Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YAPONIYADA (TOKIO SHAHRI) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 26-yanvardagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yaponiyaning Tokio shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 9 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 6 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 3 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yaponiyadagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-noyabr,
404-son
Yaponiyadagi (Tokio shahri) Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining shtat jadvali
| T/r | Lavozimi (diplomatik tarkib) | Shtatdagi xodimlar soni | Elchining maoshiga nisbatan xodimlarining maoshi, foizlarda | Oylik maoshi | 1996-yil uchun |
| 1. | Elchi | 1 | 100 % | 4000 | 48000 |
| 2. | Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi | 1 | 85% | 3400 | 40800 |
| 3. | Birinchi kotib | 1 | 75 % | 3000 | 36000 |
| 4. | Birinchi kotib (axborot agentligi vakili) | 1 | 75 % | 3000 | 36000 |
| 5. | Ikkinchi kotib | 1 | 70 % | 2800 | 33600 |
| 6. | Uchinchi kotib | 1 | 65 % | 2600 | 31200 |
| | Hammasi | 6 | 18800 | 225600 | |
| | Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi: | | | | |
| 1. | Katta buxgalter | 1 | 65 % | 2600 | 31200 |
| 2. | Xoʻjalik mudiri, ayni paytda kassir | 1 | 50 % | 2000 | 24000 |
| 3. | Mexanik-haydovchi | 1 | 45 % | 1800 | 21600 |
| 4. | Joyning oʻzida yollanadigan xodimlar | ||||
| | a) kotib-referent | | |
4000 |
48000 |
| |
b) xodimlarning oila aʼzolaridan: farroshlar, qorovul, bogʻbon, oshpaz va boshqalar (soatbay haq toʻlanadi) |
| | 4000 |
48000 |
| | Hammasi | 3 | 14400 | 172800 | |
| | Jami | 9 | | 398400 |