05.06.2020 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududidagi 4K864 “Margʻilon temir yoʻl stansiyasi — Qumtepa q. — Qoraqushchi q. — Oxunboboyev temir yoʻl stansiyasi”, 4K858 “Margʻilon sh. — Oʻroqbolgʻa q. — A 373 avtoyoʻli, 4N909 “Paxtakor q. — Oʻroqbolgʻa q. — Oqbuyra q.”, 4N859 a) “Badish qishlogʻiga (1 km)”, 4N 859 b) “Fayziobod qishlogʻiga (5 km) ”, 4K853 “Shahartepa q. — Yangixayot q.” hamda 4R147 “Margʻilon sh. — Rishton sh. — Oʻqchi q. — Karimdevona q. — Konibodom sh.” avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 10-apreldagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-348-sonli yangi tahrirdagi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi “Avtomobil yoʻllar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-117-sonli Qonunining 7-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 169-sonli qaroriga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoʻshtepa tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining 2020-yil 4-may kungi 67-sonli hamda tuman Ichki ishlar boʻlimining 2020-yil 6-may kungi 40/1341-sonli xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi (S. Abdullayev) va tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi (Sh. Umurzaqov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4K864 “Margʻilon temir yoʻl stansiyasi — Qumtepa q. — Qoraqushchi q. — Oxunboboyev temir yoʻl stansiyasi”, 4K858 “Margʻilon sh. — Oʻroqbolgʻa q. — A373 avtoyoʻli”, 4N909 “Paxtakor q. — Oʻroqbolgʻa q. — Oqbuyra q.”, 4N859 a) “Badish qishlogʻiga (1 km)”, 4N 859 b) “Fayziobod qishlogʻiga (5 km)”, 4K853 “Shahartepa q. — Yangixayot q.” avtomobil yoʻllarida mavjud asfalt qoplamalar holatini soz holda saqlash hamda harakat xavfsizligini taminlash maqsadida belgilangan tartibda 3.12 “Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan” 8 ts hamda 1.31 “Sunʼiy notekkislik” yoʻl belgilarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4R147 “Margʻilon sh. — Rishton sh. — Oʻqchi q. — Karimdevona q. — Konibodom sh.” avtomobil yoʻlining 3,5 — 5,5 km oraligʻiga harakat xavfsizligini taminlash maqsadida belgilangan tartibda 5.5 “Bir tomonlama harakat” hamda 7.5.7 “Amal qilish vaqti” yoʻl belgilarini oʻrnatish va ushbu yoʻnalishda harakat xavfsizligini taʼminlashni nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimligi matbuot kotibi (Y. Qosimova)ga, mazkur qarorni “Istiqbol yoʻli” gazetasida eʼlon qilish hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qaror ommaviy axborot vositalarida rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi I. NOVIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshtepa t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-son