06.06.2020 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYA QOIDA, MEʼYOR VA GIGIYENIK NORMATIVLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʻyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 6-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 1-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy nashr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqartmalar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTT — maktabgacha taʼlim tashkiloti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SEOvaJSX — sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
URI — oʻtkir respirator infeksiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar SanQvaM 0355-18-son “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim muassasalari tarkibi, tuzilishi va ishlash tartibiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar”ga qoʻshimcha hisoblanib, (keyingi oʻrinlarda SanQvaM) COVID-19 infeksiyasini tarqalish havfi bilan bogʻliq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (MTT) ish faoliyatiga nisbatan tadbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2 MTT rahbariyati va mintaqaviy viloyat maktabgacha taʼlim boʻlimi (MTB) xodimlari, istiqomat qilish joyi boʻyicha davolash profilaktika muassasalari (DPM) mutaxassislari bilan birgalikda ota-onalar orasida COVID-19 pandemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklar vaqtida uy sharoitida bolalarni nazorat qilishning afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini oʻtkazishlari va MTTlariga oʻta zaruriyat boʻlmaganda tashrif buyurishdan saqlanishlari lozim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3 MTT raxbariyati MTT ochilgunga qadar barcha xodimlarni sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmatining hududiy markazlarining (SEOvaJSX) xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalar boʻyicha oʻqitishni tashkillashtiradi. Oʻrgatilganlik toʻgʻrisida yoʻriqnoma jurnali yuritiladi. (1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. COVID-19 pandemiyasida bolalarni qabul qilish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1 MTTga bolalarni qabul qilish vaqtida quyidagi asosiy qonun qoidalarga rioya etish muhim hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.1.Tarbiyalanuvchini ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bobosi, buvisi yoki ota-ona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ota-onaning vakili (keyingi oʻrinda — tarbiyalanuvchini olib keluvchi va olib ketuvchi shaxs) va tarbiyalanuvchilar MTTga tibbiy niqob tartibiga rioya etgan holda tashrif buyuradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.2.Tarbiyalanuvchilar oʻzlari bilan oʻyinchoq, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni olib kirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.3. Eshik oldida tarbiyalanuvchilar va tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarni toʻplanishini oldini olish maqsadida, tarbiyalanuvchilarni MTTga kelish va ketish jadvali tuziladi va tarbiyalanuvchini olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarga bu toʻgʻrisida maʼlum qilinadi. Tarbiyalanuvchilar koʻrsatilgan jadvaldagi vaqt oraligʻiga qatʼiy rioya qilgan xolda olib kelinadi va olib ketiladi. Bunda iloji boricha MTTga tarbiyalanuvchilarni olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarning biri olib kelishi va olib ketishi maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.4. Tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarga MTT hududiga kirishi taqiqlanadi, tarbiyalanuvchini MTTning masʼul xodimi qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.5. Tarbiyalanuvchilar va xodimlarni kontaktsiz salomlashishga rioya etishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.6. Har kuni xodimlar va tarbiyalanuvchini MTT hududiga qabul qilish vaqtida eshik oldida, mazkur MTTning tibbiy xodimi tomonidan “ertalabki filtr” oʻtkaziladi va koʻrsatkichlar maxsus jurnalga qayd qilinadi (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.7. Tarbiyalanuvchilar, xodim va ularning oila aʼzolari salomatligi holati (tana haroratini 37oSdan yuqori boʻlishi, xolsizlik, yoʻtal va OʻRIning boshqa belgilari boʻlganda) toʻgʻrisida tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslaridan epidemiologik anamnez yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.8. Tarbiyalanuvchi va MTT xodimlarining tana harorati kontaktsiz pirometrlar yordamida oʻlchanadi va qayd etiladi. Tana haroratini 370Sdan yuqori boʻlishi va/yoki OʻRI va boshqa kasallik belgilari aniqlanganda — tarbiyalanuvchilar