O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FAN SOHASI XODIMLARIGA IMTIYOZLAR BERISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan sohasi xodimlariga imtiyozlar to‘g‘risida” 1992-yil 8-oktabrdagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklari va idoralar:
joriy yilning oxirigacha fan sohasi xodimlariga va mutaxassislarning ularga tenglashtirilgan ba’zi toifalariga (1-ilova), shuningdek fan sohasida kamida 10 yil ish stajiga ega bo‘lgan pensionerlarga ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni belgilangan tartibda bepul shaxsiy mulk qilib bersinlar;
xodimlarning yuqorida qayd qilib o‘tilgan toifalariga birinchi navbatda yer uchastkalari ajratilishini hamda “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv bo‘linmalari bilan birgalikda yakka tartibdagi qurilish uchun binokorlik materiallari ajratilishini ta’minlasinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida fan sohasining 1, 2-ilovalarda qayd etilgan xodimlariga uy-joyni berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim majmuiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-oktabr,
465-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-oktabrdagi 465-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan sohasi xodimlariga imtiyozlar to‘g‘risida” 1992-yil 8-oktabrdagi Farmonining amal qilishi xodimlariga tatbiq etiladigan fanlar akademiyalari, vazirliklar va idoralar
RO‘YXATI
RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi
Oliy attestatsiya komissiyasi
Fan va texnika davlat qo‘mitasi
Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, hokimliklar.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-oktabrdagi 465-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan sohasi xodimlariga imtiyozlar to‘g‘risida” 1992-yil 8-oktabrdagi Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladigan fan sohasi xodimlarining lavozimlari
RO‘YXATI
RO‘YXATI
Ilmiy-tadqiqot muassasasi, tashkiloti va konstruktorlik bo‘linmasi rahbari (direktor, direktor o‘rinbosari, ilmiy kotib), tarkibiy bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, bo‘linma, laboratoriya, shu’ba) mudiri.
Ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari (bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy xodim, kichik ilmiy xodim, stajor-tadqiqotchi), doktorantlar, aspirantlar, ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlarning mutaxassislari va xizmatchilari.
Fanlar akademiyasi Rayosati, Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, OAK, FTDQ boshqaruv apparatining asosiy vazifasi ilmiy-tashkiliy faoliyat hisoblangan xodimlari.