Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1998 — 2001-yillarda Oʻzbekistonda “Keys” kompaniyasi paxta terish mashinalarining butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish dasturi toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
“Keys” kompaniyasi paxta terish mashinalarini butlovchi buyumlar bilan birgalikda ishlab chiqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, “Keys” kompaniyasi bilan kelishilgan va “Toshqishloqxoʻjalikmash” aksiyadorlik jamiyatida va respublikaning boshqa korxonalarida 1998 — 2001-yillar davrida birgalikdagi harakatlar dasturi sifatida qabul qilingan paxta terish mashinalari uchun butlovchi buyumlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish dasturi* maʼqullansin.
* Dastur rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mamlakatimizda ishlab chiqarish dasturiga muvofiq:
“Keys-2022” oʻzi yurar gorizontal-shpindelli paxta terish mashinalarining uzellarini yigʻish, boʻyash va sinash ishlari ishlab turgan “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasida tashkil etilishi;
“Keys” firmasi paxta terish mashinalarining butlovchi buyumlari va detallarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun texnika bilan qayta jihozlash va quvvatlarni tashkil etish “Toshqishloqxoʻjalikmash” aksiyadorlik jamiyati, “Texnolog” aksiyadorlik jamiyati, “OʻzKamminzMotor” qoʻshma korxonasi, “Normal” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyatida va “Oʻzeltexsanoat”, “Oʻzkimyosanoat” uyushmalari, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, ularni mamlakatimizda ishlab chiqarish 2001-yilda 53 foizgacha yetkazilishi, maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi, paxta terish mashinalari butlovchi buyumlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishda qatnashuvchi birlashmalar, “Keys” kompaniyasining texnika bilan qayta jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
1998-yilda — zamonaviy tayyorlash-presslash asbob-uskunalarini foydalanishga topshirish va uning negizida zichlovchi buyumlar ishlab chiqarilishini tashkil etish;
1999-yilda — zichlovchi buyumlari boʻlgan bunker, rama, koʻprik va bunker koʻtargichi ishlab chiqarish;
2000-yilda — kabina, platforma hamda paxta terish mashinasi shassisining boshqa butlovchi detallari va uzellarini mamlakatimizda ishlab chiqarish;
2001-yilda — “Toshqishloqxoʻjalikmash” aksiyadorlik jamiyatida gorizontal-shpindelli apparatlarning butlovchi detallari va uzellari mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tugallash. Bunda terim apparatlarini yigʻish, boʻyash, obkatka qilish “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasida, paxta terish mashinasining transmissiyasini ishlab chiqarish — “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyatida, “Keys-2155” apparatlariga plastmassa detallar ishlab chiqarish — “Texnolog” aksiyadorlik jamiyatida va dvigatellar ishlab chiqarish — “OʻzKamminzMotor” qoʻshma korxonasida amalga oshiriladi.
4. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi “Oʻzeltexsanoat”, “Oʻzkimyosanoat” uyushmalari, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi bilan kelishilgan miqdor, sifat va qiymat koʻrsatkichlariga muvofiq “Keys” firmasi paxta terish mashinalariga butlovchi buyumlar ishlab chiqarish va yetkazib berishni tashkil etish mahalliy dasturlarini ishlab chiqsin hamda butlovchi buyumlarni yetkazib bersin.
6. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati, “Toshqishloqxoʻjalikmash” aksiyadorlik jamiyati, “Texnolog” aksiyadorlik jamiyati, “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyati, “Motor zavodi” aksiyadorlik jamiyati va “Normal” masʼuliyati cheklangan jamiyat bilan birgalikda 1998-yil dekabr oyida mazkur loyihada qatnashuvchi korxonalarni texnika bilan qayta jihozlashning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi texnik-iqtisodiy asoslashlar tasdiqlangandan keyin “Keys” firmasi paxta terish mashinalari uchun butlovchi buyumlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish dasturi boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini har yili aniqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-noyabr,
498-son