Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2018 22.03.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1019
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2018
Hujjat 01.04.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 16 YoShGA TOʻLMAGAN FUQAROSI GUVOHNOMASINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR IDORALARI TOMONIDAN RASMIYLAShTIRISh VA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 22-martda 1019-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 5-sentabrdagi 442-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1019-2, 05.09.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabrdagi 519-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” tasdiqlansin va 2001-yilning 1-aprel kunidan boshlab kuchga kiritilsin (1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB boshliqlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Yoʻriqnomani xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmati, hamda ichki ishlar idoralarining boshqa manfaatdor xizmatlari tomonidan oʻrganishlarini tashkil etsinlar, ularning bu sohadagi bilimlari sinab koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Har oyning 5-kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasining berilishi boʻyicha maʼlumotlar umumlashtirilib Oʻzbekiston Respublikasi IIVning XChKvaF boshqarmasiga jadval asosida yuborilishi taʼminlansin (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xoʻjalik boshqarmasi (A.Y. Yunusov) Oʻzbekiston Respublikasi IIV XChKvaF boshqarmasi buyurtmasi boʻyicha zarur boʻlgan miqdordagi blankalar tayyorlab berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu buyruqning bajarilish ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari militsiya general-mayori B.R. Parpiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir, ichki xizmat general polkovnigi Z.A. ALMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
IIVning 2001-yil 11-martdagi
65-son buyrugʻiga 1-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabr kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 519-sonli qaroriga binoan ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarini chet elga vaqtincha chiqishlarida guvohnoma rasmiylashtirish va berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari chet elga vaqtincha chiqishlarida ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), tashkilotlar va muassasalar vakillari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimiyatlari huzuridagi maxsus komissiyalariga chet elga borayotgan fuqaro va uning ota-onalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, hamda chet elga chiqish maqsadi koʻrsatilgan ariza bilan murojaat etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni 7 kun muddatda oʻrganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi (1-ilova). Maxsus komissiyaning qarori va 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chet elga chiqayotgan fuqarolari roʻyxati, hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB ga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish, kelish va fuqarolik xizmati boʻlimlari, taqdim etilgan ariza-anketa, buyurtmanoma, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida voyaga yetmagan shaxsni vaqtincha chet elga chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi bilan 7 kun muddatda taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi, davlat boji toʻlangandan soʻng, ota-onalari, vasiylari (homiylari), tashkilot yoki muassasaning vakillariga chet eldan qaytib kelgandan soʻng, ichki ishlar idorasiga 5 kun muddat ichida guvohnomani topshirish sharti bilan tilxat asosida beriladi (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatida guvohnoma ichki ishlar idorasiga topshirilgunga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi, chet elda Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida qalbakilashtirishdan himoya qilish elementlari boʻlgan maxsus qogʻozda 88x125 mm kattalikda 16 betdan iborat qilib tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Guvohnoma qatʼiy hisobda turadigan blank hisoblanadi, seriyalari va tartib raqamlariga koʻra viloyatlar boʻyicha tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Guvohnomaning muqovasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va “Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi” soʻzlari oʻzbek va ingliz tillarida oltin harflar bilan botirib yozilgan yashil rangda boʻladi. Muqova maxsus kimyoviy mato bilan himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan oʻzbek, rus va ingliz, Qoraqalpogʻiston Respublikasida — qoraqalpoq tillarida “Diletta 230i” pasport-yozuv qurilmasida toʻldiriladi. Guvohnomaga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tugʻilgan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tugʻilgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) millati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jinsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) guvohnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fuqaroning shaxsiy kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) guvohnoma kim tomondan va qachon berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) dunyoning barcha mamlakatlariga borish uchun haqiqiyligi toʻgʻrisidagi belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) alohida belgilar (qon