1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Oʻzbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari | ||||
|
1.1. Aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shugʻullanishga keng jalb qilish, Oʻzbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish | ||||
|
1. |
Kurash sport turi bilan shugʻullanuvchilar va trenerlar haqidagi maʼlumotlarni toʻliq shakllantirish maqsadida barcha kurash klublarini xatlovdan oʻtkazish. |
– |
2020-yil dekabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
2. |
Mamlakatimizda kurash bilan shugʻullanuvchi aholi qamrovini kengaytirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumtaʼlim maktablarining oʻquv dasturiga kurash fanini kiritish; kurashga ixtisoslashtirilgan tumanlardagi umumtaʼlim maktablari moddiy-texnik bazasini takomillashtirish; 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida kurash boʻyicha qabul parametrlarini ikki baravarga oshirish. |
Davlat budjeti mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2020-yil noyabr- dekabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
3. |
Respublikadagi kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish. |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2021-yil may |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
4. |
Kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi hamda talabalarining kurash boʻyicha musobaqalarda qoʻlga kiritgan yutuqlari asosida “Taʼlim muassasalarining “Kurash” milliy sport turi boʻyicha milliy reytingi”ni tuzish. |
– |
2020-yil dekabr oyidan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
5. |
Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlariga oliy taʼlim muassasasida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, unda qatnashuvchi talabalarning musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallashlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish. |
– |
2021-yil fevral |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
6. |
Har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasini oʻtkazish. |
Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
2020-yildan boshlab doimiy |
Davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar |
|
7. |
Kurashning yangi turlarini (xotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalar) tashkil etish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish, trenerlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
– |
2021-yildan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
1.2. Kurash bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish | ||||
|
8. |
Viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 2021 — 2025-yillarda yangi quriladigan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining namunaviy loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va ularning ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2021-yil fevral |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
81. |
Fargʻona viloyati Yozyovon tumani markazida 18x42 metr oʻlchamdagi yengil konstruksiyali sport zal qurilish |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2024-yil davomida |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi |
|
10. |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini, ularni jihozlash normativlarini qayta ishlab chiqish. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2021-yil yanvar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
11. |
Umumtaʼlim maktablarining sport zallarini jihozlashning normativlariga “kurash gilamlari” ni kiritish va mazkur maktablarni 2024-yilgacha bosqichma-bosqich taʼminlash dasturini ishlab chiqish. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2020-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi |
|
12. |
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar koʻchasida joylashgan 1 ga yer maydoniga xalqaro kurash musobaqalarini oʻtkazishga moʻljallangan “Kurash” milliy sport turi markazini qurish. |
Davlat budjeti mablagʻlari, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2022 — 2024-yillar |
Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzb?kiston kurash federatsiyasi |
|
13. |
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish: maktab-internati moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish. |
Davlat budjeti mablagʻlari, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2021-yil yanvar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
1.3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish | ||||
|
14. |
Harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlariga ustuvorlik bergan holda ushbu sport turlarini bosqichma-bosqich joriy etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
– |
2020-yil dekabr |
Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar |
|
15. |
Harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlari amaliy va uslubiy qoʻllanmalarini tayyorlash. |
– |
2021-yil yanvar |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
16. |
Kurash hamda jangovar kurash mashgʻulotlarini oʻtkazuvchi trenerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. |
Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2021-yil yanvar oyidan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
17. |
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash hamda jangovar kurash boʻyicha musobaqalarni kiritish. |
Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
2021-yildan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
18. |
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida Kurash boʻyicha respublika chempionatini tashkil etish hamda oʻtkazish. |
Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
2021-yildan boshlab doimiy |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar |
|
1.4. Kurash boʻyicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish | ||||
|
19. |
Vazirlar Mahkamasining, shu jumladan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etish hamda uning asosiy vazifalarini nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
2021-yil mart |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
21. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yoʻnalishlardagi oliy taʼlim muassasalarida kurash boʻyicha mutaxassisliklarni ochish. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2021-yil iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
