Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OZIQ-OVQAT TOVARLARINING NARXLARINI B0ShQARISh HAMDA ChORVA MOLLARI VA SUTNING XARID NARXLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat tovarlarining ancha qimmatlashganligi, yoqilgʻi-energetika resurslari, asbob-uskunalar va chorva ozuqalari narxlarining oshganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzparrandasanoat” birlashmasining tuxumning xarid va chakana narxlarini shartnomaviy (erkin) narxlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mazkur qarorning ilovalariga muvofiq chakana va xarid narxlarining yangi preyskurantlarini, shuningdek, qayta baholash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlasin.
3. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar va tashkilotlar 1992-yil 19-oktabrdagi holatiga koʻra mahsulotlar qoldigʻini qayta baholab chiqsinlar, bunda qayta baholash summasi teng ulushlarda 746-son budjetdan tashqari schyotga va oʻz oborot mablagʻlari normativini koʻpaytirishga qoʻshib qoʻyilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda cheklangan chakana narxlarda sotiladigan oziq ovqat mahsulotlarining ulgurji narxlarini ikki hafta muddat ichida qayta koʻrib chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-iyuldagi 324-son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 152-son qarorining 1-bandidagi 4-xatboshidan “tuxum” soʻzi chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 16-oktabr,
475-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 259-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-yanvardagi 34-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)