Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgʻor xalqaro tajriba asosida davlat qarziga oʻz vaqtida, toʻliq va kafolatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Kafolat jamgʻarmasi) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar oʻz qarz toʻlovlarini vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlikni qarzdor tashkilotlardan undirish sharti bilan Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qarzdorliknn qoplash va Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplangan mablagʻlarni qarzdordan undirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlarini vaqtincha depozitga joylashtirish, chet el valyutasini sotish va sotib olish hamda yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish orqali samarali boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar oʻz qarz toʻlovlarini vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari, Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplangan qarzdorlik, hisoblangan penya va jarima toʻlovlari qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar tomonidan mos ravishda Kafolat jamgʻarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili keyingi moliya yili uchun shakllantiriladigan biznes reja yoki xarajatlar smetalarida qarz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlarni majburiy ravishda nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzlarni oʻz vaqtida toʻlash maqsadida qoʻshimcha daromad manbalarini aniqlashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 15-noyabrga qadar ushbu qaror mazmunidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
573-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik) Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Kafolat jamgʻarmasi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kafolat jamgʻarmasi davlat qarziga oʻz vaqtida, toʻliq va kafolatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kafolat jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari milliy va chet el valyutasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarish, budjetni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish va boshqa dasturlarni oʻz ichiga oladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va ushbu qarz ularning oʻz mablagʻlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanishi nazarda tutilgan loyihalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati uchun toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda — taqdirlash puli) kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foiz hisoblash davri mobaynida kredit boʻyicha qarzdorlikning kunlik qoldigʻidan kamida yillik 0,5 % miqdorida hisoblanib, yigʻib boriladi hamda foizlar va asosiy qarz toʻlanadigan tegishli sanalarda (toʻlov kunidan oldin amalga oshirilgan toʻlovlar ham) “Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ savdo sessiyalarida belgilangan joriy kurs boʻyicha teng miqdorda soʻmda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlash manbai Davlat budjeti mablagʻlari boʻlgan kreditlar boʻyicha taqdirlash puli undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdirlash pulini toʻlash uch bank ish kunidan ortiq muddat mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar tomonidan muddati oʻtkazib yuborilgan summaga qoʻshimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlanadi, biroq bunda penyaning umumiy summasi kafolat uchun hisoblangan toʻlov miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashda kredit (qarz) boʻyicha xizmat koʻrsatish yuzasidan ehtimoldagi tavakkalchiliklarni qoplash maqsadida foydalanish uchun qayta kreditlanadigan bitimlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jalb qilinayotgan kredit (qarz) stavkasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi marjasi (keyingi oʻrinlarda — marja) belgilanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlash manbai Davlat budjeti mablagʻlari boʻlgan qayta kreditlanadigan bitimlarda marja belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq taqdirlash puli va (yoki) marjadan toʻliq yoki qisman ozod qilish boʻyicha imtiyoz berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jalb etiladigan kreditlar (qarzlar) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilganligi uchun undiriladigan taqdirlash puli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va shu valyutada kayta kreditlanadigan bitimlardagi kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik toʻliq toʻlangan taqdirda, kredit (qarz) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan summasiga teng miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan oʻtkaziladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va milliy valyuta, shuningdek, chet el valyutasida qayta kreditlanadigan bitimlar boʻyicha toʻlov muddatlarining talablari toʻliq bajarilmaganda muddati oʻtgan qarzdorliklar (asosiy qarz, foiz, marja va boshqa toʻlovlar) yuzasidan hisoblangan va toʻlangan (undirilgan) penyalar (shu bilan birgalikda jarimalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan barcha turdagi halqaro va mahalliy qarz bitimlarida, qayta kreditlash bitimlarida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan chet el valyutasida mablagʻlarni depozitga qoʻyish, ssuda va kredit liniyalarini ajratish hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi oldidagi boshqa majburiyatlar boʻyicha shartnomalarda belgilangan moliyaviy shartlar va talablarning (kovenantlar) buzilishi holatlari aniqlanganda undiriladigan toʻlovlar;
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular vakolat bergan organ tomonidan chet el valyutasida jalb qilinadigan yoki milliy valyutada qayta kreditlanadigan bitimlarda kreditlarning foiz toʻlovlari oʻrtasidagi ijobiy farqdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Iqtisodiyot va moliya vazirligida vaqtincha boʻsh turgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan qarzlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
(9-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan foiz toʻlovlari oʻrtasidagi ijobiy farq boʻyicha daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qayta kreditlash shartnomalariga asosan qarzdorlar tomonidan qaytarilgan mablagʻlarning davlat tashqi qarzi toʻlovlaridan ortib qolgan qismini kelgusida davlat tashqi qarzi toʻlovlari uchun zaxira sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Kafolat jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan milliy va chet el valyutasidagi mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan hamda yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida toʻlanadigan daromadlardan olingan foyda soligʻi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda oʻtkaziladigan ajratmalar;
