24.08.2020 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar, shu jumladan talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, rag‘batlantirish, shuningdek, Toshkent shahrida barpo etilgan Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish va ta’lim muassasalarida adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini biriktirish ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalarni va ko‘krak nishonlarini joriy qilish asoslari, tartibi, ushbu stipendiyalar va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash mezonlari, stipendiyalarni to‘lash muddatlari va miqdorini, ko‘krak nishonlarining tavsifini nazarda tutuvchi Atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan oliy ta’lim muassasalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha o‘quv-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshiruvchi ijodiy guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, ilmiy-adabiy maslahatchi lavozimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida ularga biriktirilgan atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va ko‘krak nishonlarini joriy qilishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilishga boshqa oliy ta’lim muassasalarini ham jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy-adabiy maslahatchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasasiga biriktirilgan atoqli adibning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tavsiyasi bilan jalb etilishi hamda oliy ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirilishi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari o‘zlariga biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha o‘qituvchi va talabalardan tashkil topgan ijodiy guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlarining 2-bandiga muvofiq hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi Toshkent tarixi muzeyining fondi muntazam ravishda shahar tarixiga oid arxeologik, numizmatik va etnografik topilmalar, shuningdek, turli eksponatlar bilan doimiy yangilanib va to‘ldirib borilishini hamda ushbu maqsadlar uchun mahalliy budjetdan mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2021-yil 1-yanvardan boshlab, Adiblar xiyoboni hamda Toshkent tarixi muzeyini turistik yo‘nalishlarga kiritish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tizimidagi ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi mavjud muzeylarning yo‘nalishlarini hisobga olgan holda gidlar (gid-tarjimonlar) tayyorlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
502-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish va ta’lim muassasalarida adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyaviy manba

Mas’ullar

1.

Adiblardan birining ilmiy-ijodiy faoliyatini o‘rganuvchi tadqiqotchilar, adabiyot va san’at yo‘nalishidagi faol talabalar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan beriladigan muayyan adiblar nomidagi ko‘krak nishonini joriy qilib, bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlashni yo‘lga qo‘yish.

1. Namunaviy nizom asosida har bir oliy ta’lim muassasasida ko‘krak nishoni va uni berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

2021-yil
I chorak

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Oliy ta’lim kengashi,
tizimida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar,
Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi

2. Adabiyot va san’at yo‘nalishidagi tadqiqotchilar hamda faol talabalarni muayyan adiblar nomidagi ko‘krak nishoni bilan taqdirlab borish.

har o‘quv yili yakunida

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoni 9-bandiga muvofiq eng ilg‘or ilmiy xodim, o‘qituvchi, o‘quvchi vatalabalarni moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirib borish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan talabalar uchun rektor tomonidan bir semestr davomida beriladigan muayyan adiblar nomidagi maxsus stipendiyani joriy qilish.

1. Namunaviy nizom asosida har bir oliy ta’lim muassasasida muayyan adiblar nomidagi maxsus stipendiyani joriy qilish va uni berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

2021-yil
I chorak

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Oliy ta’lim kengashi,
tizimida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar,
Yoshlar ishlari agentligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Ushbu yo‘nalishdagi faol talabalarni maxsus stipendiya bilan taqdirlab borish.

har o‘quv yili yakunida

3.

Milliy badiiy adabiyotga doir o‘quv manbalari, mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusxalari, yozuvchi va shoirlarning mahorat saboqlarini o‘zida jamlagan, Adiblar xiyobonida haykali o‘rnatilgan har bir ijodkorning hayoti va boy merosini keng targ‘ib qilishga mo‘ljallangan o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi “Adiblar xiyoboni” internet portalini yaratish.

1. “Adiblar xiyoboni” internet portalining konsepsiyasi va texnik topshiriqlarini ishlab chiqish.

2020-yil
avgust

Adiblar xiyoboniga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

2. O‘zbek, ingliz va rus tillaridagi “Adiblar xiyoboni” internet portalini yaratish.

2020-yil sentabr

3. “Adiblar xiyoboni” internet portalini adiblar bilan bog‘liq bo‘lgan axborot va ma’lumotlar bilan boyitib, yangilab borish.

doimiy

4.

Adiblar xiyobonida 5 ta muhim tashabbusga bag‘ishlangan “Adabiyot haftaligi” doirasida “Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!” shiori ostida respublika talabalar festivalini, uning doirasida kitob yarmarkasi va festivalini tashkil etish.

