Oʻzbekiston Respublikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DIPLOMATIYA XODIMLARI UChUN DIPLOMATIYA DARAJA VA MARTABALARI BELGILASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalari belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respbulikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilinishi bilanoq amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya martabalari uchun mansab okladlariga ustama xaqlarni belgilasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga sobiq SSSRning qonunlariga muvofiq berilgan diplomatiya darajalari Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya darajalariga tenglashtirilgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
651-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 351-modda)