13.10.2020 yildagi PQ-4860-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq ta’limi vazirligi 2021-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yilning “Yo‘l xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi “Yo‘l xaritalari” hamda maqsadli ko‘rsatkichlarning (indikatorlarning) bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin hamda yiliga bir marta uning natijalarini Hukumat rayosati majlislarida tanqidiy ko‘rib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020 — 2022-yillar davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023 — 2025-yillar davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘riladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) soni optimallashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021/2022 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish va ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish natijalarini hisobga olgan holda ijobiy tajribani respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o‘rta ta’limni 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 10-11-sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9-sinf) o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda egallaydigan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining qisqartirilayotgan o‘quv soatlari doirasida kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga kasbga o‘qitish kurslarida o‘rgatilgan kasblar bo‘yicha sertifikat berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv jarayonini samarali olib borish va malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish uchun tegishli hududdagi professional ta’lim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarini ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga biriktirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish moslashtirilgan (adaptiv) o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shtatlarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish hisobidan maxsus pedagog shtat birliklari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning salohiyatini rivojlantirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim maktablari tomonidan mazkur o‘quvchilar uchun ular va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) ishtirokida individual o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga individual ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda maxsus pedagoglar va tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) yaqindan ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablari Kuzatuv kengashi tarkibiga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ota-onalaridan (ularning qonuniy vakillaridan) biri kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda professional ta’lim muassasalari uchun umumiy davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlarining ikki foizgacha bo‘lgan qismi ushbu shaxslarga ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarga uy sharoitida yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini hisoblash Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Mehribonlik” uylari respublika sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari bazaviy tarif stavkasi miqdori “Mehribonlik” uylarining tegishli rahbar xodimi bazaviy tarif stavkasining 90 foiziga, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari bazaviy tarif stavkasi miqdori umumta’lim maktablari psixologlari bazaviy tarif stavkasiga, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari to‘garak va musiqa rahbarlari, mehnat va trener yo‘riqchisi bazaviy tarif stavkalari “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida uning belgilangan shtat birliklari doirasida “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inklyuziv ta’lim laboratoriyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim uchun shart-sharoitlar yaratish, inklyuziv ta’lim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limning metodik ta’minotini (dasturlar, rahbar, pedagog va mutaxassislarga metodik tavsiyalar va boshqalarni) ishlab chiqish hamda takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limning barcha subyektlari uchun psixologik-pedagogik va ijtimoiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv sharoitlarda ta’lim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalari, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish va uni doimiy yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqi va erkinligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek bolalarning madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim-tarbiyani matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari bo‘yicha ota-onalar uchun onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish va video ma’ruzalarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik ta’lim sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tegishli o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim metodikasi bo‘yicha mavzular kiritilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) to‘siqsiz harakatlanishi uchun umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida zarur sharoitlar (binolarning kirish qismiga panduslar, tutqichlar va boshqalar) yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayonini tashkil etishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishda alohida masofaviy o‘qitish elementlaridan (onlayn o‘quv darslari, elektron ta’lim resurslari) keng foydalanilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshidan “rahbar xodimlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur o‘zgartirish 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4860-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsepsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ularning ta’lim olish huquqini kafolatlash va ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning joriy holati va mavjud muammolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bugungi kunda respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) 21,2 ming nafar, 21 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda o‘qitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014 — 2016-yillarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning 5 ta hududida tajriba-sinov maydonchalari tashkil etildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150 nafardan ortiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va 1,3 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar inklyuziv ta’lim xizmatlariga o‘qitildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etishga doir 3 ta o‘qitish moduli kiritildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 ming nafardan ortiq alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga inklyuziv ta’lim xizmatlari tashkil etildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida 5 ta tajriba-resurs markazi hamda 15 ta tajriba maktablari tashkil etilib, ularga 800 nafardan ortiq bolalar qamrab olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish, ularning sog‘lom bolalar qatoridan o‘rin olib o‘z qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata olishiga, ma’naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida vazifalar qayd etib o‘tilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik o‘rtasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Zamonaviy maktab”larni qurishda ushbu maktablarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus infratuzilma bo‘lishi va jihozlanishini ta’minlash maqsadida inklyuziv ta’limni tashkil etish bo‘yicha “Zamonaviy maktab”ga qo‘yiladigan me’yoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida “Zamonaviy maktab”larni ushbu talablar asosida qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni sog‘lom bolalar qatorida umumta’lim maktablarida o‘qitish amaliyotini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning umumta’lim maktablariga integratsiyalashuvi (uyg‘unlashtirgan holda ta’lim-tarbiya berish) tajribasi qo‘llanilishi natijasida so‘ngi yillarda 500 nafarga yaqin alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qaytarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shu bilan birga, Xalq