04.11.2020 yildagi PQ-4881-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadimiy qadriyatlarimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan milliy sportimiz boʻlgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga aylantirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, kurashning tobora ommalashib borayotganligi nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilishga, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilishga, sport inventarlari va kiyimlari taʼminotini yaxshilashga, bu borada ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuningdek, soha uchun malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy anʼanalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, oʻzbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuygʻusini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kurash milliy sport turini (keyingi oʻrinlarda — kurash) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shugʻullanishga keng jalb qilish hamda Oʻzbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni ommalashtirish, uning jahon sporti durdonasiga aylanishiga va Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash boʻyicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida oliy taʼlim muassasalar talabalari oʻrtasida kurash boʻyicha xalqaro musobaqani;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha xalqaro turnirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yildan boshlab har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2021 — 2025-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan quriladigan hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Vazirlik huzuridagi kurash mahorat maktablarini (keyingi oʻrinlarda — kurash mahorat maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash institutini qayta tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Vazirlik tasarrufidagi Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga bepul foydalanishga berish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xarita”) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlar) 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2025-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining manzilli roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va baholash mezonlariga erishishning pirovard maqsadi kurashni 2028-yilgacha Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan olimpiya sport turi sifatida tan olinishiga hamda Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilishiga erishish deb eʼtirof etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli koʻrsatkichlar va kurashni ommalashtirish boʻyicha tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili alohida-alohida tasdiqlanadigan “Yoʻl xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida kurashni rivojlantirish va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni bajarish uchun 1 nafar masʼul xodim biriktirilsin.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga kurash milliy sportini rivojlantirish boʻyicha boʻlim tashkil etish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar kurash mahorat maktablari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh istiqbolli sportchilarni tanlab olish va tarbiyalash masalalari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-axborot yordam koʻrsatishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish hamda kurash boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritishga qodir boʻlgan sportchilarni tayyorlashda ushbu bazalardan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash mahorat maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini tashkil etish hamda muntazam ravishda oʻtkazib borish, xorijiy davlatlar trener va hakamlari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida chet elning kurash klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5924-son Farmonida nazarda tutilgan 2021-2022-yillarda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari hisobidan viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 14 ta kurash milliy sport turiga ixtisoslashtirilgan sport inshootlari quriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan sport inshootlarini saqlash xarajatlari ular tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablari va sport taʼlim muassasalarida kurash boʻyicha oʻquv, oʻquv-mashq, oʻquvchilarni saralab olish (seleksiya) hamda ularda musobaqalarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan belgilanadi va muvofiqlashtirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash mahorat maktablari direktorlari va sport boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Oʻzbekiston kurash federatsiyasining taqdimnomasiga asosan Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash mahorat maktablari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan boshlangʻich professional davlat sport-taʼlim muassasalari hisoblanadi va ularning faoliyati kurash boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash mahorat maktablarining oʻquvchilariga bepul taʼlim olish, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining oʻquvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat meʼyorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan taʼminlanish hamda oʻquvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Xalq taʼlimi vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda sport gilamlari mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish asosida kurash guruhlari tashkil etiladigan maktablar roʻyxatini Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi bilan kelishgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining sport zallarini kurash guruhlari tashkil etish uchun jismoniy tarbiya oʻquv fanidan boʻsh vaqtda oʻrnatilgan tartibda bepul vaqtincha foydalanishga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida kurash boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yoʻnalishlari mavjud oliy taʼlim muassasalarida kurash boʻyicha mutaxassislikni ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bilan shugʻullangan xodimlar va harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlarni ushbu sportga yanada keng jalb etish orqali sogʻlom turmush tarzini faol targʻib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni “Polvonlari koʻp yurt qudratli boʻlur” degan yagona shior ostida birlashtirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida bepul kurash guruhlarini (keyingi oʻrinlarda — kurash guruhlari) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Oʻzbekiston kurash federatsiyasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Kurash milliy sport turini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin hamda quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga aʼzolik badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylar — jismoniy va yuridik shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kurash instituti, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari va boshqa sport maktablarining kurash boʻlimlari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni ommalashtirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kurashchilar, trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etishga koʻmaklashish maqsadlari uchun foydalanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish, mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kurash instituti, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning Toshkent shahar boʻlinmasi xodimlarining oylik ish haqi hamda ularni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjetining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududiy boʻlinmalar xodimlarining oylik ish haqi va ularni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kurash mahorat maktablari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, ularni yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni 2021-yilda ajratsin va 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat budjetidan 2025-yilga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi hisob raqamiga uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun har yili — 10 milliard soʻm, shu jumladan 2020-yilda Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi hisobidan — 10 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlar uchun — 10 milliard soʻm Vazirlikka sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlikning buyurtmanomasiga asosan 2020-yildan boshlab “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 31-dekabrga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq olib kiriladigan kurash gilamlari, ularni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, ularning ehtiyot va butlovchi qismlari, shuningdek, xomashyolari bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar Xalqaro “GAISF — Global Association of International Sports Federations” tashkiloti aʼzoligiga Xalqaro kurash assotsiatsiyasining kirishi boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Vazirlik bilan birgalikda kurashni Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish uchun har yili amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kurash bilan shugʻullangan xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kurash guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning muntazam faoliyat yuritishlarini taʼminlash tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ularda kurash boʻlimlarini tashkil etish hamda mazkur boʻlimlarning faoliyatini rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalari bilan birgalikda xalqaro talablarni inobatga olgan holda yaktak sport kiyimlari hamda kurash gilamlarining davlat standartlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda xalqaro standartlashtirish tizimiga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining sport zallarini jihozlashning normativlariga kurash gilamlarini kiritsin va mazkur maktablarni bosqichma-bosqich taʼminlash dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 3-ilovasida nazarda tutilgan 2020 — 2025-yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligidagi Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) oʻn kun muddatda masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda majlis oʻtkazib, mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida axborot bersin, shuningdek, har chorakda ijrosini muhokama qilsin va aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlik (D. Nabiyev):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning pirovard maqsadiga erishilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda bir yilga moʻljallangan media-rejani tasdiqlasin hamda kurashni targʻib qilishga qaratilgan mavzuli va koʻchma dasturlar, tok-shoular, intervyular va roliklar namoyish etilishini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda mazkur qaror va “Yoʻl xaritasi”ning bajarilishi holati, mavjud muammo va kamchiliklar, maqsadli koʻrsatkichlarda belgilangan natijalarga erishish holati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Yoʻl xaritasi”ning bajarilishiga va baholash mezonlarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlarga erishishga masʼul vazirlik hamda idoralar ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish, “Yoʻl xaritasi”ni ijro etish holati toʻgʻrisida har chorak yakuni boʻyicha Vazirlikka axborot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishda masʼul vazirlik va idoralarga doimiy ravishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4881-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilda Oʻzbekiston kurash federatsiyasining tashkil etilishi muhim tarixiy voqea boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatimizning bevosita koʻllab-quvvatlashi va Oʻzbekiston kurash Federatsiyasi tomonidan kurashni ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida jahonning turli qitʼalarida joylashgan xorijiy davlatlarda milliy kurash federatsiyalari tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 6-sentabrda dunyoning beshta qitʼasidagi 129 ta milliy federatsiyalarni birlashtirgan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi taʼsis etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish uchun buyurtma berishda muhim talab hisoblangan Jahon dopingga qarshi agentligining eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-sentabrda boʻlib oʻtgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida tarixda ilk bor kurash sport turi 2018-yilda Indoneziyada oʻtgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari dasturiga alohida sport turi sifatida hamda 2022-yilda — Xitoyda, 2026-yilda — Yaponiyada oʻtadigan yozgi Osiyo oʻyinlari dasturlariga kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash boʻyicha xalqaro sport tadbirlarida sportchilarimiz sovrinli oʻrinlarni egallab mamlakatimiz nufuzini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Xususan, yurtimiz sportchilari 2019-yilda xalqaro sport tadbirlarida 1 231 ta, shu jumladan 378 ta oltin, 402 ta kumush, 451 ta bronza medallarini qoʻlga kiritganlar. Bunda, kurashchilar xalqaro sport tadbirlarida jami 73 ta, shu jumladan 37 ta oltin medalga sazovor boʻlganlar va bu avvalgi yilda mamlakat boʻyicha sportchilar tomonidan qoʻlga kiritilgan oltin medallarning 10 foizini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda kurashni yanada ommalashtirish va tizimli rivojlantirish, Yevropa, Afrika va Panamerika qitʼaviy oʻyinlari qatoriga rasman kiritish va xalqaro “GAISF — Global Association of International Sports Federations” tashkilotining eʼtirofiga sazovor boʻlish, Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish maqsadida Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarda kurashni tizimli rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yoʻnalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda kurashni rivojlantirish dasturlari va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda ushbu sohada toʻplanib qolgan muammolarni bartaraf etish orqali kurashning jahondagi nufuzini yanada oshirish, barcha aholi qatlami, ayniqsa yoshlarning sogʻlom turmush tarziga intilishlarini taʼminlash, ularni mardlik, sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy xalq oʻyinlaridan jahon sport turiga aylangan kurashga nisbatan gʻurur, iftixor va faxrlanish hissini uygʻotish Konsepsiyaning asl mohiyatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kurash milliy sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan tizimli muammolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda Oʻzbekistonda kurashni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan 226 ta sport taʼlim muassasasi faoliyat yuritadi, shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170 tasi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 tasi ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 tasi sportning yakka kurash turiga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 tasi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 tasi olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 tasi nodavlat kurash klublari hamda kurashchilar tayyorlovchi boshqa sport muassasalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda yurtimizda kurash boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar soni 1,5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. Tahlillar ayrim hududlarda trenerlar sonining umumiy aholi soni bilan yuqori nomutanosibligini koʻrsatmoqda. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1,8 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 179 nafar (0,009 foiz), Toshkent shahrida 2,5 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 39 nafar (0,001 foiz), Andijon viloyatida 3 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 43 nafar (0,001 foiz) kurash treneri toʻgʻri kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Toshkent va Fargʻona viloyatlarining 6 tadan, Andijon viloyatining 5 ta, Navoiy viloyatining 2 ta tuman va shaharlarida kurash boʻyicha birorta trener mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda kurash bilan shugʻullanuvchilar 2017-yilda 25 ming nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2018-yilga kelib, bu koʻrsatkich 40 ming nafardan oshib, mamlakatdagi umumiy aholi sonining 0,1 foizini tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlar tajribasining koʻrsatishicha, ularda aholining aksariyat qismi milliy sport turlari bilan muntazam shugʻullanib keladi. Jumladan, 1936-yilda Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan basketbol oʻyinining vatani AQSHda aholining 10 foizga yaqini yoki 25 million nafari ushbu sport turi bilan muntazam shugʻullanadi. Shuningdek, mazkur davlatda 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan aholining 27 foizi, 30 dan 49 yoshgacha boʻlganlarning 23 foizi, 50 dan 64 yoshgacha boʻlganlarning 7 foizi soʻnggi 12 oyda basketbol milliy sporti bilan shugʻullangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1964-yildan Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan Yaponiya milliy sport turi — dzyudo bilan ushbu davlatning 10 million (qariyb 10 foiz) aholisi shugʻullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yildan Xalqaro olimpiya oʻyinlariga kiritilgan taekvondo WTF sporti bilan Koreyada maxsus maktablar faoliyati tashkil etilganligi va yoʻlga qoʻyilganligi sababli 55 million nafar aholining aksariyati shugʻullanadi. Taekvondoning jahonda ommalashuvi sababli Koreyada turizmning alohida yoʻnalishi — “taekvondo turizmi” yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiyada milliy sport turi boʻlgan samboni ommalashtirish va unga aholini jalb qilish borasida qator chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, 2015-yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Maktabda sambo” loyihasiga 74 ta hududda joylashgan 800 ta maktab jalb qilinishi natijasida unda ishtirok etayotgan maktab oʻquvchilarining soni 120 mingga yetdi. Shu bilan birga, Rossiya maktablarida sambo bilan shugʻullanuvchilar soni har yili 10 foizga oshmoqda va 2018-yilda davlat budjetidan 5 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilgan. Shu tarzda AQSHda — “beysbol”, Yaponiyada — “karate”, “dzyudo”, “sumo”, Xitoyda — “ushu” milliy sport turlari davlat tomonidan muntazam moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurashni ommalashtirish va rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan muhim masalalardan biri ushbu sport bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining yetarli emasligidir. Jumladan, hududlarda Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning filiallari oʻquv-mashgʻulot oʻtkazish zallariga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasining tizimli moliyalashtirish manbalari mavjud emasligi, xorijiy davlatlar milliy federatsiyalarining kurashga oid zarur sport anjomlari bilan taʼminlanmaganligi ushbu sport bilan shugʻullanish istagida boʻlgan sportchilarni kurashga jalb qilish imkonini bermasdan kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini kurash sporti boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, trenerlar, yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari bilan tizimli taʼminlash yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli chet ellik sportchilar oʻrtasida mazkur sport turini ommalashtirish hamda uning insonparvar gʻoyalari haqida yetarlicha maʼlumot yetkazish imkoni berilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, kurashning Panamerika, Afrika oʻyinlarida koʻrgazmali chiqishlari, yakkama-yakka jangovar Osiyo oʻyinlari, Osiyo sohil oʻyinlari, yopiq inshootlardagi va yozgi Osiyo oʻyinlari hamda bir qator xalqaro oʻyinlar dasturlariga kiritilganligi, qolaversa, oʻzbekcha soʻzlar va Oʻzbekiston davlat bayrogʻi ramzi aks ettirilgan kurash yaktaklari orqali mamlakat va millat nomini tarannum etayotgan bir paytda uning Oʻzbekiston va jahonda yanada ommalashuvi hamda rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan quyidagi tizimli muammolar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekistonda kurashni ommalashtirish va rivojlantirishdagi tizimli muammolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi yillarda kurashni yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan boʻlsada, ushbu sportni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan alohida dastur ishlab chiqilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda va jahon miqyosida malakali professional kurash trenerlari hamda hakamlarini tayyorlash tizimi mavjud emas. Jumladan, bugungi kunda yurtimizda oliy malakali kurash trenerlari va hakamlari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tayyorlanib, uni har yili ushbu sport yoʻnalishi boʻyicha 30 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Biroq, xorijiy davlatlar fuqarolaridan professional kurash trenerlari va hakamlarini tizimli tayyorlash yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ularning mazkur mutaxassislarni tayyorlashga amaliy yordam berish haqidagi murojaatlari javobsiz qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 4-dekabrda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan taʼsis etilgan Xalqaro kurash instituti bugungi kunga qadar amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilmagan va faoliyati toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilmagan. Oʻtgan 20 yil davomida ushbu institut tomonidan kurash sportini oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqot yoki izlanishlar deyarli olib borilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sportining asosiy ajralmas qismi boʻlgan yaktak sport kiyimlari mahsulotlarini ishlab chiqarish kurash vatanida yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli oʻzbek kurashi brendi yaratilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasining hududiy kurash markazlari oʻz bino hamda sport maydonlariga ega emas. Shu bilan birga, ayni paytda respublikaning 12 ta hududlarida kurash milliy sport turi markazlari qurilishi taʼminlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sporti va milliy mentalitetimizning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xotin-qizlarga moʻljallangan kurash yoʻnalishi tashkil etilmagan, ular uchun trenerlar va hakamlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sportini, ushbu sohada muvaffaqiyatlarga erishayotgan sportchilarni bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish ishlari qoniqarsiz ahvolda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jahonda kurashni ommalashtirish va rivojlantirishdagi tizimli muammolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning London, Parij, Afina, Rio de-Janeyro, Istanbul, Tehron va boshqa shaharlaridagi anʼanaviy kurash musobaqalari soʻnggi yillarda oʻtkazilmasdan qolayotgan boʻlib, bu kurashning jahondagi nufuzi va ommalashuviga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Jumladan, Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 2017-yilgi rejasiga muvofiq xorijiy mamlakatlarda rejalashtirilgan jami 29 ta kurash musobaqalaridan 14 tasi, 2018-yilda 27 ta musobaqalardan 16 tasi, 2019-yilda 32 ta musobaqalardan 18 tasi moliyalashtirilmaganligi sababli oʻtkazilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash boʻyicha milliy va xalqaro musobaqalarni mamlakatdagi hamda jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritish tizimi yoʻlga qoʻyilmagan. Jumladan, kurashni oʻrgatuvchi va targʻib qiluvchi videoroliklar, mobil ilovalar hamda boshqa elektron materiallar tayyorlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni jahonda ommalashtirish va unga xorijiy davlatlar aholisini keng jalb etish maqsadida mavjud 129 ta xorijiy federatsiyalarga yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari deyarli yetkazib berilmagan. Jumladan, oʻtgan davrda Germaniya, Rossiya, Belarus va Afgʻonistonga faqat 50 ta yaktak sport kiyimlari yetkazish bilan cheklanilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash boʻyicha mamlakat va xorijiy davlatlarda professional sportchilar tayyorlashga moʻljallangan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kurashni Oʻzbekistonda va jahonda yanada ommalashtirish hamda rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurashni yanada rivojlantirish va