Respublika darajasida

Viloyat darajasida

Tuman (shahar) darajasida

1.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj xamshiralari va doyadan iborat boʻlgan “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Amaldagi umumiy amaliyot shifokori va xamshiralar oʻrniga oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj xamshiralari va doyadan iborat boʻlgan “tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish, ularning malaka talablari hamda funksional vazifalarini ishlab chiqish.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

1. “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish uchun kadrlar roʻyxatini tasdiqlash.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevral

1. “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish uchun kadrlar nomzodini saralab olish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini samarali tashkil qilish, maqsadli patronaj va skrining tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha ularni qayta oʻqitish.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini samarali tashkil qilish, maqsadli patronaj va skrining tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha ularni qayta oʻqitishga koʻmaklashish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni doimiy nazorat qilish va tibbiyot xodimlarini malakasini tizimli ravishda oshirib borilishini taʼminlash.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-iyundan boshlab

3. “Tibbiyot brigadalari”ni toʻliq shakllantirib faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-iyul

2.

Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini joriy etish.

1. Kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmini aniqlash.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-fevral

1. Viloyat darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini tashkil etish.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

Tuman darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini tashkil etish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

2. Tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida koʻrsatiladigan tibbiy yordamni oʻz vaqtida moliyalashtirish.

masʼullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

2. Viloyat va tuman darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qilish.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

3.

Aholining sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini shakllantirish, monitoring qilish hamda dori vositalari uchun retsept yozish yagona elektron platformasini yaratish.

1. Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarini kompyuter texnikasi bilan taʼminlash, bunda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov, Sh. Sharaxmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (J. Abruyev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

1. Tibbiyot muassasalarini optik-tolali aloqa liniyalari bilan taʼminlash.

masʼullar: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etish hamda maʼlumotlar bazasi vaqtida va toʻliq shakllantirib borilishini taʼminlash.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: axborot tizimlari joriy etilishi bilan

2. “Elektron poliklinika” va davlat tibbiy sugʻurtasi axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazasini joriy qilish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos)

muddat: 2021-yil 1-iyul

2. Viloyat tibbiyot muassasalarini joriy etilayotgan axborot tizimlariga ulanishi va ulardan doimiy foydalanishini taʼminlash.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: axborot tizimlari joriy etilishi bilan

3. “Elektron retsept” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos)

muddat: 2022-yil 1-yanvar

3. Hududdagi tibbiyot xodimlari uchun joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

mudda?: 2021-yil 1-iyun

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj xizmatlarining yangi tizimini yoʻlga qoʻyish, jumladan:

aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatuvga olish;

muayyan kasalliklar boʻyicha maqsadli skrining tekshiruvlar oʻtkazish;

maqsadli patronaj tizimini joriy qilish.

1. Hududlarning oʻziga xos xususiyati, kasallik turlari, fuqarolarning yoshi, kasallanish darajasi va boshqa omillardan kelib chiqib xavf guruhlarini aniqlash mezonlarni belgilash.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

1. Joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi boʻyicha tibbiyot xodimlarini oʻqitishga koʻmaklashish.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvardan boshlab

1. Aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatib borish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: doimiy

2. Maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan kasallik turlari va fuqarolar kontingentini shakllantirish hamda ularni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. Aholini xavf guruhlariga ajratilishini, ularning salomatligini davriy kuzatib borilishini, shuningdek, maqsadli skrining va maqsadli patronaj ishlari toʻgʻri tashkil etilishini nazorat qilish.

masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: doimiy

2. Maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish va ularni ushbu koʻriklardan muntazam oʻtkazib borish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: doimiy

3. Joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimini tibbiyot xodimlariga oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish.

masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

5.

Viloyat tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi asosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish.

1. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik taʼminotini tahlil qilib, zarur boʻlgan tibbiy texnika, tibbiyot buyumlari va boshqa moddiy boyliklar roʻyxatini shakllantirish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarining jihozlanganlik darajasi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, shu jumladan taʼmir talab tibbiy texnikalarni aniqlash, ularni taʼmirlash (yangilash) boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarining jihozlanganlik darajasini tahlil qilish, shu jumladan taʼmir talab tibbiy texnikalarni aniqlash, ularni taʼmirlash (yangilash) boʻyicha takliflar ishlab chiqish va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga kiritish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. Tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan paket asosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur moddiy texnik bazani yaratish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

muddat: 2021-yil 1-may

6.

Viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganib, ular negizida “tibbiyot klasteri”ni tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

1. Tibbiyot muassasalari faoliyati, moddiy-texnik bazasi va joylashuvini tahlil qilib, “tibbiyot klasteri” tashkil etish toʻgʻrisida taklif tayyorlash.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganib, samarasiz faoliyat yuritayotgan boʻgʻinlarni aniqlash, qayta moslashtirish zarur boʻlgan, shuningdek boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish mumkin boʻlgan muassasalar boʻyicha takliflar shakllantirish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “Tibbiyot klasteri”ni tashkil etish konsepsiyasi va dastlabki loyihasini ishlab chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Qurilish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-fevral

(Qonun hujjutlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 07/20/4890/1514-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son; 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son; 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)