06.06.2019 yildagi 0367-19-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYA QOIDALARI, MEʼYORLARI VA GIGIYENIK NORMATIVLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksional, shifobaxsh (parxez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. KIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyoti beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Harakatlar strategiyasi) shundan dalolat bermoqda. Bu muddatli istiqboldagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi muhim dasturil amal hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da tasdiqlangan 30 tadan ziyod qonunlar va 900 ta qonunosti hujjatlar, shu jumladan, Prezidentning 2018-yil 17-yanvardagi PF-5303-sonli “Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni keng miqyosli istilohlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tezkor rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish uchun mustahkam huquqi asos boʻlib xizmat qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Shu bilan birga, ijobiy iqtisodiy oʻzgarishlar va aholi turmush tarzidagi oʻzgarishlar bilan birga shaharlarning rivojlanishi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos nooqilona ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar darajasining oshishiga sabab boʻldi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan bu kasalliklar noyuqumli kasalliklarning alohida guruhiga ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Odam salomatligi, gigiyena, diyetologiya, nutriologiya va biotexnologiyaning koʻpgina fundamental va amaliy jihatlarini qamrab oluvchi “funksional ovqatlanish”ning prinsipial jihatdan yangi konsepsiyasi ishlab chiqilishi XX asr oxiridagi yutuqlardan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar oldini olish hamda noyuqumli kasalliklar darajasini pasaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini sogʻlom ovqatlantirish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-sonli, “2015 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar konsepsiyasi va kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-sonli qarorlari bilan sifat va xavfsizlikka qoʻyilgan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosi asosiy turlari mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish, almashtirib boʻlmas komponentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlar, parhez (shifobaxsh va profilaktik) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishini rivojlantirish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. QOʻLLANISHI SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Ushbu sanitariya qoidalari va meʼyorlarining asosiy maqsadi funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha korxonalarning rejalashtirilishi, joylashtirilishi, sanitariya-texnika holati, shuningdek, mazkur mahsulot muomalasiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini belgilash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Ushbu sanitariya qoidalari va meʼyorlari faoliyati funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish hamda muomalasi boʻyicha tashkilotlarni loyihalash, qurish, taʼmirlash, ishlatish bilan bogʻliq davlat organlari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari va alohida shaxslar, shuningdek, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, muassasalar, mansabdor shaxslar uchun ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari xavfsizligi mezonlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar “Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligining gigiyenik normativlari” sanitariya meʼyorlari va qoidalarida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. ISTILOHLAR VA TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional ovqatlanish (functional feeding) — odam organizmini nafaqat energetik va plastik material bilan taʼminlovchi, balki muayyan fiziologik funksiyalar, biokimyoviy reaksiyalarini maqbul darajaga yetkazuvchi, salomatlikni qoʻllab-quvvatlashga yordamlashuvchi, kasalliklar yuzaga kelishi xavfini kamaytiruvchi ovqatlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional ovqatlanish mahsulotlari (functional food) — ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar rivojlanishi xavfini kamaytirish hamda (yoki) oziqlantiruvchi moddalar tanqisligini toʻldirish, oldini olish, salomatlikni saqlash va yaxshilashga yoʻnaltirilgan funksional ingrediyentlardan tarkib topgan tabiiy ovqatlanish mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional ingrediyentlar (functional food ingridient) — tarkibidagi funksional oziq-ovqat mahsuloti muntazam isteʼmol qilinganda odam organizmidagi fiziologik funksiyalar, moddalar almashinuvi jarayonlariga taʼsir koʻrsatish qobiliyatiga ega fiziologik funksional komponentlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifobaxsh (parhez) ovqatlanish oziq-ovqat mahsuloti — belgilangan ozuqaviy va energetik qimmat, fizik va organoleptik xususiyatlarga ega hamda shifobaxsh parhez tarkibida ishlatishga moʻljallangan maxsus oziq-ovqat mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik ovqatlanish oziq-ovqat mahsuloti — tabiiy tarkibiga nisbatan alohida moddalar tarkibi va (yoki) mutanosibligi oʻzgartirilgan va (yoki) tarkibida avvaldan boʻlmagan moddalar yoki komponentlar kiritilgan uglevod, yogʻ, oqsil, vitamin va boshqa moddalar