1-ILOVA
2-ILOVA
| Tadbirlar nomlari | Amalga oshirish | Amalga oshirish muddatlari | Masʼul | |
| 1. | Davlat boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbar va masʼul xodimlariga Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasini joriy qilish bilan bogʻliq islohotlar (tibbiy yordam koʻrsatish va moliyalashtirishning yangi mexanizmlari va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumot berish. | Davlat boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar rahbar va masʼul xodimlari uchun seminar va uchrashuvlar tashkil etish. | 2021-yil 1-yanvar | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 2. | Sirdaryo viloyatidagi davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish. | 1. Idoralararo ishchi guruhlarini tashkil etish. 2. Tibbiyot tashkilotlaridagi mavjud tibbiy texnika hamda jihozlarni xatlovdan oʻtkazish va takliflar tayyorlash. 3. Tibbiyot tashkilotlarini kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish va takliflar tayyorlash. 4. Har bir davlat tibbiyot muassasasining unga biriktirilgan aholi soni va tasnifi koʻrsatilgan pasportini tuzish. | 2021-yil 1-yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sirdaryo viloyati hokimiyati, Davlat statistika qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
| 3. | Tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining yangi modelini ishlab chiqish. | 1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat boʻlgan terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doya tarkibidagi guruhlar tashkil qilish. 2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida koʻp mutaxassisli jamoalarni (reabiletolog, kineziolog, valeolog va boshqalar) shakllantirish. 3. Aholini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va ularda faoliyat yuritadigan shifokorlarga biriktirish. 4. Bemor marshruti va tibbiy yordam koʻrsatish darajalarini muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish. 5. Sirdaryo viloyatidagi barcha davlat tibbiyot tashkilotlari uchun tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining modeli va tavsiyaviy shtat jadvalini joriy etish tartibini ishlab chiqish. | 2021-yil 1-yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi |
| 4. | Sirdaryo viloyatidagi davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini baholash boʻyicha kompleks oʻrganish loyihasini KfW banki va JSST koʻmagida amalga oshirish. | 1. Loyihani amalga oshirish uchun konsalting tashkilotini yollash. 2. Baholash vositalari va uslubiyotini aniqlash. 3. Oʻrganish va tadqiqotlarni amalga oshirish. 4. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish va yakuniy hisobotni tayyorlash. | 2021-yil 1-aprel | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Sirdaryo viloyati hokimligi |
| 5. | Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish usullari va tartibini ishlab chiqish. | 1. Tajriba-sinov loyihasida tibbiy xizmatlar koʻrsatilishining yangi modelini inobatga olgan holda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini shakllantirish. 2. Kafolatlangan paketga kiritilgan xizmatlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish (jon boshiga moliyalashtirish, klinik xarajatlar guruhlari uchun toʻlovlarning soddalashtirilgan modeli, faoliyat natijasiga asoslangan toʻlov usuli, xizmat uchun toʻlov, global budjetva boshqalar). | 2021-yil 1-fevral | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi |
| 6. | Sirdaryo viloyati miqyosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi gʻazna hisobvaragʻida jamlash tartibini ishlab chiqish. | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga Davlat budjetidan mablagʻlarni ajratish tartibini ishlab chiqish va jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash. | 2021-yil 1-aprel | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
| 7. | Mavjud tibbiy xizmatlar xarajatlari tahlilini oʻtkazish va davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi doirasida yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar hisob-kitobini (costing) xalqaro tashkilotlar koʻmagida va xalqaro uslubiyotga asoslangan holda amalga oshirish. | 1. Yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar hisob-kitobini amalga oshirish uslubiyotini ishlab chiqish. 2. Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi doirasida yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlar hisob-kitobini amalga oshirish. | 2021-yil 1-aprel | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
| 8. | Davlat tibbiy sugʻurtasini joriy qilish boʻyicha targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | 1. Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy qilishga doir teledasturlar tayyorlash. 2. Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish boʻyicha targʻibot materiallarini yaratish. 3. Tibbiyot xodimlari va soha mutaxassislari uchun davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish boʻyicha seminarlar tashkil etish. | 2021-yil 1-may | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi |
| 9. | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish. | 1. Rejali oʻqitish (seminarlar, masofaviy oʻquv kurslari)ni amalga oshirish. 2. Yoʻnaltiruvchi seminarlar oʻtkazish. 3. Xorijiy oʻquv safarlarini tashkillashtirish. 4. Tajriba almashish boʻyicha xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish. | 2020-yil 1-dekabr — 2021-yil 1-iyun | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti |
| 10. | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida shartnoma tuzish tartibini ishlab chiqish. | 1. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va bajarish prinsiplari, qoidalari va tartiblarini ishlab chiqish. 2. Jamgʻarma va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish. 3. Tibbiy xizmatlar strategik xaridlari mexanizmini ishlab chiqish. | 2021-yil 1-iyun | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
| 11. | Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari boʻyicha dorixonalarni sarf-xarajatlarini qoplash mexanizmini ishlab chiqish. | 1. Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalarini maksimal qoplash narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqish. 2. Dorixonalarning alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari boʻyicha sarf-xarajatlarini qoplash mexanizmini ishlab chiqish. | 2021-yil 1-iyun | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
