11.11.2020 yildagi PQ-4888-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida barpo etilgan yangi mavzelarda aholi xavfsizligi va farovonligini taʼminlash, boshqaruvni samarali tashkil etish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, obodonlashtirish ishlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, shahar tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 8-sentabrdagi 443-IV-son va Senatining 2020-yil 11-sentabrdagi SQ-135-IV-son “Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi, davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalari hamda ularga qoʻshimcha kiritilayotgan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi uchun xarid qilinadigan maxsus texnika vositalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalariga maʼmuriy binolar qurish va ularni jihozlash rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yangihayot tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-son Farmonida belgilangan tartib, shu jumladan tuman hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirlik va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent shahri Yangihayot tumanini tashkil etish bilan bogʻliq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Yangihayot tumanini 2021 — 2023-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri Yangihayot tumanining mahalliy budjeti va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligini zarur bino va inshootlar bilan taʼminlash hamda moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalariga yer maydonlari tanlanishi va ajratilishi hamda maʼmuriy binolar qurilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Toshkent shahri Yangihayot tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Toshkent shahri Yangihayot tumanini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish uchun 2020 — 2023-yillarda Toshkent shahri mahalliy budjeti qoʻshimcha daromadlarining 5 foizi va Toshkent shahri tumanlari qoʻshimcha daromadlarining 5 foizi miqdoridagi ajratmalar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish hamda Toshkent shahri Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga maxsus texnika vositalarini xarid qilish uchun respublika budjeti daromadlari rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 3 yil muddatga bir yillik imtiyozli davr bilan Toshkent shahar mahalliy budjetiga 12,5 mlrd soʻm foizsiz ssuda ajratsin;
(7-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi hamda tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yildan boshlab Toshkent shahri Yangihayot tumanining xarajatlarini Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ikki oy muddatda Toshkent shahri Yangihayot tumaniga oʻtkazilgan maʼmuriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining yuridik (pochta) manzilini ulardan ariza yoki maʼlumot talab etmagan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy sud, Bosh prokuratura, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar ikki oy muddatda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tuzilmalarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tuzilmalari tashkil etilguniga qadar ularning funksiyalari sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tuzilmalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ikki oy muddatda Toshkent viloyati va Toshkent shahrining maʼmuriy-hududiy chegaralari oʻzgarganligi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahar hokimligining Yangihayot tumani hokimligi binosini qurish uchun Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Sputnik-1 dahasi, Qipchoq koʻchasidagi boʻsh turgan yer maydonini ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4888-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4888-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi, davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalari hamda ularga qoʻshimcha kiritilayotgan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

I. Belgilangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni*

1.

Maktabgacha taʼlim boʻlimi

6

2.

Xalq taʼlimi boʻlimi

6

3.

Tibbiyot birlashmasi

14

4.

Davlat soliq inspeksiyasi

14

5.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi

3

6.

Adliya boʻlimi

2

7.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi

4

8.

Moliya boʻlimi

6

9.

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi

3

10.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

4

11.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi

3

12.

Qurilish boʻlimi

2

13.

Madaniyat boʻlimi

3

15.

Statistika boʻlimi

3

16.

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi

3

17.

Gʻaznachilik boʻlinmasi

3

18.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi

2

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

3

21.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

5

22.

Ijtimoiy moslashtirish markazi

1

23.

Tuman yoshlar ishlari boʻlimi

2

II. Qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni

1.

Yangihayot tumani hokimligi

27

2.

Obodonlashtirish boshqarmasi

15

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlari cheklangan soni hamda shtat birliklari doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuman tuzilmalari ularning umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi belgilangan tartibda Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi boʻlinmalarini tashkil etadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4888-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi uchun xarid qilinadigan maxsus texnika vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Transport/maxsus texnika vositalarining nomi

Soni

Muddati

1.

Yengil xizmat avtomashinasi

1

2020-yil noyabr 2021-yil iyun

2.

Benzovoz

1

3.

Ekskavator

1

4.

Avtokran

1

5.

Teleskopik koʻtargich

1

6.

