Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.07.2026 19.09.2020 yildagi 568-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.07.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-iyuldagi 372-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini filmlar orqali yanada oshirish tizimini keng joriy etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda xorijiy kinokompaniyalar, kinostudiyalar va boshqa kino tashkilotlarining mamlakat hududida oʻz filmlarini yaratishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.F. Abduxalikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
568-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-sentabrdagi 568-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Rebate”) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan respublika hududida amalga oshirilgan harajatlarning 20 foizi miqdorida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq xorijiy kinokompaniya tomonidan har bir filmni ishlab chiqarish uchun sarflangan harajatlarning qaytariladigan qismi 300 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinokompaniyalarga harajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xorijiy kinokompaniyalarga harajatlar qismini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi hamda qaytarilishini taʼminlovchi masʼul davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorijiy kinokompaniyalarga harajatlar qismini qaytarish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
film — badiiy toʻliq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli va xronikal, ilmiy-ommabop, badiiy-publitsistik, multiplikatsion audiovizual mahsulot, ijtimoiy videoroliklar, kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kinokompaniya — oʻz mablagʻlari va/yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalar bilan bogʻliq boʻlmagan moliyaviy mablagʻlar hisobidan respublika hududida filmlarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kinokompaniya, kinostudiya va boshqa kino tashkiloti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni suratga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijiy kinokompaniya Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni suratga olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi “Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisida”gi 169-son qarori talablari asosida “Oʻzbekkino” Milliy agentligidan ruxsatnoma oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Xorijiy kinokompaniya bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni suratga olishda hamkorlik qilish, koʻmaklashish va shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda oʻzaro kelishuv asosida Memorandum imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat banklari xorijiy kinokompaniya soʻroviga hamda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomaga asosan besh kun ichida maxsus hisob raqami ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xorijiy kinokompaniya soʻrovni xat koʻrinishida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan berilgan ruxsatnoma nusʼhasini ilova qilgan holda kinokompaniya haqidagi maʼlumotlarni (kompaniya nomi, film nomi, suratga olish davri va sarf etish rejalashtirilgan pul mablagʻning taxminiy hajmi) aks ettirib yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisob raqam xorijiy kinokompaniyaning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi hisob raqami hisoblanib, oʻz filmlarini suratga olish uchun zarur boʻladigan pul mablagʻlarini ushbu hisob raqamga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy kinokompaniya Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini suratga olishni tijorat banklarida ochilgan maxsus hisob raqamidagi pul mablagʻlaridan foydalangan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy kinokompaniya maxsus hisob raqamidagi pul mablagʻlaridan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy yuridik va jismoniy shaxslar xizmatlari uchun haq toʻlashda foydalanishi va sarf etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinokompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmni suratga olish ishlarida barcha qulay shart-sharoitlarni yaratadi va koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan birgalikda respublika hududida ijaraga beriladigan davlat mulki obyektlari, koʻrsatiladigan davlat xizmatlari, xizmat koʻrsatuvchi mahalliy korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, kinematografiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislar roʻyhatlarini shakllantiradi, murojaatlar boʻlganda roʻyhatni doimiy ravishda kengaytirib, toʻldirib boradi hamda elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron maʼlumotlar bazasi ochiq holda Internet tarmogʻiga joylashtiriladi hamda xorijiy kinokompaniyalar uchun oʻz filmlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida suratga olish ishlarini yuqori saviyada tashkil qilishda qoʻshimcha maʼlumot sifatida xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan respublika hududida filmlarni suratga olish uchun xorijiy kinokompaniyaga berilgan ruxsatnoma muddati yakunlanganidan soʻng (ruxsatnoma muddati uzaytirilmagan taqdirda) filmni suratga olish ishlari yakunlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Harajatlar qismini qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi suratga olish ishlari yakunlanganidan soʻng bu haqda xorijiy kinokompaniyaning maxsus hisob raqami ochilgan tijorat bankiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tijorat banki suratga olish ishlari yakunlanganligi haqidagi xabarni olgandan soʻng uch kun muddatda maxsus hisob raqamda filmni suratga olish davrida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni Xorijiy kinokompaniyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijiy kinokompaniya moliyaviy operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni harajatlar qismini qaytarish haqidagi xatga ilova qilgan holda “Oʻzbekkino” Milliy agentligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xatda filmni suratga olishda sarf etilgan harajatlar haqida umumiy maʼlumotlar (sarf etilgan jami mablagʻ, shundan tovar va xizmatlar sotib olish uchun sarflangan, respublikaning hududlari kesimida sarflangan mablagʻlar, naqd pulsiz sarflangan mablagʻlar haqida moliyaviy hujjatlar, kelishuvlar va boshqalar) aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi uch kun muddatda maxsus hisob raqamda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni Moliya vazirligiga harajatlar qismini qaytarish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Moliya vazirligi harajatlar qismini qaytarish uchun taqdim etilgan hujjatlarni oʻrgangan holda oʻn kun ichida quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harajatlarning 20% miqdorini qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harajatlarni qaytarmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Moliya vazirligi qabul qilingan qarorga izoh (sharh) keltiradi hamda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Xorijiy kinokompaniyani tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harajatlar qismini qaytarish uchun taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganishda Xorijiy kinokompaniya tomonidan filmni suratga olish ishlari uchun sarflangan pul mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilganligi, xizmat koʻrsatgan mahalliy tashkilotlar amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tarzda faoliyat koʻrsatganligi va boshqa shu kabi moliyaviy masalalar tahlil qilinadi.
(16-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Moliya vazirligi harajatlar qismini qaytarish haqida qaror qabul qilgan taqdirda qaytariladigan pul mablagʻlari qaror qabul qilingan kundan soʻng oʻn kun ichida maxsus hisob raqamga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tijorat banki besh kun ichida maxsus hisob raqamdagi barcha (qoldiq va qaytarilgan mablagʻ) pul mablagʻlarini Xorijiy kinokompaniyaning soʻroviga asosan tegishli hisob raqamga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi kinematografiya sohasidagi davlat organi sifatida Xorijiy kinokompaniyaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini suratga olishida mahalliy davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi hamda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik qilishda hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratishda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari nuqtai nazaridan faoliyat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishi uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar roʻyxati (reyestri) “Oʻzbekkino” Milliy agentligining veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har oy yakuni boʻyicha yangilanib boriladi hamda yillar va davlatlar kesimida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishi uchun moliyalashtirish maqsadida xorijiy kinokompaniyalar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligiga tegishli xorijiy kinokompaniyalar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishi uchun moliyalashtirish ishlarini tashkil etish, Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning xorijiy kinokompaniyalarga yetkazilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish yuzasidan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlarning ajratilishi va xorijiy kinokompaniyalarga yetkazilishini Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi nazorat qiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablariga rioya etish ustidan nazorat “Oʻzbekkino” Milliy agentligi hamda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga harajatlarining bir qismini qaytarish (“Rebate”)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Subyekt

