1-ILOVA
2-ILOVA
| Maqsad | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Mas’ul ijrochilar | Texnik yordam va trening | |
| 1-bo‘lim. Soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish | ||||||
| 1-bob. Budjet jarayonini takomillashtirish | ||||||
| 1. | Strategik budjetni shakllantirishda vosita sifatida foydalaniladigan Fiskal strategiyani ishlab chiqish. | Budjetni shakllantirish jarayoniga ko‘maklashish maqsadida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan o‘rta muddatli davrga mo‘ljallangan Fiskal strategiyani ishlab chiqish va e’lon qilish: o‘rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlari; o‘rta muddatli davr uchun budjet siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va soliq-budjet maqsadlari; keyingi moliya yili uchun budjet xarajatlarini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqiladigan maqsadli mo‘ljallar. | Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya | 2021-yil II chorak | Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi | Xalqaro valyuta jamg‘armasining texnik ko‘magini jalb etish |
| 2. | Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarining ishonchliligini oshirish. | Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarni tuzish, prognozlashning amaldagi uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarni hisobot davri yakunlari bo‘yicha haqiqiy ko‘rsatkichlar bilan farq qilish sabablarini o‘rganish orqali baholash. | Chora-tadbirlar rejasi Tahliliy hisobot | 2020-yil IV chorak 2021-yildan boshlab har yili I chorakda | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti | |
| 3. | Yangi budjet taqvimini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi budjetni shakllantirish muddatlarini (budjet taqvimini) qayta ko‘rib chiqish: 1) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ikki bosqichda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqdim etish, bunda: o‘rta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi; o‘rta muddatli davr uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozi; 2) Fiskal strategiya bilan birga birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning qabul qilingan Hukumat qarorlari va Davlat dasturlariga asosan kelgusi o‘rta muddatli davrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yoki tugash muddati kelgan tadbirlar va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar to‘g‘risidagi dastlabki so‘rovlari asosida birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan chegaralangan miqdorlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabkimiqdorlarini Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish; 3) birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar hamda hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan o‘rta muddatli davr uchun budjet so‘rovlari tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga asosan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan Davlat dasturlari va boshqa tadbirlarga talab etiladigan xarajatlarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, tasdiqlangan chegaralangan miqdorlar doirasida shakllantirish va tegishli moliya organiga taqdim etish; 4) hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan taqdim etilgan budjet so‘rovlari umumlashtirilgan holda Moliya vazirligiga taqdim etish; 5) Moliya vazirligi tomonidan kelgusi yil uchun Davlat budjetining loyihasini shakllantirish jarayonida budjet so‘rovlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun Davlat budjetidan tegishli mablag‘lar ajratilishining iqtisodiy asoslanganligini o‘rganish hamda samaradorligini baholash. | Budjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi | Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarining texnik ko‘magi |
| 4. | Budjet so‘rovini shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish. | Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan moliya organlariga budjet so‘rovlarini taqdim etish jarayonini “O‘zASBO” va DMBAT dasturiy majmualarini integratsiya qilish orqali avtomatlashtirish. | Moliya vaziri buyrug‘i | 2020-yil yakuniga qadar | Moliya vazirligi | |
| 5. | Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallarini shakllantirish hamda ularning ijro jarayonini maksimal avtomatlashtirish. | “O‘zASBO” dasturiy majmuasida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yillik xarajatlar smetalarini yaratilgan elektron tarifikatsiya va shtatlar jadvali asosida shakllantirish hamda xodimlarning oylik maoshlarini hisoblashni ish haqi to‘lash moduliga bog‘lash ishlarini yakunlash. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, birlamchi tibbiy xizmat muassasalari, keyinchalik esa barcha budjet tashkilotlarining shtatlar jadvali, tarifikatsiya ro‘yxatlarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlarini avtomatlashtirish hamda xodimlarning oylik maoshlarini hisoblashni ish haqi to‘lash moduliga bog‘lash imkoniyatini yaratish. | Dasturiy ta’minotni takomillashtirish | 2020-yil III chorak
| Moliya vazirligi, Moliya vazirligi, tarmoq vazirlik va idoralari | |