almashinuvi turlari tuzatish uchun moʻljallangan maxsus oziq-ovqat mahsuloti, shuningdek, kasbiy kasalliklar rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar ovqatlanishi oziq-ovqat mahsuloti — odamning jismoniy va asab-ruhiy zoʻriqishlarga moslashuvchanlik imkoniyatlarini oshirishga oʻziga xos taʼsir koʻrsatadigan yalpi mahsulotlar yoki ularning alohida turlaridan tarkib topgan ozuqa qiymati oshirilgan va (yoki) samaradorlikka yoʻnaltirilgan belgilangan kimyoviy tarkibdagi maxsus oziq-ovqat mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional ovqatlanish mahsuloti sifati — isteʼmol oʻziga xosliklari va mahsulot samaradorligini belgilovchi xususiyatlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsuloti xavfsizligi — odam hayoti va salomatligiga zarar yetkazish ehtimolligi bilan bogʻliq xavf boʻlmagan mahsulot, uni ishlab chiqarish, ishlatish, saqlash, tashish, sotish va chiqindiga chiqarish jarayonlari holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotini identifikatsiyalash — mahsulotning meʼyoriy, texnikaviy hujjatlar, uning xususiyatlari, tarkibi, materiallari haqidagi hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar va yorliqlardagi mahsulotlar haqidagi axborotning muvofiqligini aniqlash boʻyicha faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarining maʼlum qilingan xususiyatlari samaradorligi — Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tajriba, kimyoviy-biologik yoki klinik sinovlar boʻyicha faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsuloti texnikaviy tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Mahsulot ishlab chiqarish normativ va texnikaviy hujjatlar, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Mahsulot yangi turlari ishlab chiqilganda va (yoki) ularning tarkibi oʻzgartirilganda, shuningdek, texnologik jarayonlar ishlab chiqilganda (oʻzgartirilganda) ularning yaroqlilik muddatlariga, mahsulot sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlariga, muomala bosqichlarida amal qilish talablariga, shuningdek, nazorat metodlariga muvofiqligi asoslab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Mahsulot yorligʻi toʻliq ingrediyent tarkibi, shu jumladan, organizm fiziologik ehtiyojlariga muvofiq faol moddalar haqida axborotdan iborat boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Mahsulotni ishlab chiqarishda quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sintetik boʻyoqlar, xushboʻy moddalar, konservantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida GMO mavjud oziq-ovqat xomashyosi va (yoki) irsiy muhandislik metodi bilan olingan komponentlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Tuz oʻrnini bosuvchilardagi natriy tarkibi tuz oʻrnini bosuvchilar aralashmasi massasining 120 mg/100 g dan toshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Mahsulotning alohida, shu jumladan, sportchilar ovqatlanishi uchun turlari oʻz tarkibida taqiqlangan moddalarni saqlamasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Glyutensiz mahsulot bugʻdoy, javdar, arpa, suli yoki ularning krossbred (ularni chatishtirish yoʻli bilan olingan) variantlaridan tarkib topmagan bitta yoki undan koʻp komponentlardan iborat boʻlishi yoki tayyorlangan boʻlishi va (yoki) bugʻdoy, javdar, arpa, suli yoki ularning krossbred variantlaridan olingan bitta yoki undan koʻp komponentlardan (glyuten darajasini kamaytirish uchun) maxsus tarzda tayyorlangan boʻlishi lozim, bunda isteʼmolga tayyor mahsulotdagi glyuten darajasi 20 mg/kg dan oshmagan miqdorni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.10. Kam glyuten tarkibli mahsulot bugʻdoy, javdar, arpa, suli yoki ularning krossbred variantlaridan olingan bitta yoki undan koʻp komponentlardan iborat boʻlishi yoki (glyuten darajasini kamaytirish uchun) maxsus tarzda tayyorlangan boʻlishi lozim, bunda isteʼmolga tayyor mahsulotdagi glyuten darajasi 20 mg/kg dan 100 mg/kg gacha miqdorni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH VA ISHLAB CHIQARISH XONALARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni loyihalash, qurish, taʼmirlashda amaldagi qurilish meʼyorlari, texnologik loyihalash meʼyorlari, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Xonalar tarkibi va maydoni loyihalash texnikaviy topshirigʻiga koʻra ishlab chiqariladigan mahsulot roʻyxati hamda soni hamda normativ hujjatlar talablariga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Ishlab chiqarish xonalari rejalashtirilishi va joylashtirilishi texnologik jarayon uzluksizligini taʼminlashi hamda xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, chiqindilar yuk oqimlarining tayyor mahsulot yuk oqimi bilan kesishishi imkoniyatini istisno etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Ishlab chiqarish va ombor xonalarida amaldagi sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq hasharotlar hamda kemiruvchilar kirishidan himoya choralari (zich yopiladigan eshiklar, kommunikatsiyalar atrofi tirqishlari puxta yopilishi, shamollatish tirqishlarida — metall toʻr) koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Ichki devorlar silliq suvga va zarbaga chidamli, oson yuviladigan hamda zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berishga bardoshli sirt bilan qoplanishi, maxsus (oziq-ovqat, farmatsevtik ishlab chiqarish uchun moʻljallangan) sendvich-panellar