rezusi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) vizalari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) axborot va shaxsiy maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” — “z” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar, hamda fuqaroning 35x45 mm hajmidagi fotosurati guvohnomaning uchinchi betiga ingliz tilida yoziladi va yopishtiriladi, hamda maxsus plyonka bilan himoyalanadi, fotosuratning chetlari botirib mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh Boshqarmasi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmati boʻlimlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari chet elga ota-onalari, vasiylari (homiylari), tashkilot va muassasalar vakillari bilan birga chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Guvohnomaning rasmiylashtirish jarayonida bolaning millati ota-onalarining millatiga koʻra belgilanadi. Agar ota-onalar turli millatga mansub boʻlsalar, unda guvohnoma berishda voyaga yetmagan shaxsning millati guvohnoma oluvchining xohishiga qarab ota yoki onaning millati yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini olish uchun ularning ota-onalari, vasiylar (homiylar), tashkilot va muassasalarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmati boʻlimlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari qoshidagi maxsus komissiyaning qarori;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 16 yoshga toʻlmagan fuqaroning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 35x45 mm kattalikdagi oq-qora yoki rangli toʻrtta fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) belgilangan shakldagi ariza-anketa (3-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tashkilot yoki muassasaning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi (4-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) voyaga yetmagan shaxsning chet elga chiqishi uchun ota-onalari, vasiylari (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) voyaga yetmagan shaxsga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi chet elga davolanishga ketayotganda, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari sogʻliqni saqlash idoralarining yoʻllanmasi yoki xorijdagi davolash muassasalari tomonidan berilgan taklifnomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi oʻqishga, xalqaro yoshlar festivallariga va turli sport musobaqalariga ketayotganlarida tashkilot va muassasalarning oʻrnatilgan tartibdagi buyurtmasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi chet elga vaqtincha ota-onalarining biri bilan birga ketayotgan boʻlsa, u holda ikkinchisining roziligi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi chet elga vasiylari (homiylari), tashkilot va muassasalar vakillari bilan ketayotganda, uning ota-onalari yoki ulardan biri bu vaqtda chet elda vaqtincha boʻlgan taqdirda, ularning roziliklari Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosiga oʻrnatilgan tartibda toʻldirilgan ariza-anketa oʻquv muassasasi yoki doimiy yashash joyidagi oʻz-oʻzini boshqaruv idoralarining rahbarlari tomonidan imzolanib, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarining sogʻligʻi, yaqin qarindoshlarining ogʻir kasalligi yoki vafot etganligi sababli, zudlik bilan chet el safariga borish zaruriyati tugʻilsa, u holda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sogʻliqni saqlash idoralarining chet elga davolanishga yuborilishlari haqidagi yoʻllanmasi yoki xorijiy davlat sogʻliqni saqlash idoralarining yozma ravishda berilgan taklifnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chet eldagi yaqin qarindoshlarining ogʻir kasallanganligi yoki vafot etganligi toʻgʻrisidagi xorijiy tashkilot va muassasalari tomonidan tasdiqlangan telegraf xabarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlarda taqdim etilgan hujjatlar uch kun ichida koʻrib chiqiladi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Chet elga chiqish haqida murojaat qiluvchi arizachilarni tekshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari ichki ishlar idoralari tomonidan quyidagi tartibda tekshiruvdan oʻtkaziladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV, IIBB, IIB axborot markazlaridan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborot markazi tomonidan 13 yoshga toʻlgan va undan katta boʻlgan shaxslar tekshiriladilar va quyidagilar aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori boʻyicha Ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazoratda turganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etgan jinoyat uchun sudlanganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori asosida umumiy va maxsus tipdagi ruhiy kasalliklar shifoxonalariga yoʻllanganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan oʻrnatilgan majburiyatlarni ijro etishdan boʻyin tovlayotgan boʻlsa — majburiyatlarini ijro etmagunga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elga chiqish uchun murojaat qilgan arizachilarni tekshirish IIV, IIBB, IIB Axborot markazlaridan ikki ish kunida amalga oshiriladi. Zudlik bilan chet elga chiqish zaruriyati tugʻilgan holda (vafot etganlik, qarindoshlarining ogʻir kasalligi, zudlik bilan davolanishga) Axborot markazidan tekshirish bir ish kunida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elga ketayotgan shaxsga nisbatan axborot markazidan olingan maʼlumotning muddati bir oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. XChKvaFB hisoblaridan tekshirishda quyidagilar aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari qabul qilingan salbiy qaror toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi IIV XChKvaFB tomonidan muayyan shaxslarni chet elga chiqishlarini Oʻzbekiston Respublikasi IIV XChKvaFB yoki boshqa manfaatdor xizmatlar bilan kelishilgan holda koʻrib chiqilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi tekshiruvlar natijalari 15-bandning 5-xatboshidan tashqari shaxsni chet elga chiqishi uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Chet elga chiqish ariza-anketasini va IIV, IIBB, IIB XChKvaFB, hamda Axborot markazi hisoblaridan tekshirish bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosining chet elga chiqish haqidagi ariza-anketasi MXX-MXXBga kelishish uchun yuborilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Guvohnomani rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini olish uchun zarur hujjatlarini ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlariga taqdim etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan chet elga chiqish yigʻma ish jildi rasmiylashtiriladi va chet elga chiqish ish jildlarini hisobga olish kitobidan roʻyxatdan oʻtkazilib, tegishli roʻyxat raqami beriladi (5-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi chet elga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun takroran murojaat qilgan taqdirda, ularga nisbatan chet elga chiqish yangi ish jildi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarining chet elga ishonchli vakillari kuzatuvida ketayotganligida, shu voyaga yetmagan shaxsga rasmiylashtirilgan guvohnomaning beshinchi betiga hamrohlik qilayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar yozilib, XChKvaF xizmati boshligʻi yoki uning muovini tomonidan imzolanib, viza muhrlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Guvohnomani rasmiylashtirish va toʻldirish jarayonida xorijga chiqish, kelish va fuqarolik xizmati xodimlari tomonidan guvohnoma va undagi maʼlumotlar hisobga olish va roʻyxat kitobiga (6-ilova), ketma-ketlik tartibida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolik xizmatlarining xodimlari aybi bilan yoki texnik sabablarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi toʻldirish jarayonida yaroqsiz holga keltirilsa, yaroqsiz holga keltirilganlik sabablari koʻrsatilgan holda 2 nusxada dalolatnoma tuziladi, guvohnoma blankasining raqami dalolatnomaga yopishtiriladi. Dalolatnomaning bir nusxasi 10 kun muddat ichida IIV XChKvaF Boshqarmasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi boʻlimdagi yigʻma ish jildiga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Chet elga chiqish uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolariga nisbatan ikki nusxada hisob varaqasi (7-ilova) toʻldirilib, xulosa chiqarilgandan soʻng bir nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi IIV XChKvaF Boshqarmasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi guvohnoma rasmiylashtirilgan XChKvaF xizmatida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob varaqlari Oʻzbekiston Respublikasi IIV XChKvaF Boshqarmasiga har oyning 5 kuniga qadar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Berilgan guvohnomalarning hisobvaraqalari Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlarining maxsus kartotekasida alfavit tarzida familiyasi, ismi, sharifi boʻyicha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB XChKvaF xizmatlari boshliqlari yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan guvohnomaning ikkinchi betiga imzolanadi va viza muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi uch oy muddatga, chet elga oʻqish yoki davolanish uchun chiqishda — oʻqish yoki davolanish muddatiga beriladi. Zarur boʻlgan hollarda (davolanish muddati uzaytirilganda, yaqin qarindoshlarining vafoti va boshqalar) mazkur guvohnomaning amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan muayyan muddatga uzaytirib beriladi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining masʼul xodimi tomonidan guvohnomaning oltinchi betidagi “maʼlumotlar” jadvaliga oʻzbek va ingliz tillarida tegishli yozuv kiritib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuv elchi yoki konsul tomonidan imzolanadi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirib berilganlik uchun fuqarolardan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat boji toʻlovlari naqd pul yoki xalq bankining hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilib, davlat boji toʻlanganlik haqidagi chipta yoki toʻlov varaqasi taqdim etiladi. Davlat taʼminotida boʻlgan fuqarolar davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini undirilishini toʻgʻriligini tekshirish uchun IIV, IIBB, IIB tomonidan kamida bir yilda bir marotaba taftish oʻtkaziladi. Taftish IIV, IIBB, IIB rahbariyatining koʻrsatmasiga asosan tayinlangan komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya aʼzoligiga XChKvaF, hamda moliya-iqtisod xizmatlarining xodimlaridan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi olingandan soʻng, ota-onalar, vasiylar (homiylar), safarni tashkillashtirgan tashkilot va muassasalarning vakillari xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga kirish vizalarini olish uchun murojaat etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari chet elga oʻqish yoki davolanish uchun borganlarida Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalaridan vaqtinchalik konsullik hisobidan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Guvohnoma egasi yoki kuzatib boruvchi shaxs tomonidan chet elga borganlaridan soʻng, favqulodda holatlarda axborot va aloqa qilish uchun guvohnomaning toʻrtinchi betidagi maʼlumotlar toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Chet elda boʻlgan vaqtda guvohnoma egasi 16 yoshga toʻlishi bilan mazkur shaxs Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Mazkur ariza belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali, Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. Rasmiylashtirilgan pasport Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga egasiga topshirish uchun yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti topshirilgandan soʻng, guvohnoma belgilangan tartibda yoʻq qilinishi uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Guvohnoma egasi uni ehtiyotkorlik bilan saqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma oʻgʻirlatib yoki yoʻqotib qoʻyilgan hollarda uning egasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga zudlik bilan xabar berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Guvohnoma yoʻqotilgani toʻgʻrisidagi ariza guvohnomani bergan ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlarining munshiyxonasidagi ariza va shikoyat kitobidan roʻyxatdan oʻtkazilib, mazkur xizmat rahbariyati tomonidan koʻrib chiqiladi. Ariza asosida guvohnoma yoʻqotilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tuzilib, yetti kun muddat ichida mazkur qoʻllanmaning 14-bandiga muvofiq tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng, yangi guvohnoma rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi chet elda boʻlish vaqtida guvohnomani yoʻqotib qoʻygan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga yozma ravishda ariza bilan murojaat etadi. Ariza asosida Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda yangi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kelish uchun sertifikat rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agar fuqarolar guvohnoma yoʻqotilganligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganlaridan soʻng guvohnomani topib olsalar, zudlik bilan xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatiga yozma ravishda murojaat qilib, yoʻqotilgan guvohnomani topshiradilar. Mazkur ariza asosida guvohnoma yoʻqotilganligi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Guvohnoma yoʻqotilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi IIV XChKvaF Boshqarmasining joylardagi tizimlaridan, Davlat chegaralarini qoʻriqlash qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga uch kun muddat ichida yuboriladi (8-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Topib olingan guvohnomalar ichki ishlar idoralariga, yoxud Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari oʻz navbatida topilgan guvohnomani, voyaga yetmagan fuqaroning chet elda yashayotgan manziliga yuboradi. Guvohnoma egasi yoʻq boʻlgan taqdirda, guvohnoma oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi IIVga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vafot etgan voyaga yetmagan shaxslarning guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB XChKvaF xizmati boʻlimlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasalariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yoʻqotilgan guvohnomalar boshqa ichki ishlar idoralari, topilmalar stoli va fuqarolar tomonidan topshirilsa va egalariga xabar berilgan kundan boshlab, olti oy muddatda guvohnomalarni rasmiylashtirilgan ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Guvohnomalarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Guvohnoma blanklari qatʼiy hisobotli hujjatlar hisoblanib, shu sababdan ularni hisobga olish va saqlashni tashkil etish toʻliq taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari guvohnomasi blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, ishlatish va yoʻq qilishda Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan 1996-yil 4-oktabrida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi, yashash guvohnomalari, vizalar va chet eldan taklif qilish haqidagi shahodat blankalarini qabul qilib olish, saqlash, hisobga olish, tarqatish va yoʻq qilinishi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBB xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlarini tekshirish tartibi haqida”gi 246-sonli buyrugʻidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Guvohnomani olib qoʻyish (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), shuningdek garovga berish va boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Respublika Bosh Prokurori va davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. Komilov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 9-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori R. Qodirov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 9-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. Inoyatov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 27-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi raisi M. Oʻtaganov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 27-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning
2-bandiga 1-ilova

