O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QO‘NG‘IROT SODA ZAVODI QURILISHI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-maydagi 158-sonli “Qo‘ng‘irot soda zavodi qurilishini tugallash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika xalq xo‘jaligining kalsiylangan sodaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, uni ishlab chiqaruvchi korxonani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida jadal qurish va ishga tushirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-maydagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-maydagi 269-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan)
“O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni tuzgan shartnomaga muvofiq Xarkov asosiy kimyo ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti soda zavodining sanoat obyektlari kompleksi qurilishi bo‘yicha, “O‘zshaharqurilishloyiha” ilmiy-tadqiqot instituti esa — turar joy shaharchasi qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihalovchi tashkilotlar etib belgilansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-maydagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. Obyektlarni loyihalash va qurishni amalda bajarilgan ishlar hajmlari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlashga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5—9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-maydagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
10. Qo‘ng‘irot soda zavodi qurilishi va undan foydalanish ishlarida bevosita band bo‘lgan barcha toifadagi xodimlar ish haqiga suvsizlik va cho‘l sharoiti uchun 1,7 koeffitsiyent belgilansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1995-yildan boshlab Qo‘ng‘irot soda zavodida ishlash uchun talab qilinadigan mutaxassislarni “O‘zqurilishmateriallari” davlat konsernining buyurtmanomasi bo‘yicha shartnoma asosida tayyorlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-maydagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 2-mart,
79-son