27.08.2020 yildagi PF-6053-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarning oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyatning oʻziga xos tabiiy hududlarida yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada koʻpaytirish, zamonaviy turistik infratuzilmaning jadal rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan Toshkent viloyatida mavjud turizm salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmagan, turistik infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan, xizmat koʻrsatish sohasida rivojlangan mamlakatlar darajasidan kam boʻlmagan salohiyatga ega boʻlsada, bugungi kunga kelib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yetarli darajada emas hamda oʻz yechimini topmagan bir qator muammolar mavjud. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, tumanda mahalliy boshqaruv tizimidagi muammolar sababli, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida manzilli ishlar yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmogʻi infratuzilmalari eskirgan va talab darajasida emas, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari yetarli darajada tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, tumanning bosh rejasi, batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish yakuniga yetkazilmaganligi sababli noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasidagi ishlar talab darajasida amalga oshirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, tumanning asosiy qismi dam olish rekreatsion hudud boʻlishiga qaramasdan, chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilish holati qoniqarsiz darajaga kelib qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonxona, transport va boshqa xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirish, turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boʻstonliq tumanining turistik yoʻnalishdagi raqobatdosh ustunliklaridan samarali foydalanish, hududning ixtisoslashuvini aniq belgilash, turistik, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini tubdan yaxshilash orqali aholi bandligini taʼminlash uchun 2022-yil 31-dekabrga qadar Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida alohida maʼmuriy-boshqaruv tizimi joriy qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, alohida maʼmuriy-boshqaruv tizimi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi bir vaqtning oʻzida “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) direktori lavozimini egallaydi, shuningdek, Boʻstonliq tumani (keyingi oʻrinlarda — tuman) hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Bunda, Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligi boshqaruv apparati va davlat boshqaruvi organlari tuman boʻlinmalarining tuzilmalariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarini tumanda masʼul tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul tashkilotlar rahbarlariga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan choralar koʻrish boʻyicha taklif kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida tumanda joylashgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bogʻliq davlat mulki obyekti boʻlgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlar, shuningdek, turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari Direksiyaga keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) realizatsiya qilish uchun oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Chorvoq” erkin turistik zonasi (keyingi oʻrinlarda — erkin turistik zona) hududida joylashgan hamda ushbu bandning “b” kichik bandiga asosan Direksiyaga oʻtkazilgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini realizatsiya qilish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) erkin turistik zona hududida joylashgan yer uchastkalari yer fondini bir toifadan boshqasiga oʻzgartirish, uni turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun ajratish erkin turistik zona Maʼmuriy kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunda, yer uchastkalari egalariga Toshkent viloyatining boshqa hududlaridan faoliyat turiga mos yer uchastkasi va yetkazilgan zararni qoplash nazarda tutiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tumanda joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini yuritish uchun elektron onlayn auksion orqali sotuvga qoʻyish Direksiya qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) erkin turistik zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini sotib olgan investorlarga yer uchastkasiga boʻlgan egalik huquqlari istisno tariqasida Toshkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tumanda (erkin turistik zona hududida joylashgan yer uchastkalari bundan mustasno), shu jumladan oʻrmon fondi yerlarida yer uchastkalarini ajratish, koʻchmas mulkni buzish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani qurish bilan bogʻliq qarorlar Direksiya bilan majburiy tarzda kelishiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) tuman hokimi toʻgʻridan-toʻgʻri Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar va soliq boʻlinmalarining rahbarlari esa maqomi, shu jumladan mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha tegishlicha ushbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) barcha davlat boshqaruvi organlarining respublika darajasidagi rahbar (oʻrinbosar)laridan biri bir vaqtning oʻzida ularning tumandagi tegishlicha hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Direksiya direktoriga quyidagi vakolatlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari bilan investitsiya, kredit, moliyaviy yordam va grantlar jalb etish boʻyicha kelishuvlar (memorandum, shartnomalar) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda joylashgan yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda joylashgan davlat mulki obyektlarini garovga qoʻyish orqali kreditlar olish va jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida nufuzli konsalting kompaniyalari, hududda barpo etilayotgan yirik obyektlarni loyihalash va qurilish ishlariga nufuzli xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalari hamda malakali ekspertlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida erkin turistik zona hududida yashil zonalarni tashkil qilish, ayrim hududlarda esa tabiatga zarar keltiradigan xoʻjalik faoliyatini, shu jumladan chorvachilik, dehqonchilik, yangi sanoat va xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish taqiqlangan zonalarni belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan ayrim davlat xizmatlarini autsorsing tizimi asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bogʻliq davlat mulki obyektlari boʻlgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarni ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqaruv kompaniyalariga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanning turistik infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan birinchi bosqichda ajratiladigan 20 million AQSH dollari miqdoridagi kredit. Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ikkinchi bosqichda kredit ajratilishi mazkur Farmon bilan belgilangan vazifalar toʻliq bajarilgan va aniq natijalarga erishilgandan soʻng amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududida joylashgan davlat mulki obyektlari hamda yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti Direksiyaga 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR+3 foizda ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilinadigan krediti va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash Jamgʻarma tushumlari, tumanning mahalliy budjeti qoʻshimcha manbalari, yetmagan qismini respublika budjeti hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmogʻi infratuzilmalarini yaxshilash, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻkalamzorlashtirish, yashil hududlar va parklarni yaratish, chiqindilarni qayta ishlash, obodonlashtirish, atrof muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bilan bogʻliq zamonaviy yechimlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar xizmatlari uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarish, ularning foiz stavkalarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar, transportlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin turistik zonaning Maʼmuriy kengashi tomonidan belgilanadigan xarajatlarni qoplash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlovchisi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari tijorat banklari depozitlariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, istisno tariqasida, 2020-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda litsenziya va ruxsatnoma berishdan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarimadan respublika va viloyat mahalliy budjetiga tushadigan mablagʻlar va bojlar toʻliqligicha tuman mahalliy budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari), shuningdek, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, tumanning oʻziga xos turistik qiyofasini yaratish va aholi turar joylarini zamonaviy infratuzilma asosida qayta barpo etish maqsadida mazkur hududda joylashgan aholi turar joylarini rekonstruksiya qilish (bino tashqi fasadi va tomlarini oʻzgartirish, qayta qurish, turizm xizmatlarini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunlar, mebel va inventarlar bilan jihozlash) uchun kreditlar, shu jumladan Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Alohida maʼmuriy-boshqaruv tizimi davrida tuman hokimligi faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligi va daromadlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, shu jumladan taʼmirtalab taʼlim, tibbiyot tashkilotlarini zarur anjomlar, buyumlar, aloqa va kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushi hamda mahsulotlar (xizmatlar) eksportini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahalliy budjetning daromadini koʻpaytirish, “yashirin iqtisodiyot” ulushini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda axborot-telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash, shu jumladan chiqindilarni utilizatsiya qilishning zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda tuman hokimligi faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimligiga quyidagi qoʻshimcha asosiy ustuvor vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektorda turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy turistik infratuzilma obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar, restoran va kafelar hamda turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)da turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish va loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shu jumladan turizmni rivojlantirish uchun moʻljallangan yer uchastkalarini zonalar va lotlarga ajratish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanning turistik salohiyatini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsulotlari va xizmatlarining tumanda diversifikatsiya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ichida turizm xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlovchi tumanning ichki turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyurgan turistlarning xavfsizligi va salomatligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda istiqomat qiluvchi aholini turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda ishlab chiqilgan turizm mahsulotlarining xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilinishini taʼminlash, tumanning sayohat va dam olish uchun xavfsiz hudud sifatidagi imijini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglarga asosan turizmni rivojlantirishga yetakchi xorijiy mamlakatlar, jumladan Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Yaponiya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etgan holda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish sport bazalarini hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalari oʻtkazishga moʻljallangan yozgi va qishki sport obyektlari va inshootlarini barpo etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi sport bazalari hamda sport obyektlari va inshootlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash, sport turlari boʻyicha mahalliy va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini, shuningdek, nufuzli xalqaro sport musobaqalarini tashkil etish orqali sport turizmini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy va professional sportni, shu jumladan yozgi va qishki sport turlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik va ijtimoiy infratuzilma hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishga xalqaro moliya institutlari grantlari va mablagʻlarini jalb etish hamda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni, ayniqsa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish, tumanning eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini taʼminlash hamda sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda yangi turistik va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, shu jumladan mehmonxona, umumiy ovqatlanish, madaniy koʻngil ochar maskanlari, dam olish va sayr qilish uchun yashil zonalari, parklar sonini keskin koʻpaytirish, sohada yangi xizmatlar turlarini kengaytirish, transport va logistikani rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanning barcha hududlarida, shu jumladan togʻli va olis qishloqlarida axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, axborot, aloqa, internet xizmatlari sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali aholi turmush tarzini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish yakunlari boʻyicha mazkur Farmonda belgilab berilgan vazifalarni toʻliq amalga oshirish uchun 2020-yil 1-dekabrga qadar tumanda mutlaqo yangi oʻzini oʻzi boshqarish tizimini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 32 nafardan iborat boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimiga tuman hokimligi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Direksiya direktori taklifiga asosan boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, Direksiyaning boshqaruv tuzilmasi, uning xodimlari cheklangan soni, ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va tartibi erkin turistik zonaning Maʼmuriy kengashi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish shuʼbasi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuʼba shtat birliklari Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish, yer va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yanada yaxshilash hamda ekoturizmni rivojlantirishga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan samarali nazoratni tashkil etish hamda yer maydonlarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda noqonuniy obyektlar qurilishining oldini olish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga 10 ta shtat birligini ajratish orqali Bosh prokuratura tizimida Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tuman hududida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq davlat boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalariga qoʻshimcha ajratilayotgan boshqaruv xodimlari, shuningdek, yangi tashkil qilinayotgan davlat organlari va tashkilotlari boshqaruvi xodimlari soni tegishlicha Toshkent viloyati boʻyicha hokimiyat, qurilish, adliya, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat birligini maqbullashtirish hisobidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Adliya vazirligi tuman hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda konsultantlarni jalb qilgan holda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarining funksional tahlili asosida maʼmuriy-boshqaruv jarayonlarni qayta koʻrib chiqish va davlat xizmatlarini koʻrsatish ishlarining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi tumandagi boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tuman hududida atrof-muhitni ifloslantiradigan zararli sanoat korxonalarini barpo etish qatʼiyan man etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda tuman hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda ularning elektron maʼlumotlar bazasini yangilash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Qurilish vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik hamda noqonuniy obyektlar qurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Direksiya soʻrovlariga asosan erkin turistik zona hududida investitsiya loyihalarini dastlabki joylashuvini va rejalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun oʻz elektron geofondlaridan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi — davlat oʻrmon kadastri toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzGASHKLITI” DUK — davlat shaharsozlik kadastri toifasiga kiruvchi obyektlarning muhandislik-geologik qidiruvlar ishlari va topografik xaritalar boʻyicha maʼlumotlarni elektron tarzda (bepul) yoki nusxa koʻchirish orqali (toʻlov sifatida faqat nusxa koʻchirish xarajatlari olinadi) Direksiyaga ochiq maʼlumotlar shaklida taqdim etishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Direksiyaga erkin turistik zonaning infratuzilmasini rivojlantirish uchun, shuningdek, tumanning turistik salohiyati toʻgʻrisida foto va videomateriallarni tayyorlash maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlarni) sotib olish va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qurilish vazirligi hamda “ToshkentboshplanLITI” DUK 2021-yil 1-fevralga qadar mahalliy va xorijiy loyiha institutlarini, shuningdek, maslahatchilarni jalb qilgan holda tuman hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi oʻn kun muddatda erkin turistik zona hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun Jamgʻarmaga 10 milliard soʻmgacha boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat organlari va tashkilotlari ikki oy muddatda budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan tuman boʻlinmalari bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, zaruratga koʻra, yangi bino qurish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻn kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Togʻli joylarda turistik infratuzilmani rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti majmuasini qurishning 2-bosqichini amalga oshirish toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarorlarini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda erkin turistik zonada yangi istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini hisobga olgan holda uning chegaralarini kengaytirish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) joriy yil yakuniga qadar “Oksok ota” va “Nurek ota” daryolari atroflari boʻylab turistik obyektlarni barpo etish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr va aloqa tarmogʻi infratuzilmasini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniya Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng yoritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5273-son Farmoniga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov 2020-yil 20-dekabrga qadar ushbu Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6053-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumani hokimligi boshqaruv apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 32 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

I. Davlat boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalariga qoʻshimcha ajratiladigan boshqaruv xodimlari

1.

Qurilish boʻlimi

6*

2.

Tuman turizm politsiyasi

10**

3.

Adliya boʻlimi

3*

4.

Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi

8*

5.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman inspeksiyasi

5*

II. Yangi tashkil qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari boshqaruvi xodimlari soni

6.

Qurilish sohasida tuman nazorat inspeksiyasi

10*

7.

Tuman hokimligi huzurida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

5***

Jami

47

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* davlat boshqaruvi organlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** qoʻshimcha shtat birliklari davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni. Bundan tashqari, tuman turizm politsiyasining qoʻshimcha yana 15 nafar xodimini saqlash, shu jumladan ragʻbatlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va boshqa zarur boʻlgan xarajatlar Boʻstonliq tumani mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** tuman hokimi hokimlik huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi boshqaruv xodimlarining soniga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5273-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning birinchi xatboshisidan “Energiya tejash milliy kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzmilliybank, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka” ATB” soʻzlari “tijorat banklari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tijorat banklariga:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)