O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya resurslarining ishonchli ishlashini, shuningdek, ulardan markazlashtirilgan tarzda va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) telekommunikatsiyalar tarmoqlarining davlat tomonidan boshqarilishini, shuningdek, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimining shakllantirilishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
a) kundalik sharoitlarda — telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provayderlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlash va ularning texnik holati va favqulodda holat va vaziyatlardagi ishlarga tayyorgarligini nazorat qilish;
b) favqulodda holat va vaziyatlarda — idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan ustuvor darajada foydalanish va ularni markazlashgan holda ma’muriy boshqarish (maxsus iste’molchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno), davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari yo‘lida ularning barqaror ishlashini hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
v) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashtirilgan boshqarish rejimiga o‘tkazish, shuningdek, favqulodda holat va vaziyatlarda ulardan foydalanishni to‘xtatib turish yoki cheklash to‘g‘risida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
2. Vazirlikning “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish bo‘yicha ishchi organ etib belgilansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar tarmoqlari va resurslarining samarali faoliyat yuritishi va ulardan oqilona foydalanish, zarur hollarda davlat va jamiyat uchun, favqulodda holat va vaziyatlarda ulardan markazlashgan holda foydalanishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
xorijiy mamlakatlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish milliy markazi vazifasini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar telekommunikatsiya tarmoqlarining holati va sifatini Vazirlik tomonidan belgilangan xizmatlar sifati standartlariga muvofiqligi ustidan tizimli monitoring olib borish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
raqamlash sig‘imini, signalizatsiya punktlarining kodlarini ajratish uchun arizalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, shuningdek, ma’lumot xizmatlari uchun qisqa maxsus raqamlarni ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazishda qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish ishlarini tashkil etish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mobil qurilmani xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish;
ko‘chib o‘tgan raqamlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning markazlashtirilgan bazasi shakllantirilishi va ishlashini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor ma’muriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqligini baholash va telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarining ishlashi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish tizimi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Vazirlik ikki oy muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat boshqaruvi organlari, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga telekommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani to‘liq xatlovdan o‘tkazsin va qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
favqulodda vaziyatlarda va alohida davr (harbiy safarbarlik) mobaynida maxsus iste’molchilar o‘rtasida tarmoqlararo kelishuvlar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish uchun safarbarlik rejalarini va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalarini ishlab chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafik o‘tkazishda qonun hujjatlari talablari buzilishini aniqlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirib o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-oktabr,
680-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 680-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish tizimi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqildi hamda kundalik sharoitlarda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari boshqarish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ma’muriy boshqarish tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarini va ko‘rsatiladigan xizmatlarni rejalashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish, tezkor va ma’muriy boshqarish bo‘yicha axborot texnologiyalari kompleksi asosida O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha funksiyalarni bajaruvchi tizim;
telekommunikatsiya resurslari — telekommunikatsiya tarmoqlari, kabelli, havo, radioreleli, yo‘ldosh va boshqa aloqa tizimlari bazasida tashkil qilingan, kanallar, traktlar, uzatish liniyalari, oxirlovchi uskuna, telefon, telegraf aloqa, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va boshqa telekommunikatsiyalar tarmoqlari stansiyalari, uzellari va boshqa obyektlari;
markazlashgan monitoring tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ishlashini boshqarish funksiyalarining bajarilishini ta’minlovchi, yagona apparat-dasturiy kompleksni hosil qiluvchi telekommunikatsiyalar texnik vositalari;
maxsus iste’molchilar — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi telekommunikatsiyalar resurslari ustuvor tartibda taqdim etiladigan alohida toifadagi telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchilari hisoblanadi;
telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda ma’muriy boshqarish — Vazirlik tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini favqulodda holat hamda vaziyatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus iste’molchilar manfaatlari uchun telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlashini ta’minlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini ma’muriy boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;
telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (keyingi o‘rinlarda — provayder) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlar va favqulodda holat hamda vaziyatlarda telekommunikatsiya vazifalarini o‘z vaqtida va samarali hal etishga mo‘ljallangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimlarini, shuningdek, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, telekommunikatsiya operatorlari (keyingi o‘rinlarda — operatorlar) va provayderlarining tarmoqlarini o‘z ichiga oladi (telekommunikatsiya xizmatlarining maxsus iste’molchilari tarmoqlari bundan mustasno).