| 12. | Davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish. | 1. Davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi texnik talablarini aniqlash va ular asosida axborot tizimni yaratish. 2. Davlat tibbiy sugʻurtasi maʼlumotlar bazasining texnik talablarini aniqlash va ular asosida maʼlumotlar bazasini yaratish. 3. Davlat tibbiy sugʻurtasining boshqa axborot resurslarini texnik talablarini aniqlash va ular asosida axborot resurslarni yaratish. | 2021-yil 1-iyun | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi |
| 13. | Koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning turi va hajmiga qarab tibbiyot tashkilotlarini monitoring qilish va baholash tizimi koʻrsatkichlarini hamda faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish. | 1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan hamda boshqa xalqaro tan olingan tibbiyot tashkilotlarining monitoring va baholash tizimi koʻrsatkichlarini oʻrganish, moslashtirish va ishlab chiqish. 2. Tibbiyot tashkilotlarining monitoring va baholash natijalari asosida ularning faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish. | 2021-yil 1-iyun | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi |
| 14. | Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish jarayonida funksional majburiyatlarni taqsimlash orqali sifatni taʼminlash va nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish. | 1. Tibbiy audit oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Klinik protokollar, koʻrsatmalar va standartlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 3. Koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish. | 2021-yil 1-iyun | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi |
| 15. | Tibbiyot muassasalari xodimlarining malakaviy bilim va koʻnikmalarini oshirish. | 1. Moliyaviy va klinik boshqaruv, tibbiy xizmatlar strategik xaridlari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha rahbar va mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. 2. Mavjud xalqaro va mahalliy taʼlim dasturlari, klinik standartlar va protokollar tahlilini amalga oshirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatishga oʻrgatish. 3. Qisqa va uzoq muddatli klinik oʻquv dasturlari va tibbiy maʼlumotlarni kodlash boʻyicha oʻquv kurslarini amalga oshirish. | Doimiy ravishda | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 16. | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalar tuzish. | 1. Jamgʻarma va tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalarni imzolash. 2. Jamgʻarma bilan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnoma tuzgan tibbiyot tashkilotlari elektron roʻyxatini yaratish. | 2021-yil 1-iyul | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 17. | Tajriba-sinov loyihasi natijalarini baholash. | 1. Loyiha natijalarini baholash boʻyicha mustaqil tadqiqot oʻtkazish uchun tanlov asosida xalqaro tashkilotlarni jalb qilish. 2. Loyiha natijalarini baholash boʻyicha mustaqil tadqiqot natijalarini chop etish. | 2022-yil 1-sentabr | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot |
| 18. | Tajriba-sinov loyihasi natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlariga joriy qilish. | Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini 2023-yil 1-yanvardan boshlab Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida joriy qilish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2022-yil 15-dekabr | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi, viloyatlar |
3-ILOVA
5-ILOVA
|
Tuychiyev Laziz Nodirovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi |
|
Inoyatov Amrillo Shodiyevich |
— |
sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari |
|
Norqulov Ilhom Ibroximovich |
— |
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich |
— |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi |
|
Azizov Abdulla Abdisalamovich |
— |
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
|
Abruyev Jamshid Ismailovich |
— |
moliya vazirining oʻrinbosari |
|
Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich |
— |
Sirdaryo viloyati hokimi |
|
Yuldashev Rustam Shavkatovich |
— |
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi |
|
Alimov Nasim Hoshimovich |
— |
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori, Kuzatuv kengashining kotibi |
6-ILOVA
| T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | ||
| Respublika darajasida | Viloyat darajasida | Tuman (shahar) darajasida | ||
| 1. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj xamshiralari va doyadan iborat boʻlgan “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Amaldagi umumiy amaliyot shifokori va xamshiralar oʻrniga oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj xamshiralari va doyadan iborat boʻlgan “tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish, ularning malaka talablari hamda funksional vazifalarini ishlab chiqish. masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) muddat: 2021-yil 1-yanvar | 1. “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish uchun kadrlar roʻyxatini tasdiqlash. masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-fevral | 1. “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish uchun kadrlar nomzodini saralab olish. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: 2021-yil 1-yanvar |
| 2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini samarali tashkil qilish, maqsadli patronaj va skrining tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha ularni qayta oʻqitish. masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) muddat: 2021-yil 1-iyun | 2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini samarali tashkil qilish, maqsadli patronaj va skrining tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha ularni qayta oʻqitishga koʻmaklashish. masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-iyun | 2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni doimiy nazorat qilish va tibbiyot xodimlarini malakasini tizimli ravishda oshirib borilishini taʼminlash. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: 2021-yil 1-iyundan boshlab | ||
| 3. “Tibbiyot brigadalari”ni toʻliq shakllantirib faoliyatini yoʻlga qoʻyish. masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-iyul | ||||