ommalashtirish mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlarini yoshidan qatʼi nazar sogʻlom turmush tarziga jalb qilish, yoshlarni Vatanga sadoqatli etib tarbiyalash, kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning halollik, adolatlilik, bagʻrikenglik kabi insonparvar gʻoyalarini dunyo ahliga yanada keng targʻib qilish, ushbu sohaga investitsiyalarni faol jalb etish orqali uni tijoratlashtirish hamda chinakam oʻzbek kurashi brendini ommalashtirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi — kurashni Yevropa, Afrika, Panamerika qitʼaviy oʻyinlariga rasman kiritish va xalqaro “GAISF — Global Association of International Sports Federations” tashkilotining eʼtirofiga sazovor boʻlishi orqali uning Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olinishiga erishish hamda 2028-yilgacha Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar kurashni yanada rivojlantirishning muhim vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshidan qatʼi nazar aholining barcha qatlamlari, shu jumladan yoshlarni kurash sportiga faol jalb qilish orqali mamlakatda ushbu sportning ommaviyligini yanada oshirish, Oʻzbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash trenerlari va hakamlarini tayyorlash, ular malakalarini bosqichma-bosqich oshirib borish, xorijiy davlatlar milliy federatsiyalariga trenerlarni “eksport” qilish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashning yangi turlarini (xotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalarni) ommalashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sport turiga investitsiyalarni keng jalb etish va ularni ragʻbatlantirish, kurash xususiy klublari tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni hamda xorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga muntazam yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni xorijiy davlatlarda yanada ommalashtirish va rivojlantirish, uni jahon xalqlarining eng ommabop sport turlaridan biriga aylantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekistonda va jahonda kurashni yanada ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning asosiy bosqichlari hamda ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda va jahonda kurashni yanada ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich (2020 — 2023-yillar) — kurash musobaqalari soni va koʻlamini yanada kengaytirish, uning mamlakat hamda xorijiy davlatlardagi infratuzilmasini yaxshilash, trener va hakamlarga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirish, xorijiy davlatlar federatsiyalarini moliyaviy hamda moddiy-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali ushbu sport turini yanada ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich (2024-yildan) — kurashning insonparvar xususiyatlarini butun dunyoga faol targʻib qilish, sport musobaqalariga aholining barcha qatlamlarini keng jalb etish orqali jahon xalqlarining sevimli sport turiga aylantirish, Xalqaro olimpiya oʻyinlariga kirishiga erishish, dunyoda oʻzbek kurashi brendi nufuzini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§1. Oʻzbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar 2025-yilga qadar Oʻzbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shugʻullanishga keng jalb qilish, Oʻzbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sport turi bilan shugʻullanuvchilar va trenerlar haqida maʼlumotlarni toʻliq shakllantirish maqsadida faoliyat yuritayotgan barcha kurash klublarini xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumtaʼlim maktablarining oʻquv dasturiga kurashni kiritish va ularni moddiy-texnik bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida kurash boʻyicha qabul kvotalarini ikki baravarga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi kasb-hunar maktablari, kollejlari, texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi hamda talabalarining kurash boʻyicha musobaqalarda qoʻlga kiritgan yutuqlari asosida “Taʼlim muassasalarining “Kurash” milliy sport turi boʻyicha milliy reytingi”ni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlariga oliy taʼlim muassasasida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, unda qatnashuvchi talabalarning musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallashlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashning yangi turlarini (xotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalar) tashkil etish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish, ushbu turlar boʻyicha trenerlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda 2023-yildan boshlab bolalar, xotin-qizlar va faxriylar oʻrtasida muntazam ravishda hududiy va respublika musobaqalari oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kurash bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 2021 — 2025-yillarda yangi quriladigan Turizm va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining namunaviy loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Turizm va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini qurish va ularni kurash gilamlari hamda zarur sport inventarlari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini jihozlash normativlarini ishlab chiqish;
(1-paragraf “b” kichik bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablarining sport zallarini jihozlashning normativlariga “kurash gilamlari”ni kiritish va mazkur maktablarni bosqichma-bosqich taʼminlash dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar koʻchasida joylashgan 1 gektar yer maydoniga xalqaro kurash musobaqalarini oʻtkazishga moʻljallangan “Kurash” milliy sport turi markazini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish, uni amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga tekin foydalanishga berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlariga ustuvorlik bergan holda ularni bosqichma-bosqich joriy etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlarining amaliy va uslubiy qoʻllanmalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlarini oʻtkazuvchi trenerlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash boʻyicha musobaqalarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida respublika chempionatini tashkil etish hamda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kurash boʻyicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etish hamda uning asosiy vazifalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yoʻnalishlaridagi oliy taʼlim muassasalarida kurash boʻyicha mutaxassisliklar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumtaʼlim maktablari uchun kurash fanidan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash trenerlari va hakamlarining xorijiy davlatlarga “eksport” qilinishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning chet tillarini oʻrganishlarini ragʻbatlantirish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni oʻqitishga bagʻishlangan “Kurash usullari”, “Kurash texnikasi va oʻqitish metodikasi”, “Yangi oʻrganuvchilar uchun kurash”, “Kurash hamma uchun”, “Kurash usullarini oʻqitish metodikasi” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yil treneri”, “Yil hakami” va boshqa nominatsiyalardagi respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida oʻzbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kurash usullarini oʻrgatishga boʻyicha maxsus videoroliklar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni, seminarlarni va forumlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi barcha kurash turlarini ilmiy jihatdan oʻrganib, olimlarning mazkur yoʻnalishdagi ilmiy izlanishlarini tahlil qilgan holda, kurash sport turlarini rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan “Xalqaro kurash forumi”ni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻzbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini koʻrish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaktak sport kiyimlari turlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va ularning davlat standartini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga bukmeykerlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini berish orqali yakka va jamoaviy kurash oʻyinlari hamda kurash bilan bogʻliq boshqa oʻyinlarni yoʻlga qoʻyish, ulardan olingan daromadlarni faqat kurashni rivojlantirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda “KURASHLOTTO” lotereyalarini tashkil etish va lotereya oʻyinlari oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi huzurida unga aʼzo kurash sportchilaridan iborat jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qoʻriqlash xizmatlari koʻrsatish boʻyicha taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash klublarini tashkil etish, reklama xizmatlaridan foydalanish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali kurashning tijoratlashuvini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kurashni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy reklama orqali kurashning ommaviyligini keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari gʻoliblari, milliy terma jamoalar aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron bazaga joylashtirish dasturini ishlab chiqish va unga barcha nufuzli musobaqalar, kurash boʻyicha trenerlar, terma jamoa aʼzolari, xalqaro va respublika toifasidagi hamda zaxiradagi hakamlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar joylashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalarini muntazam yoritib borish, kurash musobaqalarining sovrindor sportchilari oila aʼzolari, trenerlari ishtirokida “Kurashchining onasi”, “Kurashchining otasi”, “Chempionning ustozi” kabi turkum telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kurash milliy sport turining rivojlanish tarixi”, “Kurash qahramonlari”, “Yil kurashchisi” va boshqa nomdagi kitoblar chop etish, oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi “UZBEK KURASH” nomli oylik ilmiy-ommabop elektron jurnalini taʼsis etish va uni elektron ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kurashchilar uchun badantarbiya”, “Bolalar uchun kurash”, “Kattalar uchun kurash”, “Kurash malikasi”, “Kurash milliy gʻururimiz”, “Kurash millat faxri” va boshqa nomlardagi maxsus roliklar tayyorlash hamda efir vaqtida, jumladan tomoshabop vaqtlarda har kun namoyish etish, “Kurash yulduzi”, “Kurash faxriysi”, “Kurash tarixi”, “Kurash xalq sayli” nomli telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish, yoshlar oʻrtasida kurashni keng targʻib etish, ularda vatanparvarlik hissini uygʻotish, ularni sogʻlom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan koʻrsatuvlar namoyish etish orqali ommalashtirish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash orqali sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, umumxalq harakati sifatida turli kurash sayillarini, bayram va tadbirlarda kurash boʻyicha koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar gʻoyalarini keng targʻib qilish orqali jahonda Oʻzbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar gʻoyalarini keng targʻib qilish orqali jahonda Oʻzbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kurashni jahonda ommalashtirish, kurash bilan bogʻliq turli tadbirlarga turistlarni keng jalb etish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash boʻyicha xalqaro sport tadbirlari gʻoliblari ishtirokida Buxoro, Samarqand, Xiva va boshqa sayyohlar gavjum boʻlgan joylarda kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida milliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xalqaro kurash musobaqasini tashkil etish hamda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki yilda oʻtkaziladigan “Jahon kurash oʻyinlari”ni (“World Kurash games”) yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga taklif kiritish orqali ushbu xalqaro musobaqa muntazam oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha xalqaro turnirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni YUNESKOning etnosport milliy oʻyinlari nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Islom hamda Afrika oʻyinlari, 2024-yilda Yevropa oʻyinlari va 2025-yilda Panamerika oʻyinlari sport musobaqalari dasturiga kurash sportini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi va uning aʼzolari bilan hamkorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya mezonlari asosida, xalqaro maydonda bolalar, yoshlar va xotin-qizlar oʻrtasida kurash sportini ommaviylashtirish va sport musobaqalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, kurash infratuzilmasini shakllantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, shuningdek, Afrika, Yevropa, Panamerika, Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kattalar va yoshlar oʻrtasida qitʼaviy musobaqalarni tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida ular faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq belgilangan standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlarini xorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga yetkazib berilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining soʻroviga binoan kurash mutaxassislarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan davlatlar tengligi tamoyili asosida tuzilgan jadvalga muvofiq har yili 50 nafar kurash boʻyicha chet ellik trener va hakamlarning ikki haftalik bepul malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kurash boʻyicha milliy va xalqaro musobaqalarni yetakchi ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritishni yoʻlga qoʻyish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda oʻtadigan kurash musobaqalari, “toʻy kurashlari”, “kurash sayillari”, “kurash festivallari” va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kurash federatsiyasining ingliz, rus va oʻzbek tillarida veb-saytini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni jahon boʻylab targʻib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va ESPN (Entertainment and Sports Programming Network), Sky Sports, Setanta Sports, Fox Sports, Euronews, Eurosport CNN hamda boshqa yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish moʻljallanmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda kurash trenerlari va hakamlari tayyorlash tizimini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish orqali mamlakatning va xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining ularga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda kurashni xalqaro “GAISF — Global Association of International Sports Federations” tashkilotining eʼtirofiga sazovor boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda kurashni Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olinishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilga qadar Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari moddiy-texnik bazasini shakllantirish hamda ularni kurash gilamlari bilan taʼminlashga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilga qadar kurash bilan muntazam shugʻullanuvchi maktab oʻquvchilarini jami maktab oʻquvchilarining kamida 12 foiziga yetkazishga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilga qadar kurash bilan muntazam shugʻullanuvchi aholi sonini kamida 8 foizga hamda xorijiy davlatlarda kurash bilan muntazam shugʻullanuvchi sportchilar sonini kamida 12 millionga yetkazishga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2028-yilda kurashning Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirishiga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek kurashini mamlakatimizda va jahonda ommalashtirish hamda yanada rivojlantirish, ushbu sport turi orqali mamlakatimiz shaʼni va nufuzini oshirish nafaqat uning rivojiga javobgar tashkilotlarning yuksak masʼuliyatini, balki har bir fuqaroning har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyada belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi mamlakatimiz aholisi barcha qatlamlarini sportga jalb etgan holda jismonan sogʻlom avlod shakllanishini yanada ragʻbatlantirishga, oʻzbek va jahon sportchilarini yagona maqsadga — jahonning insonparvar sport turlaridan biri boʻlgan kurashni rivojlantirish yoʻlida birlashishlariga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari

1.1. Aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shugʻullanishga keng jalb qilish, Oʻzbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish

1.

Kurash sport turi bilan shugʻullanuvchilar va trenerlar haqidagi maʼlumotlarni toʻliq shakllantirish maqsadida barcha kurash klublarini xatlovdan oʻtkazish.

2020-yil dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

2.

Mamlakatimizda kurash bilan shugʻullanuvchi aholi qamrovini kengaytirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumtaʼlim maktablarining oʻquv dasturiga kurash fanini kiritish;

kurashga ixtisoslashtirilgan tumanlardagi umumtaʼlim maktablari moddiy-texnik bazasini takomillashtirish;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida kurash boʻyicha qabul parametrlarini ikki baravarga oshirish.

Davlat budjeti mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2020-yil

noyabr- dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi

3.

Respublikadagi kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish.

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2021-yil may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

4.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi hamda talabalarining kurash boʻyicha musobaqalarda qoʻlga kiritgan yutuqlari asosida “Taʼlim muassasalarining “Kurash” milliy sport turi boʻyicha milliy reytingi”ni tuzish.

2020-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

5.

Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlariga oliy taʼlim muassasasida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, unda qatnashuvchi talabalarning musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallashlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.

2021-yil fevral

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

6.

Har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasini oʻtkazish.

Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

2020-yildan boshlab doimiy

Davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar

7.

Kurashning yangi turlarini (xotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalar) tashkil etish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish, trenerlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2021-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

1.2. Kurash bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish

8.

Viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 2021 — 2025-yillarda yangi quriladigan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining namunaviy loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va ularning ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil

fevral

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

81.

Fargʻona viloyati Yozyovon tumani markazida 18x42 metr oʻlchamdagi yengil konstruksiyali sport zal qurilish

Davlat budjeti mablagʻlari

2024-yil davomida

Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi

9.

Viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 2021 — 2025-yillarda yangi quriladigan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini qurish va ularni kurash gilamlari hamda zarur sport inventarlari bilan jihozlash.

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yildan boshlab

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

10.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini, ularni jihozlash normativlarini qayta ishlab chiqish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil yanvar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

11.

Umumtaʼlim maktablarining sport zallarini jihozlashning normativlariga “kurash gilamlari” ni kiritish va mazkur maktablarni 2024-yilgacha bosqichma-bosqich taʼminlash dasturini ishlab chiqish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2020-yil
dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi

12.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar koʻchasida joylashgan 1 ga yer maydoniga xalqaro kurash musobaqalarini oʻtkazishga moʻljallangan “Kurash” milliy sport turi markazini qurish.

