27.08.2020 yildagi 523-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan diagnostika va davolash texnologiyalarini, shu jumladan telemeditsina, raqamlashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish hamda hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya Respublikasi hamkorligida va iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasining moliyaviy hamkorligida “Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tuzish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 10-dekabrdagi PQ-2082-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan bino va inshootlar (keyingi o‘rinlarda — obyekt) qurib bitkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining obyektda 280 o‘rinli davlat muassasasi shaklidagi Bolalar milliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pediatriyaning barcha yo‘nalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinoloringologiya kabi sohalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va hududiy tibbiyot muassasalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini pediatriyaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirish, ixtisoslashtirilgan, shu jumladan yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pediatriyaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiyot sohasidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar kasalliklari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazlari, klinikalar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlar va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash va mazkur xizmatlar eksporti hajmini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2020 — 2022-yillarda bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telemeditsina va boshqa yuqori raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda, bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pediatriya sohasida ixtisoslashtirilgan, shu jumladan yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etishni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 1 — 4-ilovalar qoidalari Markaz faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kasallikni yuqori texnologiyalar yordamida davolaydigan turlar bo‘yicha xarajatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi respublika bolalar tibbiyot muassasalari va hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan berilgan yo‘llanmalarga (orderlarga) asosan tabaqalashtirilgan tariflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va mahalliy mutaxassislarni boshqaruvchi, konsultant, maslahatchi va tibbiyot xodimi sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, lavozim maoshi hamda boshqa to‘lovlarni belgilash va to‘lash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya, radiologiya, nuklear tibbiyot va gemodializ xizmatlarini ijara hamda autsorsing mexanizmlarini qo‘llash orqali tajribali nodavlat tibbiyot tashkilotlariga berish;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari Markaz bo‘ysunuviga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari yuridik shaxs maqomini hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bolalar bo‘limi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘n kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Markaz ustavi va uning tuzilmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan davolanadigan bemorlarni tanlash mezonlari, zaruratga ko‘ra, ularni navbatga qo‘yish va shifoxonaga yotqizish, shu jumladan shoshilinch va favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markazning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlasin va Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot sohasidagi oliy ta’lim muassasalari klinik bazalarini Markazda joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Markaz, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari (bo‘limlari) o‘rtasida telemeditsina aloqasini o‘rnatishni ta’minlasin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020-yil 1-dekabrga qadar Markaz, hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarini (bo‘limlarini) yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash va barcha hududlarda belgilangan tartibda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021-yil 1-yanvarga qadar telemeditsina yo‘nalishidagi loyihaning amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilangan tadbirlar jalb qilinadigan chet el investitsiyalari va Sog‘liqni saqlash vazirligiga markazlashgan xaridlar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil sentyabrdan boshlab ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablag‘larni asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika bolalar tibbiyot muassasalari va hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan beriladigan yo‘llanmalarga (orderlarga) asosan tabaqalashtirilgan tariflar asosida Markaz tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishi ta’minlasin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
523-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 523-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga
oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Summa

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

I. Bolalarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish buyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Bolalar milliy tibbiyot markazi shtat birliklarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining tuzilmasi, umumiy o‘rinlar fondi, shtat birliklari va Nizomini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i

2020-yil avgust

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

2.

Bolalar milliy tibbiyot markazida xalqaro standartlarga mos keladigan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish va bemor xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash uchun “JCI” tashkilotida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil

1-dekabr

400 ming AQSh doll

Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) granti

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov),

Bolalar milliy tibbiyot markazi

3.

Bolalarga yuqori texnologik yordam ko‘rsatishning yangi imkoniyati asosida tashxis qo‘yish va kasalliklarni davolash standartlarini hamda klinik protokollarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

4.

O‘zbekistonda genetik omillarni hisobga olgan holda erta tashxis qo‘yish, prognozlash va davolashning yangi personallashgan texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

Bolalar milliy tibbiyot markazining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, homiylik va xayriya mablag‘lar?

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Bolalar milliy tibbiyot markazi

5.

Pozitron-emission tomografiya va gamma-kamera tekshiruvlari uchun zarur bo‘lgan radioizotop ashyolarni yetkazish, sozlash va O‘zbekiston Respublikasi xududiga olib kirish uchun radioaktiv nazorat uskunalariga litsenziya olish.

Reja bo‘yicha

2021-2022-yillarda

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida

xamda Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati (Yusupaliyev),

“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (Gulomov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

II. Telemeditsina va boshqa yuqori raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda, bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish

6.

Bolalar milliy tibbiyot markazida Pusan Universiteti va hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari bilan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, o‘zaro ma’lumotlar almashuvini hamda ta’lim olish, malaka oshirish va masofaviy telemeditsinani bosqichma-bosqich tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari, Koreya Respublikasi Pusan Universiteti va KHIDI tashkiloti grantlari asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

7.

Bolalar milliy tibbiyot markazining “Shifoxona axborot tizimi” orqali HIS tizimini EMR darajasiga yetkazish va HIMSS sertifikatini olish;

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021

1 mln AQSh doll

Xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari,

Koreya xalqaro sog‘liqni saql�sh jamg‘armasi (KOFIH) granti,

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

barcha hududiyko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarida “Shifoxona axborot tizimini” (HIS) shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

6 mlrd so‘m

8.

