1-ILOVA
|
T/r |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Bajarish muddati |
Ijro uchun masʼullar |
Sarf-xarajatlar (mln soʻm) |
Moliyalashtirish manbalari |
Amalga oshirish mexanizmi |
|
I. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish | ||||||
|
1. |
Xalq taʼlimi muassasalarining yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. |
2019-2020-yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
114 355,0 |
Masʼul vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan |
785 ta xalq taʼlimi muassasalariga qurilmalarni tanlov asosida xarid qilish va qurilish hamda montaj ishlarini amalga oshirish. |
|
2. |
Davlat tibbiyot muassasalari va tashkilotlarining yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. |
2019-2020-yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
33 477,0 |
Masʼul vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan |
272 ta davlat tibbiyot muassasalari va tashkilotlariga qurilmalarni tanlov asosida xarid qilish va qurilish hamda montaj ishlarini amalga oshirish. |
|
3. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarini yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. |
2020-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
56 549,0 |
Masʼul vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan |
459 ta maktabgacha taʼlim muassasalariga qurilmalarni tanlov asosida xarid qilish va qurilish hamda montaj ishlarini amalga oshirish. |
|
II. Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil qilish | ||||||
|
4. |
Andijon viloyati tuman (shahar)larida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazini zarur infratuzilma, texnik qurilmalar va jihozlar bilan taʼminlash: |
Andijon viloyati hokimligi, tuman (shahar) hokimliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
Har bir tuman (shahar) uchun |
Tashkilotchilarning mablagʻlari hisobidan |
1. Binoni taʼmirlash. 2. Zarur texnik qurilmalar va jihozlarni xarid qilish. 3. Markazni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlash. 4. Markazda lokal tarmoq tashkil etish. | |
|
Andijon shahrida; |
2019-yil dekabr | |||||
|
Asaka tumanida; |
2020-yil iyun | |||||
|
Shahrixon tumanida; |
2020-yil dekabr | |||||
|
Oltinkoʻl tumanida; |
2021-yil iyun | |||||
|
Baliqchi tumanida; |
2021-yil dekabr | |||||
|
Boʻz tumanida; |
2022-yil iyun | |||||
|
Buloqboshi tumanida; |
2022-yil dekabr | |||||
|
Jalaquduq tumanida; |
2023-yil iyun | |||||
|
Izboskan tumanida; |
2023-yil dekabr | |||||
|
Qoʻrgʻontepa tumanida; |
2024-yil iyun | |||||
|
Marhamat tumanida; |
2024-yil dekabr | |||||
|
Paxtaobod tumanida; |
2025-yil iyun | |||||
|
Ulugʻnor tumanida; |
2025-yil iyun | |||||
|
Xoʻjaobod tumanida; |
2025-yil dekabr | |||||
|
Andijon tumanida; |
2025-yil dekabr | |||||
|
Xonobod shahrida. |
2025-yil dekabr | |||||
|
5. |
Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida zamonaviy oʻquv kurslarni tashkil etish. |
Doimiy |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
2 980,5 |
Tashkilotchilarning mablagʻlari hisobidan |
1. Markazlar uchun oʻqituvchi-murabbiylarni tayyorlash va oʻquv dasturlarni ishlab chiqish. 2. Markazlarga tinglovchi-larni tanlab olish va oʻqitishni tashkil qilish. |
|
6. |
Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida malaka oshirish kurslarini tashkil etish. |
2020-yil fevral — aprel |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
Smeta hujjatlari asosida |
Tashkilotchilarning mablagʻlari hisobidan |
Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini baholash mezonini ishlab chiqish va ularning malakasini oshirish. |
|
7. |
Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida davlat organlari xodimlari va tadbirkorlik subyektlari uchun shartnoma asosida kechki kurslarni tashkil etish. |
Doimiy |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
Smeta hujjatlari asosida |
Tashkilotchilarning mablagʻlari hisobidan |
1.4Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tinglovchilarni tasdiqlangan grafik asosida tanlab olish. 3. Oʻqitishni tashkil qilish. |
|
8. |
Umumtaʼlim maktablarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlash. |
2019 — 2021-yillar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
Smeta hujjatlari asosida |
Ijrochilar mablagʻlari hisobidan |
1. Umumtaʼlim maktablari kutubxonalaridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari va materiallarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Xatlov natijalariga koʻra zarur kitbolar va oʻquv materillari roʻyxatini shakllantirish. 3. Roʻxatga koʻra kitoblar va oʻquv qoʻllanmalarini xarid qilish. 4. Umumtaʼlim maktablari kutubxonalarini yangi darsliklar bilan boyitib borish. |
|
III. Kompyuter industriyasi va sportini rivojlantirish | ||||||
|
9. |
Andijon viloyatida Elektron kompyuter sporti federatsiyasining boʻlinmasi faoliyatini tashkil etish. |
2019-yil yakuniga qadar |
Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi, Andijon viloyati hokimligi |
- |
- |
Andijon viloyatida Elektron kompyuter sporti federatsiyasining boʻlinmasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishlarni amalga oshirish. |
|
10. |
Viloyat miqyosida kompyuter oʻyinlari va kibersport boʻyicha davriy musobaqalarni oʻtkazish. |
Doimiy |
Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi, |
Smeta hujjatlari asosida |
Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi mablagʻlari |
1. 2019 — 2022-yillar davomida hududiy va respublika musobaqa-larini tashkil etish reja-jadvali va nizomini ishlab chiqish. 2. Kibersport boʻyicha musoba-qalar va turnirlar oʻtkaziladigan binolarni zarur jihoz va uskunalar bilan jihozlash. |
|
11. |
Elektron kompyuter sporti boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish va elektron kompyuter sporti boʻyicha trenerlar reyestrini shakllantirish. |
2020-yil |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi, Andijon viloyati hokimligi |
- |
- |
1. Elektron kompyuter sporti boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha amaldagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish. 2. Elektron kompyuter sporti boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni attestatsiyasini tashkil qilish. |
|
12. |
Kompyuter oʻyinlari bilan shugʻullanadigan klublar reyestrini shakllantirish va ularni pasportlashtirish. |
2020-yil |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekis�on elektron kompyuter sporti federatsiyasi, Andijon viloyati hokimligi |
Belgilangan yigʻim miqdorida |
Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
1. Ishchi guruhlarni shakllantirish, Andijon viloyatidagikompyuter oʻyinlari bilan shugʻullanadigan klublarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Klublar reyestrini shakllantirish va ularni pasportlashtirish. |
|
13. |
Umumtaʼlim maktablaridagi kompyuter sinflarini jihozlash, texnik holatni yanada yaxshilash. |
2019-2020-yillar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Andijon viloyati hokimligi |
Smeta hujjatlari asosida |
Xalqaro moliya institutlari |
1. Umumtaʼlim maktablarining kompyuter texnikalari bilan taʼminlanganligini xatlovdan oʻtkazish. 2. Xatlov natijalariga koʻra kompyuter texnikalari va texnik vositalar roʻyxatini shakllantirish. 3. Roʻxatga koʻra kompyuter texnikalari va texnik vositalarni xarid qilish. 4. Xarid qilingan kompyuter texnikalari va texnik vositalarni umumtaʼlim maktablarida oʻrnatish ishlarini tashkil etish. |
|
14. |
Umumtaʼlim maktablarida lokal hisoblash tarmoqlarni tashkil etish. |
2019 — 2021-yillar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
Smeta hujjatlari asosida |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari |
1. Umumtaʼlim maktablarining lokal hisoblash tarmoqlarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Xatlov natijalariga koʻra zarur jihoz va texnik vositalar roʻyxatini shakllantirish. 3. Roʻxatga koʻra jihoz va texnik vositalarni xarid qilish. 4. Xarid qilingan jihoz va texnik vositalarni umumtaʼlim maktablarida oʻrnatish sozlash ishlarini tashkil etish. |
|
15. |
Hududlarda Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini va kompyuter texnologiyalari, kompyuter oʻyinlari va kibersport boʻyicha toʻgaraklar faoliyatining aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻibotini yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy |
MTRK, OʻzA, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
Smeta hujjatlari asosida |
Ijrochilar mablagʻlari hisobidan |
1. Mediya-reja ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Hududlarda targʻibot guruh-larini shakllantirish, targʻibot rejasini ishlab chiqish. 3. Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini va kompyuter texnologiyalari, kompyuter oʻyinlari va kibersport boʻyicha toʻgaraklar faoliyati toʻgʻrisida maxsus koʻrsatuv va roliklar tayyorlab, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish. |
2-ILOVA
|
1. Sh.M. Sadikov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Ishchi guruh rahbari |
|
2. U.I. Shukurov |
— |
Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
|
3. Sh.X. Shermatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
|
4. D.X. Nabiyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri |
|
5. I.U. Madjidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
6. Sh.R. Rajabbayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. |
|
7. A.Y. Xaydarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari |
|
8. A.M. Jumaboyev |
— |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari |
3-ILOVA
|
T/r |
Tuman (shahar) nomi |
Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi joylashtiriladigan manzil |
|
1. |
Andijon shahri |
Choʻlpon koʻchasi, 9-uy |
|
2. |
Asaka tumani |
Asaka shahri, Sohil boʻyi koʻchasi, 1-uy |
|
3. |
Shahrixon tumani |
Shahrixon shahri, Shahrixon shox koʻcha, 42-uy |
|
4. |
Andijon tumani |
Kuygan-yor shaharchasi, Andijon koʻchasi, 2-uy |
|
5. |
Izboskan tumani |
Ch. Azimov koʻchasi, 1-uy |
|
6. |
Qoʻrgʻontepa tumani |
Mustaqillik koʻchasi, 50-uy |
|
7. |
Baliqchi tumani |
“Avesto” MFY, Xudayberdiyev koʻchasi, 8-uy |
|
8. |
Paxtaobod tumani |
Paxtaobod shahri, A. Temur koʻchasi, 2-uy |
|
9. |
Jalaquduq tumani |
Oxunboboyev shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 48-uy |
|
10. |
Marhamat tumani |
Ipak yoʻli koʻchasi, 1-uy |
|
11. |
Oltinkoʻl tumani |
Chinobod koʻchasi, 35-uy |
|
12. |
Buloqboshi tumani |
Farogʻat koʻchasi, 43-DIMI |
|
13. |
Xoʻjaobod tumani |
Uzun koʻchasi, 11-uy |
|
14. |
Boʻz tumani |
A. Ikramov koʻchasi, 14-uy |
|
15. |
Ulugʻnor tumani |
“Shahribod” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 2-uy |
|
16. |
Xonobod shahri |
Ziyokor koʻchasi, 5-uy |