21.08.2020 yildagi 499-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
499-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning oltinchi xatboshidagi “kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “professional taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarorga 4-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya qarorlariga koʻra oʻtkaziladigan respublika musobaqalarini: akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha olimpiadalarini, oʻquvchilarning badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari boʻyicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “musiqa maktablari va sanʼat maktablari” soʻzlari “musiqa va sanʼat maktablari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari oʻquvchilarining ikkita guruhi oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Badiiy akademiya tanlov ixtisosliklari va shartlar roʻyxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “musiqa maktablari va sanʼat maktablari” soʻzlari “musiqa va sanʼat maktablari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari oʻquvchilarining ijodiy tanlovlari musiqa ijrochilari oʻrtasida har ikki yilda bir marta, uch turda oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn uchinchi xatboshiga “zimmasiga” soʻzidan keyin “Badiiy akademiyaga” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport musobaqalari bosqichlarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishli ravishda akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boʻlinmalari, toʻrtinchi final bosqichi boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarlari zimmasiga yuklanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-banddagi “kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “professional taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Badiiy akademiya hamda ularning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, jyurilar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari musobaqalarini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlanadigan, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tuzilgan smetalar boʻyicha amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-banddagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi” soʻzlari “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olimpiada, tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari gʻoliblari test sinovisiz hamda qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadigan, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz beriladigan soha ixtisosliklari roʻyxati har yili Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarorga 5-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “professional taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizom umumtaʼlim fanlari boʻyicha akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining rasmiy xalqaro va respublika olimpiadalari, badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari (sportning olimpiya turlari, shu jumladan sportning texnik va amaliy turlari, “Kurash” milliy sport turi, shaxmat, shashka, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari boʻyicha) gʻoliblariga tatbiq etiladi hamda taʼlim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika (1-oʻrin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya oʻyinlarida, Osiyo oʻyinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1 — 3-oʻrinlar) individual turlarida gʻolib chiqqan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar, tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlaridagi tanlovlar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlaridagi respublika (1-oʻrin) va xalqaro tanlovlarda (1 — 3-oʻrinlar) gʻolib chiqqan professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga oliy taʼlim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha boʻyicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan boʻlsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ayrim taʼlim yoʻnalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish belgilangan boʻlsa, abituriyentga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz orqali oliy taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar taʼsis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, Madaniyat vazirligiga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga hamda Badiiy akademiyaga oʻzlari erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomlarni (1 — 3-oʻrinlar) yoki jyuri qarorini, sertifikatlarni (4-5-oʻrinlar) maxsus guvohnomalar berilishi uchun asos sifatida taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya nazorat tartibida, gʻoliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar roʻyxatini test sinovlari oʻtkaziladigan kundan oldin Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya smetalarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻoliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus guvohnomalar roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqamiga ega boʻlib, qatʼiy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestri Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar tomonidan shakllantirib boriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 5-ilova bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar taʼsis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalarining mos taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yettinchi xatboshidagi “Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Badiiy akademiyaning tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlari boʻyicha respublika tanlovi hamda mazkur yoʻnalishlardagi xalqaro tanlovlarning gʻoliblariga Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha boʻyicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan boʻlsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ayrim taʼlim yoʻnalishlarida bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish belgilangan boʻlsa, abituriyentga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ustavida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Badiiy akademiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 23-yanvardagi PF-1701-son Farmoniga, shuningdek, “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son hamda “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-bandning oʻn birinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi galereyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyat olib boradi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “Badiiy akademiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshidagi “maktab-internatlari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari” soʻzlari “maktablari hamda maktab-internatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“badiiy taʼlimning izchilligini kuchaytirish, taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash maqsadida boshlangʻich, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, oliy va undan keyingi taʼlim tizimini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi hamda tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik hamda muzeyshunoslik sohasida pedagog va mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha taʼlim tizimini muntazam takomillashtirib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshiga “sanʼat” soʻzidan keyin “maktablari hamda” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“dolzarb ilmiy-ijodiy muammolar hamda buyuk mutafakkirlar, mashhur fan, adabiyot va sanʼat arboblari sharafiga bagʻishlangan, shuningdek, tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik, muzeyshunoslik hamda badiiy taʼlim sohalariga doir xalqaro ilmiy kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etishda ishtirok etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Badiiy akademiya faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilish, markaziy apparat hamda Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻrinbosar, bosh ilmiy kotib, matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi, markaziy apparat tarkibidagi boʻlim va boshqarmalar rahbar va xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar, Badiiy ijodkorlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlari hamda ularning galereyalarining rahbar xodimlari faoliyatini nazorat qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-kichik bandga “ilmiy kotib” soʻzlaridan keyin “matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-kichik bandga “ilmiy kotib” soʻzlaridan keyin “matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchini” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 311-kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Badiiy akademiya huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi)ni boshqarish.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29 — 31-kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi), Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi, Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari va maktab-internatlari, ularning oʻquv, ustuvor ilmiy yoʻnalishlari, normativ hujjatlari, loyihalari, dasturlari, taʼlimni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 16-bandga quyidagi mazmundagi 21-kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashkiliy-tahliliy boʻlimga belgilangan muddatlarda tegishli topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobotlarni taqdim etib borish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 21-banddagi “va Badiiy ijodkorlar uyushmasining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son hamda “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarorlariga muvofiq Rais maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazirga, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib vazir oʻrinbosariga, shuningdek, matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi rais oʻrinbosariga tenglashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) 31-bandning 2-kichik bandiga “Badiiy ijodkorlar uyushmasi” soʻzlaridan oldin “Badiiy akademiya raisi” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Perechen kategoriy doljnostnix lits i sotrudnikov diplomaticheskix missiy, imeyushix pravo na obslujivaniye v Zale VIP aeroporta “Tashkent” na besplatnoy osnove (Perechen № 1)” roʻyxati quyidagi mazmundagi 8.5-kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8.5. Predsedatel Akademii xudojestv Uzbekistana”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Perechen kategoriy doljnostnix lits i sotrudnikov diplomaticheskix missiy, imeyushix pravo na obslujivaniye v Zale VIP aeroporta “Tashkent” na platnoy osnove (Perechen № 2)” roʻyxatining 4.6.2-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)