Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2026 26.08.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3163-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2026
Hujjat 26.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3163-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 4-maydagi 03-2026/B-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va ssuda ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3832, 07.05.2026-y.) asosan 2026-yil 9-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-son “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163, 2019-yil 31-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 10/19/3163/3221-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir N.B. XUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-2020-B-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv raisi B.K. Sharipov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot taraqqiyot va qambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ortikov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri T. Ishmetov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 13-avgust

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 14-avgustdagi 33-2020-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-banddan beshinchi — oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 21 va 22-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-son “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ABKM, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yoʻnalishi boʻyicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 36-banddagi “Band boʻlmagan” degan soʻzlar “Ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalar aʼzosi boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 37-bandning birinchi xatboshisidagi “band boʻlmagan” degan soʻzlar “ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalar aʼzosi boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“38. Oʻrganish natijasiga koʻra murojaat qilgan shaxs band boʻlmagan hollarda unga uning tomorqa yeriga mos keladigan yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish va (yoki) urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilinishi boʻyicha ABKMning masʼul xodimi yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va tomorqa yer egasi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tomorqa yer egasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bitta oila uchun quyidagi yoʻnalishlardan biri uchun uch tomonlama shartnoma tuzadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish vositalari xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“40. Yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va tomorqa yer egasi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilganda ABKM tomonidan ushbu uch tomonlama shartnoma asosida subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi va tegishli toʻlov amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 51-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51-bob. Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga kooperativlar ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni bandligini taʼminlash maqsadida kooperativ tashkil etmoqchi boʻlgan muassis (bundan buyon matnda muassis deb yuritiladi) kooperativ ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun — har bir aʼzoga (oilaga) subsidiya olish uchun hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassis tomonidan murojaatga kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarning (oila aʼzosi) F.I.O. koʻrsatilgan roʻyxati hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik) yetishtirish, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun muassis va aʼzo oʻrtasida tuzilgan pudrat shartnomalari nusxalari ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Mazkur Nizomning 401-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq topshirilgandan soʻng ABKMning masʼul xodimi muassisning murojaatini 5 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalari boʻyicha kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarga subsidiya ajratish uchun ABKM rahbariga taklif kiritadi. Bunda, masʼul xodim kooperativga aʼzo boʻluvchini ishsizligiga, kam taʼminlangan oila aʼzosiligiga, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs ekanligiga eʼtibor qaratishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. ABKM rahbari kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻluvchilarning kooperativ ustav fondidagi ulushini shakllantirish uchun 2 ish kunida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtiradi va pochta orqali muassisga yuboradi. Buyruqda subsidiya oluvchilar F.I.O., subsidiya miqdori koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. ABKMning masʼul xodimi muassis taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 401-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq boʻlmaganda yoxud oʻrganish natijasi boʻyicha muassisning murojaatida koʻrsatilgan shaxs ishsiz, kam taʼminlangan oila aʼzosi, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs boʻlmagan hollarda 1 ish kunida subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida muassisga rad etishning sabablari asoslantirilgan holda yozma ravishda xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405. ABKMning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻining nusxasini olgan muassis belgilangan tartibda kooperativ tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406. Muassis belgilangan tartibda kooperativ tashkil etganidan soʻng, ABKMga yozma ravishda davlat xizmatlari markazida roʻyxatga olingan kooperativning aʼzolari ulushi koʻrsatilgan ustav, kooperativning asosiy rekvizitlari, aʼzolarning mulkiy payi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407. ABKM 2 ish kuni muddatida kooperativ ustav fondiga har bir aʼzoning ulushi sifatida kiritish uchun kooperativning bankdagi hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratadi hamda kooperativ raisi (muassis) va har bir aʼzosi yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408. Kooperativlar ustav fondiga (jamgʻarmasiga) ulush sifatida kiritish uchun subsidiya bitta oilaga faqat bir marotaba ajratiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi mazmundagi 52-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“52-bob. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratishni soʻrab ABKMga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tomonidan arizaga “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, mavjud va tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni, ishga qabul qilish rejalashtirilgan ishsizlarning F.I.O. koʻrsatilgan roʻyxat hamda xarid qilinadigan dastgohlarning umumiy soni va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumot nusxalari ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4010. Mazkur Nizomning 409-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq topshirilgandan soʻng ABKMning masʼul xodimi yuridik shaxsning murojaatini 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi hamda subsidiya ajratish uchun uch tomonlama shartnoma va buyruq rasmiylashtirish boʻyicha ABKM rahbariga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4011. ABKMning masʼul xodimi yaratiladigan ish oʻrinlari va ushbu ish oʻrinlariga ishsiz fuqarolarni ishga qabul qilish hamda yuridik shaxs xarid qiladigan dastgohlar soni va toʻlab beriladigan subsidiyaning umumiy miqdorini koʻrsatgan holda yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va yuridik shaxs oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4012. Oʻrganish natijasiga koʻra murojaat qilgan yuridik shaxsning qoʻlda gilam va ipak mato toʻqishni tashkil etish imkoniyatlari yetarli boʻlmagan hollarda 1 ish kunida subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida yuridik shaxsga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4013. Yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va yuridik shaxs oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilgandan soʻng ABKM tomonidan har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratish toʻgʻrisida ABKM rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi va tegishli toʻlov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4014. Yuridik shaxs uch tomonlama shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda dastgohlarni oʻrnatgandan soʻng tashkil etilgan ish oʻrinlari va ushbu ish oʻrinlariga ishsiz fuqarolar ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimida aks ettiradi va ABKMga yozma maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4015. Uch tomonlama shartnoma boʻyicha majburiyatlar belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda ABKM tomonidan toʻlab berilgan subsidiyani qaytarish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4016. Mazkur Nizomning 51-bobida koʻrsatilgan subsidiya turi hamda qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya turi aynan bir yuridik shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son)