‎

“TASDIQLAYMAN”
‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi
‎ Vazirlar Kengashi raisi
‎__________________hokimi
‎“___”________________ 2001-y. ‎

‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolariga
‎guvohnoma berish boʻyicha maxsus komissiyaning
‎_____-sonli QARORI ‎

‎‎Komissiya, ___________________________________________________________________‎

‎‎(tashkilot nomi, ota-onalar, vasiylar yoki
‎_____________________________________________________________________________
‎homiylar
‎_____________________________________________________________________________
‎fuqaroning familiyasi, ismi, sharifi
‎_____________________________________________________________________________
‎ va tugʻilgan yili)
‎_____________________________________________________________________________
‎(davlat nomi, safar muddati va maqsadi) ‎

‎‎buyurtmasini yoki arizasini koʻrib chiqib ‎

‎‎‎QAROR QILADI:
‎
‎_____________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, sharifi va tugʻilgan yili) ‎
‎

“Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi” bilan hujjatlantirilsin.
‎ Qarorni ijro etish uchun________________________________________________________
‎IIV, IIBB, IIB XChKvaFga yuborilsin. ‎

‎‎‎Komissiya aʼzolari:‎
‎

F.I.Sh.

imzo‎‎
‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning
3-bandiga 2-ilova

‎‎TILXAT‎
‎

Men ________________________________________________________________ ‎chiqish uchun

‎‎(familiyasi, ismi, sharifi)
‎_______________________________________________________________________________
(safar maksadi va davlat nomi)
‎_______________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, sharifi va turilgan yili)

‎‎nomiga rasmiylashtirilgan _________________seriyali № ______________________ raqamli muddati______________________________________gacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining 16-yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini oldim. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgandan soʻng, 5 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini topshirishga vaʼda beraman. Xorijda boʻlish, kirish va tranzit oʻtish vizalarini olish qoidalari bilan tanishdim.
‎‎

“___”_____________ ___yil‎

_________________________
‎(shaxsiy imzo) ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning
12-bandiga 3-ilova

________________________
‎________________ XChKvaFB ‎
‎
‎

35x45 mmli
‎surat oʻrni ‎

‎‎‎16 yoshga toʻlmagan shaxsning
‎chet elga chiqish
‎ARIZA-ANKETASI ‎
‎

‎‎1. Familiyasi, ismi, sharifi______________________________________________________

‎‎(ilgari familiyasi, ismi, sharifingizni oʻzgartirganmisiz, koʻrsating) ___________________
‎_____________________________________________________________________________
‎ ‎
2. Millati ____________________________________________________________________
‎
‎3. Tugʻilgan vaqti _______________________________________________________________

‎‎4. Tugʻilgan joyi _______________________________________________________________

‎‎5. Doimiy yashash joyi ___________________________________________________________

‎‎6. Fuqaroligi _________________________________________________________________

‎‎7. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani seriyasi __________________________ № ________
‎_____________________________________________________________________________‎‎‎

‎‎(kim tomonidan berilgan)‎

‎‎_________________________________________ “____”_________________ yilda berilgan
‎
‎8. Xorijga chiqishdan maqsad _____________________________________________________‎
‎ (oʻqishga, davola�ishga, sayyohlik,‎

‎‎_____________________________________________________________________________
‎sport va xalkaro konkurslarga ketayotgan davlatning nomi)‎
‎

‎‎9. Hamrohlik qiluvchini _________________________________________________________‎

‎‎(familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan

‎‎_____________________________________________________________________________
‎yili, pasportining seriyasi va raqami, ruxsat yozuvining muddati)‎

‎‎
‎10. Sizga nisbatan jinoiy ish qoʻzgatilganmi? _______________________________________ _____________________________________________________________________________

‎‎11. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi toʻgʻrisida maʼlumot (qayerda va qaysi oʻquv muassasalarida tahsil oladi): ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kirgan
‎kuni ‎

Ketgan
‎kuni ‎

Oʻqish joyi‎‎

Oʻquv muassasasining manzilgohi ‎

‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎
‎ ‎ ‎‎ ‎

‎“___” ______________ 2001-y.
‎muhr oʻrni ‎
‎

‎_____________________________
‎Oʻquv muassasasi, oʻz-oʻzini boshqaruv
‎mahalliy idoralar mansabdor
‎shaxsining‎ imzosi va familiyasi ‎‎
‎
‎

‎‎12. Yaqin qarindoshlari: otasi, onasi, vasiyi (homiyi) aka-uka, opa-singillari toʻgʻrisida maʼlumot.

