25.08.2020 yildagi 511-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan texnologik parkni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali viloyatda investitsiya muhitini yaxshilash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilishga ko‘maklashish, viloyatda yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularga zamonaviy raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, elektron tijorat yo‘nalishlarini o‘rgatishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrdagi 921-son qaroriga muvofiq Andijon viloyatida jami 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarida (keyingi o‘rinlarda — obyekt) Andijon “Digital City” texnoparki (keyingi o‘rinlarda — texnopark) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Andijon viloyati hokimligining obyektni Andijon viloyati hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparkni buyurtmalar bilan ta’minlash maqsadida viloyatdagi tashkilotlar uchun joriy etiladigan mahalliy dasturiy mahsulotlarning ustuvor loyihalarini amalga oshirishda mahalliy buyurtmalar portfelini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga, ularni ichki va tashqi bozorlarda taklif etishga, mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning eksportini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ilmiy, ta’lim, ishlab chiqarish tashkilotlarining integratsiyalashuviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatida axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali hamda xorijiy davlatlarning texnoparklari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan holda viloyatda “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda “5 ta muhim tashabbus” dasturi doirasida aholi, shu jumladan yoshlar uchun kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishga mo‘ljallangan shahar va tumanlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etish, shu jumladan, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida Andijon viloyatida yoshlarni tizimli ravishda dasturlash yo‘nalishida o‘qitishni tashkil etish, axborot texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar bilan sohaga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida uchrashuvlar, mahorat darslari, konferensiyalar, treninglar va axborot texnologiyalari bo‘yicha mavsumiy oromgohlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xosting va virtual serverlar xizmatlari ko‘rsatish maqsadida ma’lumotlar markazi faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda kompyuter va kibersport o‘yinlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatida kompyuter va kibersport o‘yinlarini belgilangan tartibda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnopark faoliyatini boshqarish Andijon viloyati hokimligi muassisligida tashkil etiladigan Andijon “Digital City” texnoparki direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — direksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, yuridik shaxslarni texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish Andijon viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan Andijon “Digital City” texnoparki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, texnoparkni tashkil etish va uning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark joylashtiriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zarur mebel, inventar, zamonaviy o‘quv uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash — Andijon viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparkning boshqa joriy xarajatlarini qoplash — texnoparkda tashkil qilingan o‘quv kurslari va malaka oshirish kurslaridan tushgan mablag‘lar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida texnopark faoliyati ixtisosligiga tegishli ishlar (xizmatlar) bajarilishidan olingan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
511-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/511/1217-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)