Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyuldagi PQ-4740-son qarorlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyuldagi PQ-4740-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat geologiya qoʻmitasining neft va gazni geologik-qidiruv hamda izlash ishlarini amalga oshiruvchi korxonalarini “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisida” 1995-yil 3-yanvardagi 2-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-avgust,
509-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qarorining rus tilidagi matnida 2-ilovaning 25-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
25. |
Goskomgeologii |
— |
146 |
80 |
66 |
— |
15 |
9 |
|
|
Sentralniy apparat |
— |
11 |
6 |
5 |
— |
— |
— |
|||
|
Podvedomstvennie organizatsii |
— |
135 |
74 |
61 |
— |
15 |
10 |
”. |
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 20-son, 225-modda):
a) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “(“Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi bilan birgalikda)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 25-bandning beshinchi xatboshidagi “va “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 26-bandda:
beshinchi xatboshidagi “va “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasiga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga ilovaning “Axborotni berish” ustunida:
“Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Sanoatgeokontexnazorat” DI” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 96-modda) 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati;
“Regionalgeologiya” DK
“Qizilqumgeologiya” DK;
“Samarqandgeologiya” DK;
“Hisorgeologiya” DK;
“Surxongeologiya” DK;
“Toshkentgeologiya” DK;
“Urankamyobmetgeologiya” DK;
“Oʻzbekgidrogeologiya” DK;
Geologiya fanlari universiteti;
“OʻzGEORANGMETLITI” DK;
“Markaziy laboratoriya” DK;
“Geoburtexnika” DK;
“Geoltextaʼminot” DK;
“Davlat geologiya axborot markazi” DK;
“Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi” tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi;
“Chotqol reabilitatsiya markazi” DK;
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati;
“Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 20-son, 225-modda) 33-bandiga:
a) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan — yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar”;
b) oʻn toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)