03.11.2020 yildagi PQ-4877-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sport vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha maxsus ilmiy laboratoriyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini (keyingi o‘rinlarda — Ilmiy tadqiqotlar instituti) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tadqiqotlar instituti davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan, Ilmiy tadqiqotlar institutining faoliyati 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni yuqori darajada bajarishga qodir malakali kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar va sog‘lomlashtirish tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda sport sohasiga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ilmiy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasining nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek xalqaro hamda mahalliy ilmiy va amaliy grant loyihalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali sportchilarning o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish davrida kompleks ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari (yoshlar, o‘smirlar va kattalar) a’zolarining hamda sport-ta’lim muassasalari sportchi o‘quvchi va talabalarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini ilmiy jihatdan o‘rganish, monitoring qilish va istiqbolini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida trener-seleksioner va mutaxassislarga metodik yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya va paralimpiya sport turlarini tahlil qilish va prognozlashtirish natijalari asosida sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning funksional, psixodiagnostika, biomexanik ish qobiliyatini diagnostika qilish va korreksiyalash hamda ommaviy sportni tadqiq etish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida, shu jumladan sport biomexanikasi va fiziologiyasi bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali, ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining jismoniy tayyorgarligi holati natijalarini monitoring qilish va korreksiyalash bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining yosh xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarining transferi va ularni tijoratlashtirish, startap loyihalarni joriy etish orqali yoshlar, olimlar va professor-o‘qituvchilarni jismoniy tarbiya va sport sohasining ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro va mahalliy tashkilotlarning olimlari, mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar, tanlovlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida barcha bo‘g‘inlarida (maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim, shuningdek maktabdan tashqari sport ta’limi) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, shu jumladan audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Filial faoliyatini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini moliyalashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari, texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak doirasida tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ilmiy tadqiqotlar instituti direktori sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalaridagi tegishli lavozimlarga belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2020-yil 1-dekabrdan boshlab Universitet respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) faoliyati ustidan o‘quv va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning 5-bandida ko‘rsatilgan vazifani samarali tashkil qilish maqsadida Universitet huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika ilmiy-uslubiy kengashi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Respublika ilmiy-uslubiy kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) faoliyatining samaradorligini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sport-ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishning uslubiy asoslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ilmiy jihatdan asoslash bo‘yicha xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislarni va ilmiy xodimlarni jalb etgan holda ishchi komissiyalar va ekspert guruhlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vaziriga, zarurat bo‘lganda, Ilmiy tadqiqotlar instituti tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining Farg‘ona shahri, Marg‘ilon ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Farg‘ona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining hamda Farg‘ona shahri, Kimyogarlar ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Farg‘ona politexnika instituti balansidagi sobiq Farg‘ona transport kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Filialga berilayotgan bino o‘rniga Farg‘ona politexnika institutiga teng qiymatli bino ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ilmiy tadqiqotlar instituti Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021-yildan boshlab har yili jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalar tanlovlarining muntazam e’lon qilinishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi Sport vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining takliflari asosida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida “Diyetologiya” va “Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)” mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yuzasidan tashkiliy choralarni amalga oshirsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda Sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra Filial uchun ajratiladigan bino va inshootlarda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish hamda Ilmiy tadqiqotlar institutida tashkil etiladigan laboratoriya xonalarini jihozlash ishlarining belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Filial va Ilmiy tadqiqotlar institutining tegishlicha nizom va ustavlari tasdiqlanishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, ularning yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasini o‘rganib, kadrlar buyurtmachisi bo‘lgan tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilning yakuniga qadar sport-ta’lim muassasalari hamda sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) uchun bosma nashrlarni chop etish maqsadida Universitetda budjetdan tashqari mablag‘lar asosida xo‘jalik hisobidagi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona faoliyatini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov:
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ularning rahbarlaridan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni qabul qilsin va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial hamda Ilmiy tadqiqotlar institutining samarali faoliyat yuritishini ta’minlasin, Universitetda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin.
(14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy teleradiokompaniya raisi A.D. Xadjayev, Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Kuchimov — Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda sport turlarini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etsin, shuningdek yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, ularni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga qaratilgan alohida ko‘rsatuvlar namoyish etish orqali ommalashtirish bo‘yicha media-rejani ishlab chiqsin.
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4877-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ilmiy kengash

Direktor

Institut kengashi

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ***

Ilmiy kotib

1

Olimpiya va paralimpiya sport turlarini tahlil qilish va prognozlashtirish laboratoriyasi

4

O‘quv-uslubiy bo‘lim***

2

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi

1

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi**

Xodimlar bo‘limi

1

Sportchilarni funksional va psixodianostika qilish laboratoriyasi

3

“Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona**

Buxgalteriya

2

Sportda biomexanik tahlil qilish va harakatlarni korreksiyalash laboratoriyasi

3

Birlashgan tahririyat**

(“Fan sportga”, “Sportda ilmiy tadqiqotlar” va “Eurasian Journal of Sport Science” jurnallari)

Bosh yuriskonsult

1

Ommaviy sportni tadqiq qilish o‘quv laboratoriyasi

3

Devonxona

1

Yordamchi xodimlar*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Institut xodimlarining cheklangan umumiy soni — 25 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar — 13 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
***O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlariga oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (filial direktori o‘rinbosari) hamda oliy ta’lim muassasasining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ravishda mutaxassislar va ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarga jalb etiladi/
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda ma’muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish

1.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish.

