Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining
Qarori
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3197-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son “Atrof-muhitga taʼsirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-oktabrdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 3197, 2019-yil 19-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2019-y., 10/19/3197/4037-son) bilan tasdiqlangan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais birinchi oʻrinbosari N.N. OBLOMURADOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-oktabr,
4-son
Kelishildi:
Rais Sh.D. Kudbiyev
Toshkent sh.,
2020-yil 12-oktabr
Oʻzbekiston Respubikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2020-yil 14-oktabrdagi 4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Loyihalashtirilayotgan poligonlar uchun Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlari ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 10/20/3197-1/1396-son)