22. |
Kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumtaʼlim maktablari uchun kurash fanidan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash. |
Ijrochilar mablagʻlari |
2021-yil mart-aprel |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi |
|
23. |
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish ishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida chet tillarni oʻrganish boʻyicha ishlarni ragʻbatlantirish tizimini yaratish. |
– |
2021-yildan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
24. |
Kurashni oʻqitishga bagʻishlangan “Kurash usullari”, “Kurash texnikasi va oʻqitish metodikasi”, “Yangi oʻrganuvchilar uchun kurash”, “Kurash hamma uchun”, “Kurash usullarini oʻqitish metodikasi” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2021-yildan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
25. |
“Yil treneri”, “Yil hakami” va boshqa nominatsiyalardagi respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2020-yil dekabr oyidan boshlab har yili |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
26. |
Milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida oʻzbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kurash usullarini oʻrgatishga moʻljallangan maxsus videoroliklar tayyorlash va ularni Oʻzbekiston kurash federatsiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2021-yil yanvar oyidan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
1.5. Oʻzbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini koʻrish | ||||
|
27. |
Yaktak sport kiyimlari turlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va ularning davlat standartini ishlab chiqish. |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2020-2021-yillar |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi |
|
28. |
Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablagʻlari |
2020-2021-yillar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
30. |
Kurash lotereyasini tashkil etish va oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. Belgilangan tartibda “KURASHLOTTO” lotereyalarini oʻtkazish. Bunda, lotereya oʻyinlari oʻtkazish orqali budjetdan tashqari mablagʻlar shakllantiriladi va mazkur mablagʻlar: kur?shni Oʻzbekiston va jahonda yanada rivojlantirish; kurash infratuzilmasini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish; kurash mahorat maktablari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish; Oʻzbekiston kurash federatsiyasi ?odimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ular xizmat safarlarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
2021-yil mart |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
31. |
Oʻzbek?ston kurash federatsiyasi huzurida unga aʼzo kurash sportchilaridan iborat jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taklif kiritish. |
– |
2021-yil dekabr |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi |
|
32. |
Kurash klublarini tashkil etish, reklama xizmatlaridan foydalanish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali kurashning tijoratlashuvini joriy etish. |
– |
2020-yildan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
|
1.5. Kurashni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish | ||||
|
33. |
Ijtimoiy reklama orqali kurashning ommaviyligini keng targʻib qilish. |
– |
2020-yildan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
|
34. |
Kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari gʻoliblari, milliy terma jamoalar aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron bazaga joylashtirish dasturini ishlab chiqish va unga barcha nufuzli musobaqalar, kurash boʻyicha trenerlar, terma jamoa aʼzolari, xalqaro va respublika toifasidagi hamda zaxiradagi hakamlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar joylashtirilishini taʼminlash. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2021-yil dekabr |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
|
35. |
Kurash boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalarini muntazam yoritib borish, kurash musobaqalari sovrindor sportchilar oila aʼzolari, trenerlari ishtirokida “Kurashchining onasi”, “Kurashchining otasi”, “Chempionning ustozi” kabi turkum telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish etish. |
– |
2020-yil noyabr oyidan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
36. |
“Kurash milliy sport turining rivojlanish tarixi”, “Kurash qahramonlari”, “Yil kurashchisi” va boshqa nomdagi kitoblarni chop etish, oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi “UZBEK KURASH” nomli oylik ilmiy-ommabop elektron jurnalini taʼsis etish va uni elektron ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish. |
Ishtirokchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2021-yil mart |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi |
|
37. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kurash sportini keng targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish: “Kurashchilar uchun badantarbiya”, “Bolalar uchun kurash”, “Kattalar uchun kurash”, “Kurash malikasi”, “Kurash milliy gʻururimiz”, “Kurash millat faxri” va boshqa nomlardagi maxsus roliklar tayyorlash ha?da efir vaqtida, jumladan tomoshabop vaqtlarda har kuni namoyish etish; “Kurash yulduzi”, “Kurash faxriysi”, “Kurash tarixi”, “Kurash xalq sayli” nomli telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish; yoshlar oʻrtasida kurashni keng targʻib etish, ularda vatanparvarlik hissini uygʻotish, sogʻlom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan koʻrsatuvlarni namoyish etish orqali ommalashtirish. |
Ijrochilar mablagʻlari |
2020-yil noyabr |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
2. Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar gʻoyalarini keng targʻib qilish orqali jahonda Oʻzbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari | ||||
|
2.1. Kurashni jahonda ommalashtirish, kurash bilan bogʻliq turli tadbirlarga turistlarni keng jalb et?sh | ||||
|
38. |
Kurash boʻyicha xalqaro sport tadbirlari gʻoliblari ishtirokida Buxoro, Samarqand, Xiva va boshqa sayyohlar gavjum boʻlgan joylarda kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish. |
– |