1. O‘quv-me’yoriy hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish.

2. O‘rganish va tahlil natijalari asosida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

2.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi va mahalliy kadrlar iste’molchilarining talablaridan kelib chiqqan holda malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlash hamda ularda soha bo‘yicha zamonaviy ta’lim xizmatini ko‘rsatish jarayonlari, shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarni aks ettirish.

Zamonaviy mehnat bozori va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun takomillashgan malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishish.

2020-yil

dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

3.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida “Diyetologiya” va “Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)” mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash.

1. Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash.

Budjet
va budjetdan tashqari mablag‘lar

2021-yil iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

II. Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ilmiy-metodik ta’minotni takomillashtirish, sportda innovatsiya va ilm-fanni rivojlantirish

4.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ilmiy ??�alohiyatini oshirish.

1. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini tashkil etish.

Budjet
va budjetdan tashqari mablag‘lar

2020-yil noyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

2. Ilmiy izlanuvchilarning ilmiy faoliyat olib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2020-yil

dekabr

5.

Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun maqsadli grantlar berish hamda universitet uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarini ajratish choralarini ko‘rish.

1. Har yili e’lon qilinadigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligiga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kamida 10 ta maqsadli grantlar loyihalarini kiritish.

2. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga har yili kamida 10 ta qabul kvotasi ajratish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2021-yil yanvar va har yili reja asosida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov)

6.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona faoliyatini tashkil etish.

1. Nashriyot va bosmaxonani belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2020-yil dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

2. Nashriyot va bosmaxonani zarur texnik vositalar va boshqa uskunalar bilan jihozlash.

2021-yil

dekabr

7.

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun zamon talablariga javob beradigan o‘quv adabiyotlarini bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv rejalarida belgilangan fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini monitoring qilish.

2. Soha bo‘yicha ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalarining yetuk olimlari bilan hammualliflikda o‘quv adabiyotlarini yaratish uchun hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

3. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2020-2021-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

8.

Yangi ochiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish.

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar xususiyatini hisobga olgan holda xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish.

2020-2021-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

9.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida sohaning istiqbolli talablaridan kelib chiqib, innovatsion faoliyat va tijoratlashtirish yuzasidan talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar, seminar-trening, master-klasslar tashkil etish.

1. Seminar-treninglarda iqtidorli talabalar va yosh olimlarning faol ishtirokini ta’minlash.

2. Iqtidorli yoshlarning innovatsion ishlanmalari va faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

2021-2022-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

10.

Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Genomika va bioinformatika markazlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish hamda ularning ilmiy xodimlarini universitetning istiqbolli yosh ilmiy tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida jalb qilish.

2021-2022-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

11.

Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ustuvor ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

1. Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2020-yil dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

2. Ustuvor yo‘nalishlar doirasida yuqori natijalarni ta’minlovchi ilmiy loyihalarni tayyorlash va tanlovlarda ishtirok etish.

3. Loyihalarning bajarilishi ustidan monitoring olib borish va natijalarni tahlil qilish.

Tanlov e’lon qilingan muddatda

III. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish hamda xalqaro aloqalarni mustahkamlash

12.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish.

Buyurtmachi tashkilotlarning ehtiyojlarini o‘rgangan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni tashkil etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.

2021-2022-yillar
davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

13.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va stajirovkalari bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining pedagogik va ilmiy kadrlarining stajirovka o‘tashi va malaka oshirishini tashkil etish hamda o‘qituvchi va yosh olimlarni doktorantura (PhD)da va magistraturada o‘qish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalariga yuborish.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmuradov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

Malaka oshirish — 30 nafar;

Stajirovka — 10 nafar;

Doktorantura va magistraturada o‘qish — 10 nafar.

2021-2022-yillar
davomida

14.

Xorijiy mutaxassislar, xizmat ko‘rsatgan trenerlar, xalqaro toifadagi hakamlar va o‘qituvchilarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga jalb qilish, ilmiy va uslubiy hamkorlikni rivojlantirish.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va soha mutaxassislarini o‘quv yili davomida ta’lim jarayoniga jalb qilish rejasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

15.

Universitetga chet el grantlarini jalb qilish.

Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlantirish jamg‘armasi (OPEC/OFID) loyihalari va boshqa xorijiy ta’lim grantlarida ishtirok etish.

2020-2021-yillar davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2020-y., 07/20/4877/1451-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)