| 6. | Budjetda nazarda tutilmagan yangi xarajatlarning moliyaviy oqibatlarini baholash funksiyalarini takomillashtirish. | Moliya vazirligi hamda tarmoq vazirliklari o‘rtasida budjet vakolatlarini taqsimlash jarayoni yakunlangandan keyin joriy yil budjetida nazarda tutilmagan tashabbuslar ustidan lozim darajadagi nazoratni o‘rnatish, shuningdek, ularni uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligiga ta’sirini tahlil qilish tizimini joriy etish. Bu jarayonni avval M�liya vazirligida boshlab, keyinchalik vazirliklarning o‘zida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi | AQSh G‘aznachiligi ekspertlari ko‘magi |
| 7. | Birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilari sonini maqbullashtirish. | Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar sonini maqbullashtirish nuqtai nazaridan tashkiliy asosda qayta ko‘rib chiqilgan (oraliq) dastlabki budjet tasnifini tasdiqlash. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2024-yil I chorak | Moliya vazirligi | |
| 2-bob. O‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF) | ||||||
| 8. | O‘rta muddatli budjet asoslarining huquqiy bazasini ta’minlash. | O‘rta muddatli rejalashtirishni joriy etish uchun qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, budjet taqvimini qayta ko‘rib chiqish va budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish. O‘rta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish bo‘yicha yagona qo‘llanmalar to‘plami (sirkulyar) ni tayyorlash. | Budjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi | |
| 9. | Bazaviy xarajatlarni aniqlash uslubiyati. | Amaldagi davlat dasturlarida belgilangan siyosatni davom ettirish, shuningdek, infratuzilmani saqlash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar uchun zarur bo‘lgan bazaviy xarajatlarni aniqlash. Ya’ni, tarkibiga yangi tashabbuslar uchun zarur bo‘ladigan xarajatlarni hisobga olmagan holda budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy xarajatlari hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar miqdorini hisoblash. | Metodik | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi | |
| 10. | Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlarini yetkazish. | 1. Birlamchi Fiskal strategiyani shakllantirishda umumlashgan xarajatlar prognozi doirasida nominal qiymatda xarajatlarning chegaralangan miqdorlarini o‘rta muddat uchun ishlab chiqish va har yili suzuvchi grafik asosida bir yildan qo‘shib borish. 2. Budjet mablag‘larining chegaralangan miqdorlarini ajratish lozim bo‘lgan birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilari qamrovini aniqlash hamda chegaralangan miqdorlarni hisoblash uslubiyatini, shuningdek, ularni qayta ko‘rib chiqish shartlarini belgilash. 3. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun budjetdan ajratiladigan budjet mablag‘lari chegaralangan miqdorlarini belgilash. 4. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga hamda ular tasarrufidagi budjet tashkilotlari uchun budjet mablag‘larining chegaralangan miqdorlarini belgilash jarayonini tartibga solish. O‘rta muddatli budjet asoslarining mustahkamligini ta’minlash maqsadida zaxira mablag‘larini shakllantirish uchun hisobga olinadigan tadbirlar va mezonlarni belgilash. | Metodik | 2021-yil I chorak | Moliya vazirligi | Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarini jalb qilish |
| 11. | Uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligini ta’minlash. | Soliq-budjet barqarorligini yanada oshirish maqsadida soliq-budjet qoidalarini (uzoq muddatli soliq-budjet maqsadlarining miqdor ko‘rsatkichlarini) baholash tizimini joriy etish. | 2022 — 2024-yillar uchun fiskal strategiya tarkibida aks ettirish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank | Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik ko‘magi |
| 3-bob. Budjetning samaradorlik va natijadorlikka qarab yo‘naltirilganligini oshirish | ||||||
| 12. | Xarajatlarning samaradorligini va natijadorligini baholash uslubiyatini bosqichma-bosqich joriy etish. | Tajriba tariqasida tanlangan vazirlik va idoralar misolida avvalgi yillarda tadbirlarga yo‘naltirilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning natijadorligini baholash. Baholash natijalaridan kelib chiqib, mazkur vazirlik va idoralarda xarajatlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash hamda tajriba tariqasida ularni baholash tizimini joriy etish va shu asosda ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning kelgusi yillar uchun budjetlarini shakllantirish. Tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ularning budjet bo‘yicha takliflari bilan bir qatorda samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning o‘z maqsadlarini belgilash va shunga muvofiq tadbirlarini rejalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida ularning budjet vakolatlarini kengaytirish mexanizmini joriy etish. Budjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetasini rejalashtirishda iqtisodiy tasnif bo‘yicha xarajatlar moddalarini yirik guruhlarga birlashtirish. | 2021-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida hamda budjetnomada aks ettirish Moliya vazirining Budjet tasnifiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i | 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 13. | Samaradorlik va natijadorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatini oshirish. | Budjetnoma tarkibida taqdim etiladigan budjet hujjatlarida bosqichma-bosqich xarajatlarni baholashning indikatorlarini va nazorat ko‘rsatkichlarini ko‘rsatishni kengaytirish va ular bo‘yicha hisobotlarni taqdim qilib borishni yo‘lga qo‘yish. | Budjetnoma loyihasi | 2021 — 2025-yillar | Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | |
| 14. | Dasturiy budjetlashtirishni joriy etish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni belgilash. | Dasturiy budjetlashtirish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni aniql?sh hamda mazkur tizimning afzallik va kamchiliklarini o‘rganish. Joriy va yangi tadbirlar uchun xarajatlarni aniqlash uslublarini ishlab chiqish. Davlat budjeti xarajatlarini dasturlar bo‘yicha tasniflashni joriy etish. | Moliya vazirining budjet tasnifiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i. | 2021-2022-yillar | Moliya vazirligi | |
| 4-bob. Davlat investitsiyalarining samaradorligini oshirish | ||||||
| 15. | Davlat investitsiyalarini boshqarish (DIB) jarayonini takomillashtirish, investitsiya loyihasini saralash, moliyalashtirish va boshqarish jarayoniga jalb qilingan ishtirokchilarning vakolatlarini belgilash. | Mavjud muammolar va to‘siqlarni to‘laqonli tushunib yetish maqsadida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) mezonlariga muvofiq to‘liq tahlilini o‘tkazish hamda Davlat investitsiyalarini boshqarish jarayonini kuchaytirish uchun o‘rta muddatli harakatlar rejasini ishlab chiqish. Yuqoridagi tahlil natijalariga asoslangan holda: O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun taqdim etiladigan talabnomalarni budjet jarayoni bilan bevosita bog‘liqligini nazarda tutuvchi o‘rta muddatga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibini ishlab chiqish. Tegishli tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarining ustuvorligini aniqlash va saralash mezonlarini o‘rnatish (ijtimoiy soha, yo‘l-transport infrastrukturasi, suv xo‘jaligi va melioratsiya va boshqa infratuzilma obyektlari) . Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash tizimini joriy etish. Shu jumladan, obyektlarni dasturga kiritish bosqichida ham baholashni nazarda tutish, bunda tarmoq vazirliklari va idoralarning (buyurtmachilarning) Investitsiya dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonidagi vakolatlariga aniqlik kiritish (investitsiya loyihalarini shakllantirish, tasdiqlash, amalga oshirish, samaradorligini monitoring qilish va baholash bosqichlarida) . | XVJga Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) mezonlariga muvofiq to‘liq tahlilini o‘tkazish bo‘yicha talabnoma kiritish Tahlil natijalariga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish | 2020-yil avgust 2021yil II chorak | Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Xalqaro valyuta jamg‘armasi diagnostikasi Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 16. | Davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorlarni budjet jarayoni bilan integratsiyalash | 1. Davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish jarayonini budjet jarayoniga bosqichma-bosqich ratsionallashtirish va integratsiyalashda: Davlat investitsiya loyihalarini budjet chegaralari doirasida uzoq muddatga mo‘ljallangan tartibda tanlab olish va tasdiqlash; yakunlangan yoki yakunlanayotgan loyihalar bo‘yicha saqlash va ekspluatatsiya xarajatlarini budjet xarajatlari prognozida hisobga olish. 2. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga joriy etish orqali investitsiyalar hisobi va hisobotini yuritish tartibini joriy etish. 3. Investitsiya dasturlarining ular tugallangan va ekspluatatsiyaga kiritilgandan so‘ng operatsion va ekspluatatsiya xarajatlarini baholash orqali ularning iqtisodiy samaradorligini baholash tartibini ishlab chiqish va joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil II chorak
| Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
| 2-bo‘lim. Makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish | ||||||
| 5-bob. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash | ||||||
| 17. | Amaldagi budjet qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va o‘rganish. | Budjet jarayonini tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish hamda yagona tizim va talablarni belgilaydigan qonunchilik bazasini shakllantirish. Bunda budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tayyorlash, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish jarayonidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish. | Budjet qonunchiligiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish | 2021 — 2024-yillar | Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 6-bob. Makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash | ||||||
| 18. | Makrofiskal tahlilni o‘tkazish salohiyatini mustahkamlash. | Makro va tarmoqlar kesimida soliq-budjet ma’lumotlarini tahlil qilish uchun ko‘nikmalar va salohiyatni shakllantirish. Mazkur ko‘nikmalarni fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish, davlat kafolatlari, davlat-xususiy sheriklik va infratuzilmaga investitsiyalar kiritish kabi sohalarda Moliya vazirligi funksiyalarini amalga oshirishda qo‘llash. Fiskal tavakkalchiliklarni boshqarish, makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlari masalalariga oid xalqaro o‘quv kurslarida xodimlar ishtirokini ta’minlash orqali institutsional salohiyatni oshirish. | O‘quv treninglari tashkil etish | 2020-2021-yillar | Moliya vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti | Iqtisodchilarning katta bo‘lmagan guruhini aniqlash va/yoki yollash va o‘qitish |
