02.09.2020 yildagi 534-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4766-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4766-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qoʻriqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob geologiya milliy tabiat bogʻiga qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish hamda kelgusida YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻiga kiritish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tabiat bogʻi Kitob davlat geologik qoʻriqxonasining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tabiat bogʻini YUNESKO global geopark tarmogʻiga kiritish boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi masʼul organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tabiat bogʻi oʻz nizomida belgilangan maqsad va vazifalar doirasida belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat hamda tariflarga muvofiq pullik xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar geologiya tabiat bogʻi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat geologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tabiat bogʻining nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zinzilban” kesmasiga olib boruvchi yoʻldan yangi turizm yoʻnalishi sifatida foydalanish, hududning turizm salohiyatini yorituvchi tarqatma materiallarni tayyorlash va targʻib qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tabiat bogʻi shtatlar jadvali tasdiqlanishini hamda u malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga geologiya tabiat bogʻining ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida geologiya tabiat bogʻi shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, rekreatsiya va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablagʻlar hisobiga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kashqadaryo viloyati hokimligi ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda geologiya tabiat bogʻining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadlarida foydalanish zonalari chegaralari aniq belgilanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
534-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 534-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob geologiya milliy tabiat bogʻiga qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

gektar

1.

Qoʻriqxona hududi

2221

2.

Rekreatsiya hududi

0400

3.

Xoʻjalik maqsadida foydalanish hududi

1317

JAMI

3938

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 534-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni — 45 nafar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 3 nafar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandis-texnik xodimlar — 26 nafar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 16 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 534-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish hamda uni kelgusida YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻiga kiritish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/R

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

(vazirliklar va idoralar)

I. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi faoliyatini tashkil etish

1.

Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli taʼsis hujjatlarini tasdiqlash hamda ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borish tartibini joriy qilish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻining nizomi va tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

sentabr

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Islamov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Abdurazakov),
Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi

(Abduxakimov)

2. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish hamda etalon obyektlar monitoringini olib borish tartibini joriy qilish.

2020-yil oktabr

3. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻining shtatlar jadvalini tasdiqlash hamda malakali mutaxassislar bilan, shu jumladan, turizm sohasida tajribaga ega kadrlar jalb qilishni taʼminlash.

2020-yil oktabr

2.

Kitob geologiya milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan yer maydonlarini toifalarga ajratish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi hududini qoʻriqxona (qatʼiy qoʻriqlanadigan), rekreatsiya va xoʻjalik zonalariga ajratish.

2020-yil

sentabr

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Islamov),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev),

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

(Toʻraxujayev),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Abdurazakov),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(Bakirov)

2. Hududdagi geologik, tabiiy va madaniy meros obyektlarining qoʻriqlanadigan chegaralarini belgilash va muhofazaga olish.

2020-yil

oktabr

3. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻining yer uchastkalari boʻyicha tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.

3.

Kitob geologiya milliy tabiat bogʻiga olib boruvchi avtomobil yoʻlini qayta rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻiga olib boruvchi avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bosh rejasini ishlab chiqish, 2021-yil Davlat dasturiga kiritish.

2020-yil

Noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(Abduvaliyev),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev)

2. Rejani ishlab chiqishda avtomobillar qatnovini boshqarish, yoʻl koʻrsatkichlar, avtoturargohlar va bekatlarni oʻrnatishni hisobga olish.

2021-yil

dasturi asosida

3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Kitob geologiya milliy tabiat bogʻiga olib boruvchi avtomobil yoʻlini qayta rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2021-yil

dekabr

II. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini kelgusida YUNESKOning Global geoparklar
tarmogʻiga kiritish boʻyicha tashkiliy ishlar

4.

Kitob geologiya milliy tabiat bogʻiniijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va boshqarish, shuningdek, YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻiga kiritish boʻyicha strategiyani ishlab chiqish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi hududi obyektlarining muhofazasi boʻyicha tegishli qarorlarni qabul qilish, shuningdek ularni amalga oshirish va nazorat qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi vakolatli Direksiyani tashkil etish.