yoki MTT xodimlari MTT hududiga kiritilmaydi hamda bu toʻgʻrisida zudlik bilan hududiy SEOvaJSXga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.9. MTT tarbiyalanuvchilarining qoʻllari oʻz tarkibida xlorli birikmalar mavjud boʻlmagan antiseptik vositalar bilan tozalanadi. MTT xodimlarning qoʻllari antiseptik vositalar bilan tozalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.10. Tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslar “ertalabki filtr” natijalarini kutadi va bolani MTTga qabul qilinganligidan soʻng ketadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. MTT xodimlari ishchi kiyim kiyib yuradilar va ish kuni davomida tibbiy niqoblarni har ikki soatda almashtirish jadvaliga rioya etadilar. Ishlatilgan doka niqoblari qaynatiladi, keyin dazmollanadi, bir martalik ishlatiladigan niqoblar 30 daqiqa davomida 1% li gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritmaga boʻktiriladi (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy koʻllanmasi asosida ishlatiladi), soʻngra utilizatsiya qilinadi,.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Tarbiyalanuvchi “ertalabki filtr”dan oʻtgandan keyin guruhga kirishdan oldin tibbiy niqobni echadi, kiyim va poyafzalini almashtiradi, soʻngra MTT xodimi nazorati ostida 20 soniyadan kam boʻlmagan muddatda qoʻllarini sovun bilan yaxshilab yuvadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Tarbiyalanuvchi va xodimlar qoʻlini gigiyenik tozalash jadvali ishlab chiqiladi (har soatda qoʻllarni sovunlab yuvish yoki tarkibida spirt saqlovchi antiseptik eritmalar bilan tozalash), ovqatlanishdan avval va keyin, hojatxonadan chiqqanda, oʻyin va sayrlardan soʻng qoʻllar majburiy yuviladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. MTTda tarbiyalanuvchilarning tana harorati kamida 2-marta (MTTga kelganda va uyga qaytishdan oldin) va extiyoj boʻlganda oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Agarda tarbiyalanuvchilar yoki xodimlarda oʻzini yomon xis etish, tana haroratini ortishi, OʻRI belgilarini paydo boʻlish xolatlari kuzatilsa, tarbiyalanuvchi yoki xodim izolyatorga joylashtiriladi. Izolyator mavjud boʻlmagan hollarda tibbiy hamshira xonasiga yoki izolatsiya uchun mos boʻlgan boshqa xonaga joylashtiriladi. Tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarni chaqiriladi va bu toʻgʻrisida hududiy SEOvaJSXga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Bir marta ishlatiladigan qogʻoz sochiqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qogʻoz sochiqlar, bir marta ishlatiladigan salfetkalar bilan taʼminlash imkoniyati boʻlmaganda, koʻp marta qoʻllaniladigan individual sochiqlardan foydalanish talab etiladi, ularga belgi qoʻyiladi, har kuni almashtiriladi va bir-biridan 25 — 30 sm masofada ilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Guruhlarda taʼlim mashgʻulotlari, ovqatlanish va uyqu vaqtida bolalar orasidagi masofa kamida 1 metrda boʻlishi taʼminlanishi lozim. Tarbiyalanuvchilar va xodimlar oʻrtasida uzoq muddatli toʻgʻridan toʻgʻri jismoniy kontakt cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Xonada mavjud boʻlgan barcha shaxslar oʻrtasida kamida 1 metr jismoniy masofani taʼminlash uchun guruhlarning tarbiyalanuvchilar bilan toʻldirilishi 15 nafar tarbiyalanuvchilardan oshmasligi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Toza havodagi mashgʻulot va sayrlar vaqtida turli guruhlardagi bolalarining oʻzaro muloqoti va aralashishi, hamda turli guruhlardagi tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilarining oʻzaro muloqotiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xonalar, jihozlarni sanitar saqlash va dezinfeksiya chora tadbirlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. SanQvaM 0355-18-son “OʻzR MTM ishining tarkibi, qurilmalari va rejimiga qoʻyiladigan sanitar-gigiyenik talablar” amalda boʻlgan sanitar gigiyenik qoidalarga mos holda MTTda toza suvning besh kunlik zahirasi mavjudligi hamda yuvuvchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar (3-ilova) bilan taʼminlanadi. Bularga qoʻshimcha ravishda MTTda bir xodimga bir kunda 20 ml, bir tarbiyalanuvchiga bir kunda 10 ml hisobidan qoʻllarni tozalash uchun tarkibida spirt saqlovchi antiseptik vositalarning zahirasini taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar va tarbiyalanuvchilar qoʻllarini tozalash uchun qulay boʻlgan joylarda antiseptik vositalar bilan dispensyerlar oʻrnatish tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovqat isteʼmolidan oldin va keyin, sayrdan soʻng, hojatxonaga borib kelgandan soʻng va qoʻlni