| 19. | Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘zaro aloqalarni takomillashtirish. | Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash, jumladan, ularni budjet jarayoniga integratsiyalash hamda tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida prognozlarni batafsil aniqlashtirish darajasini va ularni taqdim etish bo‘yicha vazirlik funksiyalarini belgilash. Makroiqtisodiy prognozlarni boshqa vakolatli organlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan hisoblangan prognozlar bilan solishtirish orqali ularning ishonchliligini tasdiqlash. Makroiqtisodiy va soliq-budjet prognozlarini tayyorlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish. | Moliya vazirining buyrug‘i | 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi, Markaziy bank, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti | |
| 7-bob. Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish | ||||||
| 20. | Moliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining funksional tuzilmasi tahlili. | Vazirlik departamentlari, bosh boshqarmalari va boshqarmalari funksiyalarini, ularning tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bilan munosabatlarini o‘rganish. | Xorijiy ekspertlarni jalb qilish | 2021-yil I chorak | Moliya vazirligi | Mustaqil ekspertlar tomonidan tegishli funksiyalar diagnostikasini o‘tkazish |
| 21. | Moliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining biznes jarayonlarini takomillashtirish. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi joriy biznes jarayonlarini o‘rganish, shuningdek, keyinchalik biznes jarayonlarini boshqarishning maqsadli modeli bo‘yicha tavsiyalar, shu jumladan vazirlik faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar va yechimlar ishlab chiqish. Tahlil natijalariga ko‘ra, Moliya vazirligi biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va axborot dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish. Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari va Davlat moliyaviy nazorati departamentining faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, boshqarishning markazlashgan tizimini joriy etish masalalarini ko‘rib chiqish. | Moliya vaziri buyrug‘i | 2021-yil IV chorak | Moliya vazirligi | Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 8-bob. Soliq xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish | ||||||
| 22. | Xizmat ko‘rsatishga yo‘na?tirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish va soliq ma’murchiligiga raqamli texnologiyalarni kiritish. | Soliq xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mobil ilovalar sonini ko‘paytirish. Onlayn nazorat-kassa apparati va virtual kassa tizimini qo‘llashni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish. Birlamchi hisob-kitob hujjatlarini (elektron hisob-fakturalar tizimini to‘liq joriy etish) raqamlashtirish va birxillashtirish. | Soliq ma’murchiligini takomillashtirish strategiyasi doirasida | 2020-2021-yillar | Davlat soliq qo‘mitasi | |
| 9-bob. Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish | ||||||
| 23. | Davlat xaridlari sohasida normativ va uslubiy bazani takomillashtirish. | Davlat xaridlarining tanlov va tender savdolari orqali amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga o‘tkazish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya rivojlanish agentligi yordami |
| 24. | Elektron davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish. | Davlat xaridlari bo‘yicha axborot tizimlariga xarid qilish tartib-taomillarining elektron shaklda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ularni modernizatsiya qilish. | Texnik talabnomalar ishlab chiqish | 2020-2021-yillar | Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki |
| 25. | Davlat xaridlari jarayonlarida yanada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash va raqobat muhitini yanada yaxshilash. | Elektron xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishning zamonaviy turlarini joriy qilish orqali davlat xaridlari jarayonlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini tizimli ko‘paytirish va raqobat muhitini rivojlantirib borish. | Moliya vaziri buyrug‘i | 2023-2024-yillar | Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | Joriy holatni o‘rganish yuzasidan xalqaro moliya institutlari texnik ko‘magini jalb qilish |
| 26. | Davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini ta’minlash maqsadida monitoring qamrovini kengaytirish | Korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini ta’minlash maqsadida korporativ buyurtmachilarning xaridlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron monitoring qilishni bosqichma-bosqich tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish . | Normativ-xuquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Joriy holatni o‘rganish yuzasidan xalqaro moliya insti�utlari texnik ko‘magini jalb qilish |
| 3-bo‘lim. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish | ||||||
| 10-bob. Budjet ustuvorligini ta’minlash | ||||||
