23.09.2020 yildagi 581-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda bozor mexanizmlarini joriy qilish, sohada davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tugatilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari ilovaga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagroeksportbank” ATB va “Agrobank” ATB ustav kapitallaridagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK ulushi Moliya vazirligiga balans qiymati boʻyicha bepul oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning jozibadorligini oshirish, savdoga chiqarish boʻyicha har bir tadbirni aniq amalga oshirish muddati va masʼul shaxslar koʻrsatilgan chora-tadbirlar rejalarini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-martga qadar ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlarining belgilangan tartibda ommaviy savdolarga qoʻyilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda sotilmagan tashkilotlarning mol-mulkidan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda salohiyatli, jumladan, xorijiy investorlarni mazkur bandga muvofiq realizatsiya qilinadigan obyektlar haqida keng xabardor qilish va ularni xarid qilishga jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKni tugatish komissiyasi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan qarzlarning “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tizimidagi tashkilotlar omborxonalarida saqlanayotgan shakar mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan va boshqa mablagʻlar hisobiga 2021-yil 1-fevralga qadar toʻliq qoplanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
581-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-sentabrdagi 581-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga balans qiymati boʻyicha bepul oʻtkaziladigan davlat ulushlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilotlar nomi

Davlat ulushi miqdori, foiz

Summasi,
mln soʻm

1.

“Shakh Gardens” MChJ

20

4 000,0

2.

“Osiyo Elga Baraka” MChJ

35,6

1 800,0

3.

“Bespilotnie Texnologi” MChJ

100

1 470,0

4.

“Oʻzagroeksport” AJ

18,6

1199,9

5.

“Sangzor Tabiiy Sut” MChJ

100

676,6

6.

“Chimboy moy” MChJ

90,2

605,8

7.

“BSB Sabzavod urugʻlari” MChJ

100

550,0

8.

“Yangiyoʻlyogʻmoy” AJ

3,93

332,5

9.

“Dehqonsavdo” DUK

100

218,0

10.

“Gallaorol-Agro-Export” MChJ

57,14

200,0

11.

“Tashkent yogʻ-moy kombinati” AJ

5

196,5

12.

“Anhor Company” MChJ

3,9

156,4

13.

“BKQ-Besler Kristall Quvvat” MChJ

25

153,1

14.

“OʻzBAT” AJ

2,59

147,6

15.

“Kovar ishlab chiqarish va eksport qilish markazi” MChJ

30

108,0

16.

“Angren Logistika Markazi” AJ

0,48

100,0

17.

“A'lo sifat sinov laboratoriya” MChJ

100

100,0

18.

“Oziqovqatzomin” MChJ

100

100,0

19.

“Zamonaviy issiqxona” MChJ

100

100,0

20.

“Oziqovqat-injiniring” MChJ

100

75,0

21.

“Urganch goʻsht” MChJ

25

61,3

22.

“MT Invest-Impeks” MChJ

6,21

54,1

23.

“Shafran ilmiy tadqiqot markazi” MChJ

7,14

50,0

24.

“Taʼminot markazi” MChJ

25

26,6

25.

“Mandjoukov Food” MChJ

5,96

23,8

26.

“Kitob anori” MChJ

6,13

23,0

27.

“Choy yetishtirish rivojlantitish ilmiy-ishlab chiqarish markazi” MChJ

5,2

20,0

28.

“PET Plast oil” QK MChJ

17

17,0

29.

“Oziq-ovqat sanoat taʼlim servis” MChJ

100

10,2

30.

“Andijan Flarup oil” QK MChJ

10

13,3

31.

“Avtosanoat Agro” MChJ

0,2

7,0

32.

“Semmennoy kartofel” QK MChJ

33

3,8

33.

“Qishloq hayoti gazetasi” MChJ

2,5

3,0

34.

“Goʻshtsutsanoat” MChJ

100

1,3

35.

“Savdogarbank” ATB

0

2,3

36.

“Qarshi yogʻ” QK MChJ

10

1,2

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 09/20/581/1314-son)