1. Festival konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2020-yil
dekabr

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar mablag‘lari,

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish fondi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi,

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,

Badiiy akademiya,

Respublika Oliy ta’lim kengashi,

Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2. Festivalni talabalar o‘rtasida keng targ‘ib qilib, uning quyi bosqichlarini o‘tkazish.

har yili
I chorak

3. Festivalning respublika bosqichini o‘tkazish.

har yili
II chorak

4. Kitob yarmarkasi va festivali, “Adabiyot va badiiy ijod” mavzusida fotoko‘rgazma, liboslar ko‘rgazmasi, amaliy ijod namunalari ko‘rgazmasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi va boshqa turli ko‘rgazmalar tashkil etish.

festival doirasida

5.

Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli adiblarning nomi bilan ataladigan joylardagi ko‘cha, mahalla yoki boshqa ijtimoiy obyektlarda yashayotgan, faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirokida “Adibimiz — faxrimiz” shiori ostidayoshlar festivali va kitob yarmarkasini tashkil etish.

1. Festivalning konsepsiyasi, namunaviy dasturini ishlab chiqish
va tasdiqlash.

2021-yil
mart

Ijrochilar hamda homiylar mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, “O‘zbekkino” Milliy agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2. Festivalni talabalar o‘rtasida keng targ‘ib qilib, uning quyi bosqichlarini o‘tkazish.

har yili
II chorak

3. Festivalning respublika bosqichini o‘tkazish.

har yili
II chorak

4. Kitob yarmarkasi va festivalini o‘tkazish.

festival doirasida

6.

Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan esselar, insholar tanlovlari, viktorinalar hamda ularning asarlari asosida sahnalashtirilgan drama asarlari ko‘rigini o‘tkazish hamda g‘oliblarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Talabalari o‘rtasida Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan esselar, insholar tanlovlari, viktorinalar, ularning asarlari asosida sahnalashtirilgan drama asarlari tanlovini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil
aprel

Ijrochilar hamda homiylar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi, tizimida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar,
Yoshlar ishlari agentligi

2. Ushbu tanlovlarni talabalar o‘rtasida keng targ‘ib qilib, uning quyi bosqichlarini o‘tkazish.

har yili
II chorak

3. Tanlovlarning respublika bosqichini o‘tkazish.

2021-yil
iyun

7.

Adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlab yangi chop etilgan badiiy adabiyotning taqdimotini tashkil etib borish.

1. Tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2020-yil sentabr

-

Yozuvchilar uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi,

biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Tadbirlarni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil
oktabr

3. Tadbirlarni o‘tkazib borish hamda faol yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.

har yili
II chorak

8.

“Yashnagay to abad ilmu fan, ijod” mavzusida Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan adiblarga bag‘ishlangan publitsistik va ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etib borish.

1. Adiblar xiyobonidagi adiblarga bag‘ishlangan publitsistik, ilmiy maqolalar tanlovi nizomi, reja, dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil noyabr-dekabr

Ijrochilar
hamda homiylar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi,

biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Tanlovning Toshkent shahar va Respublika bosqichlarini Adiblar xiyobonida tashkil etib borish.

har yili
II chorak

9.

“Adiblar bilan tanishuv” deb nomlangan adiblar hayoti va ijodi haqidagi badiiy, hujjatli filmlarning ilk namoyishini Adiblar xiyobonida tashkil etish.

1. Adiblar hayoti va ijodi haqidagi badiiy va hujjatli filmlarning ilk namoyishini Adiblar xiyobonida tashkil etish tartibi va rejasini tasdiqlash.

2020-yil
oktabr

Ijrochilar hamda homiylar mablag‘lari

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Badiiy va hujjatli filmlar namoyishini Adiblar xiyobonida tashkil etish.

har yili
II chorak

10.

“Shuhrating porlasin toki bor jahon” shiori ostida ta’lim muassasalaridagi adabiyot, ma’naviyat, odob-axloq va tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan mahorat darslarni tashkil etish.

1. O‘tkaziladigan tadbirlar
va darslar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil sentabr

-

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi, tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. O‘tkaziladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

oktabr

3. Adiblar xiyobonida o‘tkaziladigan adabiyot, ma’naviyat va tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan mahorat darslarini OAVda yoritib borish.

doimiy

4. Adiblarning asarlari asosida k?t??xonlik tanlovlarini tashkil etish.

har yili
II chorak

11.

Adiblar haqida xotiralar jamlangan kitob tayyorlash
va nashr etish.