ta’limi tizimida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ularning ta’lim olishga bo‘lgan teng huquqlarini ta’minlash borasida ayrim bo‘shliq va kamchiliklar mavjud, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inklyuziv ta’limni tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta’lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonining murakkabligi va shaffof emasligi turli shakldagi korrupsiya holatlariga sabab bo‘lmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kadrlarni tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash talab etilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik kadrlarning kasbiy tayyorgarligi hamda kasbiy malaka darajasi inklyuziv ta’lim uchun yetarli emasligi natijasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishda qator muammolar yuzaga kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari kiritilmaganligi, shuningdek bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotganligi ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari inklyuziv ta’lim haqida yetarli ma’lumotlarga ega emasligi inklyuziv ta’limni joriy etishning samarasizligiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan, ular faoliyatiga inklyuziv ta’lim bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘quv jarayonini tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim berish metodikasi ishlab chiqilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlari ishlab chiqilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari zarur maxsus o‘quv adabiyotlari va metodik-qo‘llanmalar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) inklyuziv ta’lim tizimini moliyalashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun yetarli mablag‘larni samarali va shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun o‘quv jihozlari va materiallarini yangilash, maktab binolarida inklyuziv ta’limni joriy etishga qaratilgan sharoitlar yaratish uchun davlat budjetidan ta’lim muassasalariga yetarli mablag‘lar yo‘naltirilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadi — ta’lim olish uchun teng imkoniyatni ta’minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta’lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat’iy nazar ta’limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inklyuziv ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlarini joriy etish, inklyuziv ta’lim metodikasiga oid o‘quv materiallarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarini tashkil etish hamda ta’lim berishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashga sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-ona, jamoat tashkilotlari mutaxassislari, keng jamoatchilik uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar va ommabop nashrlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning sifat tarkibini, xususan magistrlik darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limni joriy etishda avvalo chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchilar soni kam bo‘lgan umumta’lim maktablaridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitishga e’tibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirish va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish, ularga inklyuziv ta’limini amalga oshirish mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi o‘quv kurslarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy kurslarni yo‘lga qo‘ygan holda, inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalarida faoliyat olib boruvchi pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini kuchaytirish va qamrovini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining “Maxsus pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul parametrlarini oshirish, Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasi asosida pedagog xodimlarga ehtiyoji katta bo‘lgan chekka hududlardagi abituriyentlar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarini belgilash mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim muassasalarida yosh o‘qituvchilarni, ularning xizmat mavqeyi o‘sishini hisobga olgan holda, kasbiy qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim-tarbiya berishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan pedagog xodimlar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim-tarbiyaga oid maxsus o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inklyuziv ta’limda o‘qitish usullarini takomillashtirish, mazkur jarayonga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga nisbatan shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini hamda qulaylikni ta’minlash bo‘yicha davlat kafolatlarining amalga oshirilishini ta’minlovchi tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalariga yuborish uchun asos bo‘luvchi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar imkoniyatlarini inobatga olgan holda inklyuziv ta’limni rivojlantirish holati va tendensiyalari monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir bolaga o‘zining shaxsiy tempiga mos ravishda rivojlanish huquqini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ulardagi aqliy yoki jismoniy nuqsonlarning ifodalanganlik darajasidan kelib chiqqan holda umumta’lim maktabida tegishli bilimlarni olishiga sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim dasturlari asosida zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish va ushbu yo‘nalishlarda qisqa muddatli kurslarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limning rivojlanishini monitoring qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini yoritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, bolaning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga erishish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun sport to‘garaklarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ota-onalar o‘rtasida inklyuziv ta’lim tizimi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik (bulling)ning oldini olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan ta’lim muassasalarini ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha yagona tarmoqqa birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarini inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘quvchilar uchun maxsus jihozlangan kompyuter texnikasi, interaktiv doska, eshitish moslamalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv ta’lim jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimini joriy etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun darslik va metodik materiallarning elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limga jalb qilingan bolalar uchun mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim jarayoni uchun multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni budjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalardagi qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlariga tayanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda, “Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida umumta’lim maktablari uchun inklyuziv ta’lim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalarining o‘quv xonalari va laboratoriyalarini zamonaviy mebel, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv ta’lim tarmog‘ini rivojlantirish hisobiga inklyuziv ta’lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish amaliyotini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) inklyuziv ta’limga jalb qilingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garaklarida inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining qamrovini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar ta’limiy ehtiyojlarning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi uchun ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari optimallashtiriladi, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning teng huquqli jamiyat a’zosi sifatida umumta’lim muassasalarida bilim olishi ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim muassasalarining Internet tarmog‘iga to‘liq ulanishi ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish va boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

Umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish, jumladan:

Umumta’lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim berish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalariga yuborishga imkon beruvchi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;

xalq ta’limi tizimidagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va sog‘lomlashtirishga qaratilgan vazifalarini qayta ko‘rib chiqish hamda uning faoliyatini xalqaro talablarga moslashtirish;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-mayga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Tashkenbayev),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishidagi yuqori kurs talabalarini pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalariga biriktirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida ixtiyoriylik asosida tegishli malakaga ega volontyorlarni jalb qilish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining qo‘shma buyrug‘i

2021-yil
1-yanvarga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq ta’limi vazirligining qo‘shma buyrug‘i

2021-yil
1-yanvarga qadar

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Tashkenbayev),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlarni yaratish maqsadida ular o‘qiyotgan ta’lim muassasalarining binolari va jihozlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2021-yil
1-martga qadar

Qurilish vazirligi
(B. Zokirov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
(A. Qo‘ldoshev),
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish va sertifikat berish tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-iyunga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga maxsus pedagog lavozimini kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-mayga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)

Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-mayga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Davlat umumta’lim muassasalarining inklyuziv va tayanch korreksion sinflarida hamda kasb-hunar maktablarning ixtisoslashtirilgan guruhlarida ishlaydigan pedagog kadrlar va tibbiyot xodimlarining mansab yo‘riqnomasi va kasbiy standartlarini qayta ko‘rib chiqish hamda ularga inklyuziv ta’limni joriy qilishga oid vazifalarni kiritish.

Mansab yo‘riqnomasi va kasbiy standart

2021-yil
1-martga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida “Defektologiya” ta’lim yo‘nalishi o‘rniga “Maxsus pedagogika” ta’lim yo‘nalishini kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil
1-martga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Ortiqov),
Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma buyrug‘i

2021-yil
1-yanvarga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish institutini yanada takomillashtirish. Bunda, shu jumladan:

voyaga yetmagan bolalarning huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni joriy qilish;

voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir yagona davlat siyosatini olib borish;

voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni kuchaytirish va ularni monitoring qilish tartibini takomillashtirish;

voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro standartlarni joriy qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2020-yil
1-dekabrga qadar

Bola huquqlari bo‘yicha vakil
(A. Yunusova),
Bosh prokuratura (S. Ortiqova),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(A. Shin),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash

Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda o‘qitiladigan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun namunaviy adaptiv ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ularni keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-mayga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalarini maxsus o‘quv adabiyotlari va metodik-qo‘llanmalar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ajratilgan
davlat budjeti mablag‘lari doirasida

2021-yil
1-avgustga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-mayga qadar

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(U. Tashkenbayev),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim-tarbiya berishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan pedagog xodimlar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Uslubiy qo‘llanmalar

2021-yil
1-martga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)

A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim-tarbiyaga oid maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-yanvarga qadar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlarining malakasini oshirish.

Jadval asosida

Doimiy ravishda

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020/2021 o‘quv yili davomida

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)

Kasbga o‘qitish kurslari tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini malakali kadrlar va zarur jihozlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Mahalliy budjet mablag‘lari

2020/2021 o‘quv yili davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)

III. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining kirish yo‘laklari, yotoqxonalari, o‘quv va dam olish xonalari, oshxona hamda muassasaning boshqa muhim joylariga videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Mahalliy budjet mablag‘lari

2021-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga nisbatan shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil
1-sentabrga qadar

Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sagdullayev),
Mahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(M. Xodjimatov),
Bosh prokuratura
(S. Ortiqova),
Ichki ishlar vazirligi
(Sh. Sobirov)

Ta’lim muassasalarini bitirgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ish bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sagdullayev),
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqi va erkinligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek bolalarning madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Inklyuziv ta’lim-tarbiyani matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib etish.

Ijtimoiy reklama va roliklar, tele-
va radio eshittirishlar, maqolalar

Doimiy ravishda

MTRK (A. Xadjayev),
O‘zA (A. Ko‘chimov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Mahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi
(M. Xodjimatov)

Manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari hamda inklyuziv ta’limning bevosita ishtirokchilarini jalb qilgan holda inklyuziv ta’lim muammolariga bag‘ishlangan seminarlar va anjumanlar o‘tkazish.

