23.08.2016 yildagi PQ-2578-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz mustakilligini mustaxkamlash, uning iktisodiy kudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining dahlsizligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istikdol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizni “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash maksadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlash boʻyicha vazirlik, idora, xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish jadvali ilovaga muvofiq kabul kilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va boshqa mutasaddi rahbarlar “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlarini mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish bilan bogʻliq tadbirlar hamda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D. Nazarmuhamedov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2578-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-avgustdagi PQ-2578-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mukofotlanganlar

Kim tomonidan topshiriladi

Topshirish sanasi

I.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

II.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi,
Markaziy bank Raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

25-avgust 2016-yil

Senat aʼzolari,
Senat apparati xodimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

25-avgust 2016-yil

Milliy xavfsizlik xizmati Raisi,
Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xoʻjalik sudlarining Raislari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

25-avgust 2016-yil

III.

Qonunchilik palatasi deputatlari,
Qonunchilik palatasi apparati xodimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri

25-avgust 2016-yil

IV.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati aʼzolari,
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparati xodimlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri

25-avgust 2016-yil

V.

Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibiga kiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari rahbarlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosarlari— kompleks rahbarlari

26-27-avgust 2016-yil

VI.

Respublika ommaviy axborot vositalari rahbarlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosarlari— kompleks rahbarlari

26-avgust 2016-yil

VII.

Jamoat tashkilotlarining rahbarlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosarlari— kompleks rahbarlari

26-27-avgust 2016-yil

VIII.

Vazirlik, idora, xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining xodimlari

Vazirlik, idora, xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning respublika organlari rahbarlari

29 — 31-avgust 2016-yil

IX.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlaridan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha mukofotlanganlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, Toshkent shahar, viloyatlar, shahar va tumanlar

29 — 31-avgust 2016-yil

Hududlar boʻyicha masʼullar

Toshkent shahri

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev

29-avgust 2016-yil

Toshkent viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov

30-avgust 2016-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Zakirov

29-30-avgust 2016-yil

Andijon, Samarqand viloyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U. Rozukulov

29-30-avgust 2016-yil

Buxoro, Navoiy viloyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ. Ibragimov

29-30-avgust 2016-yil

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Karimov

29-30-avgust 2016-yil

Namangan va Fargʻona viloyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikramov

29-30-avgust 2016-yil

Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E. Basitxanova

29-30-avgust 2016-yil