2020-yildan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
|
39. |
Har ikki yilda oʻtkaziladigan “Jahon kurash oʻyinlari”ni (“World Kurash games”) yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga taklif kiritish orqali ushbu xalqaro musobaqa muntazam oʻtkazilishini taʼminlash. |
Sport va ommaviy tadbirlar kalendar rejasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
2021-yil yanvar |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
41. |
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xalqaro kurash musobaqasini tashkil etish hamda oʻtkazish. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2021-yil oktabr oyidan boshlab doimiy |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2.2. Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, kurash infratuzilmasini shakllantirish | ||||
|
42. |
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kattalar va yoshlar oʻrtasida qitʼaviy musobaqalarini tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida har yili ular faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2020-yildan boshlab doimiy |
Moliya vazirligi, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
43. |
Har yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq standartlarga javob beradigan 2000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 ta komplekt kurash gilamlarini xorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga yetkazib berilishini taʼminlash. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari, |
2021-yildan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
44. |
Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining soʻroviga binoan kurash mutaxassislarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish amaliyotini joriy etish. |
– |
2021-yil mart oyidan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
45. |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan davlatlar tengligi tamoyili asosida tuzilgan jadvalga muvofiq har yili 50 nafar kurash boʻyicha chet ellik trener va hakamlarning 2 haftalik bepul malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2020-yildan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
2.2. Kurash boʻyicha milliy va xalqaro musobaqalarni yetakchi ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritish | ||||
|
46. |
Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda boʻlib oʻtadigan kurash musobaqalari, “toʻy kurashlari”, “kurash sayillari”, “kurash festivallari” va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2020-yil dekabr oyidan boshlab doimiy |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
|
47. |
Kurashga ixtisoslashgan tashkilotlar veb-saytlarini qayta koʻrib chiqish, jumladan: Kurash xalqaro assotsiatsiyasi veb-saytini yangilash orqali yanada takomillashtirish; Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va Xalqaro kurash institutining ingliz, rus va oʻzbek tillarda veb-saytlarini yaratish. |
Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari |
2020 — 2022-yillar |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
|
48. |
Kurashni jahon boʻylab targʻib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etish. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2020-yil dekabr oyidan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
3-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
Masʼul ijrochilar | |||||
|
2020 |
2021 |
2022 |
2023 |
2024 |
2025 |
| |||
|
1. |
Respublikadagi umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarining kurash bilan shugʻullanuvchi oʻquvchi hamda talabalari sonini oshirish. |
foiz |
2 |
4 |
6 |
8 |
10 |
12 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
2. |
Kurash boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida professional trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash. |
son |
600 |
600 |
600 |
600 |
600 |
3000 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
3. |
Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini har yili davlat standartlariga muvofiq quyidagi namunaviy (etalon) sport jihozlari bilan taʼminlash: |
son |
2050 |
2050 |
2050 |
2050 |
2050 |
10250 |
Oʻzbekiston kurash fed�ratsiyasi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi |
|
yaktak sport kiyimlari |
2000 |
2000 |
2000 |
2000 |
2000 |
10000 | |||
|
kurash gilamlari |
50 |
50 |
50 |
50 |
50 |
250 | |||
|
4. |
Kurash boʻyicha xorijiy trener va hakamlar malakasini oshirish. |
son |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
500 |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
5. |
Xorijiy davlatlarda kurash bilan muntazam shugʻullanuvchi sportchilar sonini oshirish. |
son (mln) |
1 |
4 |
6 |
8 |
10 |
12 |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
6. |
Kurash bilan muntazam shugʻullanuvchi aholi qamrovini umumiy aholiga nisbatan oshirish. |
Foiz (jami aholi soniga nisbatan) |
1 |
2,5 |
4,5 |
6 |
7,5 |
8 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
4-ILOVA
|
T/r |
Kurash markazining manzili |
Muddati |
|
Jami respublika boʻyicha: (14 ta obyekt) |
2023 — 2026-yillar | |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Taxiatosh guzari |
2024-yil |
|
2. |
Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov koʻchasi |
2025-yil |
|
3. |
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh koʻchasi |
2025-yil |
|
4. |
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Obod” MFY |
2025-yil |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi |
2024-yil |
|
6. |
Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Yoshlik” MFY |
2026-yil |
|
7. |
Namangan viloyati, Namangan shahri, “Yuksalish” MFY |
2025-yil |
|
8. |
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Qorasuv” massivi |
2025-yil |
|
9. |
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Bogʻi shamol” MFY |
2026-yil |
|
10. |
Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, “Zarbdor” suv isteʼmolchilari uyushmasi |
2026-yil |
|
11. |
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY |
2026-yil |
|
12. |
Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Margʻilon koʻchasi, 1-uy |
2025-yil |
|
13. |
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, “Doʻstlik” MFY (rekonstruksiya qilish hisobiga) |
2023-yil |
|
14. |
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, “Olmos” MFY |
2026-yil |