Familiyasi Ismi Sharifi ‎

Qarindoshlik munosabatlari ‎

Tugʻilgan vaqti va joyi ‎

Ish joyi va lavozimi ‎

Yashash joyi
‎manzili ‎‎‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎

______________________________
‎arizachini familiyasi va imzosi ‎

“___” ______________ 2001-y.‎
‎
‎
‎‎Ariza va boshqa kerakli hujjatlarni qabul qildim __________________________________
‎____________________________________________________________________________‎

‎‎(qabul qilgan xodimning mansabi va familiyasi)‎
‎

‎‎“___” ______________ 2001-y.
‎
‎“___” ______________ 2001-yilda _________________ seriyali _______________ raqamli Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini ______________________________________________________ IIV, IIBB, IIB XChKvaFB tomonidan berildi.
‎
‎Qoʻshimcha maʼlumotlar: _________________________________________________________‎

‎‎_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
‎
‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning
12-bandiga 4-ilova

____________________
‎____________________
‎XChKvaFB boshligʻiga ‎

‎‎‎BUYuRTMA‎

‎‎____________________________________________________________________________‎

‎‎(tashkilot va muassasani nomi)‎

‎‎Sizdan, ______________________________________________________________________‎

(familiyasi, ismi, sharifi va tugʻilgan yili)
‎ni __________________________________________________________________________
‎(davlat nomi, safar muddati va maqsadi)‎‎‎
‎

‎‎yuborilishi sababli Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi rasmiylashtirib berishingizni soʻraymiz.
‎
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimiyatlari huzuridagi maxsus komissiyasining 200__yil “___”__________ kunidagi _____-sonli Qarori, tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, fotosuratlar, ariza-anketa, ota-onasining notarial tasdiqlangan roziligi, kuzatib boruvchini notarial tasdiqlangan majburiyati, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi chipta ilova qilinadi. ‎
‎

‎Ilova: _________ varaqda
‎‎
‎

M.Oʻ.
‎lavozim ‎

masʼul shaxsning
‎F.I.Sh. va imzosi ‎
‎

‎‎Izoh: Buyurtma tashkilot, muassasa idoralarning blanklarida yozilib, masʼul shaxs tomonidan imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
‎
‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning
19-bandiga 5-ilova

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan
‎fuqarolarini chet elga chiqish uchun rasmiylashtirilgan
‎yigʻma ish jildlarini roʻyxatga olish kitobi
‎

№
‎№‎

Familiyasi
‎Ismi Sharifi‎
‎

Murojaat qilgan
‎tashkilotning nomi‎

Safar maqsadi‎

Borilayotgan
‎davlat nomi ‎

Izoh‎

‎
‎
‎‎
‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning
21-bandiga 6-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan
‎fuqarosi guvohnomasini hisobga olish va ularni
‎fuqarolarga tarqatish kitobi
‎

Guvohnomalarning
‎ seriya va raqamlari‎

Berilgan sana‎

Guvohnoma kimga berildi familiya, ismi, sharifi‎

Eslatma‎

kirim‎

chiqim‎‎

1‎

2‎

3‎

4‎

‎
‎(297x210 mm oʻlchamli)
‎‎‎
‎

‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning
23-bandiga 7-ilova

‎‎‎‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINGING 16 YoShGA TOʻLMAGAN FUQAROSI GUVOHNOMASINI BERILGANLIGI TOʻGʻRISIDAGI HISOB VARAQASI
‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎Shaxsiy kod № ________ ‎

‎‎1.____________________________________________________________________________
‎ (familiyasi, ismi, otasining ismi)

2. _______________________‎‎‎ ‎‎‎‎3. __________________________________________________‎‎‎

(tugʻilgan kuni, oyi, yili)‎‎‎

(tugʻilgan joyi - qishloq, tuman, shahar,

___________________________________________________‎‎ ‎‎‎‎4. _______________________‎

viloyat, respublika)‎‎

(millati)‎‎

‎‎5. ___________________________________________________________________________

‎‎(ota-onasining familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan vaqti)

‎‎6. ___________________________________________________________________________

‎‎(turar joyi - shahar, tuman va koʻchasining nomi, uy va xonadon №)

7. _______________________‎‎‎ 8. _______________________‎‎‎ 9. _______________________‎‎‎

(hujjatlarni qabul sanasi)‎‎‎

(safar maqsadi)‎‎‎

(ketilayotgan davlat)‎‎‎
‎

‎‏

‎‎
‎‎‏Fotosurat oʻrni ‏

‎‎10. Guvohnoma quyidagi asosda berildi________________________________
‎ ‎

‎‎(hujjataing nomi,

_______________________________________________________________
‎seriyasi, raqami, kim to�onidan va qachon berilgan)‎‎

‎‎11. Guvohnomani rasmiylashtirdi____________________________________
‎ ‎‎(guvoxnomani rasmiylashtirgan xodimning F.I.Sh.)
‎‎12. IIV.IIBB, IIB XChKvaFB boshligʻi________________________________
‎ ‎ ‎

