Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 07.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Davlat stipendiyasini tayinlash uchun nomzodlar ko‘rsatish talabgorlarning o‘quv va ijodiy (ilmiy) faoliyati mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezonlari orqali baholangan holda davlat oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspert guruhi yig‘ilishi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda o‘tkazilgan hisoblanadi. Mazkur Nizomga ilovada keltirilgan baholash mezonlariga ko‘ra har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabgor davlat stipendiyasiga tavsiya etiladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati


1-bosqich

Talabgor

Davlat stipendiyasiga hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish uchun oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashiga taqdim etish.

har yili 1-iyunga qadar


2-bosqich

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlari

Davlat stipendiyasiga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish.

har yili 15-iyunga qadar


3-bosqich

Oliy ta’lim muassasalari

1. Ilmiy kengashlar qarori, nomzodlar hamda ularning erishgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlarni oliy ta’lim muassasalarining veb-saytlarida e’lon qilish.

2. Ilmiy kengashlarning qarorlariga asosan talabgorlarning hujjatlarini bo‘ysinuvi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etish.

har yili 25-iyunga qadar


4-bosqich

Tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar

Badiiy akademiyaga talabgorlarning yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash to‘g‘risidagi tavsiyanomalarni jo‘natish.

har yili 1-iyulga qadar


5-bosqich

Badiiy akademiya

1. Talabgorlarning yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish.

har yili 10 25-iyul

2. Talabgorlarga davlat stipendiyasini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqni qabul qilish hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga yetkazish.

har yili 10-avgustga qadar

3. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasining sohibi guvohnomasini tantanali ravishda topshirish.

har yili 20-avgustga qadar

T/r

Baholash obyekti

Ball

1.

Dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari bo‘yicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha), amaliy san’at (turlari bo‘yicha), dizayn (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha baholash mezonlari

jami 100 ball

a)

oliy ta’lim muassasasidagi tahsil davrida viloyat, respublika va xalqaro miqyosidagi shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etganligi:

25 ballgacha

xalqaro miqyosidagi shaxsiy ko‘rgazmasi uchun

12 ballgacha

respublika miqyosidagi shaxsiy ko‘rgazmasi uchun

8 ballgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosidagi shaxsiy ko‘rgazmasi uchun

5 ballgacha

b)

soha bo‘yicha xalqaro va respublika darajasidagi ko‘rgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi:

35 ballgacha

xalqaro darajadagi ko‘rgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlarda sovrinli o‘rinni olganligi uchun

15 ballgacha

xalqaro darajadagi ko‘rgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etganligi uchun

10 ballgacha

respublika darajasidagi ko‘rgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlarda sovrinli o‘rinni olganligi uchun

7 ballgacha

respublika darajasidagi ko‘rgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etganligi uchun

3 ballgacha

v)

o‘quv jarayonida mutaxassislik fanlarini a’lo baholarga o‘zlashtirganligi:

25 ballgacha

oxirgi o‘quv yilidagi jami a’lo baholar 95 100 foizgacha bo‘lganda

12 ballgacha

oxirgi o‘quv yilidagi jami a’lo baholar 90 95 foizgacha bo‘lganda

8 ballgacha

oxirgi o‘quv yilidagi jami a’lo baholar 86 90 foizgacha bo‘lganda

5 ballgacha

g)

O‘zbek milliy san’atini targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi:

15 ballgacha

xorijiy ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun

10 ballgacha

respublika ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun

5 ballgacha

2.

San’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha baholash mezonlari

jami 100 ball

a)

oliy ta’lim muassasasidagi tahsil davrida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda yakka mualliflikdagi maqolalar chop etganligi:

25 ballgacha

xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallardagi maqolalari uchun

15 ballgacha

respublika miqyosidagi ilmiy jurnallardagi maqolalari uchun

10 ballgacha

b)

soha bo‘yicha xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi:

35 ballgacha

xalqaro darajadagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardama’ruza bilan ishtirok etganligi uchun

10 ballgacha

xalqaro darajadagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etganligi uchun

9 ballgacha

respublika darajasidagi ko‘rgazmalarda kuratorlik qilganligi uchun

7 ballgacha

respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyenalle, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardama’ruza bilan ishtirok etganligi uchun

6 ballgacha

respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etganligi uchun

3 ballgacha

v)

o‘quv jarayonida mutaxassislik fanlarini a’lo baholarga o‘zlashtirganligi:

25 ballgacha

oxirgi o‘quv yilidagi jami a’lo baholar 95 100 foizgacha bo‘lganda

12 ballgacha

oxirgi o‘quv yilidagi jami a’lo baholar 90 95 foizgacha bo‘lganda

8 ballgacha

oxirgi o‘quv yilidagi jami a’lo baholar 86 90 foizgacha bo‘lganda

5 ballgacha

g)

O‘zbek milliy san’atini targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi:

15 ballgacha

xorijiy ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun

10 ballgacha

respublika ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun

5 ballgacha

b) Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlarining (2-ilova) “Stipendiya nomi va qo‘shimcha to‘lovlar” ustuni 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi