Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 470-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
64-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga 2-ilovadan “Oʻztranssanoat” respublika uyushmasi” bloki chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 74-modda) 1-ilovadan “Oʻzyoʻlloyiha” instituti mintaqalardagi filiallari bilan” bloki chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovada:
17-pozitsiyada:
3-ustunda “2581” va “2417” raqamlari tegishli ravishda “2746” va “2582” raqamlari bilan almashtirilsin;
6-ustunda “2067” va “1947” raqamlari tegishli ravishda “2232” va “2112” raqamlari bilan almashtirilsin;
76-pozitsiyada:
3-ustunda “6768” va “6549” raqamlari tegishli ravishda “6751” va “6532” raqamlari bilan almashtirilsin;
6-ustunda “4996” va “4772” raqamlari tegishli ravishda “4982” va “4758” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-avgustdagi 366-son qarorida:
1-ilovada “Toshtemiryoʻlloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati” bloki “Koʻprikqurilish” tresti” bloki bilan almashtirilsin;
2-ilovada “Kapital qurilish direksiyasi, Binolar va inshootlarga xizmat koʻrsatish direksiyasi, “Toshtemiryoʻlloyiha” OAJ” blokida “Toshtemiryoʻlloyiha” OAJ” soʻzlari “Koʻprikqurilish” tresti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 470-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 96-modda):
“Loyihalash tashkilotlari” blokida “Oʻzyoʻlloyiha” instituti” soʻzlari “Yoʻl-Loyiha-Byurosi” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 57-modda; 2007-y., 44-son, 442-modda; 2016-y. 44-son 513-modda; 2017-y., 28-son, 649-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)