Davlat budjeti mablagʻlari, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-2022-yillar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzb?kiston kurash federatsiyasi

13.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

maktab-internati moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish;

maktab-internatni Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga tekin foydalanishga berish hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolish.

Davlat budjeti mablagʻlari, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yil yanvar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

1.3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish

14.

Harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlariga ustuvorlik bergan holda ushbu sport turlarini bosqichma-bosqich joriy etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar

15.

Harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlari amaliy va uslubiy qoʻllanmalarini tayyorlash.

2021-yil

yanvar

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

16.

Kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlarini oʻtkazuvchi trenerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

2021-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

17.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash hamda jangovar kurash boʻyicha musobaqalarni kiritish.

Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

2021-yildan boshlab doimiy

Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

18.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida Kurash boʻyicha respublika chempionatini tashkil etish hamda oʻtkazish.

Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

2021-yildan boshlab doimiy

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar

1.4. Kurash boʻyicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish

19.

Vazirlar Mahkamasining, shu jumladan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etish hamda uning asosiy vazifalarini nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Davlat budjeti mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

2021-yil mart

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

20.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash institutini joylashtirish uchun Toshkent shahrida yangi bino qurish.

Homiylar mablagʻlari

2023-yil yanvar

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi

21.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yoʻnalishlardagi oliy taʼlim muassasalarida kurash boʻyicha mutaxassisliklarni ochish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

22.

Kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumtaʼlim maktablari uchun kurash fanidan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash.

Ijrochilar mablagʻlari

2021-yil mart-aprel

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi

23.

Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish ishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida chet tillarni oʻrganish boʻyicha ishlarni ragʻbatlantirish tizimini yaratish.

2021-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

24.

Kurashni oʻqitishga bagʻishlangan “Kurash usullari”, “Kurash texnikasi va oʻqitish metodikasi”, “Yangi oʻrganuvchilar uchun kurash”, “Kurash hamma uchun”, “Kurash usullarini oʻqitish metodikasi” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

25.

“Yil treneri”, “Yil hakami” va boshqa nominatsiyalardagi respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2020-yil dekabr oyidan boshlab har yili

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

26.

Milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida oʻzbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kurash usullarini oʻrgatishga moʻljallangan maxsus videoroliklar tayyorlash va ularni Oʻzbekiston kurash federatsiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

1.5. Oʻzbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini koʻrish

27.

Yaktak sport kiyimlari turlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va ularning davlat standartini ishlab chiqish.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

2020-2021-yillar

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

28.

Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablagʻlari

2020-2021-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

29.

Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga bukmekerlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini berish orqali yakka va jamoaviy kurash oʻyinlari hamda kurash bilan bogʻliq boshqa oʻyinlarni tashkil etish, ulardan olingan daromadlarni faqat kurashni rivojlantirishga yoʻnaltirish.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi

30.

Kurash lotereyasini tashkil etish va oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

Belgilangan tartibda “KURASHLOTTO” lotereyalarini oʻtkazish.

Bunda, lotereya oʻyinlari oʻtkazish orqali budjetdan tashqari mablagʻlar shakllantiriladi va mazkur mablagʻlar:

kur?shni Oʻzbekiston va jahonda yanada rivojlantirish;

kurash infratuzilmasini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish;

kurash mahorat maktablari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi ?odimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ular xizmat safarlarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

2021-yil mart

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

31.

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi huzurida unga aʼzo kurash sportchilaridan iborat jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taklif kiritish.

2021-yil dekabr

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi

32.

Kurash klublarini tashkil etish, reklama xizmatlaridan foydalanish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali kurashning tijoratlashuvini joriy etish.

2020-yildan boshlab

doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

1.5. Kurashni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish

33.

Ijtimoiy reklama orqali kurashning ommaviyligini keng targʻib qilish.

2020-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

34.

Kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari gʻoliblari, milliy terma jamoalar aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron bazaga joylashtirish dasturini ishlab chiqish va unga barcha nufuzli musobaqalar, kurash boʻyicha trenerlar, terma jamoa aʼzolari, xalqaro va respublika toifasidagi hamda zaxiradagi hakamlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar joylashtirilishini taʼminlash.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yil dekabr

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

35.

Kurash boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalarini muntazam yoritib borish, kurash musobaqalari sovrindor sportchilar oila aʼzolari, trenerlari ishtirokida “Kurashchining onasi”, “Kurashchining otasi”, “Chempionning ustozi” kabi turkum telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish etish.

2020-yil noyabr oyidan boshlab doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

36.

“Kurash milliy sport turining rivojlanish tarixi”, “Kurash qahramonlari”, “Yil kurashchisi” va boshqa nomdagi kitoblarni chop etish, oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi “UZBEK KURASH” nomli oylik ilmiy-ommabop elektron jurnalini taʼsis etish va uni elektron ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish.

Ishtirokchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yil mart

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi

37.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kurash sportini keng targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish:

“Kurashchilar uchun badantarbiya”, “Bolalar uchun kurash”, “Kattalar uchun kurash”, “Kurash malikasi”, “Kurash milliy gʻururimiz”, “Kurash millat faxri” va boshqa nomlardagi maxsus roliklar tayyorlash hamda efir vaqtida, jumladan tomoshabop vaqtlarda har kuni namoyish etish;

“Kurash yulduzi”, “Kurash faxriysi”, “Kurash tarixi”, “Kurash xalq sayli” nomli telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish;

yoshlar oʻrtasida kurashni keng targʻib etish, ularda vatanparvarlik hissini uygʻotish, sogʻlom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan koʻrsatuvlarni namoyish etish orqali ommalashtirish.