yoki yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi boshqa materiallar va qoplamalar bilan shakllantirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Barcha quvurlar va kabellar devor sirtida kiritilgan yoki yaxshilab himoyalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7. Shift suvga chidamli silliq sirtga ega boʻlishi va oson yuviladigan hamda zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berishga bardoshli sirt bilan qoplanishi, maxsus (oziq-ovqat, farmatsevtik ishlab chiqarish uchun moʻljallangan) sendvich-panellar yoki yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi boshqa materiallar va qoplamalar bilan shakllantirilgan boʻlishi lozim. Shiftida osilib turadigan elementlari (toʻsinlar, quvurlar va sh.k.) boʻlgan binolarda osma shift oʻrnatish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.8. Mogʻor paydo boʻlganda ishlab chiqarish xonalari shifti va burchaklarini darhol tozalash hamda ruxsat berilgan fungitsid moddalar bilan ishlov berish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.9. Ishlab chiqarish xonalarida qopqogʻi oyoq bilan ochiladigan axlat idishlari, shuningdek, sanitar yaroqsiz buyumlarni yigʻish uchun polimer materiallardan tayyorlangan idishlar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaroqsiz buyumlar uchun idishlarni har kuni tozalash, yuvish vositalari bilan yuvish hamda zararsizlantirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish xonalarida chiqindilar, shuningdek, texnologik jarayonda ishlatilmaydigan anjom va asbob-uskunalarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.10. Yigʻishtirish anjomi, yuvish va zararsizlantirish vositalarini saqlash uchun ombor, maxsus javonlar va tokchalar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. MAISHIY XONALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Maishiy xonalar alohida turgan binolarda, yonma-yon binoda yoki asosiy korpusga taqab qurilgan binoda joylashtiriladi hamda ishlovchilar soni va texnologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga olgan holda normativ talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy xonalar alohida turgan binolarda joylashtirilgan taqdirda ishlab chiqarish sexlariga yotish joylari yopiq boʻlishi koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Yuvinish xonalari, mavjud boʻlganda, kiyim-kechak saqlash xonasi bilan yonma-yon joylashtirilishi lozim. Yuvinish boʻlmalari soni eng koʻp ish navbatida ishlovchilar sonidan kelib chiqib, sanitariya qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Maishiy xonalarni pardozlashda quyidagilar koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devorlar — maxsus (oziq-ovqat, farmatsevtik ishlab chiqarish uchun moʻljallangan) sendvich-panellardan tayyorlanishi yoki yuvinish xonalarida 1,8 m balandlikda yaltiroq plitkalar; maxsus kichik-kechak saqlash xonalari, ichkiyim saqlash xonalari, sanuzellarda 1,5 m balandlikda koʻtarib turuvchi konstruksiyalar tagidagi panellargacha — suv emulsiyali yoki boshqa ruxsat berilgan boʻyoqlar va materiallar bilan boʻyash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus (oziq-ovqat, farmatsevtik ishlab chiqarish uchun moʻljallangan) sendvich-panellardan tayyorlangan shiftlar yoki yuvinish xonalaridagi shiftlar moyli boʻyoq bilan boʻyalgan, barcha qolgan xonalardagi shiftlar esa ohakli yoki boshqa materiallar ohaklangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha maishiy xonalardagi pol — — maxsus (oziq-ovqat, farmatsevtik ishlab chiqarish uchun moʻljallangan) qoplama: poliurentanli quyma pol, linoleum va boshqa maxsus qoplamalar yoki keramik plitka qoplanishi yoki boshqa suv oʻtkazmas yuviladigan materiallar bilan qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Hojatxonalar ish navbatida kamida ikki marta yuvish va zararsizlantirish vositalari bilan ishlov beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. ISHLAB CHIQARISH VA MAISHIY XONALAR HUDUDLARINI YIGʻISHTIRISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Ishlab chiqarish, maishiy va yordamchilar xonalarni yigʻishtirish maxsus ajratilgan va yoʻl-yoʻriq koʻrsatilgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim, bu xodimlarning funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Ish tugallanganida ishlab chiqarish va maishiy xonalarning pollari, asbob-uskunalari, anjomlari yaxshilab yigʻishtirilishi hamda idishlar sovunli-ishqorli eritma va qaynoq suv bilan yuvilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollarni yigʻishtirish ish jarayonida zaruratga qarab va ish navbati yakunida nam usulda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. SUV TAʼMINOTI VA KANALIZATSIYAGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkilotlarining suv taʼminoti markazlashtirilgan xoʻjalik-ichimlik suv quvuriga ulanish orqali amalga oshiriladi, u boʻlmagan taqdirda sanitariya-epidemiologiya xulosasiga ega suv manbaidan oʻz suv quvuri quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha suv texnikaviy tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Xoʻjalik-ichimlik suvi va texnikaviy suv quvurlari tarmoqlarining qoʻshib ulanishiga qatʼiyan yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. Sovuq va issiq suv taʼminoti ichki tizimlarini tuzishda qoʻllaniladigan quvurlar, armatura, asbob-uskunalar normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelishi lozim. Sex ichkarisidagi barcha suvoʻtkazgich, kanalizatsiya, bugʻ, gaz quvurlari tashqi farqlanish uchun shartli rangda boʻyalishi lozim. Sirtidagi harorati xona haroratidan past boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda namlik kondensatsiyalanishining oldini olish maqsadida ularda issiqlik izolyatsiyasi nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Kanalizatsiya tizimi tuzilishi tegishli normativ hujjatlar talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.5. Shiftlararo qoplamalar ichidan ketuvchi ishlab chiqarish oqavalari uchun traplar va quvurlar suv oʻtkazmasligi lozim hamda ishlab chiqarish asbob-uskunalari ustidan joylashtirilmagan holda loyihalashtirilishi zarur. Maishiy kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish sexlari, mahsulotlar saqlash omborxonalari, oziq-ovqat bloklari orqali oʻtmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.6. Ishlab chiqarish va xoʻjalik-maishiy oqava suvlar kanalizatsiyasi ichki tizimi tarmoqqa alohida mustaqil chiqish yoʻllariga ega boʻlishi lozim. Ishlab chiqarish va maishiy oqava suvlari tegishlicha tozalanmasdan ochiq suv havzalariga tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. TABIIY VA SUNʼIY YORITISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlarning ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2. Sunʼiy yoritish barcha sexlar va xonalarda umumiy tarzda, ishlab chiqarish xonalarida esa zarur hollarda — mahalliy yoki kombinatsiyalangan tarzda taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.3. Lyuminessent lampali chiroqlar lampalarning chiroqlardan tushib ketishini istisno etuvchi himoya panjarasi (toʻri), yorugʻlik tarqatgich yoki maxsus lampa patronlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.4. Ochiq texnologik jarayonga ega xonalardagi chiroqlar mahsulotga siniqlar tushishi imkoniyatini istisno etish uchun texnologik asbob-uskunalar ustida joylashtirilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.5. Chiroqlarga sanitar ishlov berish sexga sanitar ishlov berish jadvaliga muvofiq amalga oshirilishi lozim, yoritish qurilmalari holati va ishlatilishini nazorat qilish texnikaviy tayyorgarlik koʻrgan shaxs zimmasiga yuklatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. HAVONI SHAMOLLATISH, ISITISH HAMDA HARORAT VA NAMLIKNI BIR MAROMDA SAQLASHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar ishlab chiqarish va yordamchi xonalarida amaldagi normativ hujjatlariga muvofiq havoni tabiiy, mexanik, aralash holda shamollatish yoki harorat va namlikni bir maromda saqlash nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo oqimi koʻrsatkichlari ishlab chiqarish xonalaridagi mikroiqlim boʻyicha sanitariya meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Maishiy xonalar, hojatxonalar, laboratoriyalar umumalmashuv va (yoki) mahalliy shamollatish mustaqil tizimlariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.3. Ishlab chiqarish xonalariga uzatiladigan oqim havo changdan tozalanishi, zarur hollarda — sterilizatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.4. Issiqlik, namlik va zararli moddalarni muntazam ajratish manbai hisoblangan asbob-uskunalar havo tortuvchi shamollatish mahalliy tizimlari bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.5. Chang manbai hisoblangan asbob-uskunalar havodan changni soʻrib oluvchi chang tutgich qurilmalar bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.6. Oqimli shamollatish tizimining havo tortish shaxtalarini yer sathidan 2 m dan past boʻlmagan balandlikda joylashtirish kerak. Havo tortuvchi shamollatish tizimlari chiqarib tashlayotgan havo tom sathidan kamida 1 m yuqori balandlikdagi havo tortish shaxtalari orqali chiqarib yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.7. Shamollatish tizimlaridan chiqayotgan atmosfera chiqindilarini oqimli shamollatish havo qabul qilish qurilmalaridan gorizontal boʻyicha kamida 10 m yoki vertikal boʻyicha 6 m masofada, gorizontal masofada esa kamida 10 m da joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.8. Shamollatish asbob-uskunalari normativlar va boshqa rasmiy hujjatlarga muvofiq shovqin va tebranishni qaytarish uchun jihozlangan shamollatish kameralarida joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.9. Oqimli shamollatish qurilmalari va tabiiy shamollatish havo tortuvchi tirqishlari hasharotlardan himoyalash uchun toʻrlar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.10. Texnologik apparatlar shamollatish yoʻllari va havoqaytargichlarini ifloslanish darajasiga qarab (yiliga kamida 1-marta) boʻlaklarga ajratish hamda ularning ichki sirtini tozalash zarur. Oldini olish maqsadida ishlab chiqarish xonalarida texnologik tirqishlar va yopiq dahlizlarda havo-issiqlik oʻtkazmas pardalar koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.11. Zaharli bugʻ, gaz, chang ajralishi bilan birga kechadigan ishlab chiqarishda, ammiakli muzlatish qurilmalari mashina va apparat boʻlimlarida shamollatish hamda havo isitish tizimlarida havoni qayta aylantirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.12. Chang va oson kondensatsiyalanuvchi bugʻlar soʻrgichlari, zaharli yoki portlovchi aralashma aralashganda yuzaga keladigan moddalar soʻrgichlarining umumiy havo tortish qurilmasini bittaga birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.13. Isitish tizimi tegishli normativ hujjatlari talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.14. Ishlab chiqarish va ombor xonalaridagi havo harorati hamda nisbiy namligi normativ hujjatlar va texnologik yoʻriqnomalar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. TEXNOLOGIK ASBOB-USKUNALAR, ANJOMLAR VA IDISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.1. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar texnologik asbob-uskunalarini joy-joyiga qoʻyish texnologik sxemaga muvofiq amalga oshirilishi, texnologik jarayon ketma-ketligi va uzluksizligi, qisqa va bevosita kommunikatsiyalarni taʼminlashi, xomashyo va tayyor mahsulot muqobil oqimlarini istisno etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.2. Asbob-uskunalarni joy-joyiga qoʻyishda ishlovchilarning undan erkin foydalanish imkoniyatini, ishlab chiqarish jarayonlari, xomashyo, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot sifati ustidan sanitar nazorat oʻtkazilishi, shuningdek, xonalar va asbob-uskunalarni yuvish, yigʻishtirish va zararsizlantirish imkoniyatini taʼminlovchi shartlarga rioya etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.3. Yuvish hamda zararsizlantirish uchun asbob-uskunalar tuzilishi funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish xomashyosi va tayyor mahsulotlari bilan muomalada boʻladigan asbob-uskunalarning qismlarga oson ajralishi va uzellarning hammabopligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.4. Texnologik asbob-uskunalarning funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari bilan bevosita tutashadigan qismlari faqat oziq-ovqat moylari bilan moylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.4. Texnologik asbob-uskunalarning funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari bilan bevosita tutashadigan qismlari oziq-ovqat zanglamas poʻlati va oziq-ovqat mahsulotlari bilan muloqot uchun ruxsat etilgan boshqa materiallardan tayyorlanishi lozim. Asbob-uskunalarning mahsulotlar bilan muloqotda boʻladigan qismlari faqat oziq-ovqat moylari bilan moylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.5. Stollar qoplamalari silliq boʻlishi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan tutashishga ruxsat berilgan zanglamas metallar yoki sintetik materiallardan tayyorlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.6. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha korxonalarning qoʻllaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan fermentlagichlar, avtoklavlar, termostatlar va boshqa asbob-uskunalar qayd etish qurilmalari bilan taʼminlanishi lozim. Bunday qurilmalar bilan taʼminlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda har bir operatsiya korxona boʻyicha buyruq bilan belgilangan xodim tomonidan maxsus daftarda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.7. Ishlab chiqarish anjomlari uning muayyan texnologik operatsiyalarda ishlatilishini hisobga olgan holda yorliqlanishi lozim. Tasodifiy anjomlarning ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.8. Tayyor mahsulot idishi normativ hujjatlar talablariga javob berishi, toza va quruq xonalarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.9. Asbob-uskunalar, shu jumladan havoni filtrlash tizimlari, distillagichlar va boshqalardan foydalanadigan ishlovchi xodimlar xavfsizligini taʼminlash uchun ulardan foydalanish boʻyicha aniq yoʻl-yoʻriq koʻrsatilishi, asbob-uskunalar muntazam texnik koʻrikdan oʻtkazilishi hamda rejali taʼmirlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. TEXNOLOGIK JARAYONLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.1. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlarning texnologik jarayonlari texnologik yoʻriqnomalarga koʻra belgilangan tartibga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.2. Texnologik jarayonlar barcha operatsiyalari zarur asbob-uskunalar hamda ushbu maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan xonalardagi moslamalardan foydalanilgan holda bajarilishi hamda nazorat qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.3. Ishlab chiqarish texnologik jarayonini olib borishda quyidagi taʼminlanishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish turli bosqichlarida olinadigan mahsulotlarning kesishuvi imkoniyatini istisno etuvchi texnologik jarayonning ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning uni ishlab chiqarish barcha bosqichlarida ifloslanishi imkoniyatlarini istisno etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik asbob-uskunalar shikastsiz ishlashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.4. Ishlab chiqarish jarayoni alohida bosqichlaridagi mahsulot sifati amaldagi normativ-texnikaviy hujjatlarda koʻzda tutilgan hajmda nazorat qilinishi lozim. Nazorat natijalari maxsus ishlab chiqarish daftarlarida roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.5. Yaroqsizga chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar roʻyxatga olinishi hamda tegishli tarzda yorliqlanishi lozim. Ular chiqindiga chiqarish imkoniyati haqida asoslangan qaror qabul qilinguniga qadar ular ishlab chiqarish jarayonida ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan sharoitlarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.6. Texnik hujjatlarda yakuniy mahsulot sifatiga zarar yetkazmasdan yaroqsiz mahsulotlarni qayta ishlash imkoni boʻladigan sharoitlar aniq belgilanishi lozim. Boshqa sharoitlarda yaroqsizga chiqarilgan mahsulot yoʻq qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA ISHLATILADIGAN XOMASHYONI QABUL QILISH VA SAQLASHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.1. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlarning barcha kelib tushayotgan xomashyosi, yordamchi va idish-oʻrab joylash materiallari texnikaviy tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi lozim. Xomashyo va yordamchi materiallarni qabul qilish mahsulot sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligida turkumlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.2. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari oʻrami hamda yorliqda qayd etilgan axborotning normativ-texnikaviy hujjatlar (NTH) talablariga muvofiqligi hamda xomashyo sifatida salbiy taʼsir etuvchi shikastlanishlar yoʻqligini aniqlash uchun mahsulotning har birligi koʻzdan kechiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.3. Ekib yetishtiriladigan xomashyo uchun genetik modifikatsiyalangan mahsulot, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda qoʻllaniladigan pestitsidlar ishlatilishi haqida axborot taqdim etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.4. Jonivorlardan kelib chiqqan xomashyo (jonivorlar qoni, aʼzolari va toʻqimalari, suti va boshqalar) uchun ularni olishda ishlatilgan antibiotiklar va kimyoviy terapevtik preparatlar haqida axborot taqdim etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.5. Xomashyo tayyorlash maxsus xonalarda texnologik yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi, shundan soʻng u sex ichki idishiga qayta solinishi lozim. Sex ichki idishi toza, quruq, begona hidsiz boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.6. Xomashyo izolyatsiyalangan, quruq, toza, yaxshi shamollatiladigan, begona hidlarsiz, ombor zararkunandalari bilan zararlanmagan, toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri taʼsiridan himoyalangan xonalarda saqlanishi lozim. Xomashyoni saqlashda harorat-namlik rejimi hamda tayyorlovchi tomonidan belgilangan xomashyoning yaroqlilik muddatiga rioya etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.7. Olib kelingan boʻyoq moddalari, essensiyalar, kislotalar tayyorlovchi zavodning oʻramida saqlanishi lozim. Boʻyoq moddalari, essensiyalar, kislotalarni saqlash uchun boshqa idishga qayta toʻkish hamda qayta quyishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ular material ombordagi maxsus javonlarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.8. Barcha sochiluvchan yordamchi materiallar ishlatilishi oldidan magnittutqich orqali oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.9. Xomashyo tayyorlash maxsus xonalarda texnologik yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi, shundan soʻng u sex ichki idishiga qayta solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.10. Yaroqsizga chiqarilgan xomashyo amaldagi tartibga muvofiq yorliqlanishi, chiqindi sifatida foydalanishi yoki qayta ishlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. ASBOB-USKUNALAR, ANJOMLAR, IDISHLARGA SANITAR ISHLOV BERISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1. Asbob-uskunalarni yuvish va zararsizlantirish ruxsat etilgan yuvish va zararsizlantirish vositalari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuvish va zararsizlantirish vositalari maxsus jihozlangan joylarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.2. Asbob-uskunalar va apparaturaga sanitar ishlov berishning belgilangan davriyligi qatʼiy bajarilishi uchun yuvish hamda zararsizlantirish har oylik jadvali boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.3. Anjomlar va idishni yuvish va zararsizlantirish uchun suv oʻtmas polli, issiq va sovuq suv oʻtkazilgan, kanalizatsiyaga oqizish va shamollatish tizimiga ega maxsus yuvish xonalari jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.4. Suyuq va pastasimon mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar va sexlarda asbob-uskunalarni yuvish va zararsizlantirish, ishlatiladigan yuvish va zararsizlantirish vositalari konsentratsiyasni nazorat qilish hamda sanitar ishlov berish tartiblarini taʼminlash maxsus yoʻriqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.5. Alohida sanitariya-epidemiyaga qarshi tartib talab etiladigan (probiotik ekinlar, laboratoriya bokslari va sh.k. qoʻllanilgan) xonalarda ularni ishlatish boʻyicha talablarga muvofiq 1m3 havoga 1,5 — 2,2 Vt hisob-kitobdan kelib chiqib havoni zararsizlantirish uchun bakteritsid nurlantirgichlar oʻrnatilishi nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.6. Shisha va zanglashga bardoshli metallar va qotishmalar, polimer materiallar (yuqori mustahkamlikdagi polietilen, PVX-plastikatlar, ftoroplast va lavsanli poliyadrolardan tayyorlangan filtrlar), rezina, lateksdan tayyorlangan buyumlar ularni yuvish va zararsizlantirish tartibi boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ishlov berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. MEHNAT SHAROITLARI VA SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARIGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. Ish joyidagi zararli moddalar konsentratsiyasi belgilangan gigiyenik