08.09.2020 yildagi 543-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadiganlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-5999-son hamda “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida” 2020-yil 26-avgustdagi PF-6046-son farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadigan sogʻliqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonlari oʻz egalariga joylarda tantanali vaziyatda topshirilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida jami 26 ming dona “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni, ularning guvohnomalari va gʻiloflari tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonlari, ularning guvohnomalari va gʻiloflarini tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir kun muddatda “Davlat belgisi” DUKga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan zarur mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonlarini tantanali topshirish marosimlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
543-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/543/1264-son)