| 2. | Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini joriy etish. | 1. Kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmini aniqlash. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) muddat: 2021-yil 1-fevral | 1. Viloyat darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini tashkil etish. masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab | Tuman darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini tashkil etish. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab |
| 2. Tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida koʻrsatiladigan tibbiy yordamni oʻz vaqtida moliyalashtirish. masʼullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab | 2. Viloyat va tuman darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qilish. masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab | |||
| 3. | Aholining sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini shakllantirish, monitoring qilish hamda dori vositalari uchun retsept yozish yagona elektron platformasini yaratish. | 1. Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarini kompyuter texnikasi bilan taʼminlash, bunda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov, Sh. Sharaxmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (J. Abruyev) muddat: 2021-yil 1-iyun | 1. Tibbiyot muassasalarini optik-tolali aloqa liniyalari bilan taʼminlash. masʼullar: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-yanvar | Tibbiyot muassasalarida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etish hamda maʼlumotlar bazasi vaqtida va toʻliq shakllantirib borilishini taʼminlash. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: axborot tizimlari joriy etilishi bilan |
| 2. “Elektron poliklinika” va davlat tibbiy sugʻurtasi axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazasini joriy qilish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos) muddat: 2021-yil 1-iyul | 2. Viloyat tibbiyot muassasalarini joriy etilayotgan axborot tizimlariga ulanishi va ulardan doimiy foydalanishini taʼminlash. masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: axborot tizimlari joriy etilishi bilan | |||
| 3. “Elektron retsept” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos) muddat: 2022-yil 1-yanvar | 3. Hududdagi tibbiyot xodimlari uchun joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish. masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) mudda?: 2021-yil 1-iyun | |||
| 4. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj xizmatlarining yangi tizimini yoʻlga qoʻyish, jumladan: aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatuvga olish; muayyan kasalliklar boʻyicha maqsadli skrining tekshiruvlar oʻtkazish; maqsadli patronaj tizimini joriy qilish. | 1. Hududlarning oʻziga xos xususiyati, kasallik turlari, fuqarolarning yoshi, kasallanish darajasi va boshqa omillardan kelib chiqib xavf guruhlarini aniqlash mezonlarni belgilash. masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | 1. Joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi boʻyicha tibbiyot xodimlarini oʻqitishga koʻmaklashish. masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-yanvardan boshlab | 1. Aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatib borish. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: doimiy |
| 2. Maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan kasallik turlari va fuqarolar kontingentini shakllantirish hamda ularni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | 2. Aholini xavf guruhlariga ajratilishini, ularning salomatligini davriy kuzatib borilishini, shuningdek, maqsadli skrining va maqsadli patronaj ishlari toʻgʻri tashkil etilishini nazorat qilish. masʼul: Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: doimiy | 2. Maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish va ularni ushbu koʻriklardan muntazam oʻtkazib borish. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: doimiy | ||
| 3. Joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimini tibbiyot xodimlariga oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish. masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | ||||
| 5. | Viloyat tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi asosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish. | 1. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik taʼminotini tahlil qilib, zarur boʻlgan tibbiy texnika, tibbiyot buyumlari va boshqa moddiy boyliklar roʻyxatini shakllantirish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | Tibbiyot muassasalarining jihozlanganlik darajasi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, shu jumladan taʼmir talab tibbiy texnikalarni aniqlash, ularni taʼmirlash (yangilash) boʻyicha takliflar ishlab chiqish. masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-yanvar | Tibbiyot muassasalarining jihozlanganlik darajasini tahlil qilish, shu jumladan taʼmir talab tibbiy texnikalarni aniqlash, ularni taʼmirlash (yangilash) boʻyicha takliflar ishlab chiqish va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga kiritish. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: 2021-yil 1-yanvar |
| 2. Tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan paket asosida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur moddiy texnik bazani yaratish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) muddat: 2021-yil 1-may | ||||
| 6. | Viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganib, ular negizida “tibbiyot klasteri”ni tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. | 1. Tibbiyot muassasalari faoliyati, moddiy-texnik bazasi va joylashuvini tahlil qilib, “tibbiyot klasteri” tashkil etish toʻgʻrisida taklif tayyorlash. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | Tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganib, samarasiz faoliyat yuritayotgan boʻgʻinlarni aniqlash, qayta moslashtirish zarur boʻlgan, shuningdek boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish mumkin boʻlgan muassasalar boʻyicha takliflar shakllantirish. masʼullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: 2021-yil 1-yanvar | |
| 2. “Tibbiyot klasteri”ni tashkil etish konsepsiyasi va dastlabki loyihasini ishlab chiqish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Qurilish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) muddat: 2021-yil 1-fevral | ||||