27.08.2020 yildagi 520-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada tez oʻsuvchi va sanoatbop pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada hunarmandchilik, qurilish materiallari, yogʻoch va yogʻoch qirindili xomashyo ishlab chiqarishni rivojlantirish, mebel sanoatida yogʻoch mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni qondirish, import hajmini keskin kamaytirish, shuningdek, aholini muqobil energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining respublika boʻyicha tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda oʻrmon fondining suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-martdan boshlab pavlovniya plantatsiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 gektardan kam boʻlmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar, oʻrmon fondiga qarashli yerlardan oʻrmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlgan yerlar yoxud kishloq xoʻjaligining sifati yomon yerlari elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga beriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi soha olimlarini jalb qilgan holda, pavlovniya daraxtining biologik xususiyatidan hamda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, pavlovniya plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha ilmiy tavsiyalar beradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻrmon xoʻjaligi yerlarini xatlovdan oʻtkazsin va pavlovniya plantatsiyalarini elektron xaritalarga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa ilmiy muassasalar bilan birgalikda respublikada ilm-fan va innovatsion texnologiyalarga asoslangan urugʻsiz, steril duragay koʻchatlarini in-vitro, qalamcha va boshqa vegetativ usullarda tayyorlash va koʻpaytirish boʻyicha bir oy muddatda tavsiyalar ishlab chiqib, oʻzlarining veb-saytlarida joylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Asalarichilari uyushmasiga pavlovniya plantatsiyalarida sifatli asal yetishtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqib, ushbu loyiha takliflariga belgilangan tartibda xorijiy va mahalliy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzstandart” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi pavlovniyadan olinadigan qurilish materiallari mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish, standartlashtirishni va sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda chet el tajribasini oʻrgangan holda, pavlovniya yogʻochi va yogʻoch qirindisi importining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish, koʻchatlarini yetishtirish, undan qurilish materiallari va mebel sanoatida yogʻoch va yogʻoch qirindi xomashyosi sifatida, tibbiyotda hamda obodonlashtirishda foydalanish muammolari bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot, innovatsiya ishlari hamda startap loyihalarini shakllantirish boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida belgilangan tartibda tanlovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili oʻtkaziladigan innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida pavlovniya daraxti va undan olingan mahsulotlar namunalari bilan ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va fermerlarni keng miqyosda tanishtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
520-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/520/1231-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)