27.08.2020 yildagi 520-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada tez oʻsuvchi va sanoatbop pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada hunarmandchilik, qurilish materiallari, yogʻoch va yogʻoch qirindili xomashyo ishlab chiqarishni rivojlantirish, mebel sanoatida yogʻoch mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni qondirish, import hajmini keskin kamaytirish, shuningdek, aholini muqobil energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining respublika boʻyicha tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda oʻrmon fondining suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻyicha tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda oʻrmon fondining suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarida sinov tariqasida 2020 — 2024-yillarda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish uchun talab qilinadigan koʻchatlar miqdorining prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari talabgorlarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar yoki qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlgan yerlar yoxud qishloq xoʻjaligining sifati yomon yerlari hamda oʻrmon fondiga qarashli yerlardan — oʻrmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari pavlovniya yetishtirish uchun ijara huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yogʻoch va yogʻoch qirindili xomashyo ishlab chiqarishni yetarli xomashyo bilan taʼminlash, mebel va pellet ishlab chiqarish sanoati samaradorligini oshirish maqsadida pavlovniya plantatsiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 gektardan kam boʻlmagan yer maydoni ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi soha olimlarini jalb qilgan holda, pavlovniya daraxtining biologik xususiyatidan hamda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, pavlovniya plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha ilmiy tavsiyalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻrmon xoʻjaligi yerlarini xatlovdan oʻtkazsin va pavlovniya plantatsiyalarini elektron xaritalarga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa ilmiy muassasalar bilan birgalikda respublikada ilm-fan va innovatsion texnologiyalarga asoslangan urugʻsiz, steril duragay koʻchatlarini in-vitro, qalamcha va boshqa vegetativ usullarda tayyorlash va koʻpaytirish boʻyicha bir oy muddatda tavsiyalar ishlab chiqib, oʻzlarining veb-saytlarida joylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Asalarichilari uyushmasiga pavlovniya plantatsiyalarida sifatli asal yetishtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqib, ushbu loyiha takliflariga belgilangan tartibda xorijiy va mahalliy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzstandart” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi pavlovniyadan olinadigan qurilish materiallari mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish, standartlashtirishni va sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda chet el tajribasini oʻrgangan holda, pavlovniya yogʻochi va yogʻoch qirindisi importining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish, koʻchatlarini yetishtirish, undan qurilish materiallari va mebel sanoatida yogʻoch va yogʻoch qirindi xomashyosi sifatida, tibbiyotda hamda obodonlashtirishda foydalanish muammolari bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot, innovatsiya ishlari hamda startap loyihalarini shakllantirish boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida belgilangan tartibda tanlovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili oʻtkaziladigan innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida pavlovniya daraxti va undan olingan mahsulotlar namunalari bilan ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va fermerlarni keng miqyosda tanishtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
520-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 520-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻyicha tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metr chuqurlikda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda oʻrmon fondining suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarida sinov tariqasida 2020 — 2024-yillarda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etishning prognoz koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

gektar

T/r

Hududlar

Jami

shundan, yillar boʻyicha:

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

1.

Andijon

700

106

-

15

105

18

140

22

210

24

245

27

2.

Buxoro

-

36

-

5

-

6

-

7

-

8

-

10

3.

Jizzax

300

76

-

10

30

12

60

16

90

18

120

20

4.

Qashqadaryo

-

110

-

15

-

18

-

23

-

25

-

29

5.

Navoiy

-

38

-

5

-

6

-

8

-

9

-

10

6.

Namangan

500

145

-

20

100

24

120

30

130

33

150

38

7.

Samarqand

500

148

-

21

75

25

100

30

150

33

175

38

8.

Surxondaryo

-

70

-

10

-

12

-

14

-

16

-

18

9.

Sirdaryo

300

31

-

4

30

5

60

6

90

6

120

10

10.

Toshkent

1 000

132

-

20

150

24

250

32

300

26

300

30

11.

Fargʻona

700

108

-

15

105

18

140

22

210

25

245

29

Jami:

4 000

1 000

-

140

595

168

870

210

1180

223

1355

259

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 520-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish uchun talab qilinadigan koʻchatlar miqdorining prognoz koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming dona

T/r

Hududlar

Jami

shundan, yillar boʻyicha:

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

Zaxira yerlarda

Oʻrmon fondi yerlarida

1.

Andijon

523,3

79,2

-

11,2

78,5

13,5

104,7

16,4

157,0

17,9

183,1

20,2

2.

Buxoro

-

26,9

-

3,7

-

4,5

-

5,2

-

6,0

-

7,5

3.

Jizzax

224,3

56,8

-

7,5

22,4

9,0

44,9

12,0

67,3

13,5

89,7

15,0

4.

Qashqadaryo

-

82,2

-

11,2

-

13,5

-

17,2

-

18,7

-

21,7

5.

Navoiy

-

28,4

-

3,7

-

4,5

-

6,0

-

6,7

-

7,5

6.

Namangan

373,8

108,4

-

15,0

74,8

17,9

89,7

22,4

97,2

24,7

112,1

28,4

7.

Samarqand

373,8

110,6

-

15,7

56,1

18,7

74,8

22,4

112,1

24,7

130,8

28,4

8.

Surxondaryo

-

52,3

-

7,5

-

9,0

-

10,5

-

12,0

-

13,5

9.

Sirdaryo

224,3

23,2

-

3,0

22,4

3,7

44,9

4,5

67,3

4,5

89,7

7,5

10.

Toshkent

747,5

98,7

-

15,0

112,1

17,9

186,9

23,9

224,3

19,4

224,3

22,4

11.

Fargʻona

523,3

80,7

-

11,2

78,5

13,5

104,7

16,4

157,0

18,7

183,1

21,7

Jami:

2990,0

747,5

-

104,7

444,8

125,6

650,3

157,0

882,1

166,7

1012,9

193,6

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/520/1231-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)