Samarqand shahar hokimining
QarorI
Samarqand shahridagi mavjud mahalla fuqarolar yigʻinlarida va koʻchalarni umumiy oʻrta taʼlim maktablarga mikroxududlar kesimida biriktirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisidagi” Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-bob 41-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida shuningdek, shahardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining mahalla fuqarolar yigʻinlarida va koʻchalarning nomlari yangilanganligini hisobga olib hamda taʼlim muassasalarida “Majburiy taʼlim” talablarini bajarilishi monitoringini talab darajasida olib borish uchun shahardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining mavjud mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarni mikrohududlariga biriktirish maqsadida shahar halq taʼlimi boʻlimining 2020-yil 19-iyundagi 01-10/68-sonli hamda shahar Adliya boʻlimining 2020-yil 23-iyuldagi 7/592-sonli xatlarini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Samarqand shahar halq taʼlimi boʻlimining 2020-yil 19-iyundagi 01-10/68-sonli, shahar Adliya boʻlimining 2020-yil 23-iyuldagi 7/592-sonli xatlari hamda 2-sonli xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2. Samarqand shahar halq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablariga mikrohududlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha roʻyxati 1-ilovaga hamda shaharda oʻquvchilar qamrov koeffitsiyenti yuqori boʻlgan umumtaʼlim maktablari 1-sinfiga qabul jarayonini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Umumtaʼlim maktablari direktorlari 1-sinfga qabul jarayonini belgilangan mikrohudud asosida tashkil etsin. Qamrov koeffitsiyenti (3-ilova) yuqori boʻlgan umumtaʼlim maktablaridagi qabul jarayonining toʻgʻri tashkil etilganligi boʻyicha shahar hokimligining ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtirilsin.
4. Samarqand shahar halq taʼlimi boʻlimi (N. Sadinova)ga mazkur qaror bilan barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tanishtirish va uning ijrosini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari Sh. Eshonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. OBLAQULOV
Samarqand sh.,
2020-yil 27-iyul,
484-Q-son