Grafik asosida

Doimiy ravishda

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Inklyuziv ta’lim bo‘yicha ijobiy xorijiy tajribalarni o‘rganish va xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

Xorijiy mamlakatlar konferensiyalarida ishtirok etish, kompleks chora-tadbirlar

2020-2021-yillar davomida

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari bo‘yicha ota-onalar uchun onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish va video ma’ruzalarni Xalq ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar davomida

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga umumta’lim maktablarida qo‘shimcha ta’lim berishga qaratilgan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha taklif kiritish.

Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish

2021-yil
1-yanvar

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Xorijiy mutaxassislar tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga beg‘araz (xayriya) tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil qilish hamda davolash va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020/2021 o‘quv yili davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Kudratov)

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa, rassomchilik, tasviriy san’at, kulolchilik va boshqa to‘garaklarni ochish hamda ularni amaldagi me’yorga muvofiq musiqa asboblari bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochining budjetdan tashqari mablag‘lari

2020/2021 o‘quv yili davomida

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining sport zallarini sport jihozlari va anjomlari hamda davolash-sog‘lomlashtirish asbob-uskunalari bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

2020/2021 o‘quv yili davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
(D. Nabiyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida bittadan kompyuter sinf xonalarini zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash, ularda o‘quvchilarni fikrlashga yo‘naltiradigan kompyuter o‘yinlari bazasini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

2020/2021 o‘quv yili davomida

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini o‘qishga tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochining budjetdan tashqari mablag‘lari

2020/2021 o‘quv yili davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),
Yozuvchilar uyushmasi
(S. Sayid),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida kasb-hunar o‘rganayotgan qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ushbu muassasalarni zarur miqdorda tikuv mashinalari va boshqa anjomlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ijrochining budjetdan tashqari mablag‘lari

2020/2021 o‘quv yili davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Izoh:

1. Tadbirlarni amalga oshirish shakli o‘zgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqqan holda birlashtirilishi mumkin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ushbu bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI (INDIKATORLARI)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Yillik ko‘rsatkichlar

Joriy holat

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

I. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’limga kengroq qamrab olinishiga erishish

1.

Inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ulushi

Foizda (umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining umumiy soniga nisbatan)

18,4

27

33

39

47

51

2.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim shartlarida ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ulushi

Foizda (alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

16,5

20

24

29

35

40

3.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida korreksion sinflarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ulushi

Foizda (alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

0,4

1,3

2,2

3,1

4

4.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ta’lim olayotgan bolalar ulushi

Foizda (alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

26,8

25

23

21

19

16

5.

Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ulushi

Foizda (alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

16,8

15

14

13

12

11

6.

Musiqa, rassomchilik, tasviriy san’at, kulolchilik, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter, tikuvchilik va boshqa maktabdan tashqari to‘garaklarga qatnashayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ulushi

Foizda (alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy soniga nisbatan)

3,9

5,8

6,8

7,9

9,9

12

II. Inklyuziv ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

7.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini malakali maxsus pedagoglar bilan ta’minlash

Nafar

31

93

155

217

310

8.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini malakali tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) bilan ta’minlash

Nafar

31

93

155

217

310

9.

Maxsus pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Foizda (maxsus pedagoglarning umumiy soniga nisbatan)

4,8

10

15

20

30

50

10.

Tyutorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Foizda (tyutorlarning umumiy soniga nisbatan)

4,8

10

15

20

30

50

11.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim olayotgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbar kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Foizda (rahbar kadrlarning umumiy soniga nisbatan)

15

26

38

50

60

75

12.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar ulushi

Foizda (pedagog kadrlarning umumiy soniga nisbatan)

26,2

20

16

12

8

0

III. Inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

13.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun zarur maxsus jihozlar, o‘quv adabiyotlar va metodik-qo‘llanmalar bilan ta’minlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ulushi

Foizda (umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining umumiy soniga nisbatan)

2,4

5

8

Tasdiqlanadigan reja asosida

14.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun zarur maxsus jihozlar bilan ta’minlangan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ulushi

Foizda (maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining umumiy soniga nisbatan)

40,5

62

72

81

91

100

15.

O‘quv jarayonlarini tashkil etishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun masofaviy o‘qitish elementlarini joriy qilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari soni

Soni

250

310

550

1 000

1 500

16.

Tashkil etilgan inklyuziv ta’limning resurs markazlari soni

Soni

5

14

55

87

144

203

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2020-y., 07/20/4860/1383-son)