Asfalt yuvish maxsus texnikasi

1

7.

Samosval

2

8.

Musorovoz

2

9.

Ilosos (assenizator)

1

10.

Damas

1

11.

Avtobus

1

12.

Yoʻlaklarni tozalash mashinasi

1

13.

Avariya xizmat mashinasi

1

14.

Maysa va oʻtlarni oʻrish texnikasi (gazonokosilka, trimmer)

10

15.

Yuk ortgich

2

16.

Payvandlash vositalari jamlanmasi

2

Jami

29

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4888-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalariga maʼmuriy binolar qurish va ularni jihozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼmuriy binoning nomi

Binoda faoliyat yurituvchi boʻlinma yoki tashkilot nomi

Binoni qurish va jihozlash uchun masʼullar

Moliyalashtirish manbai

1.

Tuman hokimligi*

Tuman hokimligi apparati

Toshkent shahar hokimligi

Respublika budjetidan ajratiladigan ssuda hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari teng ulushlarda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi

Qurilish boʻlimi

Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi

2.

Tuman prokuraturasi*

Tuman prokuraturasi

Bosh prokuratura

2021-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar

Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tuman boʻlimi

3.

Tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi*

Tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

Ichki ishlar vazirligi

2021-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

4.

Tuman davlat soliq inspeksiyasi*

Tuman davlat soliq inspeksiyasi

Davlat soliq qoʻmitasi

2021-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar

5.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi*

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi

Oliy sud

2021-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi*

Adliya boʻlimi

Adliya vazirligi

Respublika budjetidan ajratiladigan ssuda hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari teng ulushlarda

FHDY boʻlimi

Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

Toshkent shahar hokimligi,
Moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi

Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazining tuman boʻlinmasi

Savdo-sanoat palatasi

7.

Ijtimoiy madaniy markaz**

Xalq taʼlimi boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

Respublika budjetidan ajratiladigan ssuda hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari teng ulushlarda

Maktabgacha taʼlim boʻlimi

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi

Maʼnaviyat boʻlimi

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Nuroniy jamgʻarmasi tuman boʻlimi

Nuroniy jamgʻarmasi

8.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman boʻlimi**

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman boʻlimi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Investitsiya dasturiga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar

9.

Kadastr agentligining tuman boʻlimi**

Kadastr agentligining tuman boʻlimi

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

Kadastr agentligi hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari teng ulushlarda

10.

Obodonlashtirish boshqarmasi*

Obodonlashtirish boshqarmasi

Tuman hokimligi

Respublika budjetidan ajratiladigan ssuda hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari teng ulushlarda

11.

Elektr tarmoqlari korxonasi**

Elektr tarmoqlari korxonasi

Hududiy elektr tarmoqlari AJ

Hududiy elektr tarmoqlari AJ mablagʻlari

12.

Gaz taʼminoti hududiy filiali**

Gaz taʼminoti hududiy filiali

Hududgaztaʼminot AJ

Hududgaztaʼminot AJ mablagʻlari

13.

“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ Yangihayot tumani boʻlimi**

“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ Yangihayot tumani boʻlimi

Oʻzsuvtaʼminot AJ

Oʻzsuvtaʼminot AJ mablagʻlari

14.

Tuman moliya boʻlimi**

Moliya boʻlimi

Moliya vazirligi

Respublika budjetidan ajratiladigan ssuda hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari teng ulushlarda

Gʻaznachilik boʻlimi

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi

Statistika boʻlimi

Davlat statistika qoʻmitasi

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

15.

Yangihayot tumani sport sogʻlomlashtirish markazi**

Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Investitsiya dasturiga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar

16.

Tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi**

Tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Investitsiya dasturiga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar

17.

Maxsustrans ICHB**

Maxsustrans ICHB

Maxsustrans ICHB

Maxsustrans ICHB mablagʻlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tuman idoralarining binolarini qurish va jihozlash ishlari 2021-yil 31-dekabrga qadar tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu tashkilotlarning binolarini qurish va jihozlash ishlari 2022-yil 1-iyunga qadar tugallanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4888/1505-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)