Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.05.1995 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MATLUBOT KOOPERATSIYASI TIZIMIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI AMALGA OShIRIShDAGI JIDDIY KAMChILIKLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya tomonidan Respublika matlubot kooperatsiyasida iqtisodiy islohotlarning borishini oʻrganish oʻtkazilayotgan tadbirlarda jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar mavjudligidan dalolat beradi. Joylarda ayrim rahbarlar islohotlarni oʻtkazishga, monopol tuzilmalarni tarqatishga toʻsqinlik qilmoqdalar, boshqaruvning markazlashtirilgan tizimini saqlab qolishga urinmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekbirlashuvning markaziy apparatida, uning viloyat va tuman boʻlinmalarida amalga oshirilgan qayta oʻzgartirishlar koʻp hollarda rasmiyatchilik boʻlib qolmoqda, talab darajasidagi bozor infrastrukturasi va raqobat muhiti yaratilmagan, boqimandalik kayfiyati tugatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar negizida tashkil etilgan xoʻjalik hisobidagi uyushmalar ilgari shakllanib qolgan sxemalar boʻyicha ishlamoqdalar, ichki bozorni sifatli tovarlar bilan toʻldirishga yordam bermayaptilar, buning oqibatida shahar va qishloq aholisini tovar bilan taʼminlashdagi tafovutlar ortib bormoqda, doʻkonlarda koʻpincha hatto kundalik ehtiyoj tovarlari ham yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tumanlarida ilgari mavjud boʻlgan matlubot jamiyatlari negizida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlari samarasiz ishlamoqda, mahalliy xomashyo, tovarlar va xizmatlar oborotga jalb qilinmayapti. Aholi va matlubot kooperatsiyasi tizimi xodimlarining pul mablagʻlarini Kredit berish jamgʻarmasiga jalb qilishga oid ishlar sust olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir vaqtda, ayrim savdo xodimlari shaxsiy boylik orttirish maqsadida jinoyatchi unsurlar bilan til biriktirmoqdalar va valyutaga olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa tovarlarni respublikadan olib chiqib ketishga koʻmaklashmoqdalar. Shu yilning faqat 4 oyida bir necha million soʻmlik non-bulka mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, guruch, goʻsht mahsulotlari, choy, qand-shakar, un va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻayriqonuniy ravishda olib ketishga 2 ming martadan ortiq urinishlarning oldi olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va Oʻzbekbirlashuv tizimida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Idoralararo komissiyaning respublika matlubot kooperatsiyasi tizimida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning borishini oʻrganishga oid xulosalari va takliflariga rozilik bildirilsin. Oʻzbekbirlashuv markaziy apparatining rahbariyati tarkibini mustahkamlash zarur hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekbirlashuv boshqaruvining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv markaziy apparatining, shuningdek, aksionerlik matlubot jamiyatlarining viloyat uyushmalari apparatlari xodimlari sonini oʻrtacha ikki baravar qisqartirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman matlubot jamiyatlarini tugatish va ularning negizida ulgurji-chakana savdo birlashmalari va firmalari tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi Farmonini va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini bajarish, shuningdek, idoralararo komissiya aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiylashtirilgan korxonalarning koʻpchiligini 1995-yil davomida ixtiyoriy ravishda mustaqil yuridik shaxslarga aylantirishni hisobga olgan holda ularni maydalashtirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda respublikaning uzoq joylaridagi korxonalarni qayta oʻzgartirish shakllari va mexanizmini belgilasin, bunda ushbu tumanlar aholisini barcha zarur tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mulkdorlar va fermer xoʻjaliklarini zarur tovar resurslari bilan taʼminlash uchun doimiy ishlovchi ulgurji bozor tarmogʻini kengaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdo korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekbirlashuv boshqaruvining savdo xodimlari va fuqarolarning savdo korxonalarining Kredit berish jamgʻarmasiga qoʻshadigan ixtiyoriy badallari miqdorini 1995-yil 1-iyulgacha 500 mln. soʻmgacha yetkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi, Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari matlubot jamiyatlari tuzilmasi hamda mulkchilik shakllari oʻzgarishi munosabati bilan korxonalar bilan ilgari tuzilgan uch tomonlama shartnomalarni qayta koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor shartnoma shartlarini bajarmagan hollar aniqlangan taqdirda shartnomalarni belgilangan tartibda bekor qilsinlar va ushbu korxonalarni kimoshdi savdosiga qoʻysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va tegishli hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda rahbar xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining xalq isteʼmol tovarlari, savdo va pulli xizmat koʻrsatish kompleksi (Usmonov) iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda Oʻzbekbirlashuv boshqaruviga doimiy ravishda koʻmaklashsin hamda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183-son