| 27. | Budjet qamrovining to‘liqligi ta’minlash | Konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari jamg‘armalarining kirishini nazarda tutadigan me’yoriy talablarni o‘rnatish, shuningdek, budjet hisobotlarida (jumladan, Davlat moliyasi statistikani yuritish formatlarida) ularni aks ettirish uchun birxillashtirilgan hisobot shakllarini tasdiqlash. 2020-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘arma-sining daromad va xarajatlarini jamlangan holda, konsolidatsiyalashgan hisobotini taqdim etish hamda davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qaytariladigan tashqi qarz o‘zlashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish. | Byudjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobot | 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar | Vazirlik va idoralarning iqtisodiy blok xodimlarini o‘qitish |
| 28. | Davlat sektori korxonalarining vakolat chegaralarini qayta ko‘rib chiqish. | Tarmoq vazirliklari, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda davlat korxonalarining funksiya va vazifalarini tahlil qilish. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga qaratgan holda davlat korxonalari faoliyatini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | Joriy holatni o‘rganish yuzasidan xalqaro moliya institutlari texnik ko‘magini jalb qilish |
| 29. | Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarni qayta taqsimlash. | O‘rta muddatli budjetlashtirishga to‘liq o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida budjet tashkilotlarining va davlat boshqaruvining quyi organlari javobgarligini va majburiyatlarini kuchaytirish maqsadida Moliya vazirligi va tarmoq vazirliklarining budjet va moliyani boshqarish sohasidagi vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish. | Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | Joriy holatni tahlil qilish va taklif ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari texnik ko‘magini jalb qilish |
| 30. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti jarayoni ishtirokchilarining hisobdorligini oshirish. | Tarmoq vazirliklari, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda davlat korxonalari tomonidan budjet mablag‘lari, davlat aktivlari va davlat resurslaridan foydalanganlik yuzasidan hisobot berish tartibini qayta ko‘rib chiqish. | Tahliliy hisobot hamda natijasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilish | 2021-yil may | Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | Xalqaro valyuta jamg‘armasi navbatdagi missiyasi davrida muhokama qilish va tavsiyalarni olish |
| 11-bob. Davlat budjeti darajalari o‘rtasida majburiyatlarni ajratish | ||||||
| 31. | Budjet tizimi darajalari o‘rtasidagi budjet munosabatlarini takomillashtirish. | Jahon bankining xarajat vakolatlarini aniqlashtirish va daromadlarni davlat boshqaruvining turli darajasida taqsimlash nuqtai nazaridan o‘tkazilgan Davlat xarajatlari sharhidan kelib chiqib joriy budjetlararo munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish. Bunda mahalliy budjetlarning xarajat majburiyatlari bajarilmasligi bo‘yicha jiddiy xavflarni keltirib chiqarmaydigan, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hamda soliq va yig‘imlarni mahalliy budjetlarga biriktirish siyosatini davom ettirish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjet parametrlarini mustaqil tayyorlash va tasdiqlash amaliyotini mustahkamlash. | Budjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
| 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi | Jahon banki |
| 32. | Mahalliy budjetlarning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish. | Mahalliy budjetlarning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan budjet qoidalarinikuchaytirish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan budjet intizomi qoidalariga qat’iy rioya qilish, jumladan: moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan ishlarni boshlamaslik; davlat xaridlarini belgilanlangan tartibda amalga oshirish; parallel loyihalashti�ish, tender savdolarini o‘tkazmasdan qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirmaslik; ortiqcha shtat birliklari va samarasiz xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha doimiy nazorat olib borish. | Budjet kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2020-yil IV chorak Doimiy ravishda | Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
| 4-bo‘lim. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish | ||||||
| 12-bob. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish | ||||||
| 33. | Fiskal tavakkalchilik-larni oshkor etish va tahlil qilish hamda boshqarishni takomillashtirish. | Barcha muhim moliyaviy tavakkalchiliklarni fiskal tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirish, shu jumladan: davlat kreditlari bo‘yicha beriladigan kafolatlar va ularning benefitsiarlarini baholash; davlat sektori korxonalari, davlat-xususiy sheriklik bilan bog‘liq yashirin tavakkalchiliklar; davlat qarzi bilan bog‘liq tavakkalchiliklar tahlili. Budjetnoma tarkibida fiskal tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi hisobotni har yili e’lon qilish. Moliya vazirligida moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarish funksiyasini joriy etish, shuningdek, ularni baholash uchun institutsional salohiyatini oshirish. Fiskal tavakkalchiliklarni boshqarish, shu jumladan davlat ishtirokidagi hamda davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga kreditlar, kafolatlar taqdim etish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish. Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uslubiyatini ishlab chiqish. | Budjetnoma
| Har yili III chorak
| Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Budjet-soliq tadqiqotlari instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar | Xalqaro moliya institutlari ko‘magida xorijiy ekspertlarni jalb qilish |
| 34. | Davlat-xususiy sheriklikni tartibga solish bo‘yicha qonuniy va institutsional asoslarni mustahkamlash. | Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatini yuritishga hamda davlat-xususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul organ sifatidagi funksiyalarini inobatga olib, davlat-xususiy sherik-likning normativ-huquqiy va institutsional asosini yanada takomillashtirish. Davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha ma’lumotlarni va hisobotlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni oshkor etish. | Budjet kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish
| 2022-yil II chorak Doimiy | Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi | Xalqaro moliyaviy institutlar ko‘magida xorijiy ekspertlarni jalb qilish |
| 13-bob. Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash | ||||||
| 35. | Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini takomillashtirish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarda yanada to‘liqroq ma’lumot berish orqali nomoliyaviy aktivlarni hisobdan chiqarish jarayonining shaffofligini oshirish. Moliyaviy aktivlar (xususan, yuridik shaxslarning ustav fondidagi davlat ulushi) bo‘yicha jamlanma hisobotni tuzish, aktivlarni to‘g‘ri baholash va ularning moliyaviy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish | 2022-yil I chorak | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, tarmoq vazirlik va idoralari | Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik ko‘magida |
| 36. | Aktivlar va majburiyatlarni oshkor etishni yaxshilash. | Budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining depozitlari, berilgan qarzlari va qarz majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ch�p etish. Davlat boshqaruvi sektorida moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar va majburiyatlar balansi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish. Davlat boshqaruvi sektorining barcha moliyaviy aktivlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va e’lon qilish. Qarzdorliklar va moliyaviy oqimlarning o‘zgarishlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va e’lon qilish. | Ochiq budjet portalida e’lon qilish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarda aks ettirish | 2021-yil II chorak
| Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik ko‘magida |
| 37. | Pul mablag‘larini boshqarish tizimini takomillashtirish. | Bunda: soddalashtirish va modernizatsiya qilish maqsadida budjet ijrosi va pul mablag‘larini boshqarish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish; xarajatlar va daromadlarni o‘z ichiga olgan holda respublika va mahalliy daraja�a pul oqimlarini xar oylik prognoz qilish tizimini joriy etish; DMBAT va “O‘zASBO”da to‘lovlarni nazorat qilish vositalarini joriy etish, to‘lov jarayonini avtomatlashtirish maqsadida budjet tashkilotlari tomonidan banklardan naqd pul mablag‘larini olishda qog‘oz cheklardan foydalanish amaliyotini bekor qilish. | Moliya vazirining buyrug‘i | 2020-yil III chorak | Moliya vazirligi, | |
| 38. | Yagona g‘azna hisobraqami qamrovining to‘liqligini ta’minlash. | Budjet tashkilotlarining (bosqichma-bosqich mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni ham hisobga olgan holda) banklardagi barcha hisobraqamlarini yopish orqali ularning milliy va xalqaro valyutadagi hisobraqamlarini Yagona g‘azna hisobvarag‘i (YaG‘H) bilan qamrovini kengaytirish. YaG‘H vaqtincha bo‘sh mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida likvidlilikni boshqarish uchun qo‘llaniladigan moliyaviy vositalar turini kengaytirish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish | 2022-yil II chorak | Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | |
| 14-bob. Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish | ||||||
| 39. | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat qarzi to‘g‘risda”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishning o‘rta muddatli maqsadlarini shakllantirish. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi | |
| 40. | Davlat qarzi barqarorligini tahlil qilish amaliyotini joriy etish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi bilan taqdim etiladigan budjet hujjatlari tarkibiga davlat qarzi barqarorligi tahlilini kiritish. | Tahliliy hisobotni chop etish | 2020-yil III chorak | Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi | |
| 41. | Davlat qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatini oshirish. | Davlat qarzi statistikasining qamrovi va sifatini yaxshilash. Davlat qarzining avtomatik hisobini yuritish, hisoblash va hisobotlarni shakllantirish uchun Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimini (DMFAS) joriy etish. | Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi | 2020-yil III chorak | Moliya vazirligi, Markaziy bank | |
| 5-bo‘lim. Budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish | ||||||
| 15-bob. Davlat sektorida budjet hisobi standartlarini birxillashtirish | ||||||
| 42. | Hisoblash metodi bo‘yicha hisob yuritishga bosqichma-bosqich o‘tish. | Davlat sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (DSXMH) ga muvofiq hisoblash metodiga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. | Qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish | 2020-yil | Moliya vazirligi, Davlat s�liq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va manfaatdor vazirlik idoralar | Osiyo taraqqiyot banki yordami |