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kundalik sharoitlarda Vazirlik tomonidan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarining favqulodda holat hamda vaziyatlarda ishlashga tayyorligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya tarmoqlari foydalanuvchilari uchun ishonchli aloqa va kafolatlangan xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida operatorlar hamda provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro hamkorligini hisobga olgan holda, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Favqulodda vaziyatlar (harbiy harakatlar, zilzilalar, toshqinlar, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqalar) paytida Vazirlik telekommunikatsiya resurslaridan ustuvor ravishda foydalanish va markazlashtirilgan tezkor ma’muriy boshqarish, shuningdek, ulardan foydalanishni to‘xtatib turish yoki cheklash huquqiga ega.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi Vazirlikning “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) markazlashgan monitoring tizimi, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek, operatorlar va provayderlarining boshqarish tizimlarini o‘z ichiga oladi, maxsus iste’molchilar telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlarda operatorlar va provayderlarning bir-biri bilan zarur o‘zaro hamkorligini ta’minlashni hisobga olgan holda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda O‘zbekistondagi telekommunikatsiya tarmoqlarining markazlashgan boshqaruvini ta’minlashi lozim.
Kundalik sharoitlarda markazlashgan monitoring tizimiga ulangan telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari (egalari) boshqarish tizimining tarmoq elementlari monitoringini pulli asosda amalga oshiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi (keyingi o‘rinlarda — O‘zTTBT) favqulodda holat va vaziyatlarda Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda ma’muriy boshqarishni ta’minlashi shart.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
2-bob. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini ma’muriy boshqarish tizimi operatorlar hamda provayderlarga aloqa tarmoqlari va xizmatlarini o‘zlariga tegishli tarmoqlarda mustaqil boshqarish uchun berilgan imkoniyatlar doirasida hamda zarur hollarda, favqulodda holat va vaziyatlarda ishlashga tayyorgarligini ta’minlashni hisobga olgan holda faoliyat yuritadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha operatorlar va provayderlar faoliyati quyidagilar orqali muvofiqlashtiriladi:
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarida sodir bo‘lgan yirik avariya holatlarida avariyaviy-tiklash ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini favqulodda holat va vaziyatlarda boshqarish rejalarini tasdiqlash;
kundalik sharoitlarda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishni ta’minlash, shuningdek, operatorlar va provayderlarning tarmoqlararo ulanishlarga qo‘yiladigan talablarni tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil etish;
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini yaratish va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni kelishish;
tarmoqlar va telekommunikatsiya vositalarini yagona tasniflash hamda kodlash asosida O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari resurslari bo‘yicha markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalarini shakllantirish tarkibi va tartibini belgilash, ularni yaratish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
shartnoma asosida Markaz va telekommunikatsiya operatorlari hamda provayderlari o‘rtasida ularning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor ma’muriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tarmoqlarining ishlashini tekshirish;
telekommunikatsiya tarmoqlarini favqulodda holat va vaziyatlarda boshqarishni ta’minlashga tayyorligini baholash uchun telekommunikatsiya tarmoqlari holatini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilish;
telekommunikatsiya tarmoqlarining resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan (shu jumladan, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarining raqamlash rejasi va 7-son umumiy kanal signalizatsiya punktlarining kodlaridan foydalanish holati to‘g‘risida) markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalarini yaratish va yuritish;
kundalik sharoitlar hamda favqulodda holat va vaziyatlar davrida maxsus iste’molchilarning aloqa kanallariga bo‘lgan ehtiyojlarini markazlashtirilgan holda hisobga olish;
telekommunikatsiya tarmoqlarida ortiqcha yuklanish va avariya holatlarda tarmoqlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida maxsus iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish rejalarini kelishish;
davlatlararo kelishuvlarga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlarining milliy boshqaruv markazlari va xorijiy davlatlarning operatorlari va provayderlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
favqulodda holat va vaziyatlarda, shuningdek, boshqa davrlarda borish qiyin bo‘lgan chekka aholi yashash punktlarida sun’iy yo‘ldosh orqali telekommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlarini tashkil etish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
o‘z telekommunikatsiya tarmoqlarini mustaqil ravishda boshqarish;
Markazga O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari resurslarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalarini yuritish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish;
Markazga belgilangan tartibda o‘zlarining telekommunikatsiya tarmoqlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
telekommunikatsiya tarmoqlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlashda Markazning markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan ma’lumotlarni olish;
o‘z tarmoqlarida qisqa maxsus raqamlar, signalizatsiya punktlarining kodlarini ajratish, shuningdek, raqam sig‘imini qayta biriktirishni Markaz bilan kelishish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni Markazning markazlashgan monitoring tizimi bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash zarurligini hisobga olgan holda ishlab chiqish va Vazirlikka kelishish uchun taqdim etish;