Ijrochilar mablagʻlari

2020-yil noyabr

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

2. Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar gʻoyalarini keng targʻib qilish orqali jahonda Oʻzbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari

2.1. Kurashni jahonda ommalashtirish, kurash bilan bogʻliq turli tadbirlarga turistlarni keng jalb et?sh

38.

Kurash boʻyicha xalqaro sport tadbirlari gʻoliblari ishtirokida Buxoro, Samarqand, Xiva va boshqa sayyohlar gavjum boʻlgan joylarda kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

2020-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

39.

Har ikki yilda oʻtkaziladigan “Jahon kurash oʻyinlari”ni (“World Kurash games”) yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga taklif kiritish orqali ushbu xalqaro musobaqa muntazam oʻtkazilishini taʼminlash.

Sport va ommaviy tadbirlar kalendar rejasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

2021-yil yanvar

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

40.

Kurashni YUNESKOning etnosport milliy oʻyinlari nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritish.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yil noyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya

41.

Viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlarida milliy va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xalqaro kurash musobaqasini tashkil etish hamda oʻtkazish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil oktabr oyidan boshlab doimiy

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2.2. Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, kurash infratuzilmasini shakllantirish

42.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kattalar va yoshlar oʻrtasida qitʼaviy musobaqalarini tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida har yili ular faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

Davlat budjeti mablagʻlari

2020-yildan boshlab doimiy

Moliya vazirligi, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

43.

Har yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq standartlarga javob beradigan 2000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 ta komplekt kurash gilamlarini xorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga yetkazib berilishini taʼminlash.

Davlat budjeti mablagʻlari, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

44.

Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining soʻroviga binoan kurash mutaxassislarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish amaliyotini joriy etish.

2021-yil mart oyidan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

45.

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan davlatlar tengligi tamoyili asosida tuzilgan jadvalga muvofiq har yili 50 nafar kurash boʻyicha chet ellik trener va hakamlarning 2 haftalik bepul malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2020-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

2.2. Kurash boʻyicha milliy va xalqaro musobaqalarni yetakchi ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritish

46.

Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda boʻlib oʻtadigan kurash musobaqalari, “toʻy kurashlari”, “kurash sayillari”, “kurash festivallari” va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2020-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

47.

Kurashga ixtisoslashgan tashkilotlar veb-saytlarini qayta koʻrib chiqish, jumladan:

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi veb-saytini yangilash orqali yanada takomillashtirish;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va Xalqaro kurash institutining ingliz, rus va oʻzbek tillarda veb-saytlarini yaratish.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2020 — 2022-yillar

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

48.

Kurashni jahon boʻylab targʻib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va ESPN (Entertainment and Sports Programming Network), Sky Sports, Setanta Sports, Fox Sports, Euronews, Eurosport CNN hamda boshqa yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2020-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

Masʼul ijrochilar

2020

2021

2022

2023

2024

2025

1.

Respublikadagi umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarining kurash bilan shugʻullanuvchi oʻquvchi hamda talabalari sonini oshirish.

foiz

2

4

6

8

10

12

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

2.

Kurash boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida professional trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash.

son

600

600

600

600

600

3000

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

3.

Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini har yili davlat standartlariga muvofiq quyidagi namunaviy (etalon) sport jihozlari bilan taʼminlash:

son

2050

2050

2050

2050

2050

10250

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, Oʻzstandart agentligi

yaktak sport kiyimlari

2000

2000

2000

2000

2000

10000

kurash gilamlari

50

50

50

50

50

250

4.

Kurash boʻyicha xorijiy trener va hakamlar malakasini oshirish.

son

100

100

100

100

100

500

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

5.

Xorijiy davlatlarda kurash bilan muntazam shugʻullanuvchi sportchilar sonini oshirish.

son

(mln)

1

4

6

8

10

12

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

6.

Kurash bilan muntazam shugʻullanuvchi aholi qamrovini umumiy aholiga nisbatan oshirish.

Foiz

(jami aholi soniga nisbatan)

1

2,5

4,5

6

7,5

8

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2025-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzilli roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kurash markazining manzili

Muddati

Jami respublika boʻyicha: (14 ta obyekt)

20232025-yillar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Taxiatosh guzari

2024-yil

2.

Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov koʻchasi

2023-yil

3.

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh koʻchasi

2023-yil

4.

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Obod” MFY

2023-yil

5.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi

2024-yil

6.

Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Yoshlik” MFY

2024-yil

7.

Namangan viloyati, Namangan shahri, “Yuksalish” MFY

2025-yil

8.

Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Qorasuv” massivi

2024-yil

9.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Bogʻi shamol” MFY

2025-yil

10.

Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, “Zarbdor” suv isteʼmolchilari uyushmasi

2025-yil

11.

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY

2025-yil

12.

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Margʻilon koʻchasi, 1-uy

2024-yil

13.

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, “Doʻstlik” MFY (rekonstruksiya qilish hisobiga)

2023-yil

14.

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, “Olmos” MFY

2024-yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Turizm va sport vazirligi tomonidan har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda mazkur obyektlar kiritilishi taʼminlanadi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2020-y., 07/20/4881/1468-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son; 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)