(9-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning (noruda foydali qazilmalardan tashqari) prognozdan orttirib bajarilgan qismining 50 foizi miqdorida, lekin yillik jami 150 mlrd. soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratmalar;
(9-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(9-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan “n” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qaroriga asosan “o” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarzdor tashkilotlar davlat qarzi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta qoplash sharti bilan qarz toʻlovlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan davlat tashqi qarz mablagʻlarini milliy valyuta hamda chet el valyutasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish natijasida yuzaga keladigan valyuta kursi xatarlarining oldini olish uchun. Bunda chet el valyutasida jalb qilingan va milliy valyuta hamda chet el valyutasida berilgan kreditlarning foiz toʻlovlari oʻrtasidagi ijobiy farq Kafolat jamgʻarmasida jamlanadi va valyuta kursi oʻzgarishi taʼsirida yuzaga keladigan tafovutlar ushbu mablagʻlar hisobiga qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat sherigining aybi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan zararlarni qoplash;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida olinadigan daromadlar va obligatsiyaning tashqi kupon foiz toʻlovi oʻrtasida yuzaga keladigan salbiy farqni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq majburiyatlar toʻliq amalga oshirilgandan soʻng davlat qarzi toʻlovlarining yetishmagan qismini toʻlash. Shuningdek, davlat qarzi bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa turli toʻlovlar ham jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 63-sonliqaroriga asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga keladigan davlatning shartli majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar oʻz qarz toʻlovlarini vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda, Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari yetmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kafolat jamgʻarmasining joriy moliya yilida foydalanilmagan mablagʻlari moliya yili oxirida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yillarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga davlat tashqi qarzi uchun amalga oshirilgan toʻlovdan soʻng bir bank ish kuni mobaynida Gʻaznachilik tomonidan qarzdor tashkilot(lar)ga amalga oshirilgan toʻlov va qarzlarni qaytarish boʻyicha xabarnoma joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan qarzdor tashkilot oʻrtasida tuzilgan qayta kreditlash shartnomalarida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qarzdor tashkilotning qarzdorligi Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻlangan kundan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qarzdor tashkilotning asosiy bank hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi. Inkasso topshiriqnomalari qonunchilik hujjatlari talablari asosida bajariladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaldagi qarzdor tashkilotlarning qarzdorligini mahalliy budjetlarning qoʻshimcha daromadlari yoki boshqa sherik qarzdorlar mablagʻlari hisobiga undirib olish boʻyicha qonunchilik hujjatlari doirasida choralar koʻradi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor tashkilotlardan toʻlovlar 30 kalendar kun davomida toʻliq qaytarilmagan taqdirda, mazkur toʻlanmagan qarzdorlik va unga hisoblangan penyalar hamda qoʻllanilgan jarimalar sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qarzdor tashkilotlarning qarzdorligi Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻlanishidan qati nazar, qarzdor tashkilotning qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari oʻz kuchida qoladi hamda oʻz vaqtida qoplanmagan muddati oʻtgan qarzdorliklar uchun shartnoma shartlari boʻyicha penyalar va jarimalar qoʻllanilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobi Gʻaznachilik tomonidan yuritiladi va choraklik, yarim yillik hamda yillik hisobotlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Gʻaznachilik Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZGARTIRIShLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha qarz oluvchilardan (subqarz oluvchilardan) tushadigan taqdirlash puli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Kafolat jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish manbalari sifatida hisobga olinadi va Kafolat jamgʻarmasining chet el va milliy valyutadagi ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan toʻlangan taqdirlash puli qaytarilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Kafolat jamgʻarmasi tasarrufida qoladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 27 va 30-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini, shu jumladan, ustama haqi qaytarilishi SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/R
Koʻrsatkichlar nomi
Qarzning qaytarilishi
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga
Ishtirok etuvchi tijorat banklari mablagʻlari hisobiga
(Qishloq qurilish bank bilan tuzilgan Islom taraqqiyot banki moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatish va qaytarish haqidagi shartnomaga asosan asosiy qarz va foizlar boʻyicha tushumlar hisobiga)
1.
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan mablagʻlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari
100%
Qarzni qaytarishda vujudga keladigan valyuta kursinining oʻzgarishi bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari
100%
2.
Suv taʼminoti va kirish avtomobil yoʻllari qurilishi uchun sarflangan moliyalashtirish xarajatlari, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari
100%
3.
Loyihani amalga oshirish boʻlimini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari
100%
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2018-yil 6-fevraldagi 79-son qaroriga ilovaning 4 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 24.10.2023-y., 09/23/558/0795-son)