Chora-tadbir

Bajarish muddati


Xorijiy kinokompaniya

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori talablari asosida “Oʻzbekkino” Milliy agentligidan ruxsatnoma oladi

Qarorda belgilangan muddatlarda


“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

Xorijiy kinokompaniya bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni suratga olishda hamkorlik qilish, koʻmaklashish va shart-sharoitlar yaratish boʻyicha Memorandum imzolaydi

Ruxsatnoma olingan kundan boshlab 3 kun ichida


Xorijiy kinokompaniya

“Oʻzbekkino” Milliy agentligidan olingan ruxsatnoma nusʼhasini tijorat bankiga maxsus hisob raqam ochish uchun taqdim etadi

Ixtiyoriy ravishda


Tijorat banki

Xorijiy kinokompaniyaga pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi uchun hisob-raqami ochadi

5 kun ichida


“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

Respublikadagi xizmat koʻrsatuvchi davlat va nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar roʻyhatini xorijiy kinokompaniyaga taqdim etadi

3 kun ichida


“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

Suratga olish ishlari (ruxsatnoma muddati uzaytirilmagan taqdirda) yakunlangani haqida tijorat bankiga xabar beradi

Ruxsatnoma muddatiga asosan


Tijorat banki

Tijorat banki xabarni olgandan soʻng maxsus hisob raqamda filmni suratga olish davrida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni Xorijiy kinokompaniyaga taqdim etadi.

3 kun ichida


Xorijiy kinokompaniya

Xorijiy kinokompaniya amalga oshirilgan harajatlar haqidagi maʼlumotlarni “Oʻzbekkino” Milliy agentligiga taqdim etadi.

1 kun ichida


“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

Maxsus hisob raqamda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni Moliya vazirligiga harajatlar qismini qaytarish uchun taqdim etadi.

3 kun ichida


Moliya vazirligi

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan yuborilgan moliyaviy hujjatlarni oʻrganib chiqadi hamda harajatlarning bir qismini qaytarish (yoki qaytarmaslik) haqida qaror qabul qiladi

10 kun ichida


Moliya vazirligi

Harajatlar qismini qaytarish haqida qaror qabul qilgan taqdirda qaytariladigan pul mablagʻlarini maxsus hisob raqamga oʻtkazib beriladi

10 kun ichida


Tijorat banki

Maxsus hisob raqamdagi barcha (qoldiq va qaytarilgan mablagʻ) pul mablagʻlarini Xorijiy kinokompaniyaning soʻroviga asosan tegishli hisob raqamga oʻtkazib beradi.

5 kun ichida

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2020-y., 09/20/568/1303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)