Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2355-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 30-martdagi 2012/17-son “Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2355, 2012-yil 26-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 199-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh.D. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-avgust,
2020-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 14-avgustdagi 2020-31-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Nizomning muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2355-2/1196-son)