normativlarga muvofiq EYQK dan oshmasligi lozim. Zararli mehnat sharoitlardan ishlovchi shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.2. Texnologik va elektr asbob-uskunalar “Elektr qurilmalarini joylashtirish qoidalari” hamda qurilishi meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.3. Ishlab chiqarish sexlari barcha xodimlari quyidagi shaxsiy gigiyena qoidalari bilan tanishib chiqishi va ularni bajarishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga toza shaxsiy kiyim va poyabzalda kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustki kiyim, poyabzal, bosh kiyimi, shaxsiy buyumlarini kiyim-kechak xonasida qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boshlashdan oldin qoʻllarni sovun va choʻtkada yuvishi, toza sanitar kiyim kiyish, sochlarni qalpoq yoki roʻmol bilan oʻrab olish, sanitar kiyimni ifloslanishiga qarab almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllar, yuz tozaligiga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalarida ovqatlanmaslik va chekmaslik, ovqatlanish va chekish bu maqsadlar uchun ajratilgan maxsus joylarda ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hojatxonaga kirish oldidan sanitar kiyimni maxsus ajratilgan joyga yechish, hojatxonaga kirib-chiqqandan soʻng qoʻllarni sovun bilan yuvish hamda ruxsat berilgan istalgan zararsizlantirish vositalari bilan zararsizlantirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.4. Dori qutilari texnologik sexlar va maishiy xonalar tamburlarda saqlanishi lozim. Dori qutilarida kuchli hid chiqaruvchi dori vositalarini saqlash tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.5. Shamollash kasalliklari yoki ichak faoliyati buzilishi, shuningdek, yiringlash, kesilish, kuyish alomatlari paydo boʻlganda maʼmuriyatga xabar berish hamda tibbiy muassasaga murojaat qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.6. Ishlab chiqarish va ombor xonalarida taʼmirlash ishlari bilan shugʻullanuvchi chilangar, elektrmontyorlar va boshqa ishchilar sexlarda toza sanitar (yoki) maxsus kiyimda ishlashi, asbob-anjomlarni maxsus yopiq qutilarda olib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.7. Mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish uchun Mehnat qonunchiligiga asosan faoliyat yuritayotgan va OʻzR Sogʻliqni Saqlash Vazirligining 10.07.2012-yildagi 200-sonli buyrugʻida belgilangan talablarga javob beradigan xizmatchilarga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. MAHSULOTLAR MUOMALASIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.1. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini muomalasida qatnashuvchi korxonalarni loyihalash, qurish va taʼmirlash loyiha hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi hamda normativ hujjatlar talablariga muvofiq yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.2. Mahsulot muomalasi boʻyicha tashkilot boshqa xonalardan alohida ajratilgan boʻlishi, alohida kirish joyi, oʻtish maydonchasi, (zarur boʻlganda) mahsulotlar ortib-tushirish uchun rampa bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.3. Mahsulot muomalasi boʻyicha tashkilotlar tarkibi va maydoni normativ hujjatlar talablariga muvofiq saqlanadigan mahsulotlar assortimenti va miqdoriga qarab loyihalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha xonalar mahsulotlar qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni butlash va topshirish ketma-ketligini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.4. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini saqlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar assortimentga qarab quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini saqlash uchun javonlar, tagliklar, yuk tagliklar, shkaflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorat taʼsiriga chidamsiz funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini saqlash uchun muzlatish kameralari (shkaflar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk ortish-tushirish ishlari uchun mexanizatsiyalash vositalari (zarur boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo koʻrsatkichlarini qayd etish uchun moslamalar (termometrlar, psixrometrlar, gigrometrlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termometrlar, gigrometrlar yoki psixrometrlar isitish moslamalaridan uzoqda poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda va eshikdan kamida 3 m masofada joylashtiriladi. Bu moslamalar koʻrsatkichlari har kuni maxsus daftarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi moslamalar belgilangan muddatda metrologik tekshiruvdan oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.5. Mahsulotning har bir nomi va har bir turkumi alohida tagliklarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javonlar, shkaflar, tokchalarga funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari nomi, turkumi (seriyasi), yaroqlilik muddati, saqlash birliklari soni koʻrsatilgan javon varaqasi biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.6. Mahsulotlar ularning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari hisobga olingan holda, mahsulot ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan shartlarda, harorat, namlik va yorugʻlik tartiblariga amal qilingan holda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.7. Agar mahsulotlarni saqlash, tashish paytida mahsulot tegishli sifatini yoʻqotishi va xavfli xususiyatlarga ega boʻlishiga sabab boʻladigan qoida buzilgan taqdirda funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari muomalasida qatnashuvchi fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari egalari va oluvchilarini bu haqda xabardor qilishi shart. Bunday mahsulot saqlanmaydi va sotilmaydi, ekspertizaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.8. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari tashish uchun ishlatiladigan transport vositalari soz holatda va toza boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.9. Tashish sharoitlari (harorat, namlik) mahsulot har bir turi uchun normativ va texnik hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Harorat taʼsiriga chidamsiz mahsulotlarni tashish maxsus muzlatiladigan yoki izotermik transportda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.10. Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlarini sotish uchun xonalarni joylashtirish va tuzishda normativ hujjatlar talablariga amal qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.11. Mahsulotni sotish uning normativ-texnikaviy hujjatlar talablariga muvofiqligida isteʼmol oʻramida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.12. Olib qoʻyilgan mahsulot u ishlatilishi, chiqindiga chiqarilishi yoki yoʻq qilinishiga qadar ularning aniq soni koʻrsatilgan holda alohida hisobdagi alohida xonada (shkafda) saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. ISHLAB CHIQARISH NAZORATI OʻTKAZILISHI TASHKILLASHTIRILISHI VA TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.1. Ishlab chiqarish nazorati sanitariya qoidalari va sanitariya-epidemiyaga qarshi (profilaktik) tadbirlar bajarilishiga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkillashtirish va oʻtkazish boʻyicha sanitariya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.2. Ishlab chiqarish nazorati obyektlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va sanitar-maishiy xonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti va kanalizatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beriladigan xomashyo, yordamchi va oʻrab joylash materiallari, ularni saqlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar va anjomlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlovchilar mehnat sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy koʻriklar tashkil etish va gigiyenik oʻqitish dasturi boʻyicha xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar tomonidan shaxsiy gigiyenaga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalarini bilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.3. Ishlab chiqarish nazorati dasturi (rejasi) sanitariya qoidalari va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq tuziladi. Ishlab chiqarish dasturiga zarur oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.4. Ishlab chiqarish nazorati dasturi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor mahsulot xavfsizligi mezonlari ustidan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari har bir turi va texnologik tadbirlari boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ifloslanish xavf-xatarlari ustidan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo va tayyor mahsulot ifloslanishi ehtimoldagi xavf-xatarlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish nazorat kritik nuqtalarini aniqlash va mahsulot xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu nuqtalarda nazorat metodlariga qoʻyiladigan talablarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha sanitariya-epidemiyaga qarshi (profilaktik) tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va mahsulot sotish sanitar-epidemiologik sharoitlarining normativ talablarga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul xodimlarga qoʻyiladigan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.5. Ishlab chiqarish nazorati funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari texnologik jarayoni (ishlab chiqarish) hamda muomalasi barcha bosqichlarida amalga oshiriladi hamda kirish, texnologik jarayon boʻyicha, qabul qilish-topshirish bosqichlariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.6. Texnologik jarayon boʻyicha nazoratda normativ-texnikaviy hujjatlardan chetga chiqishlarni oʻz vaqtida aniqlash hamda texnologik jarayon barqarorligini taʼminlash uchun texnologik yoʻriqnoma talablari bajarilishi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.7. Tashkilot tomonidan ishlab chiqariladigan barcha mahsulot qabul qilish-topshirish nazoratidan oʻtkaziladi, uning natijalari boʻyicha ularning foydalanishga yaroqliligi haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.8. Laboratoriya tadqiqotlari va sinovlari nomenklaturasi, hajmi va davriyligi ishlab chiqarish sanitar-epidemiologik tavsiflari, zararli ishlab chiqarish omillari mavjudligi, Davsanepidnazorat markazi akkreditatsiyalagan sinov laboratoriyasi tomonidan bajariladigan laboratoriya tadqiqotlari va sinovlari natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.9. Xavfsizlik koʻrsatkichlarining meʼyorga solinganidan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda oʻsha turkumdagi namunalarning ikki baravar sonidan takroriy sinovlar oʻtkaziladi. Takroriy sinovlar natijalari yakuniy hisoblanadi hamda butun turkumga tatbiq etiladi.