(imzo)‎‎

13. Guvohnomani seriyasi_____________________________ №_________________________
“___”_________________20___ydan “___”_________yilgacha muddatga oldim.‎‎‎‎ ____________‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎

(imzo)‎

14.___________________________________________________________________________
‎ ‎

‎‎(i/jildi №)‎

‎ ‎
‎‎15. __________________________________________________________________________
‎

‎‎(IIV, IIBB, IIBning nomi)
‎

‎
‎‎Hisob varaqasining oʻlchami 210x148 mm ‎‎_____________________________________
‎‎Hisob varaqasi perfokarta qogozida tayyorlanadi
‎

‎‎(varaqni toʻldirgan xodimning imzosi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎ ‎ ‎

(orqa tomoni) ‎

‎‎16. Qayta murojaatlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

Hujjatlarni qabul qilingan sanasi‎

Vaqtincha yoki doimiy yashashga ketilayotgan davlat nomi‎

Qabul qilingan qarorning sanasi‎

Qaror (ruxsat yoki rad etildi)‎

Rad etilganligining sababi‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎17. Qoʻshimcha belgilar_____________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________
‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning
36-bandiga 8-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat chegaralarini
‎qoʻriqlash qoʻmitasiga ‎

Nusxasi:‎

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Milliy xavfsizlik xizmatiga
‎
‎

‎‎Toshkent shahar IIBB Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik boshqarmasiga Raxmatov ‎Sulton

‎‎(IIV, IIBB, IIB XChKvaFB nomi)‎

‎‎Axmadjonovich qizi 1987-yilning 1-yanvar kuni tugʻilgan Raxmatova Shirin Sultonovnaga ‎‎

‎‎(arizachining familiyasi, ismi, sharifi)‎

Toshkent shaxar IIB XChKvaF boshqarmasi tomonidan 2001-yilning 5-yanvar kunidan‎ 2001

‎‎(yoʻqolgan guvohnoma egasining tugʻilgan kuni, oyi, yili, seriyasi, raqami, qaysi ‎

yilning 30-iyungacha boʻlgan muddatda rasmiylashtirib berilgan SA 0000142 raqamli Oʻzbekiston‎‎

IIV, IIBB, IIB XChKvaFB tomonidan qaysi muddatga va qa�on berilgan)‎‎

‎‎Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvoxnomasini nomaʼlum sabablarga koʻra yoʻqotib ‎‎qoʻyganligi boʻyicha ariza bilan murojaat qildi. Shu sababli yuqorida koʻrsatilgan guvohnoma ‎‎haqiqiy emas deb hisoblashingizni va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV XChKvaF ‎Boshqarmasiga xabar berishingizni soʻraymiz. ‎
‎

________________________boshligʻi‎
(IIV, IIBB, IIB XChKvaFB
‎_______________________________
‎nomi boshliq unvoni) ‎

‎___________________________‎
‎(familiyasi, ismi)‎
‎
‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
IIVning 2001-yil 11-martdagi
65-sonli buyrugʻiga 2-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolariga chet elga vaqtincha chiqish uchun rasmiylashtirib berilgan guvohnomalar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎T/r
‎
‎‏Viloyat lar
‎
‎‏Buyurt ma bergan tashki lotlar nomi
‎
‎‏Hoki miyat Qarori№ va sanasi
‎
‎‏Jami qabul qilin gan ariea lar
‎
‎‏Jami rasmiy lashti rib beril gan guvoh noma lar soni
‎

Shulardan‎‎‎

‎‏Jami koʻrib chiqish da boʻl gan ariea lar soni
‎
oʻqishga‎ davola nishga ‎ sport musoba qala riga ‎ festi val larga ‎ sayyoh sifa tida ‎ xusu siy chaqi riq boʻyi cha ‎ doi miy yashash ga ‎ va bosh qalar ‎

1‎.

2‎.

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9‎.

10.‎

11.‎

12‎.

13.‎

14.‎

15.‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 6-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 303-modda)