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
maxsus iste’molchilar foydalanadigan telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va Markaz bilan kelishish;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iste’molchilar bilan (telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bilan bog‘liq qismida) safarbarlik rejalari hamda favqulodda holat va vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalarini muvofiqlashtirish va Markaz tomonidan tashkil etiladigan tegishli o‘quv mashg‘ulotlarda qatnashish;
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kelishilgan safarbarlik rejalari hamda favqulodda holat va vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq favqulodda holat va vaziyatlarda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish uchun tarmoqlararo, shu jumladan, xorijiy telekommunikatsiya operatorlari bilan shartnomalar tuzish;
(11-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
o‘z telekommunikatsiya tarmoqlarida avariyaviy-tiklash ishlarini olib borish va ishlarning borishi to‘g‘risida ma’lumotni Markazga taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tartibi
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Favqulodda holat va vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda ma’muriy boshqarish tizimi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
4-bob. Yakunlovchi qoida
24. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 680-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) qarorlari va buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
3. Markaz:
telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish bo‘yicha Vazirlikning ishchi organi;
raqamlash, signalizatsiya punktlari kodlarini ajratish, ulardan oqilona foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha mas’ul organ;
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazish tartibi buzilishiga qarshi harakat qilish tizimining operatori;
mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimining operatori;
ko‘chib o‘tgan raqamlarning markazlashtirilgan bazasining operatori hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaz O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini ta’minlash, telekommunikatsiya resurslaridan oqilona foydalanish va rivojlantirishni ta’minlash, telekommunikatsiya operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari (keyingi o‘rinlarda — operatorlar) va provayderlarning tarmoqlarini muvofiqlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish, davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa va davlat xavfsizligi organlari manfaatlariga muvofiq tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash, telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishda Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari, mudofaa va xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda Markaz O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish milliy markazi funksiyalarini bajaradi.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, operator va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini samarali ishlashini ta’minlash va muvofiqlashtirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
markazlashgan monitoring tizimi va operatorlar, provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda telekommunikatsiya tarmoqlari holatining belgilangan talablarga muvofiqligini tizimli monitoring qilish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini muvofiqlashtirilgan boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish;
telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor ma’muriy boshqaruvini, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslaridan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibot organlari manfaatlari yo‘lida ustuvor foydalanishni ta’minlash;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kundalik sharoitlarda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish milliy markazlari bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va telekommunikatsiya resurslaridan o‘zaro foydalanish bo‘yicha hamkorlik qilish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
kundalik sharoitlarda maxsus iste’molchilarni aloqa xizmatlari bilan maksimal darajada qondirish uchun telekommunikatsiya tarmog‘i resurslaridan oqilona foydalanish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ma’lumot yig‘ish va telekommunikatsiya resurslari ma’lumotlar bazasini, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarining raqamlash rejalarini yuritish;
xalqaro ovozli trafikni o‘tkazish tartibi buzilishiga qarshi harakat qilish tizimining ishlashini ta’minlash;
mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari ro‘yxatga olish tizimining uzluksiz ishlashini va takomillashtirishini ta’minlash;
ko‘chib o‘tgan raqamlarning markazlashtirilgan bazasi shakllanishi, ishlashini va kuzatib borishni ta’minlash, shu jumladan, undagi axborot va ma’lumotlarni uzatish, yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek, ko‘chib o‘tgan raqamlarning markazlashtirilgan bazasiga kirish uchun ruxsat berishni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor ma’muriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqligini baholash hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tarmoqlarining ishlashi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
(6-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor ma’muriy boshqarish rejasini tayyorlashda ishtirok etish;
(6-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mobil aloqa darajasida jismoniy shaxslarning shubhali harakatlarini aniqlash va firibgarlikka qarshi himoyani ta’minlash.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
7. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) kundalik sharoitlarda:
