Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018 04.11.1996 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR ORGANLARINI MUSTAHKAMLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining, xalq xoʻjaligi obyektlarining ishonchli yongʻin xavfsizligini, “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasining temir yoʻl transportida tashiladigan mahsulotlari va boshqa qimmatli yuklarning saqlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasining mahsulotlari va boshqa qimmatli yuklar ortilgan sostavlarni kuzatib borish boʻyicha Asaka stansiyasida ichki ishlar liniya boʻlimini va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transport ichki ishlar boshqarmasi maxsus militsiya batalonini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq 226 nafardan iborat qoʻshimcha xodimlar ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh, Qoʻngʻirot, Andijon viloyatining Asaka va Xorazm viloyatining Xiva shaharlarida harbiylashtirilgan yongʻin muhofazasi boʻlimlari tashkil etilsin. 1997-yil 1-yanvardan boshlab koʻrsatib oʻtilgan shaharlarda, tegishli ravishda 182 nafar xodimdan iborat professional yongʻin muhofazasi boʻlinmalari tugatilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun 200 shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi mazkur qarordan kelib chiquvchi maqsadlar uchun qoʻshimcha xodimlar ajratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoʻshimcha ajratilgan shtatlarni xodimlar bilan butlash yuzasidan zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
4-noyabrdagi 378-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ichki ishlar organlarini mustahkamlash uchun qoʻshimcha ravishda ajratilgan xodimlar soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAMMASI‎ — 226 nafar‎
shu jumladan:‎
katta va oʻrta boshliqlar tarkibi‎ — 35‎
kichik boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibi‎ — 189‎
ishchi va xizmatchilar‎ — 2‎
ulardan:‎
Asaka stansiyasida ichki ishlarning liniya boʻlimini tashkil etish uchun‎ — 13‎
“OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasining mahsulotlari va boshqa qimmatli yuklar ortilgan sostavlarni kuzatib borish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport ichki ishlar boshqarmasi maxsus militsiya batalonini tashkil etish uchun‎ — 213‎