15.02.2012 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LEMKEN” qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi mashinasozligini modernizatsiya asosida barqaror rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarini strategik hamkor sifatida jalb etish hamda qishloq xoʻjaligini zamonaviy va yuqori samarali texnika bilan toʻliq taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chirchiqqishloqmash” AJ va “LEMKEN GmbH & So. KG” (Germaniya) kompaniyasi oʻrtasida 2011-yil 5-dekabr kuni zamonaviy tuproqni qayta ishlash texnikasi va boshqa turdagi “LEMKEN” qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “LEMKEN Chirchiq” qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha Bitim imzolangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LEMKEN Chirchiq” MCHJning ustav fondi taʼsis yigʻilishi oʻtkazilgan sanada 500 ming yevro miqdorida shakllantirilgani, shundan “Chirchiqqishloqmash” AJ ulushi 70 foiz, “LEMKEN GmbH & Co. KG” ulushi esa 30 foizni tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LEMKEN Chirchiq” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan universal aylanuvchan pluglar, rotatsion boronalar, diskli kultivatorlar va tuproq zichlagichlarni mahalliylashtirish darajasini 50 foizdan oshirish koʻzda tutilgan 2012 — 2014-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan mahalliylashtirish dasturi kelishilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LEMKEN GmbH & Co KG” va “LEMKEN Chirchiq” MCHJ oʻrtasida litsenziya berish va texnik yordam koʻrsatish boʻyicha Bitim tuzish yuzasidan erishilgan kelishuvga koʻra, “LEMKEN GmbH & Co KG” kompaniyasi shartnoma imzolangan kundan boshlab 90 kun ichida “LEMKEN Chirchiq” MCHJda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi texnikasiga oid konstruktorlik hujjatlarini taqdim etishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “LEMKEN Chirchiq” MCHJ davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 5 yil muddatga quyidagilarni toʻlashdan ozod etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha soliqlardan, bundan Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Moliya vazirligi qoshidagi taʼlim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LEMKEN Chirchiq” MCHJ tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan butlovchi qismlar, detallar, uzellar va materiallar hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar 2012-yilda ilovadagi roʻyxatga asosan, 2013-yildan boshlab esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LEMKEN GmbH & Co. KG” kompaniyasiga toʻlanadigan dividendlar boʻyicha toʻlovchi manbani foyda soligʻidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar “LEMKEN GmbH & Co. KG” kompaniyasi litsenziya berish va texnik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimda belgilangan majburiyatlarini bajarmasa, ushbu soliq va bojxona imtiyozlarining amal qilishi toʻxtatiladi hamda ushbu majburiyatlar bajarilgan kundan boshlab imtiyozlar qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi ishlar vazirligi “LEMKEN Chirchiq” MCHJning soʻroviga koʻra, mazkur qarorga koʻra qoʻshma korxona tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan kirish vizalarini rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar vazirligi “LEMKEN Chirchiq” MCHJ soʻrovi boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, vaqtinchalik yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirishni amalga oshirsin, shuningdek, ularni davlat bojini toʻlashdan ozod qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoʻshma korxona tashkil etish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish uchun “LEMKEN Chirchiq” MCHJga ruxsatnomalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-fevraldagi 40-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LEMKEN Chirchiq” MCHJ tomonidan 2012-yilda qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan butlovchi qismlar, detallar, uzellar va materiallar hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

“LEMKEN Chirchiq” MCHJ tomonidan 2012-yilda olib kiriladigan tovarlar nomi

Soni

Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN kodlari

1.

“EurOpal 7 3+1” modelidagi 200 ta universal aylanuvchan osma pluglar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar, detallar, uzellar va materiallar.

200 ta mashinokomplekt

8432101000, 8432900000, 7318157009, 7318165000, 7318163009,7318169109, 7318220009, 7318210009, 7318290009s 8204110000, 7320109000, 7320208509, 7320208909, 7315890000, 7318159009.7315821000, 8716909000

2.

“Zirkon 8/250” modelidagi 150 ta rotasion boronalar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar, detallar, uzellar va materiallar.

150 ta mashinokomplekt

8432293000,7315821000, 8483105000, 8432900000, 8483402300, 7318157009, 7318161000, 7318165000, 7318220009, 7320909009, 8204110000, 4017009000, 7320208509, 7326i99009, 7318290009

3.

“VarioPack 110 WDP 70”‎ modelidagi 40 ta tuproq zichlagichlarni ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar, detallar, uzellar va materiallar.

40 ta mashinokomplekt

8432800000, 7318157009, 7318165000, 7318290009, 8308200000 8482109008,7326909809, 8487905900, 5911901000, 7320109000, 4016999909, 7315821000, 73251099900, 8432900000, 7325109900

4.

“Smaragd 9/300” modelidagi 100 ta diskli kultivatorlarni ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar, detallar, uzellar va materiallar.

100 ta mashinokomplekt

“LEMKEN Chirchiq” MCHJ tomonidan tuziladigan shartnomalar boʻyicha

5.

“LEMKEN Chirchiq” MCHJ mahsulotlariga texnik xizmat koʻrsatish uchun “LEMKEN” original ehtiyot qismlar va materiallar.

“LEMKEN Chirchiq” MCHJ tomonidan mahsulot isteʼmolchilarining buyurtmanomalari asosida tuziladigan shartnomalar boʻyicha.

6.

“LEMKEN Chirchiq” MCHJ mahsulotlarini ishlab chiqarish va texnik xizmat koʻrsatish uchun texnik hujjatlar, asbob-uskunalar, texnologik jihozlar va uskunalar.

“LEMKEN Chirchiq ” MCHJ tomonidan tuziladigan shartnomalar boʻyicha, jumladan 4901990000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. 2012-yilda bojxona imtiyozlarini qoʻllash uchun “Oʻzbekekspertiza” OAJ va OʻzDITTMning chetdan olib kirilayotgan butlovchi buyumlar, detallar, qismlar, shuningdek, mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun materiallar hamda ehtiyot qismlarning muvofiqligiga doir xulosasi asos hisoblanadi.