1. Adiblar haqida xotiralar jamlangan nashrlarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh shakllantirish.

2020-yil sentabr

Ijrochilar
hamda homiylar mablag‘lari

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi

2. Adiblar haqida xotiralar jamlangan mavjud nashrlarni o‘rganish.

2021-yil
I chorak

3. Jamlangan nashrlarni tayyorlash va chop qilish.

2021-yil
II chorak

12.

Ijtimoiy tarmoqlarda har bir adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus sahifalar yaratish, ularni mazmunli kontent bilan to‘ldirish.

1. Ijtimoiy tarmoqlarda har bir adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus sahifalar yaratish.

2020-yil
oktabr

-

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,

biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Sahifalarni mazmunli kontent bilan to‘ldirish bo‘yicha mas’ullarni belgilash.

2020-yil
noyabr

3. Maxsus sahifalarni mazmunli kontent bilan to‘ldirib borish va mualliflarni rag‘batlantirish.

2020 — 2022-yillar

4. Har bir adib hayoti va ijodiga oid multimedia dasturlari, videoroliklar tayyorlash va tarqatish.

5. “Vatanparvar shoir” mavzusida radio va onlayn viktorina o‘tkazish hamda ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2020 — 2022-yillar

13.

Nofilologik oliy ta’lim muassasalari uchun “O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” fan dasturiga “O‘zbek adabiyoti”, “Navoiyshunoslik” mavzularini kiritish va tegishli o‘quv adabiyotlarini yaratish.

1. Nofilologik oliy ta’lim muassasalari uchun fan dasturiga tegishli mavzularni kiritish.

2. Nofilologik oliy ta’lim muassasalari uchun “O‘zbek adabiyoti”, “Navoiyshunoslik” fanlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma yaratish.

2020/2021 o‘quv yilidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi,

Oliy ta’lim muassasalari

14.

Atoqli shoir Berdaq hayoti vaijodini o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti misolida tashkil etish hamda ijobiy natijalari hisobga olingan holda, bu tajribani boshqa oliy o‘quv yurtlarida joriy etish.

1. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida atoqli shoir Berdaq hayoti va ijodini o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha o‘qituvchi va talabalardan tashkil topgan ijodiy guruh tuzish.

2020-yil sentabr

Ijrochilar hamda homiylar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

2. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, Berdaq yashab ijod qilgan hu??d?? ?tkaziladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2020-yil
oktabr

3. Berdaq ijodiga bag‘ishlangan turkum madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish hamda ijodiy guruhning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga borishi, Berdaq hayoti va ijodini targ‘ib qilishni tashkil etish.

2020/2021 o‘quv yilidan

muntazam

4. O‘tkaziladigan tadbirlarni OAVda yoritib borish.

tadbirlar davomida

5. Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ijobiy tajribasini adiblar biriktirilgan boshqa oliy o‘quv yurtlarida ommalashtirish.

2021/2022 o‘quv yilidan

15.

Adiblar yashab ijod qilgan hudud va qadamjolarga ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyalar tashkil etish hamda ular bilan bog‘liq mavzularda konferensiyalar o‘tkazib borish.

1. Konferensiyalarni tashkil etish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etish.

2020-yil sentabr

Ijrochilar
hamda homiylar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi, tizimida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Konferensiyalarni Vazirlar Mahkamasining yillik konferensiyalar rejasiga kiritish.

har yili
yanvar

3. Adiblar tug‘ilib o‘sgan, ijod qilgan maskanlarga ekskursiyalarini tashkil etish.

reja asosida, konferensiya davomida

4. Konferensiyalarda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash hamda maqolalar to‘plamlarini chop etish.

konferensiya davrida

5. Konferensiya materiallari asosida xulosaviy takliflar tayyorlash.

konferensiyadan so‘ng

16.

Adiblar xiyobonida haykali o‘rnatilgan yozuvchi va shoirlarning uy muzeylari, ularning nomlarida tashkil etilgan ijod maktablarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan otaliqqa olish, ularning eng ilg‘or ilmiy xodim, o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirib borish.

1. Otaliqqa olingan maktablar bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash.

2020-yil
oktabr

Ijrochilar

hamda homiylar mablag‘lari

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari,

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Respublika Oliy ta’lim kengashi

2. Yozuvchi va shoirlarning nomlarida tashkil etilgan ijod maktablarida “yo‘l xaritasi” asosida tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash.

“Yo‘l xaritasi” asosida

17.

Talabalar qalbida adabiyotga, ona tilimizga mehr, hurmat va e’tibor hissini yuksaltirish maqsadida oliy o‘quv yurti havaskorlik jamoalari tomonidan ularga biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti, faoliyati va asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish

1. Atoqli adiblarning hayoti, faoliyati va asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish uchun ssenariylar tuzish.

2021-yil
yanvar-fevral

Ijrochilar

hamda homiylar mablag‘lari

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,
Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi,
biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Ssenariylar asosida spektakllar sahnalashtirish.

2021-yil
mart — may

3. Spektakllar namoyishini tashkil etish.

2020/2021 o‘quv yili davomida

18.

Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida Adiblar xiyobonining ahamiyati va o‘zbek adabiyoti namoyandalariga bag‘ishlangan maxsus kurs tashkil etish.

1. Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida Adiblar xiyobonining ahamiyati, o‘zbek adabiyoti namoyandalariga bag‘ishlangan maxsus kurs tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish.

2020-yil
oktabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar,

Respublika Oliy ta’lim kengashi

2. Ta’lim muassasalari uchun maxsus kurs dasturini tayyorlash.

2020-yil
noyabr

3. Ta’lim muassasalarida asosiy fanlarga qo‘shimcha ravishda o‘tiladigan, 6 soatdan iborat maxsus kurs joriy qilish.

2020-yil dekabr

4. Biriktirilgan adibning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish bo‘yicha o‘quv-ma’rifiy tadbir tashkil etish va telekanallarda efirga berib borish.

2020/2021 o‘quv yili davomida

19.

Adiblar xiyoboni haqida hujjatli film hamda u yerda haykali o‘rnatilgan yozuvchi va shoirlar haqida alohida reja bo‘yicha badiiy
va hujjatli filmlar yaratib,
ularning keng namoyish etilishini ta’minlash.

1. Adiblar xiyoboni, yozuvchi va shoirlar haqidagi filmlarni yaratish bo‘yicha ijodiy guruhlar tuzish.

2020-yil
avgust

Ijrochilar
hamda homiylar mablag‘lari

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Filmlarning ssenariylarini ishlab chiqish va badiiy kengash ko‘rigidan o‘tkazish.

2020-yil
noyabr

3. Filmlarni yaratish bo‘yicha reja va loyiha tayyorlash.

2020-yil
dekabr

4. Filmlarni festivallar, OAV, internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilish.

2021-yil davomida
reja asosida

20.

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodini oliy ta’lim muassasalarida o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat institutida namunali o‘quv-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

1. Muhammad Yusufning hayoti
va ijodini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qituvchi, talabalaridan iborat ijodiy guruhni shakllantirish hamda namunali o‘quv-ma’rifiy tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2020-yil sentabr-oktabr

Ijrochilar hamda homiylar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

3. Shoir hayoti va ijodi haqidagi o‘quv-ma’rifiy tadbirlarni OAVda yoritib borish.

tadbirlar davomida

4. Mazkur ijobiy tajribani adiblar biriktirilgan boshqa oliy ta’lim muassasalarida ommalashtirish.

2021/2022 o‘quv yilidan

21.

Ta’lim muassasalarida muayyan adiblar tarixi va ijodiga bag‘ishlangan ekspozitsiyani tashkil qilish.

1. Muayyan adiblar tarixi vaijodiga bag‘ishlangan ekspozitsiya xonasini tayyorlash bo‘yicha namunaviy konsepsiyani ishlab chiqish.

2020-yil
oktabr

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
hamda homiylar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Adiblar xiyobonidagi tadbirlarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Doimiy ekspozitsiya xonasini zarur materiallar bilan jihozlash
va xonaning ochilish marosimini tantanali tashkil etish.

2020-yil
dekabr

3. Ekspozitsiya xonasining 3D maketini yaratish va xonada ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etib borish.

2020-2021 o‘quv yilini ikkinchi yarmidan

22.

Milliy gvardiya harbiy-texnik institutida eng namunali harbiy tayyorgarlikka ega, yuksak ma’naviyatli o‘qituvchilar va talabalarni munosib taqdirlash maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi ko‘krak nishoni, maxsus stipendiya ta’sis etish hamda bu tajribani boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham joriy etish.

1. Tasdiqlangan namunaviy nizom asosida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi ko‘krak nishoni, maxsus stipendiya nizomini ishlab chiqish
va tasdiqlash.

2021-yil
yanvar

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
hamda homiylar mablag‘lari

Milliy gvardiya,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Tanlov komissiyasini tuzish, tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash va uni amalga oshirish.

2020-yil
fevral

3. Institut o‘qituvchi va talabalari orasidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi ko‘krak nishoni, maxsus stipendiyaga munosiblarni aniqlash.

2020-yil
mart-aprel

4. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi ko‘krak nishoni, maxsus stipendiya g‘oliblarini taqdirlash.

2020-yil
mart-aprel

5. Boshqa oliy o‘quv yurtlariga joriy etish.

2021/2022 o‘quv yilidan

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning ibratli hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini biriktirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Alisher Navoiy haykaliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

2.

Zahiriddin Muhammad Bobur haykaliga

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

3.

Furqat haykaliga

Toshkent arxitektura-qurilish instituti

4.

Muhammad Rizo Ogahiy haykaliga

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

5.

Muqimiy haykaliga

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

6.

Berdaq haykaliga

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

7.

Mahmudxo‘ja Behbudiy haykaliga

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

8.

Abdulla Avloniy haykaliga

Toshkent davlat pedagogika universiteti

9.

Abdulhamid Cho‘lpon haykaliga

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

10.

Abdulla Qodiriy haykaliga

Toshkent davlat texnika universiteti

11.

G‘afur G‘ulom haykaliga

Toshkent davlat yuridik universiteti

12.

Hamid Olimjon haykaliga

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

13.

Zulfiya haykaliga

Toshkent tibbiyot akademiyasi

14.

Oybek haykaliga

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

15.

Maqsud Shayxzoda haykaliga

Toshkent davlat transport universiteti

16.

Abdulla Qahhor haykaliga

Toshkent moliya instituti

17.

Said Ahmad va Saida Zunnunova haykaliga

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

18.

To‘lepbergen Kaipbergenov haykaliga

Toshkent davlat agrar universiteti

19.

Ibroyim Yusupov haykaliga

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

20.

Erkin Vohidov haykaliga

O‘zbekiston Milliy universiteti

21.

Ozod Sharafiddinov haykaliga

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

22.

Abdulla Oripov haykaliga

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

23.

Aleksandr Faynberg haykaliga

Toshkent davlat jahon tillari universiteti

24.

Muhammad Yusuf haykaliga

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va ko‘krak nishonlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarining talabalariga adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar (keyingi o‘rinlarda — maxsus stipendiya) tayinlash va to‘lash, shuningdek, adiblar nomidagi ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni tegishli adibga biriktirilgan oliy ta’lim muassasasida mazkur adiblar hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Adiblar nomidagi maxsus stipendiyalarni tayinlash tartibi va mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus stipendiya kvotasi oliy ta’lim muassasalaridagi fakultetlar sonidan kelib chiqib, har bir fakultet bo‘yicha bittadan alohida-alohida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus stipendiya quyidagi mezonlarga javob beradigan davlat oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriatining 1 — 3-bosqich hamda magistraturasining 1-bosqich talabalariga belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus stipendiya nomiga ta’sis etilgan adibning hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘nalishida alohida faollik ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adabiyot va kitobxonlikka doir konferensiyalarda (tanlovlarda) qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashr etilgan ishlarning (asarlarning) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus stipendiya tayinlanishida talabgorlarning ushbu Namunaviy nizomning 4-bandida belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ijodiy tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida oliy ta’lim muassasasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus stipendiyaga talabgorlar orasidan tanlab olish uchun ta’lim yo‘nalishlari va adabiyot sohasidagi mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasini (keyingi o‘rinlarda — Tanlov komissiyasi) tuzadi va uning ish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adiblar hayoti va ijodi bo‘yicha test sinovlari (keyingi o‘rinlarda — test sinovi) savollarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun fakultet ilmiy kengashiga har yili 20-martga qadar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov daftarchasidan ko‘chirma (o‘zlashtirish ko‘rsatkichi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafedra tavsiyanomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy (ilmiy) ish, uning annotatsiyasi va taqriz (mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murabbiyning fikr-mulohazalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan adib hayoti va ijodi hamda faoliyatini (ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa) targ‘iboti bo‘yicha materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan adib hayoti va ijodini, faoliyatini tadqiq qilish bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan yakka mualliflikdagi ilmiy maqolalar, o‘tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z sohasi bo‘yicha xalqaro yoki respublika darajasidagi ko‘rgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi (mavjud bo‘lsa) to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hujjatlar ikki nusxada, har bir nusxasi alohida jildga joylangan holda taqdim qilinadi. Har bir jild muqovasida taqdim qilayotgan fakultetning nomi, talabgorning ismi va familiyasi, ishning nomi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fakultet ilmiy kengashi har yili 31-martga qadar talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, maxsus stipendiyaga nomzodlarni tavsiya etish, nomzodlikka talabgorlarning o‘qishdagi va ijodiy (ilmiy) faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini baholash uchun muhokamaga qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokamadan so‘ng yashirin ovoz berish yo‘li bilan eng munosib talabgorlar tanlab olinadi. Bunda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan kengash a’zolarining uchdan ikki qismidan ortig‘i ovoz berganda, nomzod talabalar ma’qullangan hisoblanadi va ularning nomzodini fakultet ilmiy kengashi Tanlov komissiyasiga kiritish maqsadida fakultet dekanatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fakultet dekanati har yili 10-aprelga qadar nomzodlarning hujjatlarini Tanlov komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 20-aprelga qadar talabgorlar bilan test sinovi hamda suhbat o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 25-aprelga qadar nomzodlarning so‘nggi tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan tashkil etadi, bunda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda, ushbu nomzodni maxsus stipendiya tayinlash uchun tavsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 27-aprelga qadar maxsus stipendiya tayinlash uchun tavsiya etish to‘g‘risidagi qarorni oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlov komissiyasining maxsus stipendiyani tayinlash to‘g‘risidagi qarori asosida har yili 30-aprelga qadar oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashining qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashining maxsus stipendiyani tayinlash to‘g‘risidagi qarori rektor buyrug‘i asosida kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga har yili 20-mayga qadar “Adiblar nomidagi maxsus stipendiya sovrindori” guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus stipendiya talabalarga har yili, bir o‘quv yili uchun 1-sentabrdan boshlab belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus stipendiya miqdori Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori 2-ilovasining 2-bandiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talaba o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirganda yoki akademik ta’til olganda maxsus stipendiya to‘lanmaydi. 4-bosqich talabalariga maxsus stipendiya o‘qigan davri uchun to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Adiblar nomidagi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ko‘krak nishoni bilan oliy ta’lim muassasalarida madaniyat va ma’rifat sohasini rivojlantirish, adiblar hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda aholi o‘rtasida, shuningdek, dunyo miqyosida keng targ‘ib qilish borasida yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi va talabalari taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ko‘krak nishoni bilan ushbu Namunaviy nizomga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori taqdirlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy ta’lim muassasasida ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlash va tayinlash bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga adabiyotshunos olim va mutaxassislar, shuningdek, fuqarolik jamiyati instituti vakillari kiritiladi. Ishchi guruh tarkibi oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis va adolatli ko‘rib chiqilishi uchun mas’ul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ko‘krak nishoni kvotasi oliy ta’lim muassasalaridagi fakultetlar sonidan kelib chiqib, har bir fakultet bo‘yicha bittadan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari va tegishliligi bo‘yicha dekanatlari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni oliy ta’lim muassasasining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga har yili 1-aprelga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi nomzodlar bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda har yili 20-aprelga qadar oliy ta’lim muassasasi ishchi guruhiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida nomzodlarning hujjatlari o‘rganilib, har yili 1-mayga qadar eng munosib nomzodlar to‘g‘risida yakuniy xulosa qabul qilinadi hamda oliy ta’lim muassasasi rektoriga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasasi rektorining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 8-mayga qadar chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi har yili 20-mayga qadar oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir marta to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir marta to‘lanadigan pul mukofotlari oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan (o‘qitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishdan tushadigan tushumlar) ichki imkoniyatlardan kelib chiqib moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ko‘krak nishonining tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda oltin rangli mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘krak nishonining markazida adib qiyofasi aks ettiriladi. Ko‘krak nishonining aylanasi bo‘ylab, yuqori qismida oq emal fonida adibning taxallusi yoki ismi yozilgan bo‘ladi. Aylananing quyi qismida adib qalamiga mansub hikmatli so‘z joylashtirilishi mumkin. Harflar balandligi — 2,2 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘krak nishonining qalinligi — 3 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuv va tasvirlar — bo‘rtma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘krak nishoni ilmoq va halqa yordamida besh qirrali qadag‘ichga ulanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Har bir ko‘krak nishonining tavsifi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomini va odob-axloqni buzgan talabalarni o‘quv yili mobaynida fakultet kengashining tavsiyasiga binoan oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i asosida maxsus stipendiyadan mahrum qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha ariza va shikoyatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/502/1206-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)