1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Moliya / Sug‘urta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalangan eksport qiluvchilarga mazkur qaror bilan joriy qilinayotgan tartibga muvofiq sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
512-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-avgustdagi 512-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, ularga sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov sifatida sug‘urta xizmati — tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyati kafolati sifatida sug‘urta shartnomalari asosida sug‘urta himoyasi taqdim etilishi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalovchi shaxs — eksport qiluvchi tomonidan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi va xorijiy davlatga jo‘natilishi bilan bog‘liq faoliyatni kredit, kafolat, kafillik, lizing yoki boshqa shaklda moddiy va (yoki) moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy yoki xorijiy investor, bank, lizing kompaniyasi, mikromoliya tashkiloti yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchi — tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta qildiruvchi — sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasini tuzuvchi, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha hisoblangan sug‘urta mukofotini to‘lovchi hamda sug‘urtalovchilar bilan muayyan sug‘urta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki to‘liq fuqarolik layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta puli — sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi majburiyatlarining chegarasini anglatuvchi pul mablag‘lari miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta mukofotlari (sug‘urta brutto-mukofotlar) — hisoblash tartibi va miqdori sug‘urta shartnomasi bilan belgilanadigan, sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘i.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nizom doirasidagi munosabatlar uchun sug‘urta qildiruvchi — eksport qiluvchi yoki moliyalovchi shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan, mahsulotlarni xorijiy davlatlardagi xaridorlarga eksport shartnomalarigi (invoysga) asosan sotuvchi, shuningdek, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga asosan yuk jo‘natuvchi tadbirkorlik subyekti, shu jumladan uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport shartnomasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga eksport qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportoldi moliyalashtirish shartnomasi — eksport qiluvchining tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va xorijiy davlatlarga eksport qilish faoliyatini kredit, kafolat, kafillik yoki boshqa shaklda moliyalashtirish yoki moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta shartnomasi — O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish bilan bog‘liq faoliyatni siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha yozma kelishuv.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Eksport qiluvchilar quyidagi sug‘urta shartnomalariga asosan garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urtalovchilarga to‘lab berilgan sug‘urta mukofotining 100 foizi, lekin sug‘urta pulining 0,5 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi Agentlik tomonidan kompensatsiya qilib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasligini sug‘urta qilish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sug‘urta qilish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport faktoringini sug‘urta qilish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish krediti o‘z vaqtida qaytarilmasligidan sug‘urta qilish shartnomasi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sug‘urta mukofotini qoplab berishning asosiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik tomonidan garov sifatida sug‘urta xizmatlari bo‘yicha sug‘urta mukofotini qoplab berish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchiga sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘langan bo‘lishi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchi tomonidan eksport qiluvchiga sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin sug‘urta polisi taqdim qilinishi va sug‘urta polisi taqdim qilingan sanada xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan bo‘lishi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport shartnomalari (invoyslar) Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi (bitta invoys bo‘yicha 5 ming AQSH dollarigacha tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilish holatlaridan tashqari), eksportoldi moliyalashtirish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta amalga oshirilishi holatlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval olingan kompensatsiya bo‘yicha sug‘urta shartnomasi muddatidan avval bekor qilingan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi tomonidan kompensatsiyaning ushbu Nizom shartlariga muvofiq tegishli qismi qaytarilgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha faqat sug‘urta qildiruvchining o‘z tadbirkorlik xavfi va moliyalovchi shaxs foydasiga sug‘urtalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta shartnomasining turi ushbu Nizomda keltirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan shartlarga mos kelishi shart.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sug‘urta mukofotini qoplab berish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanilganda, Agentlik tomonidan sug‘urta mukofotini kompensatsiya qilish bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompensatsiya olish uchun sug‘urta qildiruvchi tomonidan Agentlikka ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisining nusxasi, to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, xizmat ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sug‘urta qildiruvchidan ushbu Nizomning 6 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada elektron manzil ko‘rsatilganligi arizachining ariza bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatlarda ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa, Agentlik 3 ish kuni mobaynida murojaat etgan shaxsga yozma yoki elektron shaklda tegishli xat bilan javob qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan arizalar Agentlik tomonidan 7 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 4-bandidagi shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimi orqali va sug‘urtalovchilarning Internet jahon axborot tarmog‘idagi ma’lumotlar bazalari yordamida hamda so‘rovnomalar yuborib, javoblar olish orqali o‘rganib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan xulosa Agentlik direktori tomonidan qabul qilinadi. Arizalarni ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik har chorak yakuni bilan sug‘urta shartnomasi tugaganligi yoki muddatidan avval bekor qilinganligini monitoring qilib borish maqsadida sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchidan shartnomaga oid hujjatlarni va ma’lumotlarni, shuningdek eksportga oid hujjatlar nusxasi va ma’lumotlarni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra sug‘urta shartnomasi muddatidan avval bekor qilinganligi aniqlangan taqdirda, agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lmagan va (yoki) sug‘urta tovoni to‘lanmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplab berilgan sug‘urta mukofotining foydalanilmagan davr uchun mutanosib qismi, shuningdek, eksport qiluvchi tomonidan bir yil mobaynida eksport amalga oshirilmasa (fors-major holatlari bundan mustasno), sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplab berilgan sug‘urta mukofoti Agentlik tomonidan yuborilgan yozma bildirishnoma qabul qilingan sanadan boshlab yigirma ish kuni davomida sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urtalovchi tomonidan to‘liq qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasidagi kompensatsiya shartlarining buzilishi bilan bog‘liq nizolar sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sug‘urta mukofotini qoplab berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlikka kompensatsiya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom 4-bandida belgilangan shartlarga yoki ularning biriga nomuvofiqligi, taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda o‘rganishlar natijasida ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlangan taqdirda, sug‘urta mukofoti xarajatlarini qoplab berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom talablaridan boshqa asoslarga ko‘ra, kompensatsiya berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Rad etish to‘g‘risida xulosa olinganda, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda o‘n kun muddatda Agentlikka ariza bilan qayta murojaat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qayta ko‘rib chiqishda Agentlik tomonidan rad etishning avval yozma ravishda taqdim etilmagan sabablarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta taqdim etilgan hujjatlar Agentlik tomonidan rad etilgan sabablarni bartaraf etish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofotini qoplab berishni rad etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, shuningdek, Agentlikning mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sug‘urta mukofotini qoplash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanilganda, sug‘urta mukofoti xarajatlari Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Har bir moliya yili boshida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Agentlikning tasdiqlangan smeta bo‘yicha buyurtmanomasi olingan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya yili davomida garov sifatida sug‘urta xizmatlari bo‘yicha Agentlikka taqdim etgan arizalarga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan smetaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moliya yili yakuni bo‘yicha Agentlik shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik sug‘urta mukofotini qoplab berish yuzasidan xulosa qabul qilingandan keyin har hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida subsidiya mablag‘larini ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq uch ish kuni davomida kompensatsiya mablag‘larini Agentlikning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik hisobvarag‘iga subsidiya mablag‘lari kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida sug‘urta mukofot puli uchun kompensatsiya mablag‘larini sug‘urta qildiruvchining tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy valyutada tuzilgan eksport va eksportoldi moliyalashtirish shartnomalariga asosan garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanilganda, sug‘urta qildiruvchilar tomonidan sug‘urtalovchilarga to‘lab berilgan sug‘urta mukofoti xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy valyutada to‘lov amalga oshirilgan sug‘urta mukofoti xarajatlari uchun kompensatsiya milliy valyutada amalga oshiriladi. Xorijiy valyutada to‘lov amalga oshirilgan sug‘urta mukofoti xarajatining milliy valyutadagi qiymati sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofoti xarajatlari uchun to‘lov amalga oshirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tegishli valyuta kursiga asosan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik tomonidan sug‘urta mukofoti pulini kompensatsiya qilish uchun subsidiya mablag‘lari ajratilishini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanilganda, Agentlik tomonidan sug‘urta mukofotini kompensatsiya qilish bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Mas’ul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Sug‘urta qildiruvchi
Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ariza bilan birga kuyidagi hujjatlarni taqdim etish:
eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
sug‘urta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisining nusxasi, to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, xizmat ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi.
Sug‘urta qildiruvchining ixtiyoriga ko‘ra
2-bosqich
Eksportni rag‘batlantirish agentligi
Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va xulosa berish:
hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda, ularni eksport qiluvchilarga javob xati bilan yozma yoki elektron shaklda qaytarish;
3 ish kuni mobaynida
to‘liq taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha tegishli xulosa tayyorlash va eksport qiluvchilarni xabardor qilish.
7 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Eksportni rag‘batlantirish agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablag‘ ajratish bo‘yicha buyurtmanoma berish.
Har hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida
Sug‘urta qildiruvchilarning hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni o‘tkazib berish.
Mablag‘lar tushgan kundan boshlab 1 ish kuni davomida
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori ___________ga __________________ dan
Ariza
________________________________________ (sug‘urta qildiruvchi nomi) foydalanilgan sug‘urta xizmatlari uchun to‘langan sug‘urta mukofotini kompensatsiya qilib berish masalasini ko‘rib chiqishingizni va tegishli kompensatsiya to‘lovini __________________________ bankidagi ____________________ hisobvarag‘iga o‘tkazib berishingizni so‘rayman.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:
1. Eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
2. Sug‘urta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisining nusxasi, to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, xizmat ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi
______________ rahbari
_______________________
(F.I.O.)
Bog‘lanish uchun tel.:+998 (___)____________
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 09/20/512/1219-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)