“Elektron poliklinika” namunaviy axborot tizimini ishga tushirish hamda quyidagi imkoniyatlarni yaratish:

shifokorlar ish jadvalini shakllantirish;

tibbiyot muassasalarining joylashgan joyi va ularning ish soatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish;

“Shifokor qabuliga yozilish” elektron xizmatini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021

4600 ming

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

III. Bolalarga yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

9.

Bolalar milliy tibbiyot markaz faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2 ta yengil va 1 ta yuk tashish avtomobilini;

hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga 13 ta yengil xizmat avtomobilini xarid qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

850mln, so‘m

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari

mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

1500,0 mln,so‘m

10.

Nukus shahrida Shayx Halifa nomidagi “Ona va bola” markazini xalqaro talablar va standartlar asosida qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

7 mln. AQSh dollari

“Khalifa Bin Zayed AI Nahyan Foundation” (OAE) tashkiloti grant mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi

11.

Yuqori texnologiyali yordam ko‘rsatish bo‘yicha hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi xodimlarining malakasini oshirish.

Reja-jadval

Doimiy

Hisob-kitoblar asosida

Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Bolalar milliy tibbiyot markazi (Jafarov)

12.

Xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiyot, ta’lim va ilmiy muassasalarida malakali soha mutaxassislarini tayyorlash;

2021-yildan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari,
Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar,

buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmuradov)

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tanlov asosida xorijiy tibbiyot, ta’lim va ilmiy muassasalarning klinik ordinatura, magistratura va doktorantura bosqichlarida tayyorlash;

Tanlov asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot kadrlarini yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga markazlashtirilgan holda yuborish orqali ularning qisqa va uzoq muddatli malakasini oshirish.

Reja jadval

13.

Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish:

bolalar jarrohligi va pediatriya sohasida malakali xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari hamda yuqori texnologiyali amaliyotlarni o‘tkazish;

kasalliklarni erta aniqlash, tashxis qo‘yish, davolash va profilaktika usullari bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar, treninglar hamda vebinarlar o‘tkazish xamda o‘zaro ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Reja asosida

Doimiy

Hisob-kitoblar asosida

Davlat tibbiyot tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar milliy tibbiyotmarkazi

14.

Milliy bolalar tibbiyot markazida umumlashtirilgan bolalar gematologiya-onkologiya bo‘limi mavjudligi sababli hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarda umumlashtirilgan bo‘limlar joriy etish.

O‘zbekistonda joriy etilgan “Bolalar gematologiyasi” va “Bolalar onkologiyasi” sohalarini umumlashtirib, dunyo standartlariga mos ravishda “Bolalar va o‘smirlar gematologiya va onkologiyasi” nomlisohani tatbiq kilish va shu yunalishda magistratura, ixtisoslash va malaka oshirish kurslari dasturida kadrlar tayyorlash

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshida “Bolalar gematologiya va onkologiyasi” kursi tashkil qilish.

Bolalar onkologiya bo‘limlarini viloyat onkodispanserlaridan hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga o‘tkazish va umumlashtirilgan bolalar gematologiya-onkologiya bo‘limlari tashkil kilish

Reja asosida

2020-2021-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Jaxon soglikni saklash tashkilotini sarmoyasi xisobidan

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar milliy tibbiyotmarkazi

15.

Markazda tibbiyot yo‘nalishida maqolalar chop etish va ilm-fanni rivojlantirish maksadida Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidan o‘tgan “Bolalar milliy markazining axborotnomasi” jurnalini ta’sis etish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Mazkur maqsadlar uchun aj�atilgan budjet mablag‘lari doirasida hamda budjetdan tashqari mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi(Ortiqov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Bolalar milliy tibbiyot markazi

16.

Bolalar milliy tibbiyot markazi bazasida kitob-jurnallar va axborot — resurs markazi tashkil etish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

4 chorak

Hisob-kitoblar asosida

KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar milliy tibbiyotmarkazi

17.

Bolalar milliy tibbiyot markazda bolalar jarrohligi yo‘nalishi uchun maxsus ilmiy kengash tashkil qilish

Reja asosida

2021-yil

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

18.

Klinik ordinaturada Bolalar milliy tibbiyot markazi yo‘nalishlari buyicha mutaxassislar tayyorlash

Yillik reja

2021-2022-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi(Ortiqov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari)

19.

Maktab o‘quvchilari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni o‘tkazish:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Sog‘liqni saqlashga ko‘maklashuvchi maktablar” dasturining respublikaning 3 ta viloyati hamda Toshkent shahrida tajriba loyihasini joriy qilish;

milliy dastur asosida o‘smirlar orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha global izlanish o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

34,0 ming AQSh dollari

JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi(Shermatov), tegishli hokimlikla

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun 8,35 mlrd so‘m va12,64 mln AQSh dollari talab etiladi, shundan:

mlrd so‘mda

mln AQSh dollarida

Davlat budjeti mablag‘lari

2,35

-

Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari

-

7

Xalqaro moliya tashkilotlarning kredit mablag‘lari va grantlari

6,0

5,64

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/523/1244-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)