Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2023 10.11.2020 yildagi 704-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq aholiga o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida, 2021-yil 1-fevraldan barcha viloyatlar markazlarida, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab esa — butun respublika hududida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmatining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
704-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 704-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament tug‘ilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma olish, tug‘ilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish, bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish hamda bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish bo‘yicha kompleks davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tibbiyot muassasasi (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi barcha ma’lumotlarni elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — FHDY bo‘limi) “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) FHDY bo‘limi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi yoki dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi hamda boshqa davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir to‘lov oyi boshida o‘tgan oyda to‘langan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Xalq banki tomonidan to‘langandan, shu jumladan arizachining bank plastik kartasiga yo‘llangandan so‘ng, to‘lov amalga oshirilganligi haqida ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
(2-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tibbiyot muassasalari ona ro‘yxatda turgan poliklinikaga (ro‘yxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga ro‘yxatga qo‘yilgan poliklinika haqida SMS xabar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolani navbatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) Xalq banki ariza beruvchining xohishiga ko‘ra uning bank plastik kartasiga bir martalik nafaqa summasini yo‘naltiradi yoki farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovini Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda amalga oshiradi.
(2-band “yo” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bog‘liq xarajatlar vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
(2-band “yo” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglament talablari quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaning tug‘ilishi ularning birgalikdagi arizasi (otalikni belgilash) asosida tug‘ilishini qayd etishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohda bo‘lmagan onaning (yolg‘iz ona) arizasiga asosan tug‘ilishni qayd etishda;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilishini qayd etishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini, hayotining birinchi haftasida o‘lgan (perinatal o‘lim) bolalarning tug‘ilganligini, shuningdek egizaklardan biri o‘lik tug‘ilganda yoki hayotining birinchi haftasida (perinatal o‘lim) vafot etganda tirik egizakning tug‘ilganligini qayd etishda tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. FXDYo organi, tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari, Pensiya jamg‘armasi, Xalq banki va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari ko‘rsatishda bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilganligi uchun mazkur Reglamentning 11-bandida belgilangan tartibda to‘lov undiriladi, boshqa davlat xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmatini ko‘rsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bola tug‘ilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tug‘ilganidan so‘ng 1 ish kuni ichida bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bolaning ota-onasiga tegishli ma’lumotlar ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlar nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda bolaning tug‘ilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola tug‘ilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki otasining o‘limi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota yoki onaning xohishiga ko‘ra tibbiyot muassasasi xodimi “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga ushbu reglamentning 10-bandida ko‘rsatilgan kompleks xizmatlardan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona o‘z xohishiga ko‘ra ushbu kompleks xizmatlarning barchasidan bir vaqtda yoki ayrimlaridan foydalanishi mumkin, bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotlar avtomatik ravishda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuboriladi va “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot almashinuv tizimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan blankada ma’lumotnoma shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik holatini qayd etish rad etilganda, tibbiyot muassasasi xodimi 3 ish soati davomida kamchiliklarni bartaraf etib, so‘rovnomani qayta yuboradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. FHDY bo‘limi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 ish kuni davomida bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan tekshirib, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi hamda ushbu reglamentning 10-bandida ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta’minlash uchun bola haqidagi ma’lumotlarni vakolatli organlarning axborot tizimlariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tizim orqali kelgan ma’lumotlar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etadi hamda tibbiyot muassasasiga rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod qo‘yilgan xabarnomani yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘rovnoma qayta kelib tushgandan so‘ng, 1 ish soati mobaynida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlikni qayd etish qonunchilikka zid bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan ma’lumotlar ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlikni qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. FHDY bo‘limidan axborot tizimlari orqali ma’lumotlar kelib tushganidan so‘ng:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha 1 ish kuni ichida ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi. Bolani otasi yoki onasi doimiy ro‘yxatda turmagan taqdirda bolani ro‘yxatga qo‘yish Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori hamda “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 22-maydagi 320-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi avtomatik ravishda bolani so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” axborot tizimi avtomatik ravishda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi har oyning boshida o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Xalq banki filialining hisobvarag‘iga moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning otasi yoki onasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda, bola tug‘ilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Xalq banki filiali bir martalik nafaqa to‘lovini olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshiradi. Bunda, to‘lov amalga oshirilganligi haqida ma’lumot ariza beruvchiga SMS xabar orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik nafaqani olish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqi bo‘lmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, nafaqani olish uchun bola tug‘ilgandan boshlab 6 oydan keyin murojaat qilsa, ushbu nafaqa avval ota yoki onasining biriga to‘lab berilgan bo‘lsa bir martalik nafaqani to‘lash rad etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Sog‘liqni saqlash vazirligining “Elektron poliklinika” axborot almashinuvi tizimi ona ro‘yxatda turgan poliklinikaga (ro‘yxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani ro‘yxatga qo‘yadi va ariza beruvchiga ro‘yxatga qo‘yilganligi haqidagi xabarni SMS orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir martalik nafaqa miqdoridan bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdoridagi davlat boji chegirib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi har oyning 5 sanasiga qadar FHDY bo‘limining elektron ma’lumotlari asosida hududda tug‘ilganlik holati qayd etilgan bolalar soniga muvofiq, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari tuzilgan solishtirma dalolatnomalarga asosan respublika budjeti hisobidan doimiy ro‘yxatga qo‘yganlik uchun mablag‘larni belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobvarag‘iga moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat boji summasi “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 22-maydagi 320-son qarorida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasasi orqali FHDY bo‘limida qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

1. Bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot tizimiga kiritish hamda ushbu tizim orqali FHDY bo‘limiga yuborish;

Bola tug‘ilganidan so‘ng 1 kun mobaynida

2. FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik holatini qayd etish rad etilganda, kamchiliklarni bartaraf etib, so‘rovnomani qayta yuborish

Xabarnoma kelgandan so‘ng 1 ish soati davomida

2-bosqich

FHDY bo‘limi

1. Bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan tekshirib, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuborish

Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida

2. Elektron tizim orqali kelgan ma’lumotlar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etish hamda tibbiyot muassasasiga rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan QR-kod qo‘yilgan xabarnomani yuborish

Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng 1 ish soati mobaynida

3. So‘rovnoma qayta kelib tushgandan so‘ng, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuborish

4. Bolaga oid ma’lumotlarni kompleks tartibda boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi axborot tizimlariga yuborish

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga chop etib berish

Ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng darhol

4-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘lim

Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish va natijasi bo‘yicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimida so‘rovda ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish va natijasi bo‘yicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish

Avtomatik ravishda

6-bosqich

Sog‘liqni saqlash vazirligi

“Elektron poliklinika” axborot almashinuvi tizimi orqali ona ro‘yxatda turgan poliklinikaga (ro‘yxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatga qo‘yilganligi haqida ota yoki onaga SMS xabar yuborish

1 ish kuni ichida

7-bosqich

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi

1. Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish va natijasi bo‘yicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish.

Avtomatik ravishda

2. Har oyning boshida o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Xalq banki filialining hisobvarag‘iga moliyalashtirish.

Har oyning 5 sanasiga qadar

3. FHDY bo‘limining elektron ma’lumotlariga asosan hududda tug‘ilganlik holati qayd qilingan bolalar soniga muvofiq doimiy ro‘yxatga qo‘yganlik uchun mablag‘larni belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobvarag‘iga moliyalashtirish

Joriy oydan keyingi oyning 5 sanasiga qadar

8-bosqich

Xalq banki

Bir martalik nafaqa to‘lovini olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining nafaqaga bo‘lgan huquqini Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlash hamda nafaqa to‘lovini amalga oshirish, to‘lov amalga oshirilganligi haqida ma’lumotni ota yoki onaga SMS xabar orqali yuborish.

Murojaat qilgan vaqtda

9-bosqich

FHDY bo‘limi

Ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib berish

Murojaat qilgan vaqtda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

______________________

(sana)

_____________________

(raqam)

Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasasi orqali FHDY bo‘limida qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SO‘ROVNOMA

I. Bola haqidagi ma’lumotlar

(ma’lumotlar to‘liq yozilishi shart):

1. Bolaga beriladigan F.I.O.:

1.1. Bolaning tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotlari:

II. Ota-ona haqidagi ma’lumotlar

(ma’lumotlar to‘liq yozilishi shart):

1. Onaning F.I.O.:

1.1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR):

2. Otaning F.I.O.:

2.1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR):

3. Ota-onaning nikoh tuzilganligi haqidagi ma’lumotlari:

III. Tibbiy poliklinikaga hisobga qo‘yish (xohishiga ko‘ra)

1. Tibbiy poliklinikaga hisobga qo‘yish:

ha

yo‘q

2. Hisobga qo‘yiladigan tibbiy poliklinika manzili va soni:

IV. B�r martalik nafaqani olish (xohishiga ko‘ra)

1. Bir martalik nafaqani olish:

ha

yo‘q

2. Naqd ko‘rinishda (1) yoki bank plastik kartasi (2) orqali olish:

1

2

3. Bank plastik kartasi tanlanganda, arizachining JShShIR orqali unga tegishli karta raqami:

V. Bolani ro‘yxatga qo‘yish

1. Manzil:

Otasi

Onasi

Boshqa

VI. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish (xohishiga ko‘ra)

1. Tashkilot nomi va manzili:

1.

2.

3.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinganligi to‘g‘risida

MA’LUMOTNOMA

______

1. Bolaning F.I.O.

2. Tug‘ilgan sanasi va joyi:

3. Dalolatnoma yozuvi qayd qilingan sana va raqami:

3. Bolaning JShShIRi:

4. Otasining F.I.O.

5. Millati:

6. Fuqaroligi:

7. Onasining F.I.O.

8. Millati:

9. Fuqaroligi:

10. FHDY bo‘limi:

11. Ma’lumotnoma berilgan sana:

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/704/1494-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)