09.11.2020 yildagi 697-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarining moddiy taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 6-son, 112-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
697-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi ­­­­­697-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Budjet tashkilotlarining alohida tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Budjet tashkilotlari xodimlari faoliyatini baholashning tarmoq reyting tizimiga muvofiq lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda har oylik shaxsiy ustamalar toʻlanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 balldan 80 ballgacha toʻplaganlarga — 50 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 balldan 90 ballgacha toʻplaganlarga — 100 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90 balldan 100 ballgacha toʻplaganlarga — 200 foiz”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bir” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 7-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7-bob. Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 21 va 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlariga ushbu Nizomning 4-bobida nazarda tutilganlardan tashqari qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda solingan jarimalar boʻyicha tushumlar summasidan foizlar nisbatida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan jarimalar boʻyicha tushumlar summasidan foizlar nisbati tegishli mansabdor shaxslarga solingan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining bankdagi hisobvaragʻiga 100 foiz tushishi taʼminlanishi sharti bilan ushbu jarimalar darajasiga bogʻliq ravishda, biroq 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 09/20/697/1485-son)