ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
1 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlash va o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhini tashkil etish. 2. Hududlarga uyushtirilgan ekspeditsiya natijalari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash yuzasidan ilmiy-tadqiqot muassasalariga takliflar kiritish. |
2020-yil 2021-yil |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Fanlar akademiyasi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi |
|
2 |
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlarini qayta tiklash. |
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida sinov ishlarini olib borish. 2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlaridan istiqbollilarini tanlab olish va seleksiya jarayonida foydalanish. 3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hamda qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega mahalliy navlarini sinash uchun Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshirish. |
2021-2022-yillar davomida |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev), Fanlar akademiyasi |
|
3 |
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining qayta tiklangan mahalliy navlari urug‘liklarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish. |
1. Tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining qayta tiklangan hamda noyob belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan mahalliy navlari original urug‘larini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni tashkil qilish. 2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining qayta tiklangan mahalliy navlari original urug‘liklari asosida elita va 1-reproduksiyali urug‘liklarini tayyorlash hamda ishlab chiqarishga tatbiq etish. |
Doimiy |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev), Fanlar akademiyasi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa |
|
4 |
Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlari asosida kolleksiya bog‘larini yaratish. |
1. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining ko‘chatlarini ilmiy-tadqiqot muassasalarida bosqichma-bosqich ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish. 2. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining ko‘chatlari asosida onalik va kolleksiya bog‘larini barpo qilish. 3. Qayta tiklangan mahalliy meva va uzum navlarining ko‘chatlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish. |
Doimiy |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev), Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (R.Boboyev) |
|
5 |
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlari original urug‘liklarini yetishtirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish. |
1. Urug‘chilik sohasi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik o‘rnatish va ularning tajribasini o‘rganish. |
Doimiy |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov) |
|
6 |
Ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining mavjud mahalliy navlarini markazlashgan holda saqlashni tashkil etish. |
1. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining mavjud mahalliy navlarini markazlashgan holda “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki”da saqlashga taqdim etish uchun hamkorlik shartnomalarini tuzish va qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlari genofondini boyitib borish. 2. “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki”da qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlarini saqlash, yangilanishini ta’minlash, o‘rganish va monitoringini yuritish. |
Doimiy |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev), Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Turayev) |