Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QOʻNGʻIROT SODA ZAVODI QURILISHI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-maydagi 158-sonli “Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishini tugallash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika xalq xoʻjaligining kalsiylangan sodaga boʻlgan ehtiyojini qondirish, uni ishlab chiqaruvchi korxonani Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida jadal qurish va ishga tushirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
1. “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konsernining Qoʻngʻirot tumanida birinchi navbatining quvvati yiliga 190 ming tonna kalsiylangan soda ishlab chiqaruvchi zavod qurish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
“Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni soda zavodi obyektlari kompleksi qurilishining bosh buyurtmachisi etib belgilansin (ushbu vazifalar qurilayotgan korxona direksiyasi tashkil etilgandan soʻng unga berilgan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni tuzgan shartnomaga muvofiq Xarkov asosiy kimyo ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti soda zavodining sanoat obyektlari kompleksi qurilishi boʻyicha, “Oʻzshaharqurilishloyiha” ilmiy-tadqiqot instituti esa — turar joy shaharchasi qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalovchi tashkilotlar etib belgilansin;
3. Qoʻngʻirot soda zavodi obyektlarini loyihalash va qurish ishlarini bajarish (bosh buyurtmachi mablagʻlari hisobiga) 1-ilovaga* muvofiq pudratchi tashkilotlarga topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
* 1-ilova berilmaydi.
4. Obyektlarni loyihalash va qurishni amalda bajarilgan ishlar hajmlari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlashga ruxsat etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni texnik iqtisodiy asoslashlar va Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishini tashkil etish loyihasi olingandan keyin mustaqil ekspertlarni jalb qilan holda ularni ekspertizadan oʻtkazsin.
6. Bosh pudratchilar — “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni “Oʻzdehqonchilikqurilish” birlashmasi hamda boshqa tashkilotlar “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni, shuningdek, subpudratchi tashkilotlar bilan birgalikda Qoʻngʻirot soda zavodi birinchi navbatining quvvatlari 1998-yilda ishga tushirilishini taʼminlasin.
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarga shartnoma asosida zarur moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar va maxsus materiallar yetkazib berilishida yordam bersin.
7. “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni bir oy muddatda Nukus shahrida Qoʻngʻirot soda zavodi qurilish direksiyasini belgilangan tartibda tuzsin.
8. 1995-yilda Qoʻngʻirot soda zavodi obyektlari boʻyicha loyihalash va tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun davlat budjetidan 40 mln soʻm ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishiga xorijiy investorlarni jalb etish ishlarini davom ettirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishi va undan foydalanish ishlarida bevosita band boʻlgan barcha toifadagi xodimlar ish haqiga suvsizlik va choʻl sharoiti uchun 1,7 koeffitsiyent belgilansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1995-yildan boshlab Qoʻngʻirot soda zavodida ishlash uchun talab qilinadigan mutaxassislarni “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konsernining buyurtmanomasi boʻyicha shartnoma asosida tayyorlasin.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida zavod qurilishi bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun Bosh vazirning oʻrinbosari R.R. Yunusov boshchiligida 2-ilovaga* muvofiq tarkibda respublika shtabi tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
* 2-ilova berilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 2-mart,
79-son