Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“DAVLAT YER KADASTRI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni taqdim etsin;
hukumatning qarorlarini “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-avgust,
667-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 166-modda)