2020-yil

oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Kuchkorov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Islamov),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov)

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

(Toʻraxujayev),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Abdurazakov)

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2. YUNESKOning Global geoparklar uchun belgilangan talablari (mezonlar) asosida Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi hududining aniq chegaralarini belgilash.

2020-yil

oktabr

3. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻiga kiritish talablariga muvofiq geoparkni boshqarish boʻyicha tarkibiy tuzilma loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

noyabr

4. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tegishli infratuzilmani yaratish boʻyicha konsepsiyani ishlab chiqish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020
yilda

5. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini alohida mustaqil budjet, shtatlar jadvali va moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2020
yilda

5.

Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi hududidagi barcha turdagi obyektlarning (geologik, tabiiy va madaniy) roʻyxatini shakllantirish va maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi hududida va uning atrofida xalqaro va milliy ahamiyatga ega boʻlgan mavjud geologik, tabiiy va madaniy meros obyektlarini aniqlash, ularning turlari boʻyicha roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻi talablariga muvofiq maʼlumotlar bazasini yaratish.

2020-yil dekabr

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Islamov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev)

2. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi hududining obyektlari joylashuvi xaritasini tuzish hamda geoturizm obyektlarining ahamiyatiga koʻra ekskursiya yoʻnalishlarini ishlab chiqish.

2020

yilda

3. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi haqida targʻibot materiallarini davlat tilida va xorijiy tillarda ishlab chiqish, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

6.

Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi hududida mintaqaviy geologik ilmiy markazni tashkil etish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻida ilmiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarni tashkil etish boʻyicha yillik tadbirlar kalendar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

har yil

yanvar oyida

Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi
(Abduxakimov),

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Islamov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),

Fanlar akademiyasi

(Yuldashev)

2. Talaba va professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar oʻrtasida geologiya, geopark va geoturizm yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va amaliy seminarlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.

doimiy ravishda

III. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini keng targʻib va tashviq qilish ishlari

7.

Mahalliy aholi oʻrtasida, ayniqsa yoshlarda faxrlanish, vatanparvarlik hissi va ekologik tarbiyani hamda Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi haqida tushunchani shakllantirish.

1. Umumtaʼlim maktablari oʻquv dasturlariga ekologik madaniyat va Kitob geologiya milliy tabiat bogʻining noyobligi haqida mavzular kiritish hamda barkamol avlod bolalar markazlari negizida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha toʻgaraklarni tashkil qilish.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi

(Shermatov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Xodjayev),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

(Alimov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Abdurazakov),

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Islamov)

2. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi atrofidagi fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari salohiyatidan kelib chiqib, uzumchilik, tabiiy vinochilik, anorchilik, asalarichilik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha dehqonchilikni rivojlantirish.

2020-yil yakunigacha

3. Kitob tumani “Kuxsor” MFY hududidagi “Shayx Sobir”, “Matmon” va “Denov Bolo” masjidlari hovlisini milliy uslubda taʼmirlash choralarini koʻrish.

2020-yil,

oktabr

4. Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi hududidagi geologik, ekologik va tabiiy obyektlarni asrab-avaylash, hududni ifloslantirmaslik boʻyicha targʻibot tadbirlarni oʻtkazish.

doimiy ravishda

8.

Hududning YUNESKOning Osiyo geoparklari tarmogʻi assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlishi chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1. YUNESKOning Osiyo geoparklari tarmogʻi assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlish talablarini oʻrganib chiqish va hududni tarmoqqa kiritish choralarini koʻrish.

2020-yil

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Islamov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Abdurazakov),

YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya (Mallaxonov)

2. YUNESKO bilan hamkorlikda Global geoparklar tarmogʻiga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar tashkil etish hamda doimiy ravishda talablarga muvofiq aʼzolikni taʼminlab borish.

2021
yildan boshlab

Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/534/1246-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)