| 43. | Davlat boshqaruvi sektori uchun Yagona hisobraqamlar rejasini amaliyotga tadbiq etish. | Moliya vazirligining axborot tizimiga yagona hisobraqamlar rejasi hamda yangilangan hisobot shakllarini joriy etish maqsadida texnik talabnoma ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dasturiy ta’minotga o‘zgartirish kiritish yuzasidan “Fido Biznes” MChJ xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni oshirish. Axborot tizimida yagona hisobraqamlar rejasi va moliyaviy hisobot shakllari sifatlishakllantirilishini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida hududlarda sinov o‘tkazish. Axborot tizimida yagona schyotlar rejasini amaliyotga tatbiq etish. | Texnik talabnomalar ishlab chiqish Hisob-kitoblarga asosan shartnoma tuzish hamda bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish. | 2020-yil III chorak 2020-yil yakuniga qadar 2020-yil IV chorak 2021-yil | Moliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya rivojlanish agentligi yordami |
| 44. | Davlat sektorida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni shakllantirish | Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‘yicha tartib ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish | 2021-yil I chorak | Moliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki yordami |
| 45. | Budjet hisobi va hisoboti tizimida avtomatlashtirish darajasini oshirish uchun axborot tizimlarini takomillashtirish. | Amaldagi budjet hisobi va hisobotlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq avtomatlashtirish uchun DMBAT va “O‘zASBO” kabi dasturiy majmualarni yanada modernizatsiyalash. Tajriba loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Tajriba loyihasini baholash va amaliyotga to‘liq joriy etish. | Texnik vazifalar ishlab chiqish, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish | 2020-yil
| Moliya vazirligi | |
| 16-bob. Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish | ||||||
| 46. | Ichki nazorat va ichki audit sohasini rivojlantirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish. | Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini va javobgarligini oshirishni nazarda tutuvchi Ichki nazorat va ichki auditni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ichki nazorat va ichki audit tizimini joriy etishda institutsional salohiyatni oshirish uchun kerakli tadbirlar, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, real muddatlar hamda amalga oshirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan harakatlar rejasi ishlab chiqilishi lozim. Ichki audit xizmatlari faoliyat-la�ini tartibga solish masalalari bo‘yicha Moliya vazirligining tarmoq vazirlik va idoralar o‘rtasidagi munosabatlarining amaldagi rolini belgilash. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning hajmidan kelib chiqib, vazirlik va idoralarda bosqichma-bosqich ichki audit xizmatini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
| 2020-yil IV chorak
| Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 47. | Ichki audit faoliyati bo‘yicha qonunosti hujjatlarni va uslubiyotini ishlab chiqish va qabul qilish. | Bunda: ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomni; ichki audit standartlari (sifat va ichki audit faoliyati natijalari sta?dartlari) ni; auditorlik tavakkalchiliklarini baholash uslubiyotini o‘z ichiga oluvchi ichki audit masalalari bo‘yicha normativ bazani ishlab chiqish va tasdiqlash. | Yangi normativ-xuquqiy bazani ishlab chiqish | 2021-2022-yillar | Moliya vazirligi | Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida |
| 48. | Ichki audit uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish. | Auditorlarga samarali auditorlik tekshiruvlarini hamda tavakkalchiliklar hisobini yuritishni ta’minlaydigan dasturiy ta’minot ishlab chiqish | Dasturiy ta’minot ishlab chiqish | 2021-yil IV chorak | Moliya vazirligi | |
| 17-bob. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish | ||||||
| 49. | Xalqaro standartlarga muvofiq Davlat moliyaviy nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif tayyorlash. | Davlat moliyaviy nazoratini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining texnik ko‘magi |
| 50. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ustidan parlament nazoratini kuchaytirish. | yillik budjet to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uning ijrosi jarayonida Oliy Majlis funksiya va majburiyatlarini kuchaytirish. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Davlat budjeti boshqarmasi xodimlarining davlat moliyasini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish. | Budjet kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish
| 2020-yil III chorak
| Moliya vazirligi | Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari |
| 18-bob. Budjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash | ||||||
| 51. | Budjet hujjatlaridan jamoatchilikning foydalanishini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlari tasdiqlangandan so‘ng ularni nashr etish. Budjetnoma loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etilgunga qadar nashr etish. Yil mobaynida har chorak hamda yillik ijro bo‘yicha (qabul qilingan barcha budjet tasniflarini o‘z ichiga olgan holda) budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni chop etish. | Rasmiy veb-saytda e’lon qilish | Har yili I chorak
| Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari | |
| 52. | Budjet jarayonida jamoatchilikning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash. | Budjetni tayyorlash va fuqarolar uchun budjet nashrini ishlab chiqish jarayoniga hamda o‘rta muddatli budjetning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishga jamoatchilik ishtirokini ta’minlashning ochiq mexanizmlarini keng qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish. Olib borilayotgan budjet siyosatini aholining turli qatlamalariga ta’sirini o‘rganish hamda budjet siyosatida qabul qilinayotgan qarorlarni aholi tomonidan yaxshiroq tushunilishi uchun ularning natijalarini e’lon qilish. | Moliya vazirining buyrug‘i | 2021-yil II chorak | Moliya vazirligi | BMTning Taraqqiyot dasturi |
| 6-bo‘lim. Budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash | ||||||
| 19-bob. Soliq-budjet ma’lumotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va yaxlitligini yaxshilash | ||||||
| 53. | Davlat moliyasi hisobotining institutsional qamrovini oshirish. | Davlat moliyasi hisobotining institutsional qamrovini quyidagilar hisobiga yaxshilash: budjetdan tashqari jamg‘armalar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari hisob-raqamlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek, tashqi manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirish; Xalqaro valyuta jamg‘armasi Davlat moliyasi statistikasining 2014-yilgi qo‘llanmasiga muvofiq davlat korxonalarining nobozor subyektlar sifatida tasniflanadigan soliq-budjet operatsiyalari hisobini yuritish; davlat ishtirokidagi korxonalarni kreditlash hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (“policy lending”) , shuningdek, moliyalashtirishning barcha operatsiyalarini to‘liq qamrab olishni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan berilgan davlat kafolatlariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni qo‘shish. | Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish | 2020-yil IV chorak | Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar | Xalqaro valyuta jamg‘armasining statistika departamenti bilan hamkorlik qilish |
| 54. | Soliq-budjet hisobotlarini xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish. | Milliy hisobotlarni, moliyalash-tirish operatsiyalari moliyaviy aktivlarni yoki moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish sifatida tasniflanishni nazarda tutuvchi “Davlat moliya statistikasini yuritish qo‘llanmasi — 2014” (DMSQ-2014) hisobotlari formati bilan uyg‘unlashtirish. | Tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2022-yil III chorak | Moliya vazirligi | Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika �epartamenti |
| 20-bob. Davlat soliq-budjet siyosati mo‘ljallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kengaytirish | ||||||
| 55. | Milliy hisobotlarni “DMSQ-2014”ga muvofiqligini ta’minlash. | Budjetnomada qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ko‘rsatkichlarini “DMSQ-2014” formatida ham taqdim etish amaliyotini joriy etish. Budjetnomada taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy jamlangan ko‘rsatkichlarini “DMSQ-2014” o‘rtasidagi farqni yorituvchi tushuntirish xatini kiritish. | Budjetnoma tarkibidagi hujjatlar bilan birga taqdim etish | Har yilibudjetnoma taqdim etish muddatlarida | Moliya vazirligi | |
| 56. | Budjet hujjatlarining shaffofligini oshirish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun loyihasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot bilan bir vaqtda taqdim etiladigan budjet hujjatlari tarkibini quyidagilarni qo‘shish orqali kengaytirish: “DMSQ-2014”ning sof kreditlash /qarz olish konsepsiyasiga muvofiq budjet saldosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; daromadlarni asosiy komponentlarga, shu jumladan soliq bo‘lmagan daromadlarga bo‘lib chiqish; iqtisodiy va funksional tasniflar bo‘yicha o‘tgan yil yakunlari, joriy yilda kutilayotgan xarajatlar hamda keyingi uch yil uchun prognozlar; daromadlar, xarajatlar va budjet balansi bo‘yicha tushuntirishlar. | Budjetnoma va budjet ijrosidagi hisobotlarda aks ettirish | Budjetnoma va hisobotlarni taqdim etish muddatlarida | Moliya vazirligi | |
| 57. | Soliq xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor etish. | Coliq imtiyozlari va preferensiyalari hisobini yuritish metodologiyasini ishlab chiqish. Budjetnoma tarkibida asosiy soliq imtiyozlari va preferensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish. | Tegishli normativ-hukuqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish
| 2020-yil III chorak
| Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘shmitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi | Xalqaro moliyaviy institutlarning texnik ko‘magini jalb etish |
| 58. | Ijtimoiy himoya dasturi bo‘yicha ijtimoiy nafaqalar oluvchilar (benefitsiarlar) to‘g‘risida ma’lumotlarni kengaytirish. | Davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning shaffofligini oshirish maqsadida ijtimoiy himoyaning yagona reyestrini ishlab chiqish va joriy etish. | Dasturiy mahsulot | 2020-yil IV chorak | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi | UNICEF |