ifloslanishi bilan bogʻliq boshqa xolatlarda tarbiyalanuvchilar qoʻllarini oʻz vaqtida yuvishi (qoʻllarni sovundan foydalangan holda yuvish) uchun barcha maʼsuliyat tarbiyachilar zimmasiga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. MTT 50x30smli oʻlchamdagi koʻpikli materialdan tayyorlangan dezinfeksiyali gilamcha bilan taʼminlanadi, MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilari ushbu gilamchani bosib, MTT hududiga kiradi. Gilamcha 3% gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritma yoki shunga oʻxshash preparat bilan namlanadi, gilamcha quriganida yana dezinfeksiyali eritma bilan namlanadi, kuniga kamida 2-marta (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy koʻllanmasi asosida ishlatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. MTT ochilishidan avval sanitariya-gigiyenik talablariga muvofiq belgilangan tartibda sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari tashkil etiladi (MTT hududi va barcha xonalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlatishga ruxsat berilgan dezinfeksiya vositalaridan foydalangan holda, umumiy tozalash va dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Kundalik samarali sanitariya va dezinfeksiya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda oʻyinchoqlar, didaktik materiallar va boshqa uskunalarni roʻyhatini qayta koʻrib chiqish kerak. Guruhlar oʻrtasida oʻyinchoqlar, didaktik materiallar va boshqa uskunalarni aralashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Har bir tarbiyalanuvchi uchun kanselyariya buyumlarini (qalamlar, qaychilar, albomlar va boshqalar) alohida shaxsiy qutilarda (qopchalarda) saqlash tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Suv, sovun, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarni qoʻllagan holda barcha xonalarni har kuni 4-martadan namli tozalash quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv, sovun, yuvuvchi vositalarni qoʻllagan holda 3-marta namli tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish kunining oxirida dezinfeksiyalovchi vositalarining 1% gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritmasi yordamida barcha xonalarni namli tozalash (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy koʻllanmasi asosida ishlatiladi) (4-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp ifloslanadigan yuzalarni 4-martadan dezinfeksiya qilish ishlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.1. Xonalarni tozalash ochiq fortochka va oynalarda oʻtkaziladi. Koʻp ifloslanadigan yuzalarni (eshik tutqichlari, shkaflar, deraza tokchasi, chiroqni yoqish qurilmasi, qattiq jihozlar, stol-stullar, manejlar va boshqalar) va chang yigʻiladigan joylar (plintus oldidagi pol, mebellarning tagi, radiatorlar, yoritish qurilmalarining armaturalari, ventilatsiya toʻrlari va boshqalar) eʼtibor bilan yuviladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.2. Guruh xonalar va ovqat xonalaridagi stollar har ovqatlanishdan oldin va keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlab, ozik-ovkat qoldiqlari va ifloslanishini tozalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyin sovunli suv bilan yuviladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1% gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy dezinfeksiyali eritma bilan ishlov beriladi (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy koʻllanmasi asosida ishlatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatiladigan maxsus lattalar yuviladi, quritiladi va quruq holda maxsus belgilangan qopqoqli idishda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.3. Taglik kleyonkalar, kleyonkali soʻlakchalar har kuni sovunli issiq suv va antiseptik vositalar bilan artiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy xojatda ishlatilgan suv (xonalar, xojatxona va boshqalarni tozalash uchun ishlatilgan suv) faqat unitazga yoki tashqi xojatxonaga quyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.4. Gilamlar har kuni chang yutgichda (chang yutgich mavjud boʻlsa) va namli shyotka bilan tozalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.5. Sanitar-texnik jihozlarni epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha kuniga ikki marta zararsizlantiriladi. Tuvaklarni har bir qoʻllangandan soʻng shyotka va dezinfeksion eritmalar ekspozitsiyasi vaqtiga amal qilgan holda, yuvuvchi vositalarni qoʻllash yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vannalar, rakovinalar va unitazlarni kuniga ikki marta maxsus shyotkalar bilan sanitar — texnik jixozlarni tozalash uchun ruxsat etilgan va xavfsizligi kafolatlangan yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Maxsus shyotkalar dezinfeksiyalovchi vositalarning 1% gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritmasi bilan har kuni qayta tozalanadi (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy qoʻllanmasi asosida ishlatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Xojatxonani tozalash inventarlari (supirgi, chelak, shyotkalar) yorqin ranglar bilan belgilanadi va hojatxona xonasida maxsus shkafda yoki aloxida ajratilgan joyda saqlanadi. Barcha tozalash inventarlari foydalanilgandan soʻng yuvuvchi vosita yordamida issiq suv bilan yuviladi va quritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Har ikki soatda xonalarni shamollatish tashkil etiladi, ob-havo holati qoniqarli boʻlgan sharoitlarda tarbiyalanuvchilarni ochiq oynalarda boʻlishi taʼminlanadi. Noqulay ob-havo sharoitida elvizak shamollatish bolalarni xonada boʻlmagan vaqtida 15 daqiqadan kam boʻlmagan muddatda taʼminlanadi. Shamollatish tarbiyalanuvchilar havfsizligi taʼminlangan xolda, tarbiyachilar nazorati ostida amalga oshiriladi (5-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Har kuni, ish kunining oxirida, MTT hududidagi ayvonlar va oʻyin maydonchalarini tozalash va dezinfeksiya qilish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Xodimlar oʻrtasidagi muloqatni chegaralash maqsadida ovqat tayyorlash blokidan ovqatni olish uchun jadval tashkil etiladi. Ovqatlanish uchun foydalanilgan idish-tovoqlar har kuni yuvish uchun dezinfeksiyalovchi vositani 1%li gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritmasi ekspozitsiyasi qoʻllaniladi (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy koʻllanmasi asosida ishlatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Oʻyinlar uchun aloxida maydonchalar boʻlmaganda (turar joy majmuasi tarkibida joylashganda) sayrlar oʻtkazish chegaralanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Tarbiyalanuvchi yoki xodimda COVID-19 tasdiqlansa quyidagi chora tadbirlar oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallangan tarbiyalanuvchi yoki xodim boʻlgan xonani yopish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonadagi havo aylanishini oshirish uchun eshik va derazalarni ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallangan tarbiyalanuvchi yoki xodim boʻlgan barcha xonalar, vanna va umumiy ishlatish uchun ajratilgan xonalar xam tozalanib dezinfeksiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar kasallangan tarbiyalanuvchi yoki xodim MTTga qatnayotganligiga 14 kundan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, barcha xonalar, vanna va umumiy ishlatish uchun ajratilgan xonalarda qoʻshimcha tozalash va dezinfeksiya qilish kerak boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tarbiyalanuvchilarni xavfsiz taʼlim olishi va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. MTT tomonidan ochilishidan oldin tarbiyalanuvchilar yoki xodimlar uchun gigiyena qoidalari va amaliyotlari boʻyicha qisqa kurs ishlab chiqiladi (shu jumladan, yoʻtalish paytida ogʻiz va burunni bekitish, qoʻl yuvish va yuzga tegmaslikka harakat qilish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Qulay ob-havo sharoitida toza havoda imkon qadar koʻproq oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar oʻtkaziladi. Taʼlim dasturlari ochiq havoda taʼlim olish uchun moslashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Oʻyinlarni oʻtkazishda tarbiyalanuvchilar guruhi katta guruhlardagi oʻzaro munosabatlarni cheklash orqali bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni taʼminlash uchun 2-3 boladan iborat kichik guruhlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MTT tarbiyalanuvchilarining tashqi koʻrinishiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Yuzlari yuvilgan, burun va qoʻllari toza; tirnoqlari olingan; pokiza koʻrinishda, ichki kiyimlari ozoda; va shaxsiy dastroʻmollarining mavjud boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Tarbiyalanuvchilarning MTTda boʻlishlari uchun zarur shart — sharoitlarni yaratish uchun quyidagilar zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilmagan va ishlatilgan sochik va ichki kiyimlar uchun alohida qopchalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida ikkita almashtiriladigan ichki kiyimlar jamlamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uxlash uchun shaxsiy pijama eki moslashtirilgan kiyimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin vaqtidagi yoʻriqnoma jurnali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sana