davlat boshqaruvi organlari, mudofaa, xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlari manfaatlari yo‘lida aloqalarni tashkil etishni boshqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa, xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlarining umumiy foydalanishdagi tarmoqlar asosida qurilgan tarmoqlari, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqlari va telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining boshqaruv tizimlari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlilini amalga oshiradi;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
markazlashgan monitoring tizimi orqali telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya tarmog‘idagi avariyalar, shikastlanishlar to‘g‘risida ma’lumot to‘playdi;
(7-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmog‘idagi avariyalar va shikastlanishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi va nazoratdagi obyektlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olish bazasiga kiritadi;
(7-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ma’lum davr mobaynida telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya tarmoqlarining sifati, telekommunikatsiya transport tarmog‘ining sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishi dinamikasi to‘g‘risida ma’lumot tayyorlaydi va Vazirlikka taqdim etadi;
(7-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlarda operatorlar hamda provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor ma’muriy boshqarish rejalarini tayyorlashda qatnashadi;
(7-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlarda operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor ma’muriy boshqarish rejalariga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi;
(7-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
avariya holatlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlari manfaatlari yo‘lida foydalaniladigan aloqalarni tiklash bo‘yicha telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining harakatlarini muvofiqlashtiradi;
(7-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iste’molchilarga ijaraga berilgan aloqa kanallarining shikastlanishini hisobga oladi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda operatorlar va provayderlarni telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish to‘g‘risida xabardor qiladi;
(7-band “a” kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlarning tashkil etilayotgan hamda ishlab chiqilayotgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ularning bir-biri bilan va O‘zTTBT bilan o‘zaro hamkorligini, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarida bardoshligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarida ishtirok etish;
(7-band “a” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yangi aloqa kanallarini tashkil qilishda, profilaktika ishlarini olib borishda maxsus iste’molchilar va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
(7-band “a” kichik bandining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarida sodir bo‘ladigan yirik avariya holatlari va shikastlanishlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa, xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlarining umumiy foydalanishdagi tarmoqlar asosida qurilgan tarmoqlari ishlashida qoidabuzarlik natijasida sodir bo‘ladigan xavf holatlarida avariya-tiklash ishlarini borishi bo‘yicha Vazirlik va maxsus iste’molchilarni xabardor etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlar ma’lumotlari asosida telekommunikatsiya tarmog‘iga ulangan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya vositalari (jihozlar, oxirgi (terminal) uskunalar, tizimlar, aloqa liniyalari)ni hisobga oladi va ma’lumotlar bazasini shakllantiradi (maxsus iste’molchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno);
(7-band “a” kichik bandining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
shartnoma asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor-texnik boshqarishni, tarmoqlarning holatini tizimli monitoringini, taqdim etilayotgan xizmatlar sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqligini va telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarining ishlashini baholaydi;
raqamlash tizimlari va rejalarni tasdiqlaydi, raqamlash sig‘imini, signalizatsiya punktlarining kodlarini, ma’lumot-axborot xizmatlari uchun qisqa maxsus raqamlarni (yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bundan mustasno) ajratadi, shuningdek, ulardan foydalanishning hisobotini yuritadi va nazorat qiladi;
raqamlash sig‘imini va qisqa maxsus raqamlarni ajratganlik uchun bir martalik to‘lov tariflarini ishlab chiqadi va Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etadi;
xalqaro ovozli trafikni o‘tkazish tartibi buzilishiga qarshi harakat qilish tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni o‘tkazishda qonun talablari buzilganligi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash va olish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi;
abonent raqami ko‘chib o‘tishini ta’minlash uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni avtomatlashtiradi va muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya tarmoqlarda ortiqcha yuklanish va avariya holatlarda tarmoqlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida, maxsus iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish sxemalari va rejalarini kelishadi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarida rejalashtirilgan va rejadan tashqari ta’mirlash-tiklash ishlarining bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya tarmoqlarini ishlash samaradorligini oshirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya xarakteristikalarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar va telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish usullarini ishlab chiqadi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
telekommunikatsiya tarmoqlar va vositalarni tasniflash va kodlash yagona tizimidan foydalangan holda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari resurslari, telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash rejasi hamda 7-son umumiy kanal signalizatsiya punktlari (7-son UKS) kodlardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan markazlashtirilgan ma’lumotlar bankini yaratadi va yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
manfaatdor telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari, xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish milliy markazlarining raqamlash rejasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tarmoqlarda profilaktika ishlarini olib borish, qayta qurish yoki yangi aloqa kanallarni tashkil etish natijasida ayrim uchastkalar va yo‘nalishlarda yuzaga keladigan ortiqcha yuklanishlar mumkinligi haqida manfaatdor operator va provayderlarni ogohlantiradi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
telekommunikatsiya tarmoqlarining holati to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishning talab qilinadigan rejimi va maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
Markazga berilgan vakolatlar doirasida davlatlararo shartnomalarga muvofiq xorijiy davlatlarning milliy telekommunikatsiya boshqaruv markazlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlar yuzaga kelishi va oqibatlarini bartaraf etish davri uchun Vazirlik, Markaz, operatorlar tarmoqlarini boshqarish markazlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shartlari va tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) favqulodda holat va vaziyatlarda:
(7-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor ma’muriy boshqarish, ularni qayta qurish va tiklash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya tarmoqlari holatini monitoringini yuritadi;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlar telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlashiga ta’sirni baholaydi va keluvchi ma’lumotlarni tahlil qiladi;
(7-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya tarmoqlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlikka, manfaatdor operatorlar va provayderlarga, tegishli davlat organlariga va maxsus iste’molchilarga yetkazadi;
(7-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
telekommunikatsiya tarmoqlarida tiklash ishlarini muvofiqlashtiradi, shuningdek, oldindan kelishilgan rejalar asosida eng muhim yo‘nalishlarda aloqaning uzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda aloqalarni tiklash va avariyaviy vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuch va vositalarni boshqaradi;
tarmoqlarni boshqarish, aloqa kanallarini qayta qurish va tiklash bo‘yicha xorijiy davlatlarning operatorlari va milliy boshqaruv markazlari bilan o‘zaro tezkor hamkorlikni amalga oshiradi.
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlaridan Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha, shu jumladan, telekommunikatsiya resurslarining mavjudligi va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rash;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa va xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlari manfaatlari uchun aloqalarni tashkil etish jarayonlarini boshqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlarga umumiy foydalanishdagi tarmoqlarda avariya ishlarini o‘tkazish, rejali va rejadan tashqari o‘tkaziladigan ta’mirlash-tiklash ishlari o‘tkazilganda davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa va xavfsizlik organlari manfaatlari yo‘lida ishlatilayotgan aloqalarni tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlarga telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor ma’muriy boshqarish tizimini takomillashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlari resurslaridan iste’molchilar manfaatlari uchun foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
belgilangan tartibda Vazirlikka Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
tarmoqlarni qayta qurish va aloqa kanallarini tiklash bo‘yicha operator va provayderlarning boshqarish tizimlari va xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini milliy boshqarish markazlari bilan tezkor operativ hamkorlikda bo‘lish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
o‘z faoliyati doirasida Vazirlik bilan kelishgan holda qo‘shma korxonalar tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha Markazning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari barcha telekommunikatsiya operatorlar, provayderlar va idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari egalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
10. Markaz zimmasiga yuklangan vazifalar va qonunchilikka muvofiq qabul qilingan qarorlarning to‘g‘ri bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
11. Markazning tuzilmasi Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Markaz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish sohasida tashkiliy tuzilmaning tarkibiy qismidir va yuridik shaxs bo‘lib, mustaqil balansga, bank hisob raqami, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
13. Markaz direktori:
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Markazga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
kadrlarni tanlash va joylashtirishni amalga oshiradi, shu jumladan belgilangan tartibda o‘z o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
Markazning tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi, Markazning shtatlar jadvalini Vazirlik bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
Markazning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
mehnat va xo‘jalik shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, jamoat birlashmalari, shuningdek, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Markaz nomidan ish yuritadi;
Markaz mablag‘larini boshqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(13-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Markaz faoliyatini moliyalashtirish Markaz tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, shu jumladan, raqamlash resurslari ajratilganligi uchun olingan mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
15. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/680/1445-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)