Guruh

F.I.O.

Lavozim

Imzo






 


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ertalabki filtr jurnalining formasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tarbiyalanuvchining F.I.O.

Yoshi

Ota-onadan olingan maʼlumotlar
(oila aʼzolarining kasallanishi holati)

Kim olib kelgan

Bolani ertalabki koʻrigi

Bolani kechki koʻrigi

Kim olib ketgan

OʻRI belgilari bor

OʻRI belgilari yoʻq

Tana harorati 37 S dan yuqori

Tana harorati

OʻRI belgilari bor

Tana harorati

OʻRI belgilari






Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTTdagi yuvish va dezinfeksiyalash vositalarining sarflanish meʼyori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomi

Oʻlchash usuli

Kuniga bir bola uchun

Oyda bir bola uchun

Yilda bir bola uchun


1.

Xoʻjalik sovuni

gr

2

42

506

2.

Kukun (oqliklarni yuvish uchun)

gr

4

84

1012

3.

Pardoz yoki suyuq sovun

gr

2

42

506

4.

Kalsiylangan soda (oshxona idish tovoqlari va unitazlarni yuvish uchun)

gr

4

84

1012

5.

Dezinfeksiya vositasi (gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy), boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy koʻllanmasi asosida ishlatiladi

gr

1

22

264

6.

Oqlash vositalari

gr

2

42

506

7.

Sanitar-texnik qurilmalarni yuvish uchun vositalar

gr

3

66

792

8.

Hojatxona qogʻozi

sht

0

0

4

9.

Idishlarni yuvish uchun zararsizlantiruvchi gel

gr

1

21

253

10.

Osh sodasi (oshxona idishlarini yuvish uchun)

gr

1

21

253

11.

Antiseptik vositalar, spirt (kamida 70%) tarkibida xlor boʻlmagan

ml

10

220

2640

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xonalarini namli sanitar tozalash jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vaqt

Xonalar

Echinish xonasi

Guruh

Idish yuvish joyi bilan bufet

Uxlash xonasi

Hojatxona

7.00-7.30

+

+

8.00 — 8.30

9.30 — 10.00

+

+

+

+

11.00 — 12.00

13.00 — 14.00

+

+

+

+

+(Dezinfeksiya1%)

15.00 — 15.30

16.00 — 16.30

+

+

+

+

16.30 — 17.00

17.30-18.00

+(Dezinfeksiya1%)

+(Dezinfeksiya1%)

+(Dezinfeksiya1%)

+(Dezinfeksiya1%)

+(Dezinfeksiya1%)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkiloti xonalarini shamollatish jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vaqt

Xonalar

Echinish xonasi

Guruh

Bufet-idish yuvish joyi

Uxlash xonasi

Hojatxona

7.00 — 7.10

+

+

+

+

9.10 — 9.20

+

9.30 — 9.45

+

11.00 — 11.15

+

11.20 — 11.30

+

11.30 — 11.55

+

13.15 — 13.30

13.30-13.40

+

+

+

15.40-15.50

+

+

17.50-18.00

+

+